American Journal of Business Management, Economics and Banking ISSN (E): 2832-8078 Volume 5, | Oct., 2022 P a g e | 56 www.americanjournal.org PSIXOLINGVISTIKADA MA’NO VA MAZMUN MUAMMOLARI Boboyev Yusuf Beknazarovich Toshkent davlat agrar universiteti “O`zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o`qituvchisi A B S T R A C T K E Y W O R D S Ushbu maqola psixolingvistikada til va so‘z ma’nosi, komponent tahlil, so‘z ma’nosining semantik komponentlarga bo‘linishi haqida so‘z yuritiladi. Ma’no, psixolingvistika, aspekt, denototiv tahlil, component tahlil, termin. Ma’no – bu til nazariyasidagi eng noma’lum va ziddiyatli tushunchalardan biridir. Ma’no shu darajada bizning til qo‘llanilishimiz bilan chambarchas bog‘liq-ki, uni chegaralarini belgilash juda qiyin, til ma’nosi bizga gapni to’g’riligini baholashga imkon beradi, gapni qayta qurishga, qo’shimcha ma ‘nolarni tushunishga va so‘zlarni ko‘chma ma’noda ishlatishga yordam beradi. Yosh vaqtimizdan bu so‘zlarni, vaziyatga va bir-biriga mos ravishda ishlatishga o’rganamiz. Kattaligimizda o‘rganib, u haqda so‘z yuritib va bahs olib boradigan narsalarni ko‘pchiligi so‘z va fikr ma’nolarini topish bilan bog‘liq. Psixolingvistika til ma’nosi muammosida ikki yo‘nalishni belgilasa bo‘ladi: tuzilmasi jihatdan, u ma’noni parametrlarini va xususiyatlarini belgilaydi, va ma’noni diqqat markazida til ma’nosini o’zlashtirish va tushunishi muammolari turgan jarayon sifatida ko’rib chiqish. Ma’no asosini belgilovchi tuzilmalar ko‘pgina mutaxassislarni - lug‘at tuzuvchi, filolog, ayrim tilshunos, filosof, psixolog va antrapologlarni qiziqtiradi. Ularni ma’noning parametrlari va turlari, so‘z ta’rifi, so‘z birikmasini gapda ma’no qabul qilishi kabi savollar qiziqtiradi. Bu narsa bola to‘g‘ri va ma’noli fikr bildirishi maqsadida o‘rganishi lozim, ammo tahlil va tuzilma muammolarini qanday qilib til o‘zlashtirilishi haqidagi savolni yechmagan holda ham tadqiq qilsa bo‘ladi. Asosiy vazifa- bu leksikani birliklarini semantik belgilarini ta’riflash. Bu muammo ko‘proq fonologiyada differentsial belgilarni aniqlash bilan o‘xshash. Bu vazifa- ma’no birliklarini asosiy – umumiy yoki spetsifik – xususiyatlarini ta’riflashdan iborat. Bu borada ikki aspektni belgilash lozim- so‘z ma’nolarini va uning komponentlari muammolari va so‘z birikmasining gapdagi ma’nosi muammolari. Jiddiy qilib aytganda, “So‘z” til tahlilining birligi bo‘la olmaydi, chunki so‘z ikki yoki uch birlikdan iborat bo’lishi mumkin. Demak, old qo‘shimcha va suffikslar ham o‘zlari ham bir ma ‘noni anglatadi. Ammo so’zlarni ma’noning minimal birliklari deb ko‘rib chiqishimiz mumkin. Tadqiqotimizda mustaqil ma’noga ega bo‘lgan so‘zlar bilan chegaralanishimiz lozim. Avvalambor, ma’noning denotativ (lot. denotare-belgilamoq) tahlili bo‘lishi kerak. Denotativ ma’noning murakkab muammolari bilan shug‘ullangan tadqiqotchilardan biri antrapologlar bo‘ldi. Ularning ishlari yana bir qiziqarli tadqiqot uslubi paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu “komponent tahlil”dir. American