American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 10, Nov., 2022 197 | P a g e INTEGRATION OF EDUCATION AND TRAINING IS A FACTOR OF ACHIEVING THE GOAL Bozorova Zuhraxon Teacher of the Preschool Education Department of Andijan State Pedagogical Institute Abstract The article talks about the integrality of education and training factors in the development of the young generation into a perfect person. In this, issues such as the family environment, the role of the community - the neighborhood will be covered, and attention will be paid to the problems related to preparing children for school. Keywords: education of the young generation, integration of education and upbringing, family environment, the role of the neighborhood, organization of preschool education, preparation for school. Dunyodagi barcha xalqlar asrlar davomida millat ertasi bo‘lgan yosh avlod ta’limi va tarbiyasiga o‘zining ishonchli kelajagi omili sifatida qarab kelgan. Bu bejiz emas, albatta. Boshqalar qatori bizning o‘zbek xalqimizda ham farzand tarbiyasiga qadimdan jiddiy e’tibor berilgan. Bu bejiz emas, albatta. Negaki biz ulg‘aytirayotgan murg‘ak qalb qanday tarbiya ko‘rsa, qanday ta’lim olsa, u nafaqat o‘z ota-onasi, oilasi, qolaversa, butun jamiyatga, kelgusida o‘z farzandlariga ham shunday ta’lim- tarbiya berishi bilan o‘zining sezilarli ta’sirini ko‘rsatishi tabiiy. Shuning uchun ham har birimiz o‘sib kelayotgan yosh avlodning ta’lim-tarbiyasiga jiddiy ma’suliyat bilan yondoshishimiz shart. Ko‘pchilikni farzand tarbiyasini qachondan boshlamoq kerak? degan savol o‘ylantiradi, bir qancha olimlar unga turlicha javob berib kelganlar. Xususan, Ibn Sino bola tarbiyasi bilan uning tug‘ilishidan avvalroq, ona qornidan boshlaboq shug‘ullanish lozim, deb javob bergan. Yana shu so‘zga qo‘shimcha qilib taniqli pedagog A.S.Makarenko besh yoshgacha bo‘lgan tarbiya bolaning shaxsiyati shakllanishida o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidlab o‘tgan. Bu haqda u shunday deb yozgan: “…tarbiyaning bosh asosi besh yoshda nihoyasiga etadi, demak, siz besh yoshgacha nima qilgan bo‘lsangiz, bu tarbiyaviy jarayonning 90 foizini tashkil American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 10, Nov., 2022 198 | P a g e etadi, keyingi tarbiya esa qayta tarbiyalash negizida davom etadi”1. Abdulla Avloniy esa o‘zining «Turkiy Guliston yoxud axloq» kitobida bunday keltiradi: «Alloh taolo insonlarni asl xilqatda iste’dod va qobiliyatli, yaxshi bilan yomonni, foyda bilan zararni, oq bilan qorani ajratadigan qilib yaratgan. Lekin insondagi bu qobiliyatni kamolga etkazish tarbiya bilan bo‘lur. Qush uyasida ko‘rganini qilar... Tarbiyani kimlar qilur? Qayda qilinur? degan savol keladur. Bu savolga, «birinchi uy tarbiyasi. Bu ona vazifasidur. Ikkinchi, maktab va madrasa tarbiyasi. Bu ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidur»2. O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunining tegishli moddasida: «Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Bu ta’lim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qat’iy nazar, boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi», deb ta’kidlangan. 2022-2061 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Taraqqiyot strategiyasida ta’lim va fan sohasini rivojlantirish yo‘nalishida uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish kabi vazifalar belgilab berilgan. