American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 08, Sep., 2022 82 | P a g e FINE ART THEORY, ITS TYPE AND GENRE Rakhmonkulov Khamrokul Bobokulovich Associate Professor V.B. (e-mail: x.raxmonkulov@tersu.uz) (phone number: +99897 531 25 58) Annotation This article is about the theory of fine art and its type genre, general concepts, parts and sections, information is covered in an overview. Keywords: Social life, purpose of illustration, content of artistic work, letter compositions. Kirish San'atning turlari juda ko'p. Ular musiqa, kino, teatr, xoreografiya, tasviriy san'at va boshqalardir. Odatda borliqni tasviriy obrazlarda, shakllarda, fazoviy kenglikda yoki tekislikda (qog'oz yuzasida, devor yuzasida va hokazolarda) aks ettiradigan san'at tasviriy san'at deb ataladi. San'atkor real borliqni o'z asarlarida tasvirlar ekan, u hech vaqt uni mexanik ravishda ko'chirmaydi. Aks holda, u yaratgan san'at asarlarining fotograf yaratgan rasmlardan farqi bo'lmay qoladi. San'atkorning vazifasi oliyroqdir. U hayotda mavjud bo'lgan voqea va hodisalarni tasvirlar ekan, u tasvir orqali o'zini hayajonlantirgan biron bir fikrni ilgari suradi, ijtimoiy hayotda sodir bo'layotgan voqca va hodisalarning mohiyatini ochib berishga intiladi, ularga o'z munosabatini bildiradi, hukmini chiqaradi. Masalan, rassom biror shaxsning rasmini ishlar ekan, u hech vaqt uni faqat o'ziga o'xshatishga intilish bilan chegaralanmaydi. Rassom shu ishlayotgan tasviri orqali, avvalo, o'zining fikr va tuyg'ularini tomoshabinga yetkazishga harakat qiladi. Tomoshabin rasmda tasvirlangan olijanob, mard kishilar obrazini ko'rib, undan g'ururlanadi (chunki rassom ham g'ururlanib shu rasmni ishlagan) unga taqlid qiladi, undan o'rnak oladi. Agar asarda pastkash, razil odarn tasvlrlangan bo'lsa, tomoshabin undan nafratlanadi. Tomoshabin o'zlda shunday xususiyatlarbo'lmasligiuchun harakat qiladi. Bundan ko'rinib turibdiki, tasviriy san'at asarlari san'atning boshqa turlari - adabiyot, kino, teatr va hokazolar kabi insondagi ajoyib fazilat borliqni bilish, uni o'rganish va sirlarini ochishga bo'lgan ehtiyojlarni qodirishga faol ta’sir ko'rsatadi. Asosiy qism:Tasviriy san'at asarlari ko'rish uchun mo’ljallan san’atdir. Uni ko'rish orqaligina zavq olish mumkin. Kuy va ashulaning go'zalligini so'z bilan ta'riflab bo’lmaganidek, rassomning asarlarini ham so'z bilan to'liq ta'riflash mumkin emas. Tasviriy san'at asarlarini to'g'ri tushunishga oid ba'zi misollarga murojaat qilaylik. mailto:x.raxmonkulov@tersu.uz American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 08, Sep., 2022 83 | P a g e A.Plastovning «Peshin» deb nomlangan asarining sujeti juda sodda, hatto bir qarashda san'atga loyiq mavzu yo'qqa ham o'xshaydi. Shu asarni so'z bilan ta'riflansa, eshitgan odam, xo'sh, nima bo'pti, deyishi va unga beparvo bo'lishi ham mumkin. Lekin asarga qaragan tomoshabin hech qachon shunday demaydi. Ko'rinishdan sodda bo'lib tuyulgan bu asar uni o'ylashga majbur qiladi, tevarak-atrofning naqadar go'zal ekanligini his qilishga, shu go'zallikdan hayajonlanishga da'vat etadi. Haqiqatan ham