American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 10, Nov., 2022 192 | P a g e ADVANTAGES OF USING PEDAGOGICAL TECHNOLOGY IN THE SUBJECT OF NATURE INTRODUCTION IN A PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTION Mamahanova Jumagul Niyozbekovna Andijan State University Elementary Teacher of the Faculty of Education and Pedagogy Mamahanovjumagul@gmail.com Abstarct In the article, all innovative innovations in education for children serve to increase the effectiveness of teaching. The appropriate use of new pedagogical technologies in preschool education increases the effectiveness of teaching. The article describes pedagogical technologies. Keywords: Interactive method, ICT educational tools, dynamic and static slides, ecology, fruits. Hozirgi kunda darslarni namunali, sifatli, ko‘rgazmali tashkil etishda asosiy e’tibor yangi pedogogik imkonyatlarni yaratish va uni darslarda shakllantirish pedogoglarga yuklatilmoqda va ularning asosiy vazifasi bo‘lib qolmoqda. Maktabgacha ta’limda tabiat bilan tanishtirish fanida pedogogik texnalogiyalarning ishlatilishi talabalarning fanni chuqur o‘zlashtirishlari uchu muhim bir manbadir. Bundan tashqari darsni Intetfaol metodlarni qo‘llab tashkil etish,hozirgi zamon talabi hisoblanadi. Darsni tashkil etishda mana shunday tashkil etish bolalarga yoqadi, chunki dars davomida ular, mavzuga oid tushunchalarni tahlil qilishni, mavhum savollariga javob topishni, tabiatning barcha predmetlariga e’tibor qaratishni, tabiatda bo‘layotgan voqea- hodisalarni ahglab olishni va yangiliklar qabul qilishni ona-Vatanga muhabbat, tabiatga bo‘lgan mehrini oshirishni ta’minlaydi [1,125]. Dars davomida bolalarning nutq qobilyatlari o‘sib shakllanadi. Darsning yanada mazmunli olib borilishida AKT (axborot kommunikatsiya tehnologiyalari) ta’lim vositalaridan foydalanishning o‘ziga hos alohida afzallik tomonlari mavjud. AKT vositasida bolalarning o‘zlashtirish darajasi yuqori, AKT vositasida mavzuga oid bajariladigan topshiriqlar tezkor va sifatli tarzda bolib o‘tadi. Tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida texnik vositalardan foydalanish davomida asosan quyidagilarga e’tibor berish kerak. Slydlar, multimediyaviy tasvirlar, videofilm va video lavhalar, dinamik va statik American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 10, Nov., 2022 193 | P a g e slaydlar,chizmalar ishtirokida dars jarayonlari bolalarni yanada dars mavzusini tushunishlari uchun qulay tehnik manba vazifasini bajaradi. Mavzuning dolzarbligi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi maktabgacha yoshdagi bolalarga tabiat haqidagi bilimlarini shakllantirishda nazariy va metodik bilimlami egalashi g‘oyat muhimligi,. maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tabiat bilan tanishtirish tizimini kun tartibi, tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlari tashkil etadi. Bu ish shakllarini to‘g‘ri tashkil etish va o‘tkazish metodikasi bilan oliy ta’lim tashkilotlarida bolajak tarbiyachilar “Maktabgacha ta’limda bolalami tabiat bilan tanishtirish metodikasi” fanini o‘rganish orqali egallab boradilar [2,99]. Ushbu fan dasturida maktabgacha ta’limda tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining nazariy va amaliy jihatlari asoslab berilgan. Maktabgacha ta’lim dasturida tabiat bilan tanishtirish metodikasi o‘quv fanini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan birlamchi ma’lumotlar yoritilgan. Bo‘lajak tarbiyachilarni maktabgacha ta’limda bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ilmiy, nazariy, metodik asoslari bilan tanishtirish; shu fan bo‘yicha mashg‘ulotlami o‘tkazish haqida bilim berishdan iborat. Mazkur maqola orqali maktabgacha ta’limda bolalami tabiat bilan tanishtirishning nazariy asoslari va tabiat haqida tushuncha;maktabgacha yoshdagi bolalami tabiat bilan tanishtirish vazifalari, metod va vositalari; maktabgacha yoshdagi bolalarning tabiat bilan tanishtirish ish shakllari va o‘ziga xosligi; tabiat bilan tanishtirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik madaniyatni rivojlantirish; maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlarini rejalashtirish va tashkil qilish; maktabgacha yoshdagi bolalarni jonli va jonsiz tabiat bilan tanishtirish usullari;maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida ta’lim-tarbiyaviy ishlami tashkil qilish; maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tabiatni kuzatish metodikasi;maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiatda oddiy tajribalarni o‘tkazishga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tabiat burchagini tashkil qilish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yer maydonchalarida bolalar mehnatini tashkil qilish; maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlarini o‘tkazish va tahlil qilishda asos bo‘lib qoladi.Tabiatning oddiy xodisa va tasavvurlarini kenghaytirish maqsadida o‘tkaziladigan kuzatishlar bilan bir qatorda xilma-xil o‘yinlardan keng foydalaniladi. Didaktik o‘yinlar. Didaktik o‘yinlarda bolalar o‘zlarida tabiatdagi narsa va hodisalar, hayvonlar va o‘simliklar haqida mavjud bo‘lgan bilimlarni aniqlaydilar,mustahkamlaydilar,kengaytiradilar. Ko‘pgina o‘yinlar bolalarni umumlashtirish hamda turkumlashga o‘rgatadi. Didaktik o‘yinlar xotira, diqqat, kuzatuvchanliknining o‘sishiga yordam beradi,yangi sharoitlarda bolalarni mavjud bilimlaridan foydalanishga o‘rgatadi,turli aqliy jarayonlarni faollashtiradi,lug‘atni boyitadi,bolalarda birgalikda o‘ynash ko‘nikmalarini tarbiyalashga yordam beradi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda predmetli, stol-bosma va og‘zaki didaktik American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 10, Nov., 2022 194 | P a g e o‘yinlardan foydalaniladi [3,1481]. Predmetli o‘yinlar – urug‘lar, gullar, mevalar, sabzavotlar bilan o‘ynaladigan “Ajoyib qopcha”, Mevalar va ildizlar”, ”Bu butoqda kimning bolakaylari” va shu kabi o‘yinlardir. Predmetli o‘yinlar barcha yoshda guruhlarning biroz murkkablashtirilgan bilimlarini kengaytirish tafakkurlarini kuchaytirish hamda harakatlarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Stol-bosma o‘yinlari – “Yilning to‘rt fasli”, ”Kichkintoylar”, ”Mevalar”, ”O‘simliklar”, Barglarni terib ol”. Bunday o‘yinlar bolalarning o‘simliklar, hayvonlar jonsiz tabiat hodisalari haqidagi bilimlarini o‘zlashtirish, aytilayotgan so‘zga qarab predmetni tasvirlash ko‘nikmasini shakllantirishga yordam beradi. Bunda ertakterapiya imkoniyatlaridan foydalanish mumkin [4,238]. O‘yin so‘z bilan birgalikda olib boriladi so‘z yoki rasm idrok etilishidan oldin keladi yoki o‘yin bilan uyg‘unlashib ketadi. Bunday o‘yinlar ozchilik bolalar bilan o‘tkaziladi.Tabiatga oid o‘yinlarni o‘rganish barcha didaktik o‘yinlar uchun umumiy bo‘lgan qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Bundan tashqari bolajonlarga tabiatning bebaho (jonli va jonsiz) obyektlari haqidagi topishmoqlardan : Bir parcha patir , Olamga tatir . (Oy) To‘tdir uning oyog‘i, Temir tishli tuyog‘I, Manzilga etishtirar, Toshdan qattiq tuyog‘i. (Ot) E K O L O G I Y A G A O I D O‘ Y I N L A R dan (3-5 yoshdagi bolalar uchun ). “Topchi, bir nima ko‘rsataman.” O‘yinning maqsadi: Bolalar predmetlarning tashqi ko‘rinishiga, o‘xshashligiga qarab ajrata olishga o‘rgatish. Bolalar tarbiyachi tomonidan berkitib qo‘yilgan predmetlarni topib, berishlari kerak. Bolalar o‘yin davomida sochiq tagidagi predmetlarni ko‘rishlari mumkin emasligini tushunishtirilishi zarur. O‘yinning jihozlanishi: Ikkita padnisning biriga sabzavotlarni, ikkinchisiga mevalarni solish va ustiga sochiq yopib qo‘yish lozim. O‘yinning borishi: Tarbiyachi bolalarga qisqa vaqt ichida sabzovot va mevalarni qo‘yadi. Bolalar yopilgan sochiqlar tagidan sabzavot va mevalarni paypaslab, ularning nomini aytib berishlari lozim. Bolalar birin-ketin topshiriqlarni bajaradilar. Tarbiyachi kerak bo‘lsa, sochiq tagiga sabzavot va mevalardan qo‘shimcha qo‘shish orqali bolalarga topshiriqlarni murakkablashtirib berib borishi mumkin. “Men aytgan narsani, topib ber” o‘yini. American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 10, Nov., 2022 195 | P a g e O‘yinning maqsadi: Bolalar buyumlarni nomini aytilgan buyumlarni topib, berishlari lozim. Bolalar meva va sabzavotlarni qidirib topa bilishlari kerak. O‘yinning qoidasiga asosan guldonni yoki idishni ichidan lavlagi, apelsin, pomidor, olma, sholg‘om, trup va boshqalar solingan bo‘lishi kerak. Har xil guldonlarga qarash mumkin emasligi tushuntirib o‘tiladi. Bolalar sabzavot va mevalarni katta-kichikligiga qarab, ko‘rinishiga,rangiga qarab ajrata olishlari kerak. O‘yinning borishi: Tarbiyachi bolalarga kichkina sariq sabzini topib, bolalarga ko‘rsatishni yoki bo‘lmasam qizil, dumaloq olmani topib, bolalarga ko‘rsatishni taklif etadi. Tarbiyachi bolalarga yana olmani dumalatishlari kerakligini keyin esa qanday shaklda ekanligini so‘rashi lozim. Tarbiyachi bolalarga qizil yoki sariq sabzini ko‘rsatishlarini ham taklif etishi mumkin. O‘yinni quyidagi tarzda ham tashkil etish mumkin: Bu turdagi o‘yindan maqsad bolalarda esda olib qolish qobiliyatlarini o‘stirishga qaratilishi lozim. Bolalar sabzavot va mevalarni turli shakldagi guldon va idishlarga solinib, berkitib qo‘yilgan joydan topib berishlari kerak. Topilgan guldon, idishlardan bolalar ko‘zlarini yumgan holda sabzavot, mevalarni paypaslab topadilar va ularning shaklini,rangini aytib berishlari kerak bo‘ladi. Tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida texnik vositalardan foydalanish. Tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida texnik vositalardan foydalanlanish bolalarda bilim, ko‘nikmalarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Xalqimiz iborasi bo‘yicha ming marta eshitgandan ko‘ra bir marta ko‘rgan avzaldir. AKT vositalari bolalarning yoshiga qarab tayorlanadi. O‘qituvchi dars jarayonida bolalarga atrofimizdagi olam, tabiatdagi o‘simliklar olami, hayvonot dunyosi, o‘simlilarning xilma-xilligi, yovoyi o‘simliklar, madaniy o‘simliklar ularni parvarishlash, har xil o‘simlik urug‘laridan kolleksiyalar yig‘ishni, ayrim o‘simliklarni iste’mol qilish kerakligini bilib oladilar. Bu kabi pedagogik texnologiyalar