American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 09, Oct., 2022 210 | P a g e KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O'QUVCHILARNI O‘QISHGA BO‘LGAN QIZIQISHINI OSHIRUVCHI TEXNOLOGIYALAR Umarova Gulhayo Murodiljonovna Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Va Toshkent Iqtisodiyot Va Pedagogika Instituti O'qituvchisi ANNOTATSIYA Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, insoniyat hayotiga turli yangiliklarning kirib kelishi ta’lim sohasida ham bir qator o‘zgarishlar qilinishini taqoza etmoqda. Hozirgi kunda ta’lim sohasida erishilgan yutuqlami saqlagan holda, bir xillikdan, bir qolipga tushib qolishdan saqlanmoq zarur. Ta’limning kishi xotirasini rivojlantirishga asoslangan turidan inson tafakkurini har tomonlama rivojlantirish, o‘quvchilar egallagan bilimlarni amaliyotda qocllash, ularda amaliy ko‘nikma va malakalar hosil etishga qaratilgan turiga o£tishga harakat qilish shu kunning talabi. Shunga erishilsagina vatanimiz kelajagi bo‘lgan yosh avlod tarbiyasi oldiga qo‘yilgan vazifa oqilona hal etilishi mumkin. Kalit so’zi: ta’lim metodi,pedagogik texnologiya,faoliyat. Ta'lim mеtodlarini to`g`ri tanlash va ulardan o`rinli foydalanish - ta'lim samarasini ta'minlashga yordam bеradi Pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish o’qituvchi va o’quvchi faoliyati doirasini aniq belgilab beradi. O`qitish mеtodi dеganda ta'lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyati tushuniladi. O`qitish usullari ta'lim jarayonida o`qituvchi va O`quvchi faoliyatining qanday bo`lishini, o`qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kеrakligini bеlgilab bеradi. O`qitish usullari har ikkala faoliyatning: a) o`qituvchi tomonidan o`quvchilarni bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirish; b) O`quvchilar tomonidan bеrilayotgan ilmiy bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirish faoliyatida qo`llanadigan yo`llarni o`z ichiga oladi. Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’qish faoliyati barcha predmet darslarida amalga oshiriladi. Lekin o’qishga o’rgatish yo’l-yo’riqlarini o’qish metodikasi ishlab chiqadi. O’qish metodikasi kichik yoshdagi o’quvchilarning umumiy rivojlanishi, psixologiya, xususiy metodika sohasidagi yutuqlar asosida takomillashtirilib boriladi. American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 09, Oct., 2022 211 | P a g e O’qish darsining samaradorligi ko’p jihatdan ta’lim metodlarining to’g’ri tanlanishiga bog’liq. Binobarin, fanning o’zi kabi o’qish metodlari ham doimiy rivojlanishda bo’ladi. Masalan, eski maktablarda o’qish quruq yod olish metodi asosida o’rgatilgan bo’lsa, hozir izjhli o’qish asosida olib boriladi.Yod olish metodida matndagi sozlarga izoh berishga, ma’nosini tushuntirishga, o’qilganni qayta hikoyalashga, umuman olganda, o’qishning ongli bo’lishiga mutlaqo e’tibor berilgan. Ularda ko’proq to’g’ri talaffuz, qiroat bilan o’qish, ifodali o’qish nazarda tutilgan. Hozir maktablarda o’qish izohli o’qish metodi asosida olib borilayotgan ekan, quyidagicha savol tug’iladi: izohli o’qish nima? Izohli o’qishga XIX asrning 60-70-yillarida rus pedagogi K. D. Ushinskiy asos slogan, u o’qishda o’quvchilarni “ongli, tushunib, o’ylab o’qishga” o’rgatishni alohida ta’kidlaydi va uni “Izohli o’qish” deb nomlaydi. Izohli o’qish metodiga K. D. Ushinskiy ishining davomchilari yangiliklar kiritdilar. Korf va Vaxterev izohli o’qish o’quvchilarga real bilim berish vositasi desa, Vodovozov va Bunakov o’quvchilarga o’qish jarayonida ham badiiy asar tahlili va asarning tarbiyaviy xarakteri bilan bo’g’liq holda beriladi, degan fikrni ilgari suradilar. Proffessor Asqar Zunnunov o’qitishning mazmuni va usullari haqida fikr yuritib , o’quvchilarning oldin bilimlarni o’zlashtirishiga, so’ng yod olishlariga e’tibor berilishi ta’lim jarayonida izohli o’qish deb nomlanganini ta’kidlaydi. Demak, izohli o’qish deb o’ylashga, his qilishga, asarni to’liq idrok qilishga, o’qilganning mazmunini o’zlashtirishga olib keladigan o’qishga aytiladi. Izohli o’qish asar mazmunini tushunishni, asardagi muhim fikrni, yozuvchi ilgari surayotgan g’oyani anglashni ta’minlaydi. Izohli o’qish quyidagi tamiyillarga to’liq amal qilingandagina muvofaqqiyatli bo’ladi: 1. o’qishni hayot bilan bo’g’liq holda tashkil etish. 