Journal of Business Management, Economics and Banking Volume 5, Oct., 2022 P a g e | 57 www.americanjournal.org So‘z ma’nosini semantik komponent (bo‘lak) larga bo‘lish imkoni asosan turli xalqlarni qarindoshchilik atamalari tadqiqotlari natijasida paydo bo‘ldi. Buning maqsadi bir necha chuqur- fonologiyadagi differentsial belgilar kabi - tasniflarni ta’riflashdir. Komponent tahlil mohiyatini ingliz tilidagi qarindoshlik atamalarini tizimi asosida ko‘rib chiqamiz. Bizning vazifamiz- ingliz qarindoshlik atamalari o‘rtasida qanday semantik komponentlar farqlari borligini belgilash. Uolles, Gudinaf, Atkins kabi shu muammo bilan shug‘ullangan antrapologlar uch parametrni belgilaydi, ular asosida Amerikada “yaqin qarindoshlik”ni belgilovchi barcha atamalarning tasnifinin tuzib bo‘ladi. Chuqur tahlil qilish maqsadida, biz qiziqtirayotgan jamiyatda ishlatiladigan barcha qarindoshlik atamalarni to‘liq ro‘yxatini tuzishimiz lozim. Biz ikki o‘tgan va ikki bo‘lajak avlod bilan chegaralanamiz. Shunda biz mazkur atamalar ro‘yxatiga ega bo‘lamiz: father (ota), mother (ona), grandfather (buva), grandmother (buvi), son (o‘g’il), daughter (qiz), grandson (nabira o’g’il), granddaughter (nabira qiz), unde (tog‘a), aunt (hola), nephew (jiyan o‘g‘il), niece (jiyan qiz), brather (aka), sister (opa), consin (amakivachacha, holavachcha). Uolles va Atkin ta ‘rifi bo’yicha bu terminlarning barchasi, “consin” so‘zidan tashqari, qarindoshning jinsini belgilaydi. Ayrimlari esa avlodni belgilaydi. Ayrimlari bevosita (“lineals”) qarindoshlikka ega, yoki gapirayotganni ajdodlari yoki avlodini belgilaydi, boshqalari esa bilvosita (“nonlineals”) qarindoshlikka ega, ya’ni gapirayotgan bilan bir ajdodga ega bo’lib, o‘zlari unga nisbatan ajdod yoki avlod emas. Bu qarindoshlar o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi: “yondosh” (“colineals”) – ularning ajdodlari gapirayotgan ajdodlari birbiriga mos va “uzoq” (“ab-lineals”) – ularning ayrim ajdodlari gapirayotgan ajdodlariga to‘g‘ri keladi. Buning hammasi, Uolles va Atkinsga har bir keltirgan terminni tasnifi uchun uch parametr lozimligini ta’riflashga asos bo‘ldi. Qarindoshning jinsi (erkak=a, ayol=a) Qarindoshning avlodi (gapirayotgan ikki avlod katta= b+g, bir avlodga=b+1, gapirayotganning avlodi=0, bir avlod keyin=b+1. Chiziqlilik: to‘g‘ri chiziq=c (bu yerda gapirayotganning bevosita ajdodlari yoki avlodi kiradi), yondosh chiziq =c (bu yerda gapirayotgan bilan barcha yoki bir necha ajdodlarga ega qarindoshlar kiradi) va uzoq=c (bu yerda to‘g‘ri yoki yondosh chiziqdosh qarindosh bo‘lganlar kiradi. Bu bo‘yicha Uolles va D, Atkins shunday degan: “Har bir atama tiklangan komponentlarga munosib ravishda shunday ta’riflanishi kerak-ki, u boshqasini yo‘lini to‘smay unga o‘tmasligi kerak; har bir komponent kamida bir atama bilan farqlanishi lozim; barcha atamalar bir turlash jadvalida mujassam bo’lishi kerak. Bizning tasnif eng mukammali deyotganimiz yo‘q, lekin u mazkur atamalar yig‘ini uchun juda mos”. Bunday komponent tahlil amerikalik qarindoshlik atamalar