American Journal of Business Management, Economics and Banking ISSN (E): 2832-8078 Volume 5, | Oct., 2022 P a g e | 48 www.americanjournal.org STUDENTS' KNOWLEDGE OF SUBJECTS IN THE CREDIT- MODULE SYSTEM FORMULATING EVALUATION CRITERIA Zarina Nurlibayeva Muhitdinovna Mirzo Ulugbek District Secondary School No. 18, Technology Teacher A B S T R A C T K E Y W O R D S This article provides information on assessment, control questions in the credit module system. Credit-module system, assessment, control, interval, decree, decision, observer Davlatimiz rahbari tomonidan 2019-yilning 8-oktyabrida “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi. Ushbu muhim dasturilamal hujjatda “respublikadagi kamida 10 ta oliy taʼlim muassasasini xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritish va oliy taʼlim ­muassasalarida oʻquv jarayonini bosqichma- bosqich kredit-modul tizimiga oʻtkazish” belgilab berildi. Shuningdek, 2030-yilga qadar respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasasi (OTM)ning 85 foizi, jumladan, 2020/2021 oʻquv yilining oʻzida 33 ta oliy taʼlim dargohini kredit-modul tizimiga oʻtkazish koʻrsatib oʻtildi. O‘quvchilar bilimini nazorat qilish turlari O‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini aniqlash uchun oliy ta'lim muassasalarida oraliq va yakuniy nazorat yoki faqat yakuniy nazorat o‘tkaziladi.Modulning nazorat turlari va shakllari, nazoratlar soni hamda tegishli nazorat turi uchun maksimal va saralash ballari to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘quv dasturida belgilanadi.O‘quv dasturi ta’lim jarayonini boshqarishning axborot tizimiga (bundan buyon matnda elektron ta’lim platformasi deb yuritiladi) o‘quv semestri boshlanishidan oldin kiritiladi.Nazorat turlarini o‘tkazish jadvallari har semestrning ikkinchi haftasidan kechiktirmay O‘quv-metodik bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladi va direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.Nazorat turlarini o‘tkazish jadvallari tasdiqlangandan so‘ng bir ish kuni ichida fakultet dekani tomonidan elektron ta’lim platformasiga joylashtirilishi hamda o‘quvchilar e’tiboriga yetkazilishi ta’minlanadi. Oraliq nazorat semestr davomida modul o‘quv dasturining tegishli (modulning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugaganidan keyin o‘quvchining o‘zlashtirgan bilim va amaliy ko‘nikmasi darajasini American Journal of Business Management, Economics and Banking Volume 5, Oct., 2022 P a g e | 49 www.americanjournal.org aniqlash va baholash usuli hisoblanadi.Yakuniy nazorat muayyan modul bo‘yicha o‘quvchining nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirganlik darajasini, ularda modullar bo‘yicha egallashi zarur bo‘lgan kompetensiyalar shakllanganligini aniqlaydi. Nazorat turlari o‘quvchining o‘quv adabiyotlari, normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash, protsessual hujjatlar loyihalarini tuzish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari, muammoli vaziyatlarni hal etish (case- study), mantiqiy fikrlash, o‘z fikrlarini izchil va aniq bayon qilish qobiliyatini baholashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Nazorat turlari bo‘yicha savollar va topshiriqlar modul rahbari hamda dars mashg‘ulotlarini olib boruvchi pedagog tomonidan ishlab chiqiladi.Kafedra mudiri nazorat turlari bo‘yicha savollarning sifatli tayyorlanishi va har semestrning birinchi haftasida fakultet dekaniga taqdim qilinishini ta’minlaydi.Fakultet dekani nazorat turlari bo‘yicha savollarni qabul qilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida uning o‘quv dasturida belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirgan holda O‘quv- metodik bo‘limga taqdim qiladi. Nazorat turlari bo‘yicha savollar, qoida tariqasida, mantiqiy savollar va muammoli vaziyatlarni yoki faqat muammoli vaziyatni (case-study) o‘z ichiga oladi. Shu o‘rinda nazorat savollariga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak,ushbu savollar o‘quvchilarning o‘tgan o‘quv yillarida tayyorlangan yozma ishlardan foydalanish imkoniyatini istisno qilish uchun zaruratga ko‘ra yangilanishi,o‘quvchilarning o‘quv dasturi doirasida o‘zlashtirgan bilimlarini o‘zida ifoda etishi,shuningdek muammoli vaziyatlar bo‘yicha munozaraga kirishishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Savollar o‘z ichiga o‘quv dasturining tegishli bo‘limlarini to‘liq qamrab oladi. Talabada huquqiy manbalar asosida o‘z nuqtai nazarini asoslash va protsessual hujjatlar loyihalarini tuzish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Nazorat savollari o‘quvchilarning modulni o‘zlashtirish darajasini, tahlil qilish ko‘nikmalarini, mustaqil fikrlash va kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida mustaqil qarorlar qabul qilish qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan bo‘lishi lozim. Nazorat turlari o‘quv rejada belgilangan har bir modul bo‘yicha, uning xususiyatidan kelib chiqqan holda, semestrda kamida bir marotaba, auditoriyada yozma shaklda, auditoriya rahbari va kuzatuvchisi nazorati ostida o‘tkaziladi.Nazorat turlari, qoida tariqasida, 2 soat (120 daqiqa) mobaynida o‘tkaziladi.Tegishli nazorat turining boshlanish va tugash vaqti auditoriya kuzatuvchisi tomonidan auditoriya doskasida aks ettirilishi zarur.Nazorat turlarida ishtirok etadigan auditoriya rahbari va kuzatuvchilari tarkibi har bir nazorat turi o‘tkazilishidan uch ish kuni oldin fakultet dekani tavsiyasiga ko‘ra pedagog va o‘quv-yordamchi xodimlar orasidan yuridik texnikum direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Fakultet dekani auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarning ro‘yxatini tasdiqlangan kundan boshlab bir ish kuni ichida yuridik ta‘lim muassasasining tarkibiy tuzilmalari e’tiboriga yetkazadi. Kelmagan auditoriya rahbari va (yoki) kuzatuvchini almashtirish majburiyati fakultet dekani zimmasiga yuklatiladi.. Nazorat turlarini olib borish jarayoni videoyozuvda qayd qilinadi. O‘quvchilar nazorat turlari o‘tkazilayotgan auditoriyaga faqat o‘quvchilik guvohnomasi yoki biometrik pasportini (identifikatsiya ID-kartasini) ko‘rsatgan holda kiritiladi.. Nazorat turlarini o‘tkazish vaqti boshlangandan so‘ng kelgan o‘quvchilar tegishli nazoratda ishtirok etishga qo‘yilmaydi. O‘quvchining har bir modul bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarini baholash Yevropa kredit transfer tizimiga (European Credit Transfer and Accumulation System — ECTS) asosan amalga oshiriladi.O‘quvchining har bir modul bo‘yicha egallagan bilim, malaka va ko‘nikmalari, shuningdek o‘quv semestri mobaynidagi har bir modul bo‘yicha o‘zlashtirishi 100 ballik tizim asosida butun sonlar bilan baholanadi. American Journal of Business Management, Economics and Banking Volume 5, Oct., 2022 P a g e | 50 www.americanjournal.org 100 ball nazorat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: oraliq nazoratga modul bo‘yicha to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ballning — 40 foiz (40 ball)gacha; yakuniy nazoratga modul bo‘yicha to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ballning — 60 foiz (60 ball)gacha, oraliq nazorati belgilanmagan taqdirda 100 foiz (100 ball)gacha ajratiladi. Baholashni shartli ravishda 2 qismga bo‘lamiz: dastlabki baholash va asosiy baholash. 1. Dastlabki baholash. 1.1. Ma’ruza mashg’uloti nazorati. 1.2. Amaliy, tajriba mashg‘ulotlari nazorati. 1.3. Mustaqil ta’lim nazorati. 1.4. KI, KL, HGI nazorati. Izoh: 1. Talaba nazorat uchun qo‘yilgan talablarning kamida 60 % ni bajarsa ijobiy baholanadi. Masalan ma’ruza mashg’uloti nazorati savollariga kamida 60 % to‘g‘ri javob bergan bo‘lsa, lekin KI, KL, HGI larini 100 % bajarishi shart. 2. KI, KL, HGI larini bajarmagan talaba Yakuniy nazorat topshirishga kiritilmaydi va qarzdor hisoblanadi. 3. Dastlabki baholashda fandan talabaning olgan baholarini rasmiylashtirish uchun fakultet dekanatlarida dastlabki baholash qaydnomasi tashkil etiladi. Unda barcha nazoratlar bo‘yicha baholar qo‘yiladi va o‘rtachasi aniqlanadi, o‘rtacha baho ijobiy bo‘lsa Yakuniy nazoratga ruxsat beriladi. Birta nazoratdan qoniqarsiz baho olganda ham o’rtacha baho hisoblanmaydi va talaba Yakuniy nazoratga kiritilmaydi. 2. Asosiy baholash. Talaba fandan yakuniy nazorat topshiradi, bunda ham kamida 60 % to‘g‘ri javob bergan bo‘lsa ijobiy baholanadi. Masalan 30 ta test savoliga javob berganda: 18 tadan 21 tagacha to‘g‘ri javob (60 dan 72 % gacha) – 3 baho; 22 tadan 25 tagacha to‘g‘ri javob (73 dan 85 % gacha) – 4 baho; 26 tadan 30 tagacha to‘g‘ri javob (86 dan 100 % gacha) –5 baho. Xulosa qilib aytganda,kredit- modul tizimi o‘zining bir qator afzalliklari bilan boshqa tizimlardan ustun turadi. Ushbu tizim talabalarda ko‘proq o‘z ustida ishlash va o‘qish imkoniyatini beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son Farmoni. 2. Usmonov B.Sh., Xabibullaev R.A. Oliy o'quv yurtlarida o'quv jarayonini kredit-modul tizimida tashkil qilish. O'quv qo'llanma.Toshkent, TKTI, 2020. American Journal of Business Management, Economics and Banking Volume 5, Oct., 2022 P a g e | 51 www.americanjournal.org 3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni. 4 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori. 5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 858-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida o‘qishni tashkil qilish choralari to‘g‘risida”gi va 2021-yil 10- iyundagi 359-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida kredit- modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”qarorlari.