2.o’qishning ongli va ta’sirchan bo’lishi uchun o’quvchilarning hayotiy tajribalariga, taassurotlarga asoslanish. 3.O’qishni ko’rgazmali tashkil qilish, tabiatga, tarixiy joylarga ekskursiyalar uyushtirish, hayvonot olami va o’simliklar dunyosini kuzatish, rasmlar, jadvallar, predmetlar bilan tanishtirish hamda matnni o’quvchining ifodali o’qishi tarzida olib borish. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida asosan she’rlar, masallar, ertaklar, hikoyalar, afsonalar, maqol va topishmoqlar, ilmiy-ommabop asarlar o’qib o’rganiladi. Tabiiyki, ularning har biri o’ziga xos shakl, uslub va mazmunda yaratiladi. Shuning uchun ham har bir janrga mansub asarlarni o’ziga xos usulda o’qib o’rganish taqazo qilinadi. Badiiy asarni izohli o’qishga yaqin bo’lgan metodlardan biri ijodiy o’qishdir. Atoqli metodist olim N. I. Kudryashov ijodiy o’qish metodi tarkibiga quyidagi ish usullarini kiritadi: American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 09, Oct., 2022 212 | P a g e a)o’qituvchilarning badiiy matnni sharhlab o’qishi hamda o’quvchilarning asarni to’g’ri va imkon qadar yanada chuqurroq, emotsional idrok etishlarini ta’minlash maqsadini ko’zda tutuvchi so’zi: b)o’qilgan asardan o’quvchilarning bevosita olgan taassurotlarini chuqurlashtirish maqsadiga ega bo’lgan va ularning diqqatini matnning muhim g’oyaviy va badiiy, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy muammoning qo’yilishi; d)o’qituvchining asar o’qilganidan keyin o’quvchilarning asarni tadqiq etish jarayonida tug’ilgan badiiy kechinmalarini faollashtirish maqsadini ko’zda tutuvchi Ko’rinadiki, ijodiy o’qish izohli o’qishdan farqli o’laroq, to’g’ridan to’g’ri matn mohiyatini ochishga ijodiy yondashishni taqozo etadi. Masalan, 4-sinfda A. Oripovning “Dehqonbobo va o’n uch bolakay qissasi” asarini ijodiy o’qish metodi asosida o’rganish jarayonida matn mazmuni va shoir g’oyaviy niyatidan kelib chiqib Vatanimiz hududlaridagi aholining yashash tarzi bilan bo’g’liq milliy xususiyatlar haqida ham atroflicha tushuncha beriladi. 2-sifda “o’tinchi yigit” , 3-sifda O’tkir Hoshimovning “Xazonchinak”, 4-sinfda S. Anorboevning “Qo’rqoq” asarlarini ham ijodiy o’qish metodi asosida o’qitish ijobiy samaralar beradi. Ifodali o’qish. Boshlang’ich ta’lim tizimida mantiqiy o’qish (matnni to’g’ri, tushunib, tez (me’yoida) o’qish) va adabiy o’qish mukammal o’zlashtirilganidan song ifodali o’qishga o’tiladi. U yod olingan she’riy asarlarni ifodali o’qishni ham o’z ichiga oladi. Ifodali o’qishning muvoffaqiyati o’quvchilarning asar mazmuni, g’oyaviy- badiiy xususiyatlari haqida muayyan tushunchaga ega bo’lishlari bilan bog’liq. Ifodali o’qish intonatsiya – ohang yordamida asarning g’oyasi va jozibasini to’g’ri, aniq, yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilishdir. Ifodali o’qish adabiyotni aniq va ko’rgazmali o’qitishning dastlabki va asosiy shaklidir”, deb ta’kidlaydi metodist olima M. A. Ribnikova11. Demak, “Ifodali o’qishning asosiy vazifasi asarning mazmunini va emotsionalligini intonatsiya orqali o’quvchilarga ko’rgazmali qilib ko’rsatishdir. Ifodali o’qishning asosiy tamoyili o’qiladigan asar go’yasi va badiiy qimmatini chuqur tushunishdir”12 Ohang va intonatsiya she’riy asarlarni ifodali o’qishda qay darajada muhim bo’lsa, nasriy asarlarni o’qishda ham muhim talablardan biridir. Nasriy asarlarni o’qishdan oldin unda qanday g’oya ilgari surilayotganini aniqlash zarur. Masalan, ifodali o’qish oldiga qo’yilgan 4-sinfda X. To’xtaboyevning “Xatosini tushungan bola” hikoyasini ifodali o’qishdan oldin o’quvchilarga xatosini tushungan bola kim ekanligi, uning xatosi nimalardan iborat bo’lganligi, maqtanchoqlikning yomon illat ekanligi to’g’risida tushuncha beriladi. 