American Journal of Business Management, Economics and Banking ISSN (E): 2832-8078 Volume 5, | Oct., 2022 P a g e | 52 www.americanjournal.org IJTIMOIY-SIYOSIY NUTQQA QO‘YILADIGAN KOMMUNIKATIV TALABLAR Salomat Nurmanova Tursinbayevna Toshkent davlat agrar universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi. A B S T R A C T K E Y W O R D S Ushbu maqolada, ijtimoit-siyosiy nuqqqa qo‘yiladigan komunukativ talablar, ularning turlari va xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi. nutq, notiq, notiqlik, kommunikativ talab, ijtimoiy Notiqlik tushunchasi insonlar o‘z fikrlarini go‘zal qilib ifodalashga intila boshlagan davrdan, ya’ni ma’lum ijtimoiy jarayonlarga kirisha boshlagan davrlardan mavjud bo‘lib, faqatgina farqli atamalar bilan yuritilgan. Uning tarkibiy vazifalari esa davr talabiga ko‘ra boyib yoki aksincha torayib borgan. Kishilik jamiyatining biror bir jabhasi yo‘qki, unda notiqlik san’ati yoki uning elementlari qatnashmagan bo‘lsa. Masalan: biror bir rahbarning o‘z hodimlariga qarata so‘zlagan nutqida ham, o‘qituvchilarning o‘quvchilarga beradigan sabog‘ida ham, xullas, barcha sohalarda notiqlik san’ati o‘z mavqeyiga ega. Notiqlik, ya’ni go‘zal va chiroyli so‘zlash san’atining kelib chiqishi bevosita qadimgi Yunoniston bilan bog‘liq. Notiqlik san’ati xuddi nazm va nasr singari ijod qilish mumkin bo‘lgan soha hisoblangan, hatto “san’atlar shohi” deb tan olingan. Notiqlik san’ati davlat ishlariga, odamlarning aqli va hissiyotlariga juda qattiq ta’sir etgan. Qadimgi greklar chiroyli nutq so‘zlashni san’at deb baholab, uning mohiyatini to‘g‘ri ko‘rsatib berganlar. Miloddan avvalgi V asrda Yunonistonda omma oldida monologik nutq so‘zlash madaniyati shakllangan. Bu davrda notiqning uchta vazifasi ajratilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: biror narsani tushuntirish, ma’lum bir tafakkurga, xulosaga, ayniqsa, harakatga undash va tinglovchilarda ma’lum bir qoniqish hosil qilish. Tinglovchilarda muayyan fikr, hissiyot (masalan, adolatparvarlik, vatanparvarlik) uyg‘otish notiqning asosiy vazifalari hisoblanadiIjtimoiy-siyosiy notiqlikning har bir shaklida aniq maqsad ko‘zlangan bo‘ladi. Nutqning to‘g‘ri tashkil qilinganligiga bog‘liq ravishda ko‘zlangan maqsadga erishiladi yoki aksi yuz beradi. Nutq to‘g‘ri tashkil qilinishi uchun esa, albatta, kommunikativ talabalar (nutqning to‘g‘riligi, аniqligi, mаntiqiyligi, tоzаligi)ga javob berishi lozim. Ijtimoiy-siyosiy notiqlik katta imkoniyat bilan birga, majburiyatlardan ham iborat. Shu sababli ham har bir talabning qanoatlantirilishi nuqtdagi masalaning amalga oshish imkoniyat darajasini yanada oshirib beradi. Kommunikativ talablar va ularning amal qilinishi haqida kengroq to‘xtalib o‘tsak: Nutqning to‘g‘riligi: “To‘g‘rilik deganda, -deb yozadi V.G.Kostomarov,-nutq madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning ma’lum paytda qabul qilingan normasiga qat’iy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, imloviy va grammatik normalarini egallashni tushunish lozim American Journal of Business Management, Economics and Banking Volume 5, Oct., 2022 P a g e | 53 www.americanjournal.org bo‘ladi”. Demak, adabiy me’yor (leksik – semantik, grafik, fonetik, aktsentologik, grammatik morfologik va sintaktik so‘z yasalish, imloviy, uslubiy, punktuatsion)larga asoslangan nutq, nutqning to‘g‘riligi talabini ham qanotlantira oladi. Ijtimoiy-siyosiy notiqlikning rasmiy doiralar uchun xosligini ham inobatga olsak, “nutqning to‘g‘riligi” tom ma’noda ijtimoiy-siyosiy notiqlik uchun birinchi talab deya olamiz. Chunki rasmiy doiralarda adabiy til me’yorlariga amal qilish shartligi qonun doirasida belgilangan. Nutqning to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi so‘zlovchi va tinglovchining, shuningdek, yozuvchi a kitobxonning bir – birlarini tez va oson tushunishlarini ta’minlaydi. To‘g‘riligi eng avvalo uning adabiy til me’yorlariga muvofiq