American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 06, July, 2022 39 | P a g e MAKTABGACHA YOSHDAGI ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNING IJTIMOIY MOSLASHUVI Abdullayeva Nafisa Yusupovna Qo’qon davlat pedagogika instituti “Maxsus pedagogika” kafedrasi o’qituvchisi Husanboyeva Dilshodaxon Zohidjon qizi Qo’qon davlat pedagogika institute Maxsus pedagogika Logopediya yo’nalishi 2 bosqich magistranti ANNOTATION Bolalarni maktabga tayyorlash maktabgacha tarbiya muassasining muhim vazifalaridan biridir. Agar bolalar maktabgacha tarbiyasi to’g’ri yo’lga qo’yilgan bo’lsa, maktab ta'limi ham yuqoriroq darajaga ko’tariladi, maktab ta'limining samaraliroq bo’lishi ta'minlanadi. Bolalar bog’chasi va maktab hamkorligi muammolarini o’rganishga qaratilgan psixologik va pedagogik tadqiqotlar, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy, aqliy, ahloqiy, mehnat va estetik tarbiyalari maktabda muvaffakiyatli ta'lim olishida katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. Maxsus pedagogika va psixologiya sohasida bolalar bog’chasi va maktab faoliyatining hamkorlik muammolari mavzusiga A.G. Basova, N.I.Belova, N.G. Butkevich, A.M. Goldberg, B.D. Korsunskaya, N.G. Morozova, L.P. Noskova, O.M. Potapovalarning ilmiy izlanishlari baqishlanadi. Ko’pgina tadqiqotchilar eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni ertaroq nutqqa o’rgatish zarurligi haqida fikr bildiradilar. Mualliflarning to’g’ri ta'kidlashicha, tilga o’rgatib eshitishda nuqsoni bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkur rivojlanishidagi qator qiyinchiliklar еngiladi. Maktabgacha tarbiya muassasalar va maktab ishidagi uzviylik ikki tomonlama jarayon bo’lib, unda har ikki tomon vakillari faol qatnashadilar: bir tomon bolalarni hozirgi boshlanqich ta'lim talablarini hisobga olib ta'limga tayyorlaydi, ikkinchi tomon bolalar bog’chasida egallagan bilim, malaka va ko’nikmalarini ta'limning keyingi bosqichlarida takomillashtiradi. Ta'lim-tarbiya mazmuni, vazifalari, shakl va usullarining uzviyligini o’rnatish bolalar bog’chasi va maktab hamkorligining zarur sharti hisoblanadi. Dasturlar tahlilining ko’rsatishicha, bog’chalarda bolalarga borliq haqidagi eng oddiy ma'lumotlar beriladi, tabiatshunoslik, jamiatshunoslik hamda oddiy matematik tasavvurlari shakllantirilib, maktabda chuqurroq bilimlar olishi uchun zamin bo’ladi. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni tilga o’rgatish tizimida kommunikasiya (muloqot) tamoyili еtakchi hisoblanadi. Maxsus bog’chalar va maktablarda og’zaki nutqni shakllantrishga faol yondashuv, ya'ni nutqning eshitish, idrok qilish, gapirish kabi jarayonlari turli faoliyatlarda rivojlantirish amalga oshiriladi. Ta'lim tarbiya jarayonida bolalarning eshitish qobiliyatini rivojlantirish va eshitish qoldiqlaridan foydalanish talabi doimiydir. Maxsus bolalar bog’chalari va maktablarda bolalar talaffuzi kattalarga tahlid qilish asosida hamda maxsus mashg’ulotlarda o’rgatiladi. American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 06, July, 2022 40 | P a g e Introduction Bolalarga maktabda ta'lim berishning samaradorligi ularning jismoniy, aqliy va ahloqiy va psixik jihatdan tayyorligiga bog’likdir. Jismoniy tarbiya bo’yicha amalga oshirilgan ishlar bolaning maktab ta'limiga jismoniy tayyorligini ta'minlaydi. Maktabda o’quvchilarning kun tartibi o’zgarib, ertalabki mashg’ulotlar soni va vaqti ko’payadi, uy vazifasi joriy etiladi. Bularning hammasi maktabgacha yoshdagi bolalar xulq atvorida mavjud stereotiplarni qayta qurish, qo’shimcha jismoniy kuch quvvatni sarflash talab qilinadi. Etti yoshga to’lgan bolalarda maktab-internat sharoitlarida o’ziga-o’zi xizmat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan madaniy-gigienik malakalari shakllangan bo’lishi