11 Рыбникова М.А. очерки по методике литературного чтени. – Учпедгиз 1945. – стр. 125. 12 Jo’rayev K. ifodali o’qish va hikoya qilish. - .: “o’qituvchi”, 1968. 7-9-betlar. American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 09, Oct., 2022 213 | P a g e Ifodali o’qish oldiga qo’yilgan bu talab M. Abdurashidxonovning “Ha kim ekkanin it”, kabi she’riy hikoyalarini o’qishga ham xosdir. Matnni ifodali o’qishga tayyorlanish 1. Matnni diqqat bilan o’qing. Unda nima haqida aytilganini tushunishga harakat qiling. 2. Mavzuni, asosiy g’oyani, aytilish tonlarini aniqlang. 3. Matnni nima maqsadda o’qishingiz va tinglovchilarni nimaga ishontirishingiz haqida o’ylang. 4. Gapdagi muhum ahamiyatga ega bo’lgan so’zlar ma'nosini bеlgilang. 5. Qaеrda pauzalar bo’lishini bеlgilang. 6. Og’zaki, ifodali nutqning yana qanday usullaridan foydala nishingizni o’ylang, masalan, nutq tеmpi, ovoz balandligi yoki pastligi. Xotira, nutq va tafakkuming rivojlanishiga 5moduJdagi ishlar xizmat qiladi. Bunday ishlarni tartibga so’sh uchun quyidagi еslatmadan foydalanish maqsadga muvofiq. Badiiy o’qish. Badiiy o’qish ifodali o’qishning yuksak bosqichi hisoblnadi. Unda soz san’atining barcha komponentlari ishtirok etadi. U o’quvchidan asar ruhiga batomom kirishni, san’atkorona o’qishni talab etadi. Badiiy o’qishda asar qahramonlarining ruhiy holati, kechinmalari to’la anglab yetilgandagina ta’sirchanlikka erishish mumkin. Badiiy o’qishga tayyorgarlik ko’rishda aktyorlarning audio-video tasmalarga yozilgan ijrolaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Badiiy o’qishning muvoffaqiyatini ta’minlaydigan omillardan biri tanlab o’qishdir. Masalan, 3-sinfda X.To’xtaboyevning “Hassa” hikoyasi bilan tanishish jarayonida Qobil boboning savollariga Shavkatning javoblari yoki S. Anorboyevning “Bahs” hikoyasidagi epizodi yuzasidan o’qituvchi topshirig’iga ko’ra mazkur o’rinlarni tanlab qayta o’qilishi natijasiga ushbu asarlarning badiiy-estetik qimmatini chuqurroq o’zlashtirishga erishiladi. Izlanish metodi. Bu metod asardagi voqea va tafsilotlar asosida o’quvchilarga savol- topshiriqlar tuzishda, qahramonlarga baho berishda keng qo’llanilarigan usuldir. O’qish darslarida rеproduktiv metod keng qo’llaniladi. Xo’sh bu usulni qachon qo`llash mumking’ Bu usullar o`quvchilarning yangi tushuncha, hodisa va qonunlarni bilishdagi ijodiy faolliklari darajasini baholash asosida qismlarga ajratiladi. Rеproduktiv usullar o`quvchilarning o`quv matеriallarini mustahkamroq eslab qolishlarini ta'minlash, bilishga doir faoliyatni bеvosita 6oshqarish, kamchiliklarni tеz aniqlash uchun amaliy ko`nikma va malakalarni tarkib toptirish maqsadida qo`llaniladi. Rеproduktiv usullar - o`quv matеrialining mazmuni, asosan, ahborot haraktеrida bo`lsa, amaliy harakatlarning usullarini ta'riflasa, o`quvchilarning bilimlarini mustaqil qidirib ola bilishlari uchun juda yangi hisoblansa, vaziyatlarni hal qilish uchun tayyor Qanday holda induktiv va dеduktiv usullar qo`llaniladig’ Ayniqsa, American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 09, Oct., 2022 214 | P a g e dеduktiv o`qitishga talab va e'tibor kuchaydi. Bu usulda tafakkur qilish katta samara bеradi. Induktiv yoki dеduktiv usullarni qo`llash o`rganilayotgan mavzu mazmunini ochishning ma'lum mantig`ini - xususiydan umumiyga yoki umumiydan xususiyga o`tishni tanlashni anglatadi. Bu usulda tafakkur qilish katta samara bеradi. Rеproduktiv usulda o`quvchilar ilgari yoki yaqinda egallagan bilimlarini qo`llaydi. Masalan, o’qituvchi dastlabki darslarda o’zi asar matnini qismlarga bo’ladi, yozuvchi