id	author	title	date	pages	extension	mime	words	sentence	flesch	summary	cache	txt
ajird-789	Nargiza Hasanova	THE ROLE OF SPIRITUAL HERITAGE OF WESTERN AND EASTERN PEOPLE IN YOUTH EDUCATION	2023	7	.pdf	application/pdf	2580	149	36	Sharqona demokratiya, avvalo, quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: tegishli subordinatsiyani saqlash va iyerarxik munosabatlarda kam tajribali, kam bilimli kishi ko‘p tajribali, keng bilimli kishiga itoat etadi; davlat va jamiyatni boshqarishda avvalo axloqiy, ma’naviy me’yorlarga rioya qilinadi; ajdodlar tajribasiga asoslangan an’anaviy huquqiy munosabatlar saqlanib qoladi; fiqhda tarixiy an’analarga (Qur’oni Karim va Hadisga) tayangan holda, huquqiy muammolar erkin hal etib kelingan; hukmdor saroyida davlat va jamiyat ishlarini boshqarishga oid ulamolar yechimida ishtirok etadigan Kengashlar (A’yonlar kengashi, Vazir kengashi, Olimu fuzalolar kengashi singari) bo‘lgan; hukmdor nafaqat o‘z hayoti, balki fuqarolarning turmushi, ma’naviyati, ishonchu e’tiqodi uchun ham javob bergan; ijtimoiy-siyosiy hayotni tadrijiy rivojlantirishga moyillik seziladi; inson va jamiyat hayoti siyosiy mafkuralar tazyiqidan holi bo‘lgan; insonning ma’naviy hayotini boyitish, yuksaltirish, boshqarish asosiy vazifa hisoblangan; inson, davlat va jamiyat manfaatlari o‘zaro uyg‘unlikda qaralgan; jamoa hayoti va uning manfaatlari ustun qo‘yilgan. Binobarin, past iqtidorli odamlar yuqori iqtidor egalariga, bilimli va tajribasi kam kishilar esa tajribasi ko‘p kishilarga bo‘ysunishi tabiiy, aks holda, davlat va jamiyat ishlarini oqilona tashkil etish, olib borish mumkin emas deb hisoblangan.	cache/ajird-789.pdf	txt/ajird-789.txt