kerak. Bolalar bog’chasida bolada yozish, daktillash, predmet- amaliy ta'lim mashg’ulotlarida mehnat malaka va ko’nikmalarini egallash uchun zarur bo’lgan qo’l va barmoq harakatlari rivojlantirilishi zarur. Maktabga tayyorlov guruhining tarbiyachisi va surdopedagogi jismoniy mashqlarni takomillashtirish, harakatlar faolligini rivojlantirish va korreksion-tarbiyaviy ishlar vositasida bolalarni maktabga jismoniy jihatdan tayyorligini ta'minlaydilar. Bolaning maktabga aqliy jiqatdan tayyorligi boqchada o’zlashtirgan bilim, malaka va ko’nikmalariga, fikrlash qobiliyatining darajasiga bog’liqdir. Maktabgacha tarbiya muassasi dasturiga bolalar uchun muhim bo’lgan 25 ta asosiy mavzu kiritiladi. Mavzular bolalarni qiziqtiradigan barcha soрalarni qamrab oladi (o’yinchoqlar, o’simliklar, kiyim-kechak, idish-tovoq, mebel, transport va h.k.). Aqliy tarbiya berish jarayonida surdopedagog va tarbiyachi bolalarga narsalar va hodisalar haqida oligan bilimlarni taqlil qilishni, taqqoslashni va umulashtirishni, amaliy faoliyatni rejalashtirishni o’rgatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda so’zli nutqni shakllantirish maxsus bog’chaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Predmetlar, hodisalarni nomlash, hikoya tuzish, o’qish, rasmlar asosida bayon etish, o’qish jarayonida nutqiy material mustahkamlanadi. Pedagoglar rahbarligida bog’cha ta'limining ohiriga kelib bolaning maktab ta'limiga ahloqiy va irodaviy tayyorligi ta'minlanadi. Maxsus bolalar bog’chasidagi tashkil etilgan korreksion ta'lim - tarbiya jarayoni bolalarda jamoada yashash va o’qishga tayyorlashga qaratiladi. Bolalarda mustaqillik, uyushqoqlik, intizomlilik, kattalar va tengdoshlari bilan o’zaro munosabatlarni o’rnata bilish kabi ahloqiy tushunchalar va sifatlar tarkib topadi. Bolalar o’quvchi burchlarini, madaniy xulq qoidalarini bilishi va ularga amal qilishlari kerak. Har bir bola alohida-alohida tekshirilib, oldindan bolalar psixonevrolog, otolaringolog, audiolog tekshiruvidan o’tkaziladi, eshitish, nutqiy va umumiy rivojlanishining holati hakida hulosa chiqariladi, muassasaning turi (kar yoki zaif eshituvchi bolalar maktabi) tavsiya qilinadi.(tayyorlov yoki birinchi sinfi).Bolalar bog’chasi pedagogik jamoasi har bir bolaga psixologik-pedagogik tavsifnomani tayyorlaydi, shundan so’ng bola komissiya a'zolari o’tirgan xonaga taklif etiladi. Surdopedagog bola bilan suhbatlashadi,dasturga muvofiq topshiriqlar beradi, eshituv va nutqining holatini tekshiradi. Psixolog- tibbiy pedagogik komissiya muhokamadan so’ng bolaning kelajakda ta'lim olish imkoniyatlari va qaysi turdagi maktabda o’qishi haqida ota-onalariga tavsiyalar beradi. Komissiya faoliyatining yakunida barcha American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 06, July, 2022 41 | P a g e bog’cha bitiruvchilarining maktab ta'limiga tayyorlik darajasi hakida hulosalar chiqaradi. Maktab va bolalar bog’chasi o’rtasida yaqin, uzviy aloqa o’rnatilishi uchun yil davomida hamkorlik qilinishi kerak. Bunday hamkorlik bolani maktabga psixologik jihatdan tayyorlash, bolaning yosh xususiyatlarini o’rganish , metodik masalalar bo’yicha ma'ruzalar, bahs va munozaralar, birgalikdagi tadbirlar tarzida bo’lishi mumkin. O’zaro darslarga qatnashish ham hamkorlikning bir turidir. Birinchi sinf o’qituvchisi bolalar bog’chasiga kelib, bo’lg’usi o’quvchilari va ularning ota - onalari bilan tanishadi, mashg’ulotlarda qatnashadi va bolalar bilan ishlash usul va yo’llarini o’rganadi. Bitiruvchi guruh surdopedagogi va tarbiyachisi maktabdagi darslarni kuzatadilar, o’qituvchining dars berish shakl va usullari bilan tanishadilar, bolalarning maktab sharoitiga moslashish xususiyatlarini o’rganadilar. Pedagogik kengashlarini birgalikda o’tkazish, ilqor pedagoglar ish tajribalarini o’rganish va ommmalashtirishga