yoki shoirning aytmoqchi bo’lgan muhim fikriga o’quvchilar diqqatini jalb qiladi, uni aniqlab ko’rsatadi, o’quvchilar bilan birga tasvir vositalariga yuklatilgan ma’noni ochib,o’quvchilarga ko’maklashadi. Bularning bari o’quvchilar uchun bir ko’rsatma vazifasini o’taydi. Shundan so’ng o’quvchilar o’qituvchining ko’rsatmalari yordamida yuqorida ko’rsatib o’tilgan vazifalarni o’zlari mustaqil ravishda bajaradilar. Yuqorida ta’kidlangan metodlardan tashqari, boshlang’ich sinf o’qish darslarida zamonaviy pedagogik texnologiya sullaridan “Aqliy hujum”, “Tarmoqlash”, “Guruhlar bilan ishlash”, “Blis texnologiyasi”, “FSMU texnologiyasi” kabilardan ham foydalanish yaxshi samara beradi. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, har bir darsda qanday metoddan foydalanish, darsda qanday usullarni qo’llash o’qituvchi o’qituvchi tomonidan oldindan belgilab olinishi va puxta ishlab chiqilishi lozim. 2-sinf o’qish darsidagi ish turlarini quyidagicha belgilash mumkin – O’qituvchi topshirig’i bo’yicha matnni to’liq o’qish. –Matnni bo’laklarga bo’lish. –Tayyor rеja bo’yicha o’qish. –Matnni o’qib, mazmunini hikoya qilish. –Matnni tayyorgarlik ko’rgan o’quvchilar tomonidan o’qilishi. Matnni qisqartirib o’qish. –Xatboshi bo’yicha o’qish. –Matndan rasmga bag’ishlangan qismini o’qish. –O’qituvchining savollariga matndan javob topib o’qish. –Tanlab o’qish. –Gapning boshi yoki oxiridagi so’z asosida to’liq gapni topish. «Mе'yor»dagidan yo’qori tеzlikda o’qish. –Ertak yoki masalni o’qiganda « Nima haqiqatga yaqin, nima o’ylab topilgan» mavzusida suhbat. –Maqol sifatida aytiladigan gaplarni topish. –Matndan xulosalarni topish. –Matnga o’z sarlavhasini tanlash. –Rollarga bo’lib o’qish. –Dialoglarga bo’lib o’qish (muallif so’zlarisiz). –O’qiganlarni qayta gapirishda mimika, imoishoralardan foydalanish. American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 09, Oct., 2022 215 | P a g e «Jonli tasvirlar» o’yini. Bir kishi o’qiydi, ikkinchi kishi еshitganlarini mimika, imo ishoralar yordamida takrorlaydi. Matndagi har xil kayfiyatga xos qismlarni topish (quvnoq, xafa, bcfarq). Matndagi diqqat bilan o’qishni talab qiladigan qismni topish. Matndan undov, so’roq xaraktеridagi gaplarni topish. Musobaqa' o’qish. Siymolarni ifodalovchi so’zlarni topish. Urg’u bеrilganda so’zlar ma'nosining o’zgarishini kuzatish va o’qish. Sеkin, tеz, baland o’qiladigan gap va so’zlarni aniqlash. Shе'rlarni bandlar bo’yicha o’qib, pauza bilan tugatish. Shе'rdan bir bandni tanlab, ifodali o’qish. Matndan yoyiq gapli qismni topib o’qish. O’qish darslari jarayonning samarali o’tishida motivlar muhum o’rin tutadi. Chunki qiziqib, aniq maqsad asosida egallangan bilimlargina samarali bo’ladi. Ta'limda faqat qiziqishga tayanib qolish ham motivatsiyaning asosli samarali bo’la olishini ta'minlamaydi. Bunda eng muhim samarali usul motivatsion-muammoli vaziyatlarni qo’yish yoki o’rganilayotgan prеdmеtning ijtimoiy mohiyatini aks ettiradigan maxsus bilishga oid vazifalarning qo’yilishidir. Masalan, yangi dars boshlanishida yoki o’tgan darsni so’rash va mustahkamlash paytida didaktik o’yinlardan foydalanib, o’quvchilarning darsga qiziqishlari oshiriladi. Motiv hosil bo’lgach, dars davomida o’quvchilarning qiziqishlari saqlanib turgan holda o’rganilayotgan mavzuning ijtimoiy ahamiyatiga e'tibor qaratiladi. Boshlang’ich sinfda dars jarayonida motivlarni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O’qituvchi o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatlarini tashkil etishda motivlarga ko’proq e'tibor bеrishi o’quvchilarning bilim egallash jarayonining samaradorligini ta'minlaydi. O’qituvchi dars loyihasini tayyorlar ekan, maqsadni oydinlashtirishi va shu maqsad asosida o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatlarini shunday tashkil etishi lozimki, bеlgilangan maqsad to’liq amalga oshsin. Darsda