beg'ubor, kuchga to'lgan sokin tabiat, zilol suv, kishi qalbiga orom beruvchi quyoshning mayin nurida qanchadan-qancha go'zallik, latofat bor. Rassom shulardan quvonadi, shu quvonchini boshqalar bilan o'rtoqlashishga intiladi. Bunga erishish uchun tasviriy san'atning ifoda vositalari kompozitsiya, kolorit, yorug', soya, chiziq, faktura imkoniyatlaridan foydalanadi. Rassom shunday kompozitsiya tanlaganki, bu voqeaning qachon va qayerda sodir bo'layotganini ochib, rasm ishlangan yuza (xolst) - ning bir butun bo'lib ko'rinishini ta'minlagan. Shu rasmdan kompozitsiyadan biron- bir detalni, aytaylik, mototsiklni olib tashlaylik yoki obrazlarning birortasining o'rnini o'zgartirib ko'raylik-chi, u holda tasvirning ta'sir kuchi yo'qoladi. Kompozitsiya yaxlitligi buziladi. Rassom yorug' va soya imkoniyatlaridan foydalanib, voqea sodir bo'layotgan vaqtni ko'rsatishga erishgan. Suv ichayotganlarning tagiga tushayotgan soya voqeaning peshinda, quyoshning tikkaga kelgan paytida sodir bo'layotganligidan dalolat beradi. Asar uchun tanlangan rang gammasi - kolorit yozning issiq jaziramasini his etishga xizmat qilgan. Quyosh nuriga to'yingan sarg'ish-yashil ko'katlar hamda qizil mototsikl, quyosh nurida toblanib, qizargan odamlar gavdasi-ning ranglari birgalikda butun asarning rang gammasini tashkil etadi. Shuning uchun ham asarga qaraganimizda shu issiq rang gamma hisobiga biz yozning jazirama issig'ini his qilgandek bo'lamiz. Kompozitsiya markazidagi buloq suvining salqini shu jaziramani yorib atrofga salqin havo taratayotgandek va hayotning o'ziga xos kurashini tomoshabinga ko'z-ko'z qilayotgandek tuyuladi. Rassom asar yaratganda chiziqlarning emotsional imkoniyatlaridan ham foydalanadi. Ma'lumki, har xil chiziq kishida har xil taassurot qoldiradi. Silliq ehiziqlar ko'p hollarda sokinlik, xotirjamlik baxsh etsa, aksincha pala-partish, har lomonga yo'nalgan ehiziqlar notinchlik, hayajon tug'diradi. Tasviriy san'at asarlarini kuzatganda undagi har bir obrazning psixologik kechinmalari qanday yechilganligini, ularning tevarak-atrofga bo’lgan munosabatini to'g'ri ko'rsatib bera olish ham muhim o'rinni cgallaydi. Shuning uchun rassom ishlatgan ranglar jilosiga ham, bo'layotgan voqeaning kompozitsiyasiga ham, rassomning ishlash mahoratiga, tanlangan har bir shakl xarakteriga, umumiy rang gammasi - koloritiga, yuzaning xarakteriga (masalan, rassom ishlagan holat yuzasining silliqligi yoki g'adir-budurligiga) ham e'tibor berish, ular nima uchun shunday olinganiga javob topishga harakat qilish zarur. Slumdagina tasviriy san'at asarlarining asl mohiyatini tushunib yetish va ulami to'g'ri tahlil qila olishni o'rganish mumkin. American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 08, Sep., 2022 84 | P a g e 1. Tasviriy san’atning tur va janrlari Tasviriy san'at tushunchasi keng ma'noga ega. Tasviriy san'at deyilganda, grafika, rangtasvir, haykaltaroshlik san'ati tushuniladi. Me'morchilik va dekorativ-amaliy san'at asarlari ham qisman tasviriy san'alga kiradi. Haqiqatda esa ularda mavjud borliq tasvirlanmaydi. Lekin bu san'at asarlarida ijodkorning maqsadi, fikri, his- tuyg'ulari, orzu-istaqlari