bilan qiyoslashda katta yordam berishi mumkin. Masalan, nemis tilida qarindoshlilik jinsi ham belgilanadi (a-a): Kusin (amakivachcha) va Kusine (holavachcha) ingliz tilida bunday farq yo‘q. Nemislarning qarindoshlik atamalar tuzishi inglizlardan uncha farq qilmaydi, yangi bir komponentni qo‘shish ahamiyati yo‘q. Ammo turk tilida abla (katta opa) kabi atama mavjud. Bu termin ingliz tizimiga qo‘shila olmaydi, chunki bu yerda osh komponenti yo‘q, (faqat avlod). Mazkur turk atamasini ingliz sxemasiga qo‘shish uchun yana bir semantik komponent zarur- “Gapirayotgandan katta”. Komponent tahlil mazkur atamalar tizimining chuqur differentsial semantik belgilarini belgilash uchun juda foydali uslub. Ammo bu yerda ikki muhim muammo tug‘iladi. Birinchidan, bu ma’lum bir American Journal of Business Management, Economics and Banking Volume 5, Oct., 2022 P a g e | 58 www.americanjournal.org semantik doirani tahlili psixologik jihatdan haqiqatga yaqinmi, ya’ni bizning qarindoshlik atamalariga real munosabatimizni belgilab oladimi? Ikkinchidan - bu yana ham jiddiy savol- komponent tahlilning bunday shakli boshqa turdagi semantik tizimlarning tadqiqotida qo’llaniladimi? Avval psixologik haqiqiylik haqida so‘z yuritamiz. Bu savol juda muhim, chunki ko‘pgina antrpologlar ular umumlashgan atamalar tizimi yaratib, gapirayotgan, ongida mavjud bo‘lgan, kognitativ tuzilmalarini ifodalaydilar, deb ta’riflashadi. Komponent tahlilni xuddi shu muammosi psixolingvist uchun qiziqish yaratadi. Biz komponent tahlilini turlicha shakli bilan yondashganda bu savol alohida tus oladi. Qaysi shakl yaxshi ekanligini qanday aniqlasa bo‘ladi? Bu savol Romni va Andrad tomonidan “Ingliz qarindoshlik atamalarining kognitativ aspektlari” nomidagi maqolasida batafsil ko‘rib chiqamiz. Bu maqolada mualliflar Uolles va Atkins sxemasi ingliz qarindoshlik atamalariga xos yagona narsa emasligini ta’riflaydilar. Ular tahlilni boshqa variantini taklif qilishdi. Ularning tizimida “yonbosh” va “uzoq” turlari bir kotegoriyasiga birlashib, “to‘g‘ri” (direct) turi qarama-qarshi qo’yilgan jins va avlod bu yerda ham muhim komponent hisoblanadi. Bundan tashqari, yangi komponent kiritilgan “O‘zarolik” (resiprocity). U ota-bola, amaki-jiyan kabi turdagi atamalar juftligiga munosib. Bu komponentlardan foydalanib, Romni va D, Andrad yangi sxema tuzishdi. Ular mazkur sxema bo‘yicha shunday yozgan: “Punktir chiziqlar oddiy operatsiyalar yo‘li bilan olinadigan atamalar o’rtasidagi munosabatlarni ifoda qilishi bois, shuni aytish lozim-ki, punktir chiziqlar bilan birlashtirilgan terminlar uzluksiz chiziqlar orqali bo‘lingan atamalarga nisbatan birbiriga “yaqin”. Punktir chiziqlar tahlil jarayoni natijasida paydo bo‘ladilar”. Endi ikkinchi savol: agar tahlilning ikki turi mavjud bo‘lsa, ularning qay biri “bizning boshimizda bo‘layotgan” narsalarni haqiqatdan ham ta’riflaydi, ikkisidan birimi, yoki ikkisi ham, yoki birontasi ham. Turli amerikaliklar har xil tuzilmalardan foydalanishganmi yoki biron bir amerikalik turli vaziyatlarda turli tuzilmalarni