pedagigik texnologiyalarning metodlaridan foydalanish, o’quvchilarni bilimlarini kengaytirish o’qituvchidan katta mahorat talab etadi. U dars ishlanmasida boshqaruv yo’llarini bеlgilab oladi. O’z faoliyati va o’quvchilar faoliyatini tashkil etish yo’llarini, o’quvchilar bilimini nazorat etish yo’lLarini aniq ishlab chiqadi. Ta'lim natijasini tеkshirib, maqsadning nеchog’li amalga oshganini aniqlaydi va kеyingi loyihani tuzishda korrеktirovkalar kiritib, yo’l qo’yilgan xato-kamchiliklarni bartaraf etadi. O’qish darslarini tashkil etishda o’qituvchidan quyidagilar talab qilinadi: Mustahkamlash-umumlashtirish darslarining maqsadi esa o’quvchilarning bo’lim yuzasidan o’rgangan bilimlarini mustahkamlash, umumlashtirishga xizmat qiladi, bundan tashqari o’quvchilar bilimini nazorat qilishga ham xizmat qilishi mumkin. Shuning uchun ham bunday darslar loyihasini qiziqarli yoki noan'anaviy tarzda ishlashga e'tibor qaratilsa ancha samarali bo’ladi. American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 09, Oct., 2022 216 | P a g e Pedagogik texnologiyaning afzalligi zamon sinovidan o’tib, interfaol usullarning sifat va samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi o’z isbotini topmoqda. Bu borada, pedagogik texnologiyalar muvofaqqiyatlarni kafolotlovchi omilligini ta’kidlagan holda, izlanishlarimiz, bir qancha tajribalarimizni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish orqali olib bordik va bir qancha natijalarga erishdik. O’qish darslarini pedagogik texnologiyalar asosida qurish o’quvchilar bilimini oshirish, og’izaki nutqini o’stirish maqsadida “Reklama” metodidan foydalandik. Bu metod boshlang’ich sinf o’qish darslarida qo’llanilsa o’quvchilarning kitob o’qishga bo’lgan ishtiyoqi, og’zaki nutqi shakllanadi, so’z boyligi oshadi, har bir mavzuga savol tuza olishga, erkin va mustaqil fikrlashga o’rganadilar. Ushbu metod orqali o’quvchilar ertaklarni, badiiy asarlarni reklama qiladilar. Reklama qilish jarayonida ertak, asar qahramonlariga xos sifatlarni ochib beradilar. Ya’ni asarni o’qib, asardagi voqea-jarayonlarni reklama qiladilar. Metodni qo’llash jarayonida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi. 1. o’quvchilar guruhlarga ajratiladi. 2. o’quvchilarga ertak yoki biror bir asarning mavzusi e’lon qilinadi. 3. o’quvchilar mavzudagi jarayonlarni, undagi qahramonlarni qisqa fikrlar 4. bilan reklama qiladilar. 5. sinfdagi boshqa o’quvchilar esa ertak yoki asarning nomini topishadi. 6. Mazmunli, aniq va qiziq reklama tayyorlagan o’quvchi rag’batlantiriladi. Bu metodning o’ziga xos jihati shungaki, unda o’quvchilar asar qahramonlarining rollariga kirib, she’rlarni esa ifodali tarzda o’qishga harakat qiladilar. Bunga Termiz shahridagi 15-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinfida olib borilgan pedagogik tajriba ishlari orqali aniqlik kiritamiz. Termiz shahridagi 15- umumiy o’rta ta’lim maktabining 2-“E” sinfida O’qish fanidan o’tilgan ochiq darsning namunaviy dars ishlanmasi. Mavzu: Qarg’a bilan tulki masali Darsning maqsadi: a)ta’limiy maqsad: Qarg’a va tulki masali yuzasidan o’quvchilarga keng tushuncha berish, masal haqida ma’lumotlar berish, tabiatni asrab-avaylashga o’rgatish, dars davomida o’quvchilarda nutq malakasini shakllantirish, b)tarbiyaviy maqsad: Masalda berilgan ijobiy sifatlarni o’quvchilar ongiga singdirish, salbiy jihatlardan ogoh bo’lishga o’rgatish. Do’stlik tartib-intizomga rioya qilishga o’rgatish, kamtarlik, to’g’ri gapirish, shirinsuhanlik, rostgo’ylik fazilatarini tarbiyalash; American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 09, Oct., 2022 217 | P a g e v)rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda erkin va mantiqiy fikrlash, mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish. Ularni hozirjavoblikka o’rgatish. Darsning turi : Yangi bilim beruvchi , bilimlarni mustahkamlovchi