o'z aksini topadi. Demak, ijodkorning dunyoqarashida ma'lum miqdorda davr ruhi va mazmuni o'z aksini topadi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, me'morchilik va amaliy san'at buyumlari ham tasviriy san'at sifatida qaraladi. Tasviriy san'atning hamma turlari bir-biriga juda yaqin va ularning bir qator o'xshashliklari bor. Lekin shu bilan birga, ulardan har birining o'ziga xos tasviriy uslublari va texnikasi mavjud. Bundan tashqari, ularning har biri ishlatilish o'rni, aks ettiradigan mavzusi, ishlanish uslubiga qarab bir qator tur va janrlarga bo'linadi. Grafika. Hozirgi zamon san'atining keng tarqalgan turlaridan biri grafika san'atidir. Tasviriy san'atning bu turiga oddiy qora qalamda chizilgan surat, mavzulik kompozitsiyalar, kitobning ichki va tashqi tomoniga ishlangan turli rasm, illustratsiya, plakat, karikatura, sharj, etiketka, marka, ekslibris va boshqalar kiradi. Grafika san'ati asarlari hajm jihatdan uncha katta bo'lmay, ko'p hollarda qog'ozga ishlanadi. Grafikaning xarakterli tomonlaridan biri, uning seriyali qilib ishlanishi, ya'ni voqeani bir necha qog'ozda tasvirlanishidir. Bunday seriyali rasmlar o'zaro bir-biri bilan bog'liq bo'lib, ma'lum bir mazmunni ochib beradi. Grafika san'ati hozirjavob san'atdir. Masalan, rassomlik asarlari yaratilishi uchun uzoq vaqt kerak bo'ladi (axir ba'zi rassomchilik asarlarini yaratish uchun 15-20 yil kerak bo'lgan), grafika san'ati asarlarida esa shu bugun sodir bo'lgan voqea shu bugunoq o'z aksini topishi mumkin. Grafika san'atida rang ishlatilmaydi, ishlatilsa ham, uning xarakterli tomonini belgilamaydi. Masalan, D. Moorning «Sen ko'ngilli bo'lib yozildingmi?», Toidzening «Ona Vatan chaqiradi!» degan plakatlarida odam kiyimi ochiq qizil rangda ko'rsatilgan. Aslida hayotda bunday voqeani uchratish qiyin. Rassom rang orqali o'z asarining yanada ta'sirchan bo'lishiga erishgan. Kishi shu plakat oldidan o'tib borar ekan, qizil rang uning diqqatini o'ziga tortadi. Natijada u to'xtab plakat mazmunini chuqurroq bilib oladi. Rus san'atining atoqli vakillari Mayakovskiy, Cheremnixlar qizil rangdan davlatning ramzi sifatida foydalanganlar, ular rus kishilarining rasmini qizil rang bilan, hokimiyatning dushmanlarini esa qora va ko'k ranglarda ishlab, o'z g'oyalarini tez va oson tushunarli bo'lishiga erishganlar. Grafika asarlari o'zining bajaradigan funksiyasi va mazmuniga qarab, dasttoh grafikasi, kitob va gazeta-jurnal grafikasi, plakat hamda amaliy grafika san'atiga bo'linadi. Dastgoh grafika san'atiga mustaqil xarakterga ega bo'lgan, o'zida tugal fikrni anglata oladigan, yangi g'oyalarni ilgari suradigan grafika asarlariga aytiladi. Dastgoh grafika san'ati asarlarining ko'rinishlaridan biri estampdir. Dastgoh grafikasi asarlarida biron-bir mazmun, odamlarning xatti-harakati, tabiat ko'rinishi yoritiladi. Kitob va gazeta-jurnal grafikasi turi dastgoh grafikasidan farq qilib, bevosita kitob va jurnal mazmuni bilan bog'liq American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 08, Sep., 2022 85 | P a g e bo'ladi hamda ularning maqsad va mazmunini to'laroq ochib