American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 09, Oct., 2022 70 | P a g e HAYKALTAROSHLIK MASHGʻULOTLARIDA TALABALARNI FAZOVIY FIKIRLASHI KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH Abdirasilov Sunnatullo Fayzullayevich Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Professori V.B Pedagogika fanlari nomzodi Ruziyev Nuriddin Muxamadaliyevich Andijon davlat universiteti " Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi" kafedrasi oʻqituvchisi Annotatsiya Maqolada haykaltaroshlik mashgʻulotlarida talabalarni fazoviy fikirlashi kompetensiyasini rivojlantirish borasida fikr-mulohazlar va umumiy tahliliy xulosalar keltirilgan bolib qilingan ishlar ham qisman tahlil qilib otilgan Kalit sozlar: haykaltaroshlik, muhandislik, tasviriy sanat, umumiy bilimlar, fazoviy tasavvur KIRISH KIRISH Hozirda har bir fan boyicha, shu qatori badiiy-estetik turkumdagi fanlardan davlat ta'lim standartlarining yaratilishi, uni hukumat tomonidan tasdiqlanishi katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bolgan voqyeadir. Mazkur standartlar Ozbekiston tarixida birinchi bor yaratilgan bolib, u respublikamiz maktablarida ta'limni yuqori ilmiy- metodik asosda tashkil etish hamda uni jahon standartlari darajasiga olib chiqishga sharoit yaratadi1. Mazkur yonalishlar boyicha tasviriy san'at oquv predmetini oqitishda har bir oqituvchi asosiy e'tiborni nimalarga qaratilishini bilib olishi kerak boladi. Tasviriy san'atni oqitishda oqituvchining e'tibor berishi lozim bolgan asosiy jihatlar quyidagilardan iborat:2 1. Talabalarni borliqdagi (tevarak-atrofdagi) va san'at asarlaridagi nafosatni korishga, idrok etishga va undan zavqlanishga hamda qadrlashga orgatish. 2. Talabalarni ijodiy, abstrakt, mantiqiy fikrlashga, ayniqsa ijodiy qobiliyatlari va fantaziyalarini ostirishga yonaltirish. 1 Mirahmedov Q. “Tasviriy san’ at va chizmachilik” fanidan o‘quv-uslubiy majmua. – Т: 2017 55-b 2 Аbdumuminova Gulnoza Xayrullaevna, “Tasviriy san'at” fani boʼyichа oʼquvchilаr oʼzlаshtirishi lozim boʼlgаn bilim, mаlаkа vа koʼnikmаlаrgа tаlаblаr” Tafakkur manzili jurnal 2022-SENTABR/OKTABR 165-b American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 09, Oct., 2022 71 | P a g e 3. Tasviriy, amaliy, me'morchilik san'atlari yuzasidan nazariy, biroq umumiy, elementlar bilimlar berish. 4. Talabalarda kuzatuvchanlik, koz xotirasi, chamalash, fazoviy tasavvur kabi shaxs uchun muhim bolgan sifatlarni ostirish. 5. Rasm va naqsh, haykal ishlash yuzasidan tasviriy malakalarni ostirish. 6. Estetik his-hayajonni tarbiyalash va rivojlantirish. 7. San'atga qiziqishni ostirish va muhabbatni tarbiyalash. Bu vazifalar maktabda tasviriy sanat darsini olib boruvchi har bir oqituvchini mutaxassis bolishligini talab etada. Chunki, standart mazmuni mutaxassis oqituvchilar uchun moljallab tuzilgan. Tasviriy san'at ta'limi davlat standarti san'atning uch turi tasviriy, amaliy va me'morchilik san'atlari mazmunini aks ettirgan bolib, u avvalo milliy ozbek san'atini, uning badiiy an'analarini, ayrim mashhur ozbek tasviriy, amaliy memorchilik san'atlari ustalarining xayoti va ijodini, Ozbekistonda sanatning bu turlari rivoj topgan markazlarni, Ozbekistondagi yirik sanat muzeylarini bilish tasviriy san'at oquv predmetini vazifalaridan biri ekanligini qayd qiladi. Bundan maqsad milliy san'at vositasida talabalarga badiiy ta'lim berish bilan bir qatorda ularda shaxsni estetik, axloqiy va mehnat tarbiyasini amalga oshirishdan iboratdir. Milliy ozbek san'atini chet el va jahonning hozirgi zamon ilgor san'atiga qaraganda kengroq va chuqurroq orgatishdan maqsad har bir ozbek talabasi oz halqining tarixini, adabiyotini bilishi shart ekanligi kabi, uning san'atini ham nisbatan