Dars shakli: noan’anaviy dars Dars metodi: suhbat , izlanish metodi , savol javob , baxs-munozara Dars metodikasi: REKLAMA metodi, Dars jihozi: chizmalar, hayvonlarni ifolaydigan rasmlar, tarqtmali kartochkalar, rag’batlantirish uchun jetonlar, ko’rgazmali qurollar, darslik, sinf taxtasi, proyektor, kopyuter; Sinf sharoiti:Kichik guruhlar bilan ishlash uchun sinfxonani tayyorlash DARSNING BORISHI 1 . Tashkiliy qism O’qituvchi : So’zlarning eng shirini, Ochiq aytsam sirini. Odob bo’g’i sharbatin, Qalb gavhari qimmatin, Ko’ngillarni shod etgan, Qaysi shirin so’z ekan? O’quvchilar: – Assalomu alaykum O’qituvchi: – Vaalaykum assalom Ko’zlari munchoqlarim, Bilimga chanqoqlarim, Navbatchini bilayin? Davomatni so’rayin? Navbatchi: – Utoz sizga ko’makchi, Bugun o’zim navbatchi Sinfda barchamiz jam, Darsdan qolmaymiz hech ham. O’qituvchi: –Demak darsda hamma bor, Barchadarsgatayyormig’ Hoshimov Sarvar: – Bizlar yaxshi bolamiz, Ochilgan gul-lolamiz. Sinfdagi g’unchamiz, Darsga shaymiz barchamiz. O’qituvchi: – Qaysi go’zal bir fasl, Yurtimizda kezmoqdag’ Go’zal bayram ayyomlar, Borligin kim sezmoqdag’ American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 09, Oct., 2022 218 | P a g e Jo’rayeva Umida: – Hozir elda gulbahor, Har joyda gullar ifor, Bu faslda ayollar, Navro’z ayyomlari bor. O’qituvchi: –Bugun sana nechanchi, Og’abekjon sen, ayt-chig’ Boltayev Og’abek: –Ustoz, bugun aprelnin, O’n birinchi sanasi, Amir Temurday buyuk, Siymo tug’ilgan oyi. O’qituvchi: –Aytingchi siz qay yurtning, Ertasi, bolasisizg’ Ona yurt, ona elning, Farzandi, lolasisiz. O’quvchilar: – Baxtli bolamiz har on, Yurtimiz O’zbekiston! O’qituvchi: – Xursandman, sizga raxmat, O’zbekiston qanday davlatg’ Mauzerova Hilola: – Vatan biz yoshlar ishongay cheksiz, Qalblarda bir olov yonadi tengsiz, Shu yurtning farzandi bo’lmoqlik baxtdir! O’zbekiston – kelajagi buyuk davlatdir! O’qituvchi: –Qo’limda bor shunday kitob, Ichin ochsam dur-u oftob, O’qing birga do’st-u o’rtoq, Sherlar, maqollar koni, Nedur bu kitob nomig’ O’quvchilar: –O’qish kitobimiz. O’qituvchi: –Bu fan go’yo ummondir, Mo’jizalar makoni, O’rganganning qunt bilan, Ortar ilmi imkoni. O’rganamizmig’ O’quvchilar: –O’rganamiz qunt bilan, Yuraklarda o’t bilan. O’qituvchi: –bizning shior: O’quvchilar: Kuch – bilim va tafakkurda! O’qituvchi: – Barchaning katfiyati a’lomig’ Unda darsni boshladik. American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 09, Oct., 2022 219 | P a g e 2. O’tgan darsni so’rash O’qituvchi: – Bolajonlar biz o’tgan darsimizda qaysi mavzuni o’qib o’rgangan edik? Ibragimova Shaxlo: – Somon, cho’g’ va loviya ertagini o’qigan edik. Ertakni o’qib, ertak asosida rebus tuzish, rasmlarni chizib kelish kerak edi. O’qituvchi: – uyga berilgan topshiriqlarni hammamiz tayyorladikmi? O’qituvchi o’tgan mavzuni mustahkamlash uchun o’quvchilarga tarqatmalar tarqatadi. Bu tarqatmalar REKLAMA metodi asosida tayyorlangan bo’lib unda quyidagicha yozilgan bo’ladi. Reklama qiling: LOVIYA Reklama qiling: SOMON Reklama qiling: CHO’G’ O’quvchilar tarqatmalarni olgandan so’ng o’sha shaxs yoki predmetga xos sifatlar, hatti harakatlar, asardan parchalar, rolli ko’rsatmalar orqali reklama qilib berishlari kerak bo’ladi. Buni esa qolgan o’quvchilar nima yoki kim haqidagi sifatlar ekanligini aniqlaydilar. O’quvchilar baholanadilar. O’qituvchi: – Ertak qahramonlarini sanab bering. – Loviya, somon, cho’g’ qanday uchrashib qolishdi? – Loviya va somonning suxbatini gapirib bering. – Somon nimaga daryoga tushib ketdi? – Loviya qilgan ish to’g’rimi? – Do’stlik haqida maqol bilasizmi? – Somon, cho’g’ va loviyani haqiqiy do’stlar deya olamizmi? American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 09, Oct., 2022 220 | P a g e O’quvchilar savollarga javob beradilar, rag’batlantiriladilar. O’tgan mavzu yuzasidan bajarilgan rebuslar tekshiriladi. O’quvchilar rag’batlantiriladilar. O’tgan dars shu tariqa takrorlanadi. 