qo‘llaydimi? Romni va D, Andrad ta’riflashicha, “Bizning fikrimizcha, hamma vaqt, har qanday qarindoshlik atamalari tizimi tahlili uchun bir qancha uslub topish mumkin. Biz bu tahlilni psixologik yoki kognitativ aspektlari haqida so‘z yuritganda, bu aspekt chegaralarini aniq belgilashimiz kerak bo’ladi. Ayrim tahlil uslublari bir maqsadlarda foydali bo‘lishi mumkin, boshqa vaziyatlarda esa unchalik emas. Biron bir hukm mazkur tizim uchun optimal ravishda mos, deb bo‘lmaydi”. Romni va D, Andrad bu ikki analitik tizimni to‘liq qiyoslab o‘rganishdi. Bizningcha, shuni ta’kidlash lozim-ki, ularning tizimida asosiy urg‘u nuklear oila vakillari (ota-ona-o’g’il-qiz) va boshqa qarindoshlar o‘rtasidagi farqni belgilashga qaratilgan. Bunday oila “Tabiiy birlik” kashf etib, ammo Uolles va Atkins sxemasida aks qilinmagan, balki Romni va Andrad ingliz qarindosh atamalarining semantik tuzilmasini ta’riflash uchun to’g’ri yo‘l tanlashgan. Bu ikki tadqiqotchi o‘zining xulosalarini tashqi ko‘rsatmalar orqali asoslaganlari yo‘q. Ular komponent tahlilining tizimini psixologik haqiqiyligini dalilini inson xulqida ham izlashgan. Amerikalik talabalar guruhi bilan birga ular bir necha nozik eksperimentlar amalga oshirishadi. Ularning ta’kidlashicha, “Komponent tahlil kognitativ munosabatlarni shu darajada ifodalaydi-ki, ikki atama ko‘proq umumiy komponentlarga ega bo‘lsa, ularning ta’siri ham juda o‘xshash bo‘ladi. Bu ta’rif shunga asoslanadi-ki, har qanday atamaning komponentlari uning ma’nosini ham asoslaydi; demak, umumiy komponentlar qay darajada ko‘p bo‘lsa, ma’nolarda ham o‘xshashlik ko‘p bo‘ladi”. American Journal of Business Management, Economics and Banking Volume 5, Oct., 2022 P a g e | 59 www.americanjournal.org Avvalambor tadqiqotchilar 105 talabani ingliz tilida qarindosh va oila avlodlarini belgilovchi so‘zlar ro‘yxatini tuzishga chorladilar. Shu ayon bo‘ldi-ki, ayrim atamalar boshqalarga qaraganda ko‘proq ishlatildi va ko‘pincha ro‘yxat boshida, talabalar ko‘proq ota va ona so‘zlarini bayon qilishdi. Ya’na bir narsa ayon bo‘ldi-ki, o‘g‘il va qiz so’zlari unchalik ko‘p ishlatilmagan, faqat so‘roq qilinganlardan uchdan bir foizi. Balki qarindoshlik atamalar bilan bog‘liq kognitativ tuzilmalar ma’lum darajada yosh bilan bog‘liq. Romni va D, Andrad ular kiritgan “O‘zarolik” komponenti juda foydali ekanligini ta’riflaydi: ota-ona va tog’a-amma turdagi o‘zaro juftliklar a’zolari ro‘yxatlarda ko‘pincha birgalikda aytib o‘tilgan. Bu ko‘rsatmalar atamalarni ularning analitik sxemada birlashtiruvchi aloqalarni to’g’riligini isbotlashdi. In-law, great, half, second turdagi modifikator so‘zlar orqali paydo bo‘lgan atamalar guruhi sxemada berilgan guruhlar bilan hamisha to’g’ri kelgan. Romni v D, Andrad sinov o‘tayotganlarga qarindoshlik bilan bog‘liq uch atamadan iborat guruhlarni taklif qilishdi, va boshqalaridan katta farq qiladigan terminni belgilashni aytib o‘tishdi. Hamisha shu namoyon bo‘ladi-ki, bir komponent bilan farq qiladigan atamalar bir guruhga birlashadilar, har xil komponentlardan iborat terminlardan