bag’ishlangan seminarlar ham bog’cha va maktab hamkorligini mustahkamlashga yordam beradi. Maxsus bolalar bog’chalari tayyorlov guruh bolalarning nutqiy malakalarini tekshirish. Eshitishda nuksoni bo’lgan bolalar maktabgacha muassasalar xodimlari oldida mas'uliyatli vazifa, ya'ni mashg’ulotlarda va turmushda faol muloqotda bo’lishi uchun zarur bo’lgan so’zli nutqini shakllantirish vazifasi turadi. Maktabgacha ta'lim bosqinchini o’tgan bolalar shakllangan og’zaki nutq bilan maktabga borishi kerak. O’quv yilining ohirida bolalar bog’chasining ma'muriyati surdopedagog va tabiyachilar bilan birgalikda tayyorlov gurux tarbiyalanuvchilarning dasturning barcha bo’limlar bo’yicha dastur talablarini o’zlashtirish darajasini tekshirib ko’radi. "Nutq o’stirish" bo’limini tekshirish eng murakkab hisoblanadi, chunki nutq dasturidagi barcha bo’limlarga tarkibiy qism sifatida kiradi. Tajribaning ko’rstishicha, kar va zaif eshituvchi bolalar еtti yoshga borib, bog’langan nutqni to’liq egallab olmaydilar. Nutqiy malakalar yaxshi rivojlanmaganligi sabablari og’zaki nutqni o’stirish kech boshlaganligi, bola kassaligi tufayli bog’chaga kam qatnaganligi, oilada nutqiy muloqotning etishmasligi, bola rivojlanishidagi alohida xususiyatlaridadir. Shu bois surdopedagog ayrim bolalar nutqining rivojlanish darajasini avvalgi yillardagi ta'lim dasturi bo’yicha tekshiradi. O’qituvchi dastur talablarini yozib oladi va keyin tekshirishda bola tomonidan topshiriqning bajarish xususiyatlarini belgilaydi. Nutq o’stirish bo’limi bo’yicha dastur talablari Ta'limning birinchi yili. O’rtoqlarining ismini biladi (o’qiydi va yozadi). Mavzular bo’yicha so’z va iboralarni tushunadi hamda ulardan o’z nutqida foydalanadi (150-200 so’z atrofida). Dastur topshiriqlarini bajaradi. qisqa hikoyalarning mazmunini tushunadi. Ta'limning ikkinchi yili. Dastur topshiriqlarini bajaradi. Eshitish-ko’rish orqali hikoyalarni idrok qiladi. Qisqa hikoyalarni o’qiydi va matn mazmuni bo’yicha topshiriqlarni bajaradi. Suratlar bo’yicha va hayotiy voqealar haqida qisqa hikoyalar tuzadi. Nutqida "Kim", "Nima", "Nima qilish kerak", "Qaerda", "Qanday" kabi savollarni ishlatadi. 350 ta so’z atrofidagi lug’atdan foydalanadi. Ta'limning uchinchi yili. Kitobdan hikoyalar o’qiydi va berilgan topshiriqlarni bajaradi. Syujetli rasm bo’yicha og’zaki hikoyalar tuzadi (5-7 gapdan iborat). Berilgan American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 06, July, 2022 42 | P a g e mavzu bo’yicha og’zaki hikoya tuzadi. Sochilgan matndan hikoyalar tuzadi. Faol lug’at boyligi 1200 so’zdan tashkil topadi. Ta'limning to’rtinchi va beshinchi yili. Yozma ko’rsatma bo’iicha topshiriqni bajaradi. Qirqilgan va sochilgan matndan hikoyalar tuzadi. Syujetli suratlar bo’yicha og’zaki hikoyalar tuzadi. hikoya bo’yicha savolga javob beradi. hikoya, ertak, she'r, topishmoq kabi adabiy janrlarni farqlaydi. She'rni yod oladi. Nutqida dasturda ko’zda tutilgan turdagi gaplarni ishlatadi. 2000 so’zdan iborat lug’atdan foydalanadi. Bolaning nutqiy rivojlanish darajasini tekshirish uchun oddiy savollar beriladi: "Isming nima" "Yoshing nechada" "Bugun qanday kun" "Bugun qaysi sana" "Bugun ob-qavo qanday", "hozir qaysi oy" "hozir qanday fasl", "Yaqinda qanday bayram bo’ladi", "Sen qaerda yashaysan", "O’qituvchingni ismi nima" va h.k. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. Басова А.Г. Обучение русскому язику глухих детей с подготовкой детского сада в 1 классе школў для слабослишашиқ детей . В сб. Вопроси сурдопедагогики М.1972. 2. Белова Н.И. Спесиалная дошколная сурдопедагогика М.1985. 3. Белова Н.И. Овладение речевими умениями детми в спесиалних детских садах. В сб. особенности овладения знаниями и умениями детми с недостатками слуха. Л. 1982. 4. Головчис Л.А. Дошколная сурдопедагогика М. 2001.