3.Yangi mavzuning bayoni O’qituvchi doskaga sana va mavzuni yozadi. Yangi mavzu Qarg’a va tulki masalini ifodali o’qib beradi. Qarg’a bir kun allaqaydan, Jinday pishloq topib oldi. Qo’noq tanlab qarag’aydan Yemoqchiydi, o’ylab qoldi. Baxtga qarshi osha yerdan O’tib borar edi tulki.rak bunga juda Pishloq hidin sezib birdan Joyida taq to’xtadi-ku? Qaraydiki, luqmayi pok, Turar qarg’a tumshug’ida. Tulki, axir, azaldanoq Mazaxo’rak bunga juda Asta keldi daraxt tomon, Dum o’ynatib, u yon-bu yon. Uzmay sira qarg’adan ko’z, Tamshangancha boshladi so’z. “Aylanayin do’mboqqinam, Qosh-u ko’zi munchoqqinam. Biram go’zal pat- u boling, Bo’yinlaing qaddu doling. Tarifingga so’z yo’q netay Girgittoning bo’lib ketay. Farishtadan a’lodirsan, Kuylashda ham balodirsan. Bir sayrab ber, qaroqqinam, Tortinmasdan boshla qani, Qushlar shohi derlar seni.” Bu maqtovdan bo’lib shodmon, Qarg’a “qag’” deb o’giz ochdi. Pishloq yerga tushgan hamon, Ayyor tulki olib qochdi. O’qituvchi: Bolajonlar, deylik sizlarni kelajakda 3ta kasb kutmoqda: uchuvchi bo’lish, Jurnalist bo’lish va harbiy bo’lish. Ayting-chi kim qaysi kasbni tanlagan bo’lardi. American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 09, Oct., 2022 221 | P a g e Tanlangan kasblar bo’yicha o’quvchilar guruhlarga bo’linadilar va o’zlariga nom tanlaydilar. Chaqqonlar. Topqirlar. Ziyraklar. O’qituvchi: Bolajonlar, meni diqqat tinglang. Bir bor ekan, bir yo’q ekan. Qadim-qadim zamondamas, ayni hozirgi kunlarda uzoqda, bir katta dengiz bo’lgan ekan. Bu dengizning o’rtasida chiroyli va hushmanzara orol joylashgan bo’lib, bu orol o’simlik va hayvonlarga boy ekan. Orolning malikasi bo’lgan ekan. Bu malika shu katta dengizning kichkina, ammo, go’zal tilla baliqchasi ekan. U faqat tilla emas, balki sehrli ham ekan. Uning sehri faqat ezgu niyatlarda ijobat bo’larkan. Kunlardan bir kuni nima bo’libdi- yu, shu orolni begona, yovuz niyatli kimsalar bosib olibdilar. Chiroyli tabiat manzaralarini yo’q qilib tilla baliqchani izlashga tushibdilar. Beozor hayvonlarni o’ldirib, chiroyli o’simliklarni payhon qilib tashlayveribdilar. Bundan xabar topgan tabiatni muhofaza qiluvchi qutqaruv kemalari bir vaqtda yo’lga tushishibdi. Bu kemalar (guruh nomlari aytiladi) sizlarning kemangizdir. Bolajonlar tilla baliqchani qutqarishga boramizmig’ Tilla baliqchaga yordam berishga hamma tayyormi? Buning uchun sizdan faqat bilim, o’tkir zehn va aql-idrokli bo’lish talab qilinadi. Agarda qaysi guruh manzilga savol-javoblar, topshiriqlar, yo’ldagi qiyinchiliklarni yengib 1-yetib borsa, tilla baliqchaga ega bo’ladi. Tilla baliqcha esa sizning ijobiy istak va tilaklaringizni barchasini amalga oshiradi. Hamma tayyormi? Unda dengizda suzishni boshlaymiz. Yelkanlar tushirilsin olg’a . . . 4. yangi mavzuni mustahkamlash 1-topshiriq Tarqatmalar tarqatilgandan so’ng guruhlar topshiriqlarga tayyorgarlik ko’radilar. Belgilab berilgan vaqt tugagach har bir guruhdan o’z fikrlarini bayoni haqida so’raladi. Har bir guruh javobini tinglab olgan holda muhokama olib borishadi. Maqollar aytiladi: Ozga qanoat qilmagan ko’pdan qolur. Ko’p bo’lsa ketar, kam bo’lsa yetar. Eng yaxshi fikrlar bildirgan guruh g’olib deb topiladi. O’quvchilar nomdor jetonlar bilan taqdirlanadilar. O’qituvchi: Aziz bolajonlar mana bitta guruhimiz oldinga qarab suzib ketyaptilar, boshqa guruhlarimiz ham jadalroq harakat qilishlarini istardim. Baliqchaga yordam berishimiz kerak axir. 2-topshiriq: Baliqchani baliqlar orasidan qidirish. Bunda qarmoqlar yordamida karton qog’ozdan tayyorlangan baliqchalar ovlanadi. Baliqchalarning orqa tomonida yozilgan savollarga javob berish kerak. Savollar: –Masal nima? –Masal qahramonlarini sanab bering. American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 09, Oct., 2022 222 | P a g e –Qarg’a topib olgan pishloqqa tulkining haqqi bor edimi yoki yo’qmi? –Tulki qarg’ani nima deb maqtadi? –Maqtovga uchgan qarg’aning holi nima kechdi? O’qituvchi: Qaysi guruh vakillari baliqchalarni tez ovlab, savollarga to’g’ri javob bersa yulduzchali jetonga ega bo’ladilar. Manzilga tezroq olib boradigan yo’lni ham topadilar. O’quvchilar baholanadilar. 