American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 16, May, 2023 15 | P a g e “ABDULLA AVLONIY FAOLIYATI MEN UCHUN YUKSAK NAMUNA” Nizamova Malika Ravshan qizi Nizomiy nomidagi TDPU Maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim fakulteti Logopediya yo‘nalishi 3-bosqich talabasi malikanizamova47@gmail.com ABSTRACT Adib's rich pedagogical heritage consists in promoting national pedagogical works on education among students. Keywords: school, science, ethics, upbringing, education. ANNOTATSIYA Adibning boy pedagogik merosi ta’lim-tarbiya haqidagi milliy pedagogik asarlarini o‘quvchilar o‘rtasida targ‘ib qilishdan iborat. Kalit so‘zlar: maktab,ilm, axloq, tarbiya,ta’lim АННОТАЦИЯ Богатое педагогическое наследие Адиба состоит в пропаганде национальных педагогических работ по воспитанию среди учащихся. Ключевые слова: школа, наука, этика, воспитание, образование. INTRODUCTION Uchinchi Renessansga erishish o‘z navbatida, yangi Renessans pedagogikasini yaratishni talab etadi. Bu esa, milliy Uyg‘onish pedagogikasi atoqli vakillarining ilmiy-pedagogik, adabiy merosini chuqur o‘rganish, innovatsiya va tarixiy tajriba o‘rtasidagi vorisiylikni hisobga olishni taqozo etadi. Milliy Uyg‘onish pedagogikasining asoschilaridan biri Аbdulla Аvloniydir. Abdulla Avloniyning ilm-fan nurlaridan bahramand bo‘lish har bir yosh- avlodning burchi deb bilaman. Chunki o‘quvchilarga bilimlar berish, Sharq va G‘arb tillarini o‘rganish kabi muhim ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni bajarib, o‘zbek millat tarixida o‘chmas iz qoldirgan O‘zbek pedagogikasining “otasi” hisoblangan Avloniyning asarlarini o‘rganish bugun e’tibor talab etib kelmoqda. Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlari bugungi kunda o‘zbek milliy maktabini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Abdulla Avloniy ijodiy merosini chuqur o‘rganishga qiziqish ortib bormoqda. Avloniy faoliyati men uchun yuksak namuna va ibrat vazifasini oʻtaydigan yetuk inson desam adashmagan bo‘laman. Maʼlumki, jadidlarning asosiy maqsadini “Turkistonni faqat ilmu-maʼrifatgina ijtimoiy- American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 16, May, 2023 16 | P a g e madaniy, siyosiy-iqtisodiy tanglikdan xalos etadi”, – degan bosh g‘oya tashkil etgan. Аna shu sababli ular o‘z g‘oyalarini xalq ichida keng targ‘ib qilish maqsadida ona tilida taʼlim beradigan yangi usul maktablarini ochishgan, maktablar uchun darsliklar yozishgan, gazeta- jurnallar chop ettirishgan, teatr truppalarini tashkil etishgan. Bir so‘z bilan aytganda, taʼlim- tarbiya sohasiga innovatsiyalarni joriy etish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatishgan. Mahmudxoʼja Behbudiy, Munavvar qori Аbdurashidxonovlarning izdoshi sifatida Аbdulla Аvloniy jadid maʼrifatchiligini yanada yuqori bosqichga ko‘tarish, ilmiy pedagogikani milliy taʼlim-tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari bilan boyitish, taʼlimning xalqchilligi va ommaviyligiga erishish kabi masalalarga eʼtibor qaratganligi yangi Renessans pedagogikasining ustuvor yo‘nalishlari bilan hamohangdir. Аbdulla Аvloniy 1913-yilda nashr ettirilgan “Turkiy Guliston yohud axloq” asarida “Pedagogiya”, yaʼni bola tarbiyasining fani demakdir” deb, pedagogika faniga o‘zbek ziyolilari orasida birinchi bo‘lib, aniq va to‘g‘ri taʼrif bergan. Olimning fikricha, tarbiya orqali “vujud quvvatlanadi, fikr nurlanadi, axloq go‘zallanadi, zehn ravshanlanadi”. Shuning uchun u tarbiyani bola tug‘ilgan kunidan boshlamoq kerakligini uqtiradi. Bolaga badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi, ahloq tarbiyasi berilib, uni yaxshi xulqlarga o‘rgatib, ilmli qilmoq lozimligini alohida taʼkidlab o‘tadi. 1913-yilda yozilgan ikki marta nashr qilingan “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarini o‘rganish uchun bugungi kunda ma’lumotlar talaygina. Ushbu asar yuqori sinf