American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 10, Nov., 2022 204 | P a g e SPECIFIC ASPECTS OF PRESCHOOL EDUCATION SYSTEM IN EASTERN COUNTRIES Shohidaxon Turdiyeva And PI Pedagogy and Senior Teacher of Psychology Department Abstract The article highlights the peculiarities of preschool education in the countries of the Near East, especially Singapore. It talks about the personnel training system for preschool education, the uniqueness of education in the preschool education system, the existence of alternative and partner organizations dealing with preschool education problems in the country. Keywords: Eastern countries, preschool education, staffing, problems of preschool education, alternative organization, partner organization. Dunyo mamlakatlarida maktabgacha ta’lim tizimi shakl jihatidan takomillashib, mazmunan boyib bormoqda. Bir tomondan etnopedagogika tajribalari, boshqa tomondan pedagogik innovatsiyalar uyg‘unlashib, ta’lim va tarbiyaning yangi imkoniyatlarini ochib bermoqda. Masalan, ertakterapiya hozirda yangi didaktik voqelik bo‘lmay qolgan bo‘lsa-da, lekin uning yangi-yangi imkoniyatlari, yandashuv aspektlari paydo bo‘layotgani kuzatilyapti1. Bu esa o‘z navbatida ham Sharq, ham G‘arb ta’limi yangiliklardan xabardor bo‘lish, ularni o‘rganish, o‘zlashtirishva uyg‘unlashtirish talabini qo‘ymoqda. Xususan, bolalarni har tomonlama maktabga tayyorlash, ya’ni maktabda o‘qitiladigan fan asoslarini o‘zlashtirishga zamin hozirlashda muhim ahamiyat kab etadi2. Respublikamizda maktabgacha ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida rivojlantirishning tashkiliy-metodik ta’minotini ishlab chiqishga katta ahamiyat 1Досбекова Г. Применение метода сказкотерапии в образование, воспитание и развитие детей дошкольного возраста. INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION: a collection scientific works of the International scientific online conference (23th September , 2022) – Canada, Ottawa : "CESS", 2022. Part 9. P 190. 2Mamaxonova J. Boshlang'ich sinf o'quvchilarda ekologik bilim va madaniyatni rivojlantirishning metodologik asoslari. "SCIENCE AND INNOVATION". 27.10.2022. Part 7. P. 584. American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 10, Nov., 2022 205 | P a g e qaratilmoqda. Shu bilan birga, “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasi o‘quv dasturini amalga oshirish jarayonida kompetensiyaviy yondashuv asosida tarbiyalanuvchilarning axloqiy me’yor va qadriyatlarni faol o‘zlashtirishi, shaxslalararo muloqot ko‘nikmalarini tarkib toptirish, ideal “Men” obrazini yaratish bilan bog‘liq maqbul faoliyat usullarini ishlab chiqish dolzarblik kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida “Maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish3 kabi ustuvor vazifalar belgilangan. Shu boisdan yurtimiz olimlari, ilmiy izlanuvchilar chet el tajribalari asosidagi tadqiqotlar olib bormoqdalar. Jumladan, maktabgacha ta’lim bo‘yicha ham xorijiy ta’lim tizimi o‘ziga xosliklari haqida maqolalar e’lon qilinmoqda4. Singapur davlati dunyoda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha alohida yutuqlarga erishayotgan mamlakat sanaladi. Mamlakat ta’lim tizimida ham e’tiborga molik talay jihatlar bor. Xususan, maktabgacha ta’lim tizimi chet el tajribalarini o‘ziga singdirgan bo‘lsa ham, aynan ularning nusxasiga aylanmagan, balki boshqalardan ko‘p ijobiy tomonlari bilan ajralib turuvchi o‘ziga xosliklarga ega. Ular quyidagilarda namoyon bo‘ladi. 1. Maktabgacha ta’lim bosqichiga kadrlar tayyorlash tizimining o‘ziga xosligi. Singapurdagi eng nufuzli universitetlardan