mashg‘ulot samaradorligi indekatori bo‘lishi mumkin [5,197]. Shunday ekan, ta’lim tizimida o‘tgan mutaffakurlarning tarixini yaxshi o‘rganishlari yosh avlodga ta’lim jarayonining eng dolzarb vositasidir. Tabiat bilan tanishtirish fanining o‘qitilishi kelajak avlodning aqliy va axloqiy rivojlanganlik darajasini, taffakuri, duyoqarashini, vijdon, ezgulikni mustahkamlashga yordam beradi. O‘rta Osiyolik olim faylasuf Sayid Muhammad Xasratning tabiat inomi haqida bir qancha hikmatli “Quyosh nuri-davo duri”, “Soflikda suvdan ham sofroq narsa yo‘q”, “Quyosh kirmagan uyga tabib kiradi” “Toza havo-dardga davo” so‘zlari bunga misol. Tabiat bilan tanishtirish fanining o‘qitilishida tarixiy metodikani hozirgi avlodga tanishtirish ham eng muhim tizimning rivojlanish doirasi hisoblanadi. Eng muhim narsa, asosiy tarixiy bog‘lanishni unutmaslikdir. Shunday qilib tabiat bilan tanishtirish fanida metodik uslublar va innovatsion texnologiyalarning qo‘llanilishi bolalarning fandan bilim ko‘nikmalarini, hayotda o‘z o‘rinlarini topishda zamin yaratadi. American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 10, Nov., 2022 196 | P a g e Xulosa qilib shuni aytish kerakki, maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tarbiyalanuvchilarga pedogogik texnologiyalarning afzallik tomonlari, yani tabiat haqidagi o‘yinlar, jonli va jonsiz tabiat obyektlari haqidagi topishmoqlar, ekologik o‘yinlar va texnik vositalar orqali bolajonlarni tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlarini mukammal tushunib olishga imkon yaratadi [6,47]. Shunday ekan fanining o‘qitilishi kelajak avlodning axloqiy va ta’lim-tarbiyaviy rivojlanganlik darajasini, tabiatga befarq bo‘lmaslikni, mehnat qilishni shu bilan birga ekologik munosabatni mustahkamlashga yordam beradi Foydalanilgan adabiyotlar 1. Kadirov V., Abdullajonova D. Fiction is a factor in the formation of national education and sporotuality in children. Eurasian journal of social sciences, philosophy and culture. Eurasian journal of social sciences, philosophy and culture. Volume 2 Issue, March 2022. 2. Бозорова З. Мактабгача таълим ёшидаги болаларнинг нутқий компетентлигини ошириш. Журнал “Интернаука”./ (Москва) № 47 (223), 2021. C.99. https://www.internauka.org/journal/science/internauka/223 3. Kadirov V., Bozorova Z., Mirzayev O. Factors for developing children’s speech through didactic games. Linguistics and Culture Review, (2021). 5(S2), 1482-1487. https://doi.org/10.21744/lingcure.v5nS2.1970 4. Досбекова Г. Применение метода сказкотерапии в образование, воспитание и развитие детей дошкольного возраста. INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION: a collection scientific works of the International scientific online conference (23th September , 2022) – Canada, Ottawa : "CESS", 2022. Part 9. 5. Xudoyberdiyeva Tursunoy. Tarbiyachilardagi pedagogik mahoratni rivojlantirishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati. Eurasian journal of academic research. Volume 2 Issue12, November 2022. P.196. 6. Турдиева Шохида Анварджановна. Reviews of preparation of future teachers for professional-pedagogical activity. European Scholar Journal (ESJ). l. 2 No. 5, MAY 2021. P.46-48. ISSN: 2660-5562. Available Online at: https://www.scholarzest.com. https://www.internauka.org/journal/science/internauka/223 https://doi.org/10.21744/lingcure.v5nS2.1970 https://www.scholarzest.com/