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda uzluksiz ta’limning ilk bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat yuritayotgan tarbiyachilarga ulkan mas’uliyat yuklanadi, ya’ni ular axloqiy-ma’naviy jihatdan etuk, ijtimoiy faol, ijodiy faoliyatga moyillik yangicha kasbiy dunyoqarash, shuningdek, o‘zgarayotgan zamon talablariga moslasha olish qobiliyatiga ega bo‘lishlari talab etiladi. Bugungi kun tarbiyachisi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning eng samarali yo‘llarini tanlay olish mahoratiga ega bo‘lishi kerak. Tarbiya berish jarayonida bolalarda nafaqat qoida va xulq-atvor me’yorlari, balki barcha ijobiy fazilatlar shakllantiriladi. Buning uchun tarbiyachida pedagogik mahorat shakllangan bo‘lishi lozim. Pedagogik mahorat inson tarbiyasini amalga oshiruvchi o‘quv-tarbiya ishlarining samarali bo‘lishiga ta’sir etuvchi muhim omillardan hisoblanadi. Bola shaxsining shakllanishi, uni mustaqil fikrlashga o‘rgatish tarbiya jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, uni hech qaysi jarayon bilan taqqoslab bo‘lmaydi3. 1Турдиева Шохида Анварджановна. European Scholar Journal (ESJ). Reviews of preparation of future teachers for professional-pedagogical activity. l. 2 No. 5, MAY 2021. P.46-48. ISSN: 2660-5562. Available Online at: https://www.scholarzest.com. 2Абдулла Авлоний. Turkiy Guliston yoxud axloq. Т.: Шарқ, 2015. 43-б. 3Кадиров В.А. Мактабгача ёшда бўлган болаларни мустақил фикрлашга ўргатишнинг педагогик ва психологик омиллари. INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION: a collection scientific works of the International scientific online conference (23th September , 2022) – Canada, Ottawa : "CESS", 2022. Part 9. P. 175-180. https://interonconf.net/index.php/ca/article/view/2828 https://interonconf.net/index.php/ca/article/view/2828 American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 10, Nov., 2022 199 | P a g e Har qanday amaliy faoliyat, insonning eng yuqori ma’naviy va ruhiy ehtiyojlarini qondiradi. Tarbiya jarayonining maqsadi tarbiya muassasasi, oila, shu jumladan har bir pedagog va ota-ona tomonidan yaqqol sezilishi kerak. Ma’lumki, oilada farzand dunyoga kelar ekan, uning tarbiyasi bilan, avvalo, ota-onasi, katta bobo va buvilari shug‘illansa-da, xalqimizda “Bir bolaga yetti mahalla ota- ona”dir. Xalq maqolidan ham ma’lum bo‘lib turibdi-ki, farzand tarbiyasiga butun bir jamiyat dahldor. Bolaning oilada ulg‘ayishi, tarbiya ko‘rishi bilan unga paralel ravishda ta’lim berish jarayonini ham uzluksiz tarzda yo‘lga qo‘yilishi talab etiladi. Aksariyat oilalarda farzandining yoshi maktab yoshiga etganda ota-onalarda “Mening bolam endi maktabga boradi”, degan g‘urur uyg‘onadi va shu yoshdagina o‘quv qurollari: ruchka, kitob, daftar kabilarni qo‘liga tutqazadilar. O‘quv qurollari bilan qurollangan o‘quvchi undan avval sira foydalanmagan bo‘lsa, unda ko‘nikma hosil bo‘lgunga qadar, shubhasiz vaqt kerak bo‘ladi. Vaholangki, MTTlariga borib mashg‘ulotlarda qatnashgan, maktabga tayyorlov guruhlarida maktabga borish hissi bilan tayyorgarlik ko‘rgan bola o‘quv qurollaridan foydalanish, o‘zini tutishi bilan MTTiga bormagan boladan keskin farq qiladi. Albatta, darslarda tengdoshidan ko‘ra faol bo‘ladi, har jihatdan ustun keladi. Nofaollik kuzatilayotgan bolaning ruhiyatini esa “men bilmayman, eplay olmayman...” kabi fikrlar qiynay boshlaydi, bu fikrlar o‘zini erkin tutishiga ham to‘sqinlik qiladi. Bu esa bugungi kunimizdagi eng dolzarb muammolarimizdan biridir. MTTiga bormagan, dars mashg‘ulotida qatnashmagan, qo‘liga ruchka tutmagan, og‘zaki nutqida ayrim nutq tovushlarining talaffuzida kamchiliklar kuzatiladigan bolaning qay darajada qatnashishi-yu, o‘zlashtirishini ko‘z oldingizga keltiring4. Bunday bolalarda, albatta, bir qator muammolar ko‘zga tashlanadi: 1) muhitga moslashishida qiyinchilik kuzatiladi; 2) tengdoshlari bilan munosabatga kirishishi