American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 10, Nov., 2022 182 | P a g e METHODS OF DEVELOPING THE SPEAKING SKILLS OF TEACHERS IN THE SCHOOL PREPARATION GROUP Kadirov Valijon Andijan State Pedagogical Institute Professor of the Preschool Education Department. Annotation The article discusses the ways of developing the speaking skills of children entering school. Emphasis is placed on the role of the family environment, the importance of improving children's thinking skills and vocabulary. Keywords: preschool education system, preparatory group, school life, speaking skills, communication, family environment. Har qanday mamlakat taraqqiyotining ta’lim, ilm-fan, ma’rifat bilan bevosita bog‘liqligi asrlar davomida o‘z tasdig‘ini topgan va ayni paytda yanada e’tibor markaziga aylanayotgan haqiqat va yechimini ortga surib bo‘lmaydigan hayotiy ehtiyojdir. Shu bois O‘zbekiston Respublikasida davlat va jamiyat taraqqiyotiga uzviy aloqador soha bo‘lgan ta’lim, uning sifati va mazmunini takomillashtirish hukumatning maxsus qarorlari [1], doimo o‘zgarib boruvchi zamon talablari, kasb-hunarga o‘rgatish, ta’lim-tarbiya jarayoniga kompetentsiyaviy yondashuv, innovatsion g‘oyalarga tayanilgan ilm-fan yutuqlari asosida yo‘lga qo‘yilmoqda, takomillashtirilmoqda. Ularda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi mas’ul tashkilotlarning maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni (1-sinf o‘quvchilarini) ta’limning keyingi bosqichiga//navbatdagi sinflarga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan. Ta’limda o‘qitiladigan barcha fanlardan davlat standartlari – DTSning malaka talablari bo‘yicha tarbiyalanuvchi/o‘quvchi shaxsida shakllantirilajak o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish; kamolotga intilish, mustaqil o‘qib-o‘rganish kabi me’yorlarga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, til va nutq bilan bog‘liq mashg‘ulotlarda nutqiy kommunikativ American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 10, Nov., 2022 183 | P a g e kompetentsiyasini muntazam oshirib borish; o‘z bilimi, xatti-harakatini baholash va mustaqil qaror qabul qilish kompetentsiyasini egallash, til imkoniyatlaridan foydalangan holda fikrni to‘g‘ri, ravon bayon eta olish qobiliyatini rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan[3,119]. Bolalarning har tomonlama yetuk bo‘lib shakllanishida har bir kompetensiyaning o‘rni bor. Lekin ular orasida nutqiy kompetensiya mavqei o‘ziga xosdir. Chunki nutq lisoniy (til) tafakkur bilan bevosita bog‘liq, u (til tafakkuri) esa borliqni idrok etish, qabul qilish asosi sanaladi. Til orqali rivojlangan tafakkur vositasida bolaning atrof-muhit bilan tanishish, matematik tasavvur, bilim olish, ijodiy rivojlanish va boshqa kompetensiyalari shakllanadi, tadrijiy o‘sib boradi. Lisoniy tafakkur va nutq o‘zaro ta’sir ko‘rsatib, bir-birini sayqallab boradi. Asosiysi, tarbiyalanuvchi maktab ta’limiga tayyor bo‘la boshlaydi. Bolani maktab hayotiga tayyorlash, maktabdagi ilk hayoti unda yangi bosqichga: o‘quvchi bo‘lish, maktabda o‘qish hissini shakllantirish, axloqiy sifatlarning ortishi, borliqni anglashga qiziqishining kengayishidir[2,203]. Buning uchun esa uni bu yangi hayot va jarayonga moslashtirib borish talab etiladi. Bunda, ayniqsa, o‘zaro bir- birini taqozo qiluvchi aqliy va nutqiy rivojlanishi jihatdan bolalarni maktabga tayyorlash, maktab hayotiga moslashish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Muloqotda muhim bo‘lgan jihatlar: a) bolalarning o‘zaro aloqa nutqini o‘stirish, b) kim bilan (tengdoshi yoki kattalar bilan) gaplashayotganiga qarab muomala qilishi, v) so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishi, g) so‘zlashganda fikrini aniq ifodalay olishi, d) so‘zlash tempiga rioya qilishi, e) mazmunga muvofiq ohangni yarata olishi, j) savollarga to‘g‘ri javob berishi tarbiyachi va ota-onalar e’tibor markazida bo‘lishi kerak. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabga tayyorlov guruhi bolalari nutqini rivojlantirishda erishilgan asosiy natijalar muloqot sohasidagi chuqur o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Bunda bolaning tengdoshlari bilan muloqot qilishi asosiy o‘rinni egallaydi. Bola muloqot jarayonida o‘z tengdoshini kattalardan afzal ko‘ra boshlaydi. O‘yin jarayonidagi o‘rtog‘iga qaratilgan nutq kattalar bilan bo‘lgan muloqotga qaraganda ancha mazmunliroq bo‘la boshlaydi. Sherik bilan dialog - muvofiqlashtirilgan predmetli va nutqiy faoliyat tusiga ega bo‘ladi. Bolalar endi qo‘shnilari e'tiborini jalb qila oladilar, o‘zlari ham uning ishlari va bildirgan fikrlari bilan qiziqadilar. Maktabga tayyorlov yoshidagi bolalar nutqining vazifalari turlichadir. Nutqdan atrofdagilar bilan aloqa o‘rnatishda, o‘ziga, o‘z ishlariga va kechinmalariga American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 10, Nov., 2022 184 | P a g e diqqatni jalb qilishda, bir-birini o‘zaro tushunishda, sherik xulqiga, uning fikri va hissiyotlariga ta’sir ko‘rsatishda, o‘z faoliyatini tashkil etishda, o‘yindagi o‘z o‘rtog‘ining harakatlarini muvofiqlashtirishda foydalanadi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, nutq atrofdagilar haqidagi bilimlarning muhim manbai, tabiat, narsalar va kishilar olami haqidagi tasavvurlarni qayd etish vositasi, bilish faoliyatining vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ma’lumki, bolalarda nutq sifatini shakllantiradigan bir qator omillar mavjud. Maktabgacha ta’lim hamda maktab hayotining ilk davri amaliyotida kuzatilgan, tajribalarda samarasi yuqori bo‘lgan ba’zi omillar haqida so‘z yuritamiz. 1. Oila muhitida nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish. Tarbiya tizimida oila beqiyos ahamiyatga va imkoniyatga ega maskan sanaladi. “Oiladagi tarbiya o‘zining chuqur emotsionalligi, intim xarakterdaligi, doimiyligi va davomiyligi bilan ajralib turadi” [4:264]. Bolalar dastlabki nutq malakasi va muomala madaniyatini oilada o‘rganadilar. Oila a’zolari bolani o‘z tilini hurmat qilishga, chiroyli, ma’noli so‘zlashga o‘rgatishlari ta’lim va tarbiya tizimida muhim ahamiyat kasb etadi. Oila a’zolarining so‘zlash tarzi, malakasi va madaniyati bolaga ta’sir etmay qolmaydi. Bolaning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda maktabgacha ta’lim tashkiloti, maktab hamda oila hamkorligi zarur. Pedagog zimmasiga bu borada katta mas’uliyat tushadi. Chunki u tarbiya bo‘yicha mutaxassis, hayoti va faoliyatini shu ishga bag‘ishlagan pedagog va psixologdir. Ota-onalar bilan suhbatda ularning kasb-koriga, o‘zini tutishi, bola tarbiyasiga munosabatiga, nutq malakasi hamda muomala madaniyatiga e’tibor qaratadi va shu orqali oiladagi nutqiy muhitni o‘rganadi, shunga qarab bolaga, uning ota-onasiga qanday yondashishni, ular bilan ishlash shakli va mazmunini belgilab oladi. Pedagogning oilalar bilan ishlash shakllari quyidagicha bo‘lishi mumkin: 1) bolalarning xulqi, ta’lim-tarbiya olishi, nutqini rivojlantirish yuzasidan umumiy suhbatlar o‘tkazish (ota-onalar yig‘ilishi, “Ota-onalar maktabi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish…); 2) zaruratga qarab bolalarning ota-onasi bilan alohida suhbat tashkil etish, ta’lim- tarbiyasi, jumladan, nutq malakasi yuzasidan maslahatlar, tavsiyalar berib borish, ayrim