kelishidir. Ayniqsa, nutqning to‘g‘ri bo‘lishi urg‘u va grammatik me’yorga amal qilishni taqozo etadi. Masalan, urg‘u o‘zbek tilida ko‘pincha so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushdi. Grammatik me’yorlarga rivoya qilish deganda gap tuzish qoidalaridan to‘g‘ri foydalanish, o‘zak va qo‘shimchalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlash, ega kesim mosligiga erishish, ikkinchi darajali bo‘laklarning bosh bo‘laklarga bog‘lanishlarning qonuniyatlariga e’tibor berish ko‘zda tutiladi. Yaxshi siyosatchi – yaxshi notiq ham hisoblanadi. Shavkat Miromonovich Mirziyoyev dunyo hamjamiyati e’tirof qilganidek nafaqat oqil siyosatchi, balki notiq hamdir. Bugun prinsipial jihatdan g‘oyat muhim bo‘lgan bir fikrni yana ta’kidlab aytishni zarur deb bilaman: O‘zbekiston va uning bag‘rikeng xalqi tinchliksevar siyosat yuritish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash tamoyillarini amalga oshirish pozitsiyasida doimo mustahkam turib kelmoqda. Yuqorida yurtboshimizning prezidentlik lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi “Erkin va obod, demokratik jamiyatni barchamiz birgalikda barpo etamiz” mavzusidagi ma’ruzasidan parchada adabiy me’yorning barcha tamoyillariga qat’iy amal qilinganligini ko‘rishimiz mumkin. Ya’ni jumlalardagi so‘zlar leksik-semantik jihatdan bir butunlik hosil qilganki, hajman kichik jumlada katta g‘oya jamlangan. Shuning bilan birga, morfologik va sintaktik me’yorlarga ham to‘liq rioya qilingan. Rasmiy uslubdagi ushbu jumlalar uslubiy normaning ham asoslangan holda qurilgan. Nutqning aniqligi. Nutqning aniqligi talabi ham to‘g‘rilik talabining uzviy davomi bo‘lib, nutqning bir butunligini ta’minlovchi mezon hisoblanadi. Agar nutqning to‘g‘riligini ta’minlashda lisoniy me’yorlar muhim o‘rin tutsa, nutqning aniqligiga tashqi faktorlar ham ta’sir ko‘rsatadi. Aniqlik deyilganda tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar bilan ularning atamasi orasidagi mutanosiblik tushuniladi. Agar inson tafakkuri, bilimlari so‘zda aniq ifodalanmagan bo‘lsa, u tinglovchiga tushunarsiz bo‘lib qoleveradi. Maqsad – aytilgan fikrning tinglovchiga tushunarli bo‘lishiga erishishdan iboratdir. Nutqning aniqligi so‘zning o‘zi ifodalayotgan voqelikka mutlaqo mos va muvofiq kelishidir. Aniqlik ikki xil bo‘ladi: narsaning aniqligi va tushunchaning aniqligi. Narsa aniqligi nutqda aks etgan mavjudlikning narsalar, hodisalar doirasi bilan nutq mazmunining munosabatida ko‘rinadi. Ushbu talab ham ijtimoiy-siyosiy nutqning o‘ziga xosliklarini ta’minlovchi talabdir. Ijtimoiy-siyosiy notiqlikning barcha shakllarida har bir jumla sinonimik qatorlardan to‘g‘ri tanlab olingan, ko‘p ma’nolilik va omonimlik jihatlariga e’tibor berilgan holda o‘z o‘rnida qo‘llanilishi lozim. Quyida biz AQSh kinoijodkorlarning “Debate” (Munozara) filmidagi suhbatning aniqligini tahlil qilamiz: American Journal of Business Management, Economics and Banking Volume 5, Oct., 2022 P a g e | 54 www.americanjournal.org Talaba qiz: Nima uchun AQSh dunyodagi eng buyuk davlat? Birinchi siyosatchi: Imkoniyatlar sabab. Ikkinchi siyosatchi: Ozodlik va ozodlik sabab. Uchinchi siyosatchi: AQSh dunyodagi eng buyuk davlat emas. Bu yerda hamma narsa sotiladi va sotib olinadi. Qanaqa umumiy imkoniyatlar haqida gapirayapsiz? Ozodlik? Nima faqat AQSh ozodmi? Kanada ozod, Yaponiya ozod, Britaniya ozod, Fransiya ozod, Germaniya ozod. AQSh ortiq dunyodagi eng buyuk davlat emas. Buyuk so‘ziga yuzaki baho bergan ikkita siyosatchi umumiy fikrlar bilan javob berdi. Buyuklik darajasini belgilovchi jihatlarga e’tibor qaratilmadi. Ulardan farqli ravishda esa uchinchi siyosatchi berilgan savolga tahliliy asoslar bilan aniq javob qaytardi. Bu esa tinglovchilarda oldingi nutqlarga nisbatan kuchliroq ta’sir kuchi paydo qildi. Nutqning mantiqiyligi. Jumladagi mantiq so‘zidan ham ma’lumki bu talab ham oldingi talablar bilan bevosita bog‘langan. Chunki aniqlik