qiyin kechadi; 3) darsda nofaol bo‘ladi; 4) dars jarayonida faqat tinglovchi bo‘ladi; 5) oilasida har kuni maktabga borishida turli xil xarxashalar kuzatiladi; 6) ayrim bolalar ota-onasini ham dars mashg‘ulotida yonida o‘tirishini, xonaga birga kirishini (siz kirsangiz xonaga kiraman kabi) talab qiladi; 7) daftarga yozishda daftar hoshiyasini yoki katagini (chegarasini) farqlamaydi; 8) og‘zaki nutqida ayrim nutq tovushlarining talaffuzida kamchiliklari bor bo‘lsa, o‘rtoqlari orasida umuman gaplashmaslikka intiladi (o‘rtoqlari orasida kulgiga qolgan holatidan so‘ng), “Alifbo” kitobidagi matnlarni ham o‘qishdan bosh tortadi; 4Досбекова Гулмира Казибековна. Family traditions of the uzbek people as a means of educating preschool children. INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ). 06.06. 2021. ISSN (E): 2347-6917. American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 10, Nov., 2022 200 | P a g e 9) maktabga bormaslikka turli xil bahonalar topishga harakat qiladi; 10) o‘ziga o‘xshash o‘rtoq qidiradi; 11) o‘quv qurollarini ehtiyot qilmaydi (ruchkalarini ko‘p yo‘qotishi, kitoblarini, hatto ust-boshlarini ham unutib qoldirishi); 12) kitoblarini yomon ko‘radi (majburan o‘qitilishidan yangi kitoblar achinarli ko‘rinishga ega bo‘ladi); 13) maktab formasini ham toza, ozoda tutmaydi (negaki uyda doimo o‘ynab yurganligi uchun ham darsdan chiqishi biln o‘sha to‘palonlarini qiladi); 14) dars mashg‘ulotida ham parishonxotir o‘tirishi; 15) uy vazifalarini bajarishda ham juda ko‘p qiyinchiliklar kuzatiladi. 16) o‘qituvchi ham bu o‘quvchi bilan ishlashda qiyinchiliklarga uchraydi. Taassufki, yuqoridagilarni yana davom etkazishimiz mumkin, albatta! Bu kamchilik va muammolar Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim olib kelgan bolalarda nisbatan kam kuzatiladi. Negaki ularda ko‘nikma shakllangan bo‘ladi. Yuqoridagi muammolarni bartaraf etish uchun qanday ish tashkil qilish maqsadga muvofiq?! Avvalo, oilada farzand dunyoga kelar ekan uning ta’lim va tarbiyasini teng yo‘lga qo‘yish shart. Biz o‘zbek oilalari bolajon xalq ekanligimiz to‘g‘ri, biroq mana shu “bolajon”ligimiz ko‘p bolalarimizning ta’lim olishlarida qiyinchiliklarga duch kelishiga sabab bo‘lib qolmoqda. Barchada nega degan savol tug‘ilishi tabiiy. Javobi oddiy biz har birimiz bolaga bola tilidan gapiramiz, erkalaymiz, ayrim o‘rinlarda bolaning erkalangan holatdagi so‘zlarni qayta-qayta aytishini iltimos ham qilamiz, iltimosimiz qondirilsa, rag‘batlantiramiz. Mana shu tarbiyamiz bolaning ta’lim olishida ham ma’lum darajada to‘siq bo‘la oladi. Tasavvur qilaylik bola deyarli erkalanish ohangida barcha bilan muloqot qiladi va shunga moslashadi. Bu muloqot uning uchun oddiy holatga aylanadi. Ayrim ota-onalar farzandining maktabga kirgandan so‘ng ayrim tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilolmasligini o‘qituvchisi aytgandan so‘ng biladi. O‘qituvchi tavsiyasi bilan bolani mutaxassisga olib boradi. Bir tovushni to‘g‘ri talaffuz qilish uchun mashqlar olib borilishi, vaqt sarflanishi, sinfdagi tengdoshlarining oldida muhokama bo‘lishi bolaga, albatta, ijobiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Muolaja jarayoni olib borilishi bilan bir qatorda o‘quvchi darsda ham qatnashishi, uy vazifalarini bajarishi shart, darsda uning javobi tinglangach, yana bola ruhiyatiga zarba bo‘ladiki, sinfdoshlarining kulgisi (tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar kulgi keltirishi tabiiy). Bundan tashqari tadbirlardagi ishtiroki ham o‘z-o‘zidan chegaralanadi. Bularning hammasi o‘sib kelayotgan bolaning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, natijada u maktabga