masalalar bo‘yicha kelishib olish; 3) “Ota-onalar sizlar uchun” burchagini tashkil qilib, uni kerakli adabiyotlar, metodik jurnallar bilan ta’minlash, ularni o‘qishga tavsiya qilib borish. Nutq tarbiyasida ota-ona va oiladagi boshqa kattalar quyidagilarga rioya qilishlari shart: 1) bolani erkalatib sun’iy chuchuk tilda so‘zlamaslik (masalan, nonni nanna, suvni chu-chu kabi), balki har bir so‘zni aniq, tushunarli talaffuz etishlari; 2) bolaning o‘ziga bo‘lgan murojaatini diqqat bilan tinglash, savollariga jiddiyat American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 10, Nov., 2022 185 | P a g e bilan javob berish, vaqt yoki kayfiyat yo‘qligini bahona qilib, muloqotdan qochish katta xato; 3) bolaning nutqidagi kamchiliklar, so‘z qo‘llashdagi xatolarga befarq bo‘lmaslik, xatolarni tuzatishda ham jiddiyat, ham g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lish, bunda hech qachon jerkib, kamsitib, jazolab to‘g‘rilash yo‘lidan bormaslik; 4) bolaning oldida nutq madaniyatiga rioya qilgan holda o‘zaro muloqotda bo‘lish, muomala madaniyatiga zid holatlarga yo‘l qo‘ymaslik; 5) nutqiy muvaffaqiyatlarni rag‘batlantirib borish (ajoyib tushuntirding, shu so‘zni joyida ishlatding, barakalla, yaxshi gapirding kabi); 6) badiiy adabiyot, multfilm, kinofilmlarni birga o‘qib, ko‘rib, birgalikda tahlil qilish, qahramonlar nutqidagi salbiy yoki ijobiy jihatlarga ularning e’tiborini tortish; 7) pedagog olimlar ko‘rsatmalarida aytilganidek, 4-6 yoshli bolalar so‘z zahirasi kattalar bilan muloqot jarayonida kuniga 5-10 ta yangi so‘zga ko‘payib borishi kerak. 2. Bolalarni maktab hayotiga moslashtirishda ularning fikrlash malakalarini rivojlantirish. Bunda bolalarning o‘zlashtirgan so‘z boyligidan to‘g‘ri foydalanish, eshitgani va ko‘rganlarini so‘zlab berish, rasmlar mazmuni bo‘yicha hikoya tuzish, nutqni aniq, to‘g‘ri ifodalashga o‘rgatiladi [5:151]. Buning uchun tarbiyachi nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida quyidagilarga ahamiyat berishi lozim: 1) bolalarning turli faoliyatlarida haqida mazmunli, ijodiy hikoya tuzish, ertak to‘qish, uni obrazli hikoya qilishga o‘rgatish; 2) bolalarga 3-4 so‘zdan iborat gap tuzish, gapni so‘zlarga ajratish, so‘zni bo‘g‘inga ajratish va so‘zdagi tovushlarni aniq talaffuz qilish, tovushdan so‘z tuzishga doir mashqlarni bajarishga o‘rgatish; 3) badiiy asarlarni ifodali, obrazli hikoya qilishga o‘rgatish, asar qahramonlarining faoliyatini baholay olish, ularning ijobiy xususiyatlarini tavsiflash va nutqni ajrata olishga o‘rgatib borish. 3. Bolalar lug‘at boyligi oshirish ustida ishlash. So‘z boyligi ko‘p bolada so‘zlash ishtiyoqi kuchli, ayni paytda nutqi ravon va sifatli bo‘ladi. Joriy dastur va davlat talablariga ko‘ra maktabga chiqayotgan bola 3 – 5 ming atrofida so‘z bilishi kerak. Ammo bu so‘zlar tarkibi o‘rganilmagan: ularning qanchasi ot, qanchasi sifat, fe’l yoki ravish va son bo‘lishi ko‘rsatilmagan. Chunonchi, gap maktabgacha ta’lim talablari haqida borar ekan, bugungi kunda bu masalaga jiddiy qarash vaqti keldi deb hisoblaymiz. Muammoning ayni shu tomonlariga e’tibor qaratib tajribalar olib borgan metodist S.Abdullaevaning kuzatishlari diqqatga sazovor [3:158]. U amaliyotchilar bilan birga ona tili namunaviy lug‘ati ustida ish olib borgan. Bolalarning suhbatlar, mustaqil hikoyalari, turli predmet va o‘yinchoqlarni ta’riflashlari jarayonidagi nutqlarida ishlatgan so‘zlarini qayd American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 10, Nov., 2022 186 | P a g e etilib, alifbo harflari sirasida hisobga olib borilgan. Alifbodagi har bir harf guruhiga 40-50 tadan so‘z jamlanganda bolalar