farqli o‘laroq masalan, bir oilaga oid atamalarning aloqalarini ko‘rib chiqamiz. Bu yerda biz faqat ikkita komponent bilan to‘qnashamiz- jinsi va avlodi. Ota va ona bir avlodga mansub bo‘lib, jins komponenti bo‘yicha farqlanadi. Ota va o‘g‘il jinsi bo’yicha bir komponentga ega, ammo avlod komponenti bilan farqlanadi. Ota va qiz bu ikki komponentdan hech qaysiga ega emas (ammo boshqa umumiy komponentlarga ega). Bu to‘rt termindan paydo bo‘ladigan uchliklarni qiyoslab va sinov o‘tuvchilarga taklif qilingach, Romni va D, Andrad shuni bayon qilishdi- ki, “Ota termini qizga nisbatan otaga yaqin bo’ladi, va qizga nisbatan o‘g‘ilga yaqin bo‘ladi. Bu holatning bo‘lishi, jins komponenti avlod komponentidan kuchliroqligidan farqli o‘laroq sodir bo‘ladi. Ya’ni, sinov o‘tuvchi jinsiy farqlarga e’tibor bermay, avlod farqini birinchi o‘ringa ko’tarsa, jinsiy belgi ma’lum darajada tasnifda paydo bo‘ladi: ota o’g’il bilan guruhlashadi, qiz bilan emas”. Quyida berilgan sxemada to‘rt atama o’rtasidagi juft aloqalar berilgan. Qavs berilgan sonlar mazkur terminlarni bir juftga birlashtirgan holatlarni o‘rtacha soni ota (0,9) (1,3) ona (1,0) o’gil qiz (0,8) . Sxemadan shunisi ayonki, bu ko‘rsatmalar bashorat qilinganlar bilan teng keladi. Sinov o‘tuvchilardan birontasi ham atamalarni birlashtirganda ikki har xil komponentlarni ishlatmadi. So‘z uchliklari bilan bog‘liq boshqa murakkabroq eksperimentlarda Romni va D, Andrad shunga amin bo‘lishdi-ki, atamalar o‘rtasidagi aloqalarga nisbatan ularning bashoratlari Uolles va Atkins sxemasi asosida qilingan bashoratlarga qaraganda ko‘proq o’zining tasdiqini topdi. Romni va D, Andrad shu xulosaga kelishdi shuni bilish juda foydali-ki, “Formal tahlil yo‘li bilan paydo bo‘ladigan komponentlar so‘zni ma’nosini belgilaydi” va “Mazkur guruh uchun komponent tahlilining bir shakli boshqasiga nisbatan foydaliroq bo‘lishi mumkin. Mazkur ishning asosiy xulosasi – odamlar qarindoshlik atmalarni shunday tarzda tadbiq qilishadi-ki, xuddi har bir termin aniq chegaralangan ma’nolarning yig’indisini o’zida mujassam qiladi”. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.“Psixologiya” qisqacha izohli lug‘at. Т. 1997.1979. 2.Almamatov T., Yadgorov Q., Pochayeva G. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi (metodik qo‘llanma). - Jizzax 2006. 3.G‘ulomov A., Qodirov M., Ona tili o‘qitish metodikasi. “Universitet” nashriyoti.T.: 2001. American Journal of Business Management, Economics and Banking Volume 5, Oct., 2022 P a g e | 60 www.americanjournal.org 4.Husanov N., Mirahmedova Z. Mutaxassislik tili. T.: TMI, 2003. 5.Mahmudov N. “So‘z sandiqchasi”. Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi NMIU, 2016. 6.Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari, -T.: Fan, 1992, 254 b. 7.Rasulov R., Husanov N., Mo‘ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. T.: “IQTISOD- MOLIYA”, 2006. 8.Ziyodova T.U. Hozirgi o‘zbek adabiy tilini o‘rganishda kommunikativ jadvallardan foydalanish. O‘quv-metodik qo’llanma. Akademik liseylar uchun. — T.: 2002.