biri Nanyang texnologiya universiteti hisoblanadi. Singapurdagi barcha pedagog kadrlarni tayyorlab beradigan Nanyang universiteti tasarrufiga kiruvchi Milliy ta’lim universiteti va Erta rivojlanish milliy instituti faoliyatiga alohida ahamiyat kasb etadi5. Mazkur universitet tomonidan neyropsixologiya, ta’lim berish mexanizmi va innovatsion texnologiyalar sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar kishida katta qiziqish uyg‘otadi. Erta rivojlanish milliy instituti rahbariyati tomonidan maktabgacha ta’lim tarbiyachilari, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlarining boshlang‘ich tayyorgarligi va malakasini oshirish masalalari muhim masala sifatida muhokama qilinadi. Institut 3O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4312-son Qarori // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2019-y., 07/19/4312/3106-son. 4Kodirov V., Abdullajonova D. Fiction is a factor in the formation of national education and sporotuality in children. Eurasian journal of social sciences, philosophy and culture. Eurasian journal of social sciences, philosophy and culture. Volume 2 Issue, March 2022. P 124-127. 5Xudoyberdiyeva Tursunoy. Tarbiyachilardagi pedagogik mahoratni rivojlantirishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati. Eurasian journal of academic research. Volume 2 Issue12, November 2022. P.196. American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 10, Nov., 2022 206 | P a g e vakillari tomonidan maktabgacha ta`lim mutaxassislarini tayyorlash yo‘nalishlari va tamoyillari, Singapur maktabgacha ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari, mavjud talablar va dasturlar muntazam tartibda ishlab chiqiladi. Mazkur institut pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘yicha bir qator davlatlar bilan hamkorlik shartnomalarini tuzishga erishgan. Singapurdagi Modern Montessori International ta’lim tashkiloti M.Montessori usuli bo‘yicha ishlaydigan sertifikatlangan tarbiyachi-mutaxassislarni tayyorlash markazi hisoblanadi. O‘zbekistonda ham Modern Montessori International ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda M.Montessori maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish rejalashtirilgan. 2. Singapur maktabgacha talim tizimida ta’lim-tarbiyaning o‘ziga xosligi. Singapurda maktabgacha ta’lim 3 yoshli bolalar uchun 3 yil davom etadi, ya’ni: kichik guruh, o‘rta va katta guruh. Bolalar bog‘chasi har xil binolarda joylashgan. Savdo markazlari binolarning bir nechta xonalarini yoki turar joy kompleksining alohida bir xonasini egallashi mumkin. Singapurda yer maydonining qimmatligi sababli, alohida o‘z maydoniga ega bo‘lgan bog‘chalar o‘yingoh maydonlari bilan ta’minlanmagan. Shuning uchun bog‘cha tarbiyalanuvchilari ko‘p vaqtini binoda o‘tkazishadi. Lekin saylgohlarda hamda turar joy komplekslarida bolalar o‘yingoh joylari mavjudligi sababli ota-onalar farzandlari bilan birga sayr qilishlari, ular bilan o‘z vaqtlarini toza havoda o‘tkazishlari har ikki taraf uchun foydali hisoblanadi. Singapurda davlat bolalar bog‘chalari mavjud emas. Maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish jamoat tashkilotlari va xususiy tadbirkorlik subyektlariga berilgan. Eng yirik maktabgacha ta’lim tizimining tarmog‘i xalq harakati Partiyasiga tegishlidir. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar eng kamida ikki tilda so‘zlashishga o‘rganadilar, ulardan biri – ingliz tili. Singapurda ko‘pgina maktabgacha ta’lim muassasalari ingliz tilida ta’lim olib boriladi. Ayrim xalqaro bog‘chalarda istisno sifatida ta’lim mashg‘ulotlari nemis, fransuz tillarida, lekin ingliz tili ikkinchi til sifatida o‘rgatiladi. Rasm chizish, musiqa va qo‘shiq aytish, sanash, o‘qishni o‘rgatish maktabgacha ta’lim muassasasining namunaviy dasturida belgilangan. Aktyorlik mahorati hamda suzishni o‘rgatish bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovlar amalga oshiriladi. Ta’lim mashg‘ulotlari o‘tilishi qanchalik bo‘lishidan qat’iy nazar barcha maktabgacha ta’lim muassasalaridan ta’lim sifati qoniqarlidir. Bolaning bog‘chadagi kun tartibi maktabgacha ta’lim muassasasi dasturiga binoan tashkil etiladi. Bola bog‘chada yarim kun yoki to‘liq kun davomida bo‘lishi mumkin. Yarim kun – bu ertalab yoki peshindan keyingi 4 yoki 4,5 soatlik mashg‘ulotlar va o‘yinlardan iborat bo‘lsa, to‘liq kunli vaqt 8-12 soatni tashkil etadi. American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 10, Nov., 2022 207 | P a g e Bu ertalabki soat 7:00 dan kechki 19:00 gacha davom etadi6. Singapurning mashhur bolalar bog‘chasi hisoblangan “Mening birinchi maktabim” davlat bolalar bog‘chasida o‘quv faoliyati kishini lol qoldirmay qolmaydi. Ushbu bolalar bog‘chasining o‘ziga xos xususiyati shundaki, asosan turli yoshdagi guruhlar va bolalar uchun tadbirlarni tashkil qilishda barcha imtiyozlar, didaktik materiallar bolalar bilan birgalikda tarbiyachilar tomonidan ishlab chiqarilishidir. 3. Makrabgacha ta’lim muammolari bilan shug‘ullanuvchi muqobil va hamkor tashkilotlarning mavjudligi. Singapurda maktabgacha ta'lim tizimi montesorri usulida faoliyat yuritadi. Modern Montessori International o‘z faoliyatini 1989-yil boshlagan. Bugungi kunda Modern Montessori International guruhiga dunyoning 14 mamlakati, xususan, Singapur, Buyuk Britaniya, Gonkong, BAA, Malayziya va boshqa mamlakatlarda faoliyat yurituvchi 100 dan ortiq maktabgacha ta'lim muassasalari kiradi. Modern Montessori International maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ta'lim jarayonini tashkil etishda montesorri usulidan foydalanadi. Ushbu usul XX asrning I yarmida pedagog va shifokor Mariya Montesorri tomonidan ishlab chiqilgan. U bolaning mustaqilligi, ma'lum chegaralar doirasida erkinligi, uning tabiiy, ruhiy, jismoniy va ijtimoiy rivojlanish prinsiplariga asoslangan. Singapur davlatida maktabgacha ta`lim tizimi faoliyatiga katta ijobiy ta`sir etuvchi yana bir tashkilot Ijtimoiy va oilaviy rivojlanish vazirligi mavjud bo‘lib, u Modern Montessori International bilan muqobil va hamkor tashkilot sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Ijtimoiy va oilaviy rivojlanish vazirligining asosiy vazifasi mamlakat fuqarolarini qo‘llab-quvvatlash, oila institutini mustahkamlash va jamiyatga g‘amho‘rlik ko‘rsatishdir. Mazkur vazirlik yosh bolali oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni oilada tarbiyalash masalalariga alohida yondashadi. Shuningdek, muntazam ravishda fuqarolarga Ijtimoiy va oilaviy rivojlanish vazirligining bolalarni erta rivojlanishidagi roli to‘g‘risida targibot tashviqot ishlarini amalga oshiradi. Ijtimoiy va oilaviy rivojlanish vaziri janob Desmond Li tomonidan vazirlik tajribasi quyidagicha ifodalanadi. Unga ko‘ra, rivojlantirish markazlarining sog‘liqni saqlash sohasidagi mutaxassislari, tarbiyachilari va psixologlari ota-onalarga farzandlarini tarbiyalash va ko‘maklashish maqsadida bolalarning oilalariga tashrif buyurishadi. Shu bilan birgalikda, muloqot chog‘ida idoralararo hamkorlik doirasida qurilish komplekslari uchun mas’ul tashkilot Milliy rivojlanish vazirligi bilan keng qamrovli hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligi va har bir uy-joy qurilish jarayonida bolalar va maktabgacha ta’lim 6Kadirov V., Bozorova Z., Mirzayev O. Factors for developing children’s speech through didactic games. Linguistics and Culture Review, (2021). 