faqat borib keladi...Bizning fikrimizcha oiladagi har bir farzandga bola tilida gapirish emas, aksincha, bolalarcha sodda tilda gapirish maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha ta’lim tashkilot (MTT)larida tarbiyalangan bolalarda esa yuqorida sanalganlarning aksi kuzatiladi. Maktablarda ta’lim olish bugungi kunda qay darajada yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, MTTlariga ham xuddi shunday qamrovda bolalarni qamrab American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 10, Nov., 2022 201 | P a g e olishni yo‘lga qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir. Faraz qilaylikki, millat farzandlarining barchasini MTTlarga qamrab oldik. Xo‘sh, ularni qanday o‘qitish, qanday ish tashkil qilish kerak?! Barchamiz yaxshi bilamizki, umumta’lim maktablarining ko‘p yillik tajribasi borligi uchun ham o‘qitish texnikasi shakllangan, zamonaviy didaktik metodik ta’minoti ham yildan-yilga takomillashib borishi kuzatilmoqda. Galdagi vazifamiz MTTlardagi tarbiyachilarni malakasini oshirish, dars mashg‘ulotlarini mazmunli, qiziqarli, albatta, maqsadli tashkil qilishlarini yo‘lga qo‘yishimiz kerak. Buning uchun MTTlari tarbiyachilarini zamonaviy didaktik metodik jihatdan qurollantirish kerak bo‘ladi. O‘rni kelganda shuni ham aytish joizki, ota-onalarning ham dunyoqarashini, saviyasini biroz o‘zgartirish kerak. Ayrim ota-onalar farzandining bog‘chada nima egani-yu, kim bilan qanday o‘yinchoq o‘ynagani, birortasi urishmagani, bog‘cha opasi so‘kmaganligi kabi qator “jiddiy” savollar berishadi5. Demak, ota-onalarimiz nazarida farzandi bog‘chaga o‘ynagani, ovqatlangani, uxlagani boradi (ming afsus, achchiq bo‘lsa ham haqiqat). Ota- onalarning ham saviyasini o‘stirish uchun esa, MTTlarda bola bilan ishlash texnikasini o‘zgartirish kerak. Buning uchun maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, barkamol avlod ta’lim tarbiya jarayonining tarbiyachilar tomonidan to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlashda tarbiyachilarning kasbiy mahorati hamda ularning malakasini oshirish jarayonini samarali tashkil etish darkor. «...Pedagog bolalarimizga zamonaviy bilim bersin deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o‘zi ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak» . Bugungi kunda OTMlarda tahsil olayotgan talabalar o‘z ish o‘rinlarida to‘g‘ri ish tashkil qilishlari uchun ham dars jarayonlarida bolalar bilan ishlashning turli ko‘rinishlarini sinchkovlik bilan o‘rganishlari darkor. O‘zi kirib borgan MTTda yangicha uslub, yangi innovatsiyalarni tadbiq qila olishi kerak. Ertaga tarbiyachi bo‘lib ish boshlaydigan talaba bugun o‘z guruhida amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil o‘tkazib borishini doimiy yo‘lga qo‘yishi maqsadlidir. Har bir o‘tkazilgan dars mashg‘ulotlari guruhdoshlar tomonidan yutuq va kamchiliklari muhokama qilinishi o‘rinlidir. O‘qituvchi esa mashg‘ulot o‘tgan talabaning yutuq va kamchiligini guruhdoshlari qay darajada tahlil qila olganliklarini kuzatishi va ularning tahlillari haqida batafsil to‘xtalib o‘tishi shart. O‘qituvchi dars o‘tishi yuklatilgan har bir talabasiga o‘z mashg‘ulotiga yangi usul va yangi texnologiya tayyorlab kelishini, o‘qituvchi nutq madaniyatiga rioya qilgan holda dars jarayonini boshqarishini har doim talab qilishi shart. Shu bilan birgalikda, o‘qituvchi darsda ishtirokchi sifatida qatnashuvchi boshqa talabalarning guruhdoshi tashkil qilgan darsni sinchkovlik bilan kuzatishi va darsda faol ishtirok etishlarini nazorat qilishi kerak. Negaki, talaba o‘z tengdoshi tashkil qilayotgan darsida yo‘l qo‘ygan kamchilikni o‘zining amaliy dars mashg‘ulotlarida 5Mamaxonova J. Boshlang'ich sinf o'quvchilarda ekologik bilim va madaniyatni rivojlantirishning metodologik asoslari. "SCIENCE AND INNOVATION". 