mavjud bo‘lmagan nutqdan mantiqiylikni izlash befoyda. Mantiqiylik talabini qanotlantirish uchun adabiyotimiz darg‘asi A.Qahhor ta’biri bilan aytganda: “So‘zni mixday qoqib, shapkasini sug‘urib olish kerak” R.Qo‘ng‘urov, E.Begmatov, E.Tojiyevlar muallifligidagi “Nutq madaniyati va uslubiyati asoslari”(1990-yilgi nashri) qo‘llanmasida Nutqning mantiqiyligini izohlashda A.G.Chernishevskiyning “Nimani noaniq tasavvur qilsang, shuni noaniq ifoda etasan, noaniqlik va ifodani chalkashtirish fikrlar chigalligidan dalolatdir.” jumlasini keltiradi. Ya’ni mantiqiylik notiqdan so‘zlardan saralab foydalanish, tinglovchilar hech ikkilanmasdan uni qabul qilishini talab qiladi. Ijtimoiy-siyosiy notiqlik shakllari uchun ham bu talab o‘rinli. Chunki siyosiy, muhokama, hisobot, tashviqot nutqlaridagi har bir jumla mantiq qonuniyatlariga asoslanadi. Ushbu nutqlarda jumlalarning soddaligi ham mantiqiylikni ta’minlaydi. Masalan Amerika prezidenti Trampning 2016-yilgi saylovlardagi nutqi aksariyat nashrlarda to‘rt yashar bola nutqiga o‘xshaydi, deb tanqid qilingan. Bu tanqidga esa uning murakkab jumlalardan foydalanganligi sabab bo‘lgan. Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonavaning 2019-yil 7-iyul sanasidagi AOKAda tashkil etilgan “Oiladagi zo‘ravonlik masalalari, turli vaziyatlar tahlili va bu borada olib borilayotgan chora-tadbirlar” mavzusida tashkil etilgan brifingdagi nutqida: “Mamlakatni bilaman desang, bozor bilan mozoriga bor, degan gap bor. Haqiqiy bozorchi ayollarda na ma’naviyat, na ma’rifat bor”, deb bugungi kundagi ayol-qizlar muammolariga to‘xtalib o‘tgan edi. Ammo uning nutqidagi “… bozorchi ayollarda na ma’naviyat, na ma’rifat bor” jumlasi nafaqat OAV vakillarining, balki tinglovchilarning ham noroziligiga sabab bo‘ldi. Ya’ni Bositxanova ushbu nutqida beixtiyor nutqiy mantiqiylikni yo‘qotib qo‘ydi. Nutqning tozaligi. Nutqni notiqning mahsuloti deb tasavvur qiladigan bo‘lsak, u sotuvga chiqishi oldidan so‘nggi ko‘rikdan o‘tkazilish jarayonidir. Bu jarayonda uning tarkibidagi begona unsurlar olib tashlanadi. Nutqning tozalik darajasi uning tarkibida parazit so‘zlar (ko‘p takrorlanuvchi), sheva so‘zlar, o‘rinsiz qo‘llangan chet so‘z va so‘z birikmalari, jargonlar, vulgarizmlar uchramasligi bilan baholanadi. Bir so‘z bilan aytganda, nutqning tozaligi deganda eng avvalo, uning adabiy tilning lisoniy normasiga muvofiq kelish - kelmasligi tushuniladi. Ba’zan notiq o‘z nutqini nazorat qilmaganligi, bee’tiborligi oqibatida ayrim ortiqcha so‘zlarni takrorlashga o‘rganib qoladi. Xush, demak, masalan, ya’ni so‘zlari shular jumlasidandir. Bir ma’ruzachining ma’ruzasini kuzatgan taniqli olim A.Ahmedov ma’ruzachi o‘z nutqida o‘rtoqlar so‘zini 101 marta, ya’ni so‘zini 73 marta, demak, so‘zini 60 marta takrorlaganini e’tirof etadi. Bir soatlik nutqda 234 ta “bekorchi” so‘z ishlatilgan. Bunday so‘zlar ham nutq American Journal of Business Management, Economics and Banking Volume 5, Oct., 2022 P a g e | 55 www.americanjournal.org madaniyatiga yot so‘zlardir. Demak, nutq sohibi o‘z nutqini ustida tinimsiz ishlashi, nutqni nazorat qilishi, tilga mas’uliyat bilan yondoshishi lozimdir. Har qanday siyosiy nutq, albatta, yuqoridagi unsurlardan ozod bo‘lishi kerak. Chunki turli o‘rinsiz takrorlar yoki jargon, vulgarlarning uchrashi nutqning siyosiylik ahamiyatini pasayishiga sabab bo‘ladi. Bugungi kunda nafaqat shevalardan foydalanish balki kanselyarizm hodisasi ham notiqning darajasida katta ahamiyat kasb etmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. T.: O‘zbekiston 2018, 139-bet 2. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. T.: “O‘zbekiston”, 2018, 139-bet 3. Anna Brosius, Bert Bakker, Martijn Schoonvelde, Gijs Schumacher, Evaluating Complexity in Political Speech page-3 4. Kostamarov V.G. Kultura rechi i stil. – M. 1960. 5. Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyati asoslari T. 1992, 53-bet 6. Youtube.com