5(S2), 1482-1487. https://doi.org/10.21744/lingcure.v5nS2.1970 https://lingcure.org/index.php/journal/article/view/1970 https://doi.org/10.21744/lingcure.v5nS2.1970 https://lingcure.org/index.php/journal/article/view/1970 American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 10, Nov., 2022 208 | P a g e muassasalarining soni prognoz qilinadi7. Ma’lumki, Singapur Milliy universiteti dunyodagi yetakchi oliygohlardan biri sifatida tan olingan bo‘lib, u Osiyodagi eng yaxshi o‘quv muassasasi va eng kuchli tadqiqot markazi sifatida tanilgan. Shuningdek, Singapurda ko‘zga ko‘ringan tashkilotlardan biri Indorama Corporation kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya tomonidan dunyoning turli mintaqalaridagi maktabgacha ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha ijtimoiy loyiha bo‘yicha hamkorlik shartnomalari tuziladi. 4. O‘zbekiston va Singapur maktabgacha ta’lim tizimidagi uyg‘un jihatlar. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston va Singapur maktabgacha talim muassasalarida tarbiya va o‘quv jarayonini tashkil etish va rejalashtirishda o‘xshashliklar borligi qayd etildi. Xususan rivojlanish markazlari tomonidan amalga oshirilgan:  “Qurilish va dizayn”;  “Til va nutq”;  “Fan va tabiat”;  “Sanat” kabi dasturlar O‘zbekistonda ham tatbiq etilgan. Endigi vazifa ana shu o‘xshahshliklar negizida o‘ziga xosliklarni o‘rganib, o‘zari tajriba almashish, mavjud tajribalarni o‘rtoqlashishdir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4312-son Qarori // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2019-y., 07/19/4312/3106-son. 2. Kadirov V., Bozorova Z., Mirzayev O. Factors for developing children’s speech through didactic games. Linguistics and Culture Review, (2021). 5(S2), 1482-1487. https://doi.org/10.21744/lingcure.v5nS2.1970 3. Досбекова Г. Применение метода сказкотерапии в образование, воспитание и развитие детей дошкольного возраста. INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION: a collection scientific works of the International scientific online conference (23th September , 2022) – Canada, Ottawa : "CESS", 2022. Part 9. 4. Xudoyberdiyeva Tursunoy. Tarbiyachilardagi pedagogik mahoratni rivojlantirishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati. Eurasian journal of academic research. Volume 2 Issue12, November 2022. P.196. 7Бозорова З. Мактабгача таълим ёшидаги болаларнинг нутқий компетентлигини ошириш. Журнал “Интернаука”./ (Москва) № 47 (223) , 23.12.2021. C.99. https://doi.org/10.21744/lingcure.v5nS2.1970 American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 10, Nov., 2022 209 | P a g e 5. Kadirov V., Abdullajonova D. Fiction is a factor in the formation of national education and sporotuality in children. Eurasian journal of social sciences, philosophy and culture. Eurasian journal of social sciences, philosophy and culture. Volume 2 Issue, March 2022. 6. Бозорова З. Мактабгача таълим ёшидаги болаларнинг нутқий компетентлигини ошириш. Журнал “Интернаука”./ (Москва) № 47 (223), 2021. https://www.internauka.org/journal/science/internauka/223 7. Mamaxonova J. Boshlang'ich sinf o'quvchilarda ekologik bilim va madaniyatni rivojlantirishning metodologik asoslari. "SCIENCE AND INNOVATION". INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7. UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337. P. 584-587. https://www.internauka.org/journal/science/internauka/223