o‘quvchilariga darslik sifatida yozilgan. Lekin axloq havaskorlari uchun bugungi kunda qo‘llanma vazifasida xizmat qilib kelmoqda. Asarda insonlarni “yaxshilikka chaqiruvchi, yomonliklardan qaytaruvchi bir ilm”-axloq haqida fikr yuritiladi. Avvalo, axloq bu xulqlar majmuasi hisoblanadi. Xulq esa,ezgulik yoxud razillikning muayyan bir insonda namoyon bo‘lish shaklidir. Har bir xulq ezgulik va oliyjanoblikning yoki razillik va xudbinlikning timsoli bo‘ladi. O‘zbek pedagogikasiga hissa qo‘shgan taniqli ma’rifatparvar adib hisoblanadi. Abdulla Avloniy pedagogik fikr taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan, o‘z asarlarida o‘zbek xalqining eng yaxshi an’analarini, ta’lim-tarbiyaga oid muhim hayotiy masalani aks ettirgan pedagog, olimdir. Tarixida Abdulla Avloniy birinchi marta pedagogikaga “Pedagogiya”, ya’ni bola tarbiyasining fanidir”, deb ta’rif berdi. Tabiiy bunday ta’rif Abdulla Avloniyning pedagogika fanini yaxshi bilganligidan dalolat beradi. Abdulla Avloniy bolalar uchun ham bir qancha she’r va masallar yozgan. Shoir bu asarlarida maktab yoshidagi bolalarning fikr doirasini kengaytirish, ularda maktab va kitobga, mehnatga, tabiatga, Vatanga muhabbat uyg‘otishni maqsad qilib qo‘ygan. Uning ko‘pgina asarlari zamirida Vatanni sevish g‘oyasi yotadi. Shoir bu she’rlarida Vatanni sodda va samimiy misralarda tasvirlaganki, faqat o‘sha 10-yillarning o‘rtalaridagina emas, balki bugungi maktab yoshidagi bolalar ham ulardan katta estetik zavq olishlari mumkin. Tarixdan ma’lumki, zaminimiz allomalar yurti, bunday zamin albatta o‘zining madaniy yodgorliklar bebaho asarlariga boydir. Mazkur madaniy me’ros yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jihatdan, taniqli o‘zbek adibi Abdulla Avloniyning maktab uchun yaratgan to‘rt qismdan iborat “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” hamda “Birinchi muallim” , “Turkiy guliston yoxud axloq” , “Ikkinchi muallim” , ‘‘Maktab gulistoni” kabi darslik va o‘qish kitoblari ham xarakterli bo‘lib xizmat qiladi. Shuni inobatga American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 16, May, 2023 17 | P a g e olib, bu asarlarni jiddiy o‘qib chiqish va unda ilk darslikka xos tuzilmani, g‘oyaviy to‘liqlikni, kitoblardagi o‘ziga xos xususiyatlarni monografik yo‘nalishda o‘rganib chiqish zarur. Shu jihatdan ular yaxshi va yomonga bo‘linadilar. Lekin aytilgan fikrlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi, ularning shakllanishi uchun ma’lim sharoit, tarbiya kerak. Kishilar tug‘ilishidan yomon bo‘lib tug‘ilmaydilar. Ularni muayyan sharoit yomon qiladi. Tarbiya,hamma narsaga bog‘liq. Tarbiya tug‘ilgan kundan boshlanadi va umrining oxirigacha davom etadi. U ikki bosqichdan- uy va maktab tarbiyasidan tashkil topadi. Avloniy tarbiyaning doirasini keng tushunadi. Uni birgina axloq bilan cheklab qo‘ymaydi. Zero,”Sog‘ tanda sog‘lom aql” degan hikmatli gaplar bejiz emas.Ya’ni bolaning sog‘lig‘i birinchi o‘rinda ekanligini ta’kidlaydi. Xulosa: Ushbu maqola o‘zbek adabiyotining buyuk allomasi-Avloniy hayoti va ijodining yorqin qirralarini uning pedagogik faoliyatini adabiyotga qo‘shgan hissasini kengroq ochib berishga yordam beradi.Shu bilan darsliklarda mavjud bo‘lmagan qimmatli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.Avloniy ijodiy merosi ma’naviy-ma’rifiy tarbiya go‘yasining targ‘ibotchisidir.Uning asarlarida ilgari surilgan ta’lim-tarbiyaga oid fikrlar milliy ma’naviyatimizning rivojlanishida qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi. Bu ulug‘ adib ijodiy,amaliy faoliyati bugungi kun yoshlarimiz uchun ibrat maktabi desam adashmayman. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Shavkat Mirziyoyev “O‘qituvchi va murabbiylar Yangi O‘zbekistonni barpo etishda katta kuch tayanch va suyanchimizdir” Xalq so‘zi 3-bet. 2.Abdulla Avloniy “ Turkiy Guliston yoxud axloq” Toshkent Yoshlar nashriyoti uyi 2019-yil.