American Journal of Business Management, Economics and Banking ISSN (E): 2832-8078 Volume 12, | May, 2023 P a g e | 145 www.americanjournal.org THE ROLE OF SMALL BUSINESS AND ENTREPRENEURSHIP IN THE ECONOMY Nasirov Mansur Ibroximovich Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistranti 93-537-77-33 A B S T R A C T K E Y W O R D S The current stage of economic reforms implemented in our country requires the development of small business and private entrepreneurship, giving it wide economic freedom and improving its efficiency. In order to achieve this goal, the development of a number of decrees and decisions by the head of our country will definitely serve to increase the efficiency of small business and private entrepreneurship. Business, Economic indicators, e-commerce, GDP, sustainable development. Introduction O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 7 fevral № 4947 farmoni bilan 2017−2021 yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini tasdiqlab berdilar. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo'naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo'yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag'batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish”.Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo`yicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish va barqaror iqtisodiy o`sish sur`atlarini ta`minlash imkonini bermoqda. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish О‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim ustuvor yо‘nalishlaridan biridir. Kichik biznes kapital taqchilligi sharoitida kо‘p va yirik mablag‘ talab etmaydigan xо‘jalik faoliyati sifatida resurslar aylanmasining yuqori sur’atlarini ta’minlaydi, iqtisodiyotni qayta qurish, iqtisodiy beqarorlik va resurslar chegaralanganligi sharoitida iste’mol bozorini shakllantirish va uni tо‘ldirish muammosini tez hamda tejamli tarzda hal etadi. Kichik korxonalar bozor talabining о‘zgarishiga darhol moslashadi va shu yо‘l bilan iste’mol bozoridagi zaruriy muvozanatni ta’minlaydi. Shuningdek, kichik biznes yangi ish American Journal of Business Management, Economics and Banking Volume 12 May, 2023 P a g e | 146 www.americanjournal.org о‘rinlarini yaratishi bilan о‘sib boruvchi ishsizlik muammosini yumshatadi. MUHOKAMA VA NATIJALAR Bu esa о‘z navbatida respublikamiz aholisining 60% dan ortig‘i qishloq joylarda yashashini hisobga olsak, ushbu sohani rivojlantirish va taraqqiy etishini ta’minlash hozirgi kunda eng muhim dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masala ekanligi yorqin namoyon bо‘ladi. Bu borada barqaror iqtisodiy о‘sishini ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlarning kо‘lamiga qaramasdan bu sohada hali о‘z yechimini kutayotgan muammolar mavjud. Jumladan iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlariga kichik biznesni rivojlantirishning ilg‘or xorijiy tajribalarini tatbiq etish, ularining о‘ziga xos ilmiy-uslubiy asoslarini о‘rganish, kelgusidagi istiqbolli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish hamda tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy samaradorligini oshirishning tashqi va ichki omillarini aniqlash lozim. Shu nuqtai nazardan, respublikamizda real sektor tarmoqlarining barqaror iqtisodiy о‘sishini ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini istiqboldagi izchil rivojlantirish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish bugungi kunning muhim va dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Kо‘plab xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mazmun mohiyati, uni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar, kichik biznes subyektlarining iqtisodiyotdagi о‘rni hamda ahamiyati tо‘g‘risida ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Jumladan, V.Dolyaning “Ensiklopediya biznesmena” lug‘atida «Tadbirkor degani yangi bir ishga qо‘l urish, uni bajarishga kirishish, qandaydir kattaroq ishlarni amalga oshirishdir»-deb ta’rif berilgan bо‘lsa, R.Xizrich va M. Piterslar “Tadbirkor, ya’ni о‘ylab ish kо‘ruvchi kishi - korxona ishini yurgizishga moyil, qobiliyatli, katta hajmdagi ishlarga qо‘l ura oladigan, jasur, chо‘rtkesar va bunday ishlarga botir bо‘lgan kishidir»-deb ataganlar. Rossiyalik olimlardan A.G.Aganbegyan iqtisodiyotda kichik biznes subyektlarining iqtisodiyotda mahsulotlar ishlab chiqaruvchi, boylik yaratuvchi va xizmat kо‘rsatish sohalarini о‘z ichiga oladigan soha ekanligi ammo, unga moliya-kredit, birja faoliyati kirmasligini ta’kidlagan bо‘lsa, A. Komov о‘zining “Russkoye ekonomicheskoye obshestvo” jurnalida bergan ilmiy maqolasida kichik biznes subyektlarini iqtisodiyotning yirik tarkibiy qismi ekanligi va uning rivojlanishida kredit tizimining ahamiyati tо‘g‘risida fikr yuritgan. Umuman olganda, kishining tadbirkorlik holati - bu tashabbuskorligi, novatorligi, manfaatdorligi, ishga eskicha emas, yangicha yondashishdir. XULOSA О‘zbekistonda kichik biznes korxonalarini barpo etish orqali mustaqil xо‘jalik yurituvchi mulk egalari shakllandi. Kichik biznes korxonalari bozor iqtisodiyotiga xos turli makroiqtisodiy shart- sharoitlar va talablariga moslashishi imkoniyatlariga egaligi bilan ustuvor ahamiyatga ega. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish milliy iqtisodiyotimiz barqarorligini ta’minlashning muhim makroiqtisodiy omillaridan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda kichik biznes taraqqiyoti natijasida ularning mamlakatda yaratilayotgan yalpi ichki mahsulot salmog‘idagi ulushining ortib borayotganligi bilan izohlash mumkin. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish dasturi doirasida iqtisodiy о‘sishni ta’minlash, yangi ish о‘rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim о‘rin tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, rag‘batlantirish va qо‘llab- quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi. American Journal of Business Management, Economics and Banking Volume 12 May, 2023 P a g e | 147 www.americanjournal.org REFERENCES 1. Ахунова, Ш. Н., & Абдуллаева, Б. (2015). Динамика и перспективы развития частного предпринимательства в Узбекистане. Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов, (5), 23-25. 2. Ахунова, Ш. Н. (2015). К проблемам оптимизации налоговой нагрузки субъектов предпринимательства. Молодой ученый, (2), 246-248. 3. Кундузова, К. И., & Ахунова, Ш. Н. (2019). Пути развития дехканских хозяйств и повышения их эффективности. Известия Ошского технологического университета, (3), 273-277. 4. Kurpayanidi, K., Nabiyeva, N., Akhunova, S., & Tukhtasinova, M. (2021). Analysis of the State's Macroeconomic Policy. Revista Geintec-Gestao Inovacao E Tecnologias, 11(4), 4669-4680. 5. Ахунова, Ш. Н., & Аширалиев, Ф. (2015). К вопросам развития строительной индустрии в сельской местности Узбекистана. Молодой ученый, (6), 375-377. 6. Ахунова, Ш. (2021). Эволюционная структура и функции конкуренции. Общество и инновации, 2(2), 87-92. 7. Ахунова, Ш. Н., Мамаджанов, И. Б., & Урозова, Д. Д. (2019). Химическая промышленность Узбекистана: проблемы развития и пути их преодоления. Экономика и бизнес: теория и практика, (6-1), 34-38. 8. Ахунова, Ш. Н. (2014). Организационно-правовые механизмы формирования семейного предпринимательства. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук, (4-1). 9. Namanzhanovna, A. S., & Shokhsanam, T. (2021). GLOBAL TRENDS AND PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF THE INNOVATION ECONOMY IN UZBEKISTAN.