jamlagan so‘z zahirasi tahlil qilingan. Aniqlanishicha, ularning aksariyati ot va fe’l turkumiga kiruvchi so‘zlar bo‘lgan. Medotdist S.Abdullaeva tajribalarini yaxlit umumlashtirib, ilmiy-amaliy xulosalamagam bo‘lsa-da, biz undan o‘zimizga shunday xulosalarni chiqarib olishimiz mumkin: ot va fe’l turkumidagi so‘zlar bola (umuman inson)lar uchun ehtiyoj sababli tug‘ilgan fikrni uzatish uchun zarur kommunikatsiya asosi bo‘lsa, qolgan turkumdagi (sifat, son, ravish va boshqalar) so‘zlar fikrni to‘liqroq ifodalash, uni “bezash”, o‘zi his qilib turgan modal munosabatlarni bildirish vositasi bo‘ladi. Demak, bog‘chada ham, oilada ham bolaning leksik zahirasida ot va fe’ldan boshqa so‘zlarning miqdoriga ham jiddiy e’tibor qaratilishi kerak. Ayni paytda o‘zlashtirilgan leksik birliklarning faol yoki nofaol qo‘llanayotganiga ham diqqat qilinadi. So‘zlarga vaqti-vaqti bilan murojaat qilinib faollashtirilib borilmas ekan, bola ularni unutadi yoki ma’nosini chalkashtiradi. Mashg‘ulot, o‘yin va sayr davomida bolalar nutqini diqqat bilan tinglab, ular tomonidan o‘zlashtirilgan so‘zlarni faollashishiga erishishi lozim. Ayniqsa, badiiy adabiyot namunalarini o‘qish, yodlatish, qayta so‘zlatish bilan bog‘liq mashg‘ulotlarga O‘qituvchi (tarbiyachi) jiddiy yondashishi lozim, negaki ular vositasida bolalarga yangi so‘zlar tanishtiriladi, ma’nosi tushuntiriladi, takrorlatish orqali nutqda faollashtiriladi. Shu tariqa lug‘at hajmi tobora kengayib, belgilangan me’yorlarga yaqinlashtiriladi. Lug‘atni shakllantirishda bolaning hayotiy tajribasidan kelib chiqib, tevarak-atrof muhiti, tabiat va uy- ro‘zgor buyumlarining nomlarini bildiruvchi ismlar, keyin ularning harakat yoki holati, so‘ngra belgi, miqdor, hajm kabi ma’nolarni anglatuvchi so‘zlar qo‘shib boriladi. Albatta, mul`tfilm, kino, televidinie ta’sirida bolalar nutqi va lug‘atga kirib kelayotgan zamonaviy so‘zlarni ham unutmaslik lozim. Lug‘at ustida olib borilayotgan ishlar jarayonida bolalar nutqining sof adabiy til shakliga muvofiqligi, nutqqa begona so‘zlar aralashmaganligi ham nazorat ostida bo‘lishi darkor. Адабиётлар: 1. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Умумий ўрта таълим тўғрисидаги низомни тасдиқлаш тўғрисида”ги 2017 йил 15 мартдаги 140-сон қарори. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Умумий ўрта таълимнинг давлат таълим стандартларини American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 10, Nov., 2022 187 | P a g e тасдиқлаш тўғрисида” ги 2017 йил 6 апрел, 187-сонли қарори. Электрон манба: www.lex.uz/doks/ 2. Досбекова Г. Применение метода сказкотерапии в образование, воспитание и развитие детей дошкольного возраста. INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION: a collection scientific works of the International scientific online conference (23th September , 2022) – Canada, Ottawa : "CESS", 2022. Part 9. 3. Xudoyberdiyeva Tursunoy. Tarbiyachilardagi pedagogik mahoratni rivojlantirishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati. Eurasian journal of academic research. Volume 2 Issue12, November 2022. P.196. 4. Бозорова З. Мактабгача таълим ёшидаги болаларнинг нутқий компетентлигини ошириш. Журнал “Интернаука”./ (Москва) № 47 (223), 2021. https://www.internauka.org/journal/science/internauka/223 5. Mamaxonova J. Boshlang'ich sinf o'quvchilarda ekologik bilim va madaniyatni rivojlantirishning metodologik asoslari. "SCIENCE AND INNOVATION". INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7. UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337. P. 584-587. http://www.lex.uz/doks/ https://www.internauka.org/journal/science/internauka/223