3-topshiriq: Guruhlar o’zaro REKLAMA metodi asosida bellashadilar. Qarg’a tulkiga xos sifatlarni ochadilar. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadilar va guruhlariga jiton olib beradilar. O’qituvchi: Bolajonlar tilla baliqchamizni qidirishda davom etamizmi Dam olish masqlarini bajarib olaylik. Keyin yana sayohatimizga qaytamiz. O’quvchilar: Bo’lay desang bo’bon Yo vatanga pospon, Yo dengizda suzuvchi, Yo osmonda uchuvchi. Nimaki qilsang tilak, Bariga o’qish kerak. O’quvchilar she’rni harakatlar bajarib aytadilar. 4-topshiriq: “Zanjir” o’yini o’ynaladi. O’qituvchi bir turga mansub narsalar nomini aytadi. O’quvchilar esa unga tegishli narsa nomini topib aytadi. Masalan: – “sinf jihozi”, –“xattaxta”. To’xtab qolgan guruh o’yinni to’xtatadi. G’olib guruh rag’batlantiriladi. 5. Darsning yakuni G’olib guruh aniqlanadi. Ularga tilla baliqcha sovg’a qilinadi. O’qituvchi: Aziz bolajonlar bugun darsda barcha o’quvchilarimiz faol ishtirok etishdi. G’olib guruhimizni tabriklaymiz, qolganlar esa boshqa darslarimizda yana ham yaxshi ishtirok etishadi. Shunga harakat qilishadi. Biz bir-birimiz bilan ahil inoq o’zbek farzandlarimiz! O’quvchilar: Tarqalibmas, to’planib, Jamlanib har jolasi. Bir tan-u bir jon bo’lib, Ulg’ayar, o’zbek bolasi. Biz ahil, olam ahil. Gul-u giyohlar ahil. Tog’dagi toshlar ahil. Bog’da yaproqlar ahil. Dars yakunida o’quvchilar baholanadilar. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar ismi aytib o’tiladi. Ular rag’batlantiriladi. American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 09, Oct., 2022 223 | P a g e 6.Uyga vazifa Uyga “Qarg’a bilan tulki” masaliga oid rasm va rubus ishlash hamda masalni ifodali o’qib kelish Boshlang’ich sinf o’quvchilari ertaksevar, o’yinqaroq bo’lganliklari uchun ham Reklama metodi darsda yaxshi samara beradi. Reklama metodining afzalligi: - O’quvchilar nutqi ravonlashadi; - Mustaqil, erkin fikrlashga o’rgatadi; - O’quvchida darsga qiziqishni oshiradi; - O’quvchilarning kitob o’qishga bo’lgan ishtiyoqini kuchaytiradi; - Og’zaki nutqi shakllanadi; - So’z boyligi oshadi; - Bilishga qiziqishini badiiy asarga hurmatini oshiradi; - O’quvchilarni tez fikrlashga o’rgatadi; - O’quvchida diqqatni jamlash ko’nikmasini hosil qiladi; - Savollarga to’liq javob bera olishga o’quvchini o’rgatadi. Quyidagi jadvalda REKLAMA metodi va boshqa interfaol metodlarni qo’llashning samaradorlik darajalarini ko’rsatamiz. N Interfaol o’qitish metodlari N a za ri y b il im la rn i F a k ti k b il im la rn i K it o b o ’q is h g a b o ’l g a n is h ti y o q in i T a fa k k u rn i N u tq in i B il is h g a q iz iq is h n i T a fa k k u r m u st a q il li g in i 1 Aqliy hujum + + + + + + 2 BBB + + + + + +! + 3 Klaster + + + +! – + + 4 Kichik guruhlarda ishlash + + + + + + + 5 Pinbord + + + + + + + 6 “Nima uchun?” + + – + – + + 7 REKLAMA +! + +! +! +! +! +! Izoh: +! – masalani birmuncha muvafaqqiyatli yechadi; + - masalani asosan yechadi; –masalani yecha olmaydi. American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 09, Oct., 2022 224 | P a g e Bu metod orqali ham darsni mazmunli tashkil etish, ham o’quvchilar dunyoqarashini yuksaltirish, ularda badiiy obrazni rollarda kirishni shakllantirish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati: 1. Avliyoqulov N.X., Musaеva N. Pеdagogik tеxnologiyalar. Toshkеnt-2008-yil 2. Avliyoqulov N.X. Zamonaviy o’qitish tеxnologiyalari – Toshkеnt, 2001 3. Adizov B.R. Boshlang’ich ta'limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari. Pеd.fan.dok. diss. T., 2003-yil.