berish uchun xizmat qiladi. Kitob va gazeta-jurnal grafikasiga rassom tomonidan kitob va gazetalarga chizilgan turli rasmlar, bezaklar, harf kompozitsiyalari kiradi. Kitob hamda gazeta- jurnal grafikasining ko'rinishlaridan biri bu illustratsiyalardir. Illustratsiya biron-bir badiiy asar bilan bog'liq bo'lib, shu asarda tasvirlangan biron-bir lavhaning tasvirini aks ettiradigan rasmga aytiladi. Rassom biror-bir hikoya yoki kitobga illustratsiya ishlashga o'tishdan oldin uni sinchiklab o'qiydi, matnda tasvirlangan har bir obrazning xarakterini, voqea sodir bo'layotgan joyning xususiyatlarini o'rganib chiqadi, shundan keyingina unga illustratsiya ishlashga kirishadi. Illustratsiyaning maqsadi badiiy asar mazmunining chuqurroq ochilishiga va ta'sirliroq bo'lishiga yordam berishdir. Illustratsiyalar turli ko'rinishda bo'ladi. Illustratsiyalarda badiiy asarda ishtirok etuvchi shaxs portreti, shuningdek, muhim voqealar tasvirlanishi mumkin. Kitob va gazeta-jurnal grafikasining ko'rinishlaridan yana biri karikatura bo'lib, u tanqidiy xarakterga ega bo'ladi hamda o'zida satira va yumorni mujassamlashtiradi. Karikaturachi rassom hayotda mavjud bo'lgan voqea va hodisalarni o'z asariga mavzu qilib oladi va uning ba'zi tomonlarini bo'rttirish orqali rasmlarning qiziq va kulgili bo'lishiga erishadi. Foydanilgan adabiyotlar ro'yxati 1. Mamatqulov S. N. TASVIRIY SAN’AT METODIKASI FANIDAN KURS ISHI TAYORLASH METODOLOGIYASI //Academic research in educational sciences. – 2021. – Т. 2. – №. 4. – С. 1998-2006. 2. Raxmonqulov X. B., Botirov M. A., Xurramova N. Y. THE ROLE AND THE PRACTICAL IMPORTANCE OF COMPOSUTION DURING COLOUR DESCRIPTION STUDIES (AS AN EXAMPLE OF DESCRINING HUMAN FEATURE) //Экономика и социум. – 2021. – №. 1-1. – С. 241-244. 3. Raxmonqulov X. B., Bekkeldiyeva M. F. Q. TASVIRIY SAN’AT VA UNING MOHIYATI, TUR VA JANRLARI //Oriental Art and Culture. – 2022. – Т. 3. – №. 2. – С. 540-546. 4. Tursunbayevich E. A. The Role and Interdisciplinary Relationship of Fine ARTS in Student Education //European Journal of Research Development and Sustainability. – 2022. – Т. 3. – №. 3. – С. 95-97. 5. Suvanovich T. O., Tursunbayevich E. A. Methodology of Working the Cube and Pyramid in Penalty in Integrity //Journal of Ethics and Diversity in International Communication. – 2022. – Т. 2. – №. 5. – С. 13-17. 6. Naweed N. A., Turakulov A. E. The role of urban planning norms and rules in creating a modern design of a library building //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2021. – Т. 11. – №. 6. – С. 385-387. American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 08, Sep., 2022 86 | P a g e 7. Asadulloh Z., Turakulov A. E. Urban planning norms for creating a modern hotel building with the help of graphic software //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2021. – Т. 11. – №. 6. – С. 398-402. 8. Turakulov A. E. et al. QALAMTASVIRDA GEOMETRIK JISMLARDAN TASHKIL TOPGAN NATYURMORT KOMPOZITSIYASINI BOSQICHLI ISHLASHGA DOIR ILMIY VA METODIK TAVSIYALAR //ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ В СОВРЕМЕННОЙ НАУКЕ. – 2019. – С. 123-128.