kengroq bilishiga erishishdir. Milliy san'at ta'lim mazmunida poydevor bolishi lozim. Umuman olganda tasviriy san’at asarlari mavzusi, mazmuni, ishlanish uslubiga ko’ra turli janrlarga bo’linadi. Tasviriy sanʼat - rangtasvir, haykaltaroshlik, grafikani birlashtirgan nafis sanʼat turi, voqelikni uning osongina ilgʻab olinadigan fazoviy shakllarda koʻrgazmali obrazlarda aks ettiradi. Tasviriy sanʼat turlari oʻz xususiyatlariga qarab real borliqni obʼyektiv mavjud sifatlari hajm, rang, fazo, shuningdek, predmetning moddiy shakli va nurhavo muhiti, harakat va oʻzgarishlari hissini yaratadi, bunda tasvirning hissiy konkretliligidan illyuzionizmga oʻtish mumkin. Tasviriy sanʼat faqat koʻrish mumkin boʻlgan narsalarnigina tasvirlab qolmay, balki asarlarida hodisalarning vaqtinchalik rivoji, uning u yoki bu qismi (fabula), erkin hikoyanavislik, dinamik harakatlarni ham aks ettirib, dunyoni gʻoyaviy oʻzlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Tasviriy san'at deyilganda, grafika, rangtasvir, haykaltaroshlik san'ati tushuniladi.3 Ularni o‘rganmasdan turib, yoshlarimiz badiiy madaniyatli shaxs bo‘la olmaydi. Aks holda milliy qobiqqa oralashib qolish oqibatida ular jahon standartlari darajasiga chiqa olmaydilar. Ayniqsa yoshlarimiz qadimgi Misr, Yunoniston, Hindiston 3 Lobarxon Abubakirovna Sharipova “JOURNAL OF ADVANCED RESEARCH AND STABILITY (JARS) Volume: 01 Issue: 05 | 2021 ISSN: 2181-2608 284-b American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 09, Oct., 2022 72 | P a g e me'morchiligi, Afgoniston, Iroq, Turkiya miniatyura rang tasvir asarlari, yevropada Uygonish davri tasviriy san'ati, rivojlangan Garb mamlakatlarining hozirgi zamon tasviriy va me'morchilik san'ati namunalarini organmasdan va bilmasdan turib mada- niylashgan shaxs bolish mumkin emas. Chunki, yuqorida qayd qilinganidek, ta'lim mazmuniga doir oquv-metodik majmualar, moddiy texnikaviy asos, yuqori malakali oqituvchilarning yetishmasligi, mavjud muammoni birmuncha murakkablashtiradi. Bu esa talabalarning darsdan va maktabdan tashqari mustaqil ishlarini tashkil etishni samarali shakllari va yollarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni taqozo etadi. Mazkur muammo bevosita talabalarning mustaqil ishlari uchun tegishli adabiyotlar, xrestomatik materiallar, moddiy-texnikaviy materiallar, oquv va metodik yol-yoriqlarni ishlab chiqish bilan boglangan. Hattoki, bu masalada ota-onalarning vazifalari, ish mazmuni haqida oylab korish, ularga ma'lum yolyoriq va tavsiyalar berish foydadan holi emas. Masalaga ana shunday yondashuv ta'lim standartlarida korsatilgan bilim va malakalarning minimum darajasini talabalar tomonidan ozlashtirishgagina ta'sir korsatibgina qolmay, balki uni maksimumga kogarish imkonini ham beradi. XULOSA Bir soz bilan aytganda talabalarda haykaltaroshlik mashgulotlari jarayonida fazoviy tasavvurni orgatish va rivojlantirish tasviriy sanat sohasining ham asosiy jihatlaridan hisoblanadi, zero bolajak haykaltarosh avvalo tashqi muhit va fazoviy tafakkurning nozik darajasiga ega bolishi lozim. ADABIYOTLAR 1. Mirahmedov Q. Tasviriy sanat va chizmachilik fanidan oquv-uslubiy majmua. Т. : 2017. 2. Аbdumuminova Gulnoza Xayrullaevna, “Tasviriy san'at” fani boʼyichа oʼquvchilаr oʼzlаshtirishi lozim boʼlgаn bilim, mаlаkа vа koʼnikmаlаrgа tаlаblаr” Tafakkur manzili jurnal 2022-SENTABR/OKTABR 165-b 3. Lobarxon Abubakirovna Sharipova “JOURNAL OF ADVANCED RESEARCH AND STABILITY (JARS) Volume: 01 Issue: 05 | 2021 ISSN: 2181-2608 284-b 4. Hasanov R. Boshlangich sinflarda Tasviriy san'at va badiiy mehnat, 5-7-sinflarda Tasviriy san'at oquv predmetlaridan mashgulotlarni taxminiy rejalashtirish. -T.: OzPFITI, 1996. 5. cyberleninka.ru 6. ziyonet.uz