27.10.2022. Part 7. P. 585. American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 10, Nov., 2022 202 | P a g e takrorlamaslikka harakat qiladi. Bu o‘z navbatida o‘zining kelgusidagi ish jarayonida ham kuzatilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etilishiga xizmat qiladi. O‘z kasbining kuchli bilimli va, albatta, mahoratli mutaxassisi bo‘lib shakllangan talaba o‘z qo‘l ostidagi tarbiyalanuvchilarga ham sinchkovlik bilan tarbiya berishga intiladi. O‘zi kirib borgan MTT iga yangi ruh, yangi innovatsiyalarni olib kira oladi6. Qo‘l ostida tarbiyalanayotgan bolalarning dunyoqarashi va olam haqidagi boshlang‘ich tasavvurlarini kengaytira oladi. Bolaning turli iqtidorlarining yuzaga chiqishiga imkoniyat yaratadi. OTMsida olgan nazariy bilimlarini qiyinchiliklarsiz amaliyotga qo‘llay oladi. O‘z guruhidagi bolalarni ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantira oladi, qolaversa, ularning ijodiy tasavvurlarini ham kengaytirishga erishadi. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlamoqchimizki, tarbiya tushunchasini ta’limsiz tasavvur qila olmaymiz. Farzand tarbiyasi oila muhitida kurtak yozar ekan, oila jamiyatning kichik bir bo‘lagi. Shunday ekan, har bir oilada ota-ona o‘z farzandining etuk inson bo‘lib ulg‘ayishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berishi va o‘zlari ham ibrat olarlik darajada bilim va tarbiyaga ega bo‘lishlari shart. Bundan tashqari jamiyat ham go‘yoki bir katta oila, uning har bir a’zosi u qay o‘rinda, qay soha vakili bo‘lmasin yosh avlod oldidagi burch va ma’suliyatini sidqi dildan ado etishi tarbiyaning eng go‘zal namunasidir. Yetuk ta’lim va go‘zal tarbiyaga ega bo‘lgan tarbiyachining tarbiyalanuvchilari ham, albatta, komil inson bo‘lib tarbiya topa oladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Абдулла Авлоний. Tуркий Гулистон ёхуд ахлоқ. Т.: Шарқ, 2015. 2. Турдиева Шохида Анварджановна. European Scholar Journal (ESJ). Reviews of preparation of future teachers for professional-pedagogical activity. l. 2 No. 5, MAY 2021. P.46-48. ISSN: 2660-5562. Available Online at: https://www.scholarzest.com. 3. Кадиров В.А. Мактабгача ёшда бўлган болаларни мустақил фикрлашга ўргатишнинг педагогик ва психологик омиллари. INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION: a collection scientific works of the International scientific online conference (23th September , 2022) – Canada, Ottawa: "CESS", 2022. Part 9. P. 175-180. https://interonconf.net/index.php/ca/article/view/2828 4. Досбекова Гулмира Казибековна. Family traditions of the uzbek people as a means of educating preschool children. INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ). 06.06. 2021. ISSN (E): 2347-6917. 6Xudoyberdiyeva Tursunoy. Tarbiyachilardagi pedagogik mahoratni rivojlantirishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati. Eurasian journal of academic research. Volume 2 Issue12, November 2022. P.198. https://www.scholarzest.com/ https://interonconf.net/index.php/ca/article/view/2828 American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 10, Nov., 2022 203 | P a g e 5. Mamaxonova J. Boshlang'ich sinf o‘quvchilarda ekologik bilim va madaniyatni rivojlantirishning metodologik asoslari. "SCIENCE AND INNOVATION". 27.10.2022. Part 7. P. 585. 6. Xudoyberdiyeva Tursunoy. Tarbiyachilardagi pedagogik mahoratni rivojlantirishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati. Eurasian journal of academic research. Volume 2 Issue12, November 2022. P.198.