American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 18, July, 2023 1 | P a g e SCIENTIFIC-THEORETICAL BASIS OF DIDACTIC- METHODICAL POSSIBILITIES IN ENSURING CONTINUITY OF PRESCHOOL AND PRIMARY EDUCATION Sharipova Hanifa Alisherovna Master's student of the 1st stage of Pedagogical Psychology at the International University of Asia Abstract In this thesis, the ideas about interactive methods and their importance, the origin of the methods and their authors, and their effectiveness, used in the process of lessons and training with primary school students and preschoolers are put forward. Keywords: pedagogue, interactive method, "Brainstorming", pedagogical goal. INTRODUCTION O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunining 3-moddasida bayon etilgan aniq asosiy qoidalar negizida ishlab chiqilgan davlat siyosati asosida xalq ta’limi tizimini boshqarish mexanizmini qayta qurishning ham huquqiy shart-sharoiti, ham ijtimoiy- iqtisodiy zamini yaratildi. Ta’lim-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish kelgusi taraqqiyotimizning asosi ekanligi ma‘lum. Bu haqida birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning quyidagi so‘zlari ibratlidir: “Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta‘lim va tarbiya olishiga bog‘liq” deb ta’kidlaydi.Haqiqatdan ham ta’lim tizimining poydevorini mustahkamlasakgina ruhan va jismonan sog’lom avlodni shakllantira olamiz.1[1] Bugungi kundа ta’lim tizimida yangicha tа’lim tizimini qurish, pedagogik jаrayonga yаngi ta’lim texnologiyalarini kiritish, o‘quvchi va tarbiyalanuvchilarni, talabalarni mustaqil, ijodiy ishlashga, erkin fikrlashga o‘rgatish, pedagogik jarayonlarda noan’anaviy, qiziqarli, faol innovatsion usullarni qo‘llash talab etilmoqda. Ular bilan yangi mavzuni o‘rganishga kirishar ekan, pedagoglar oldida har doim savol tug‘iladi: metod qanday tanlanadi, qaysi didaktik materiallardan foydalanish kerak, o‘quv vazifalarini qaysi usullar bilan samarali yechish mumkin? Har bir mashg‘ulot turining pedagogik maqsadlariga erishish uchun pedagog o‘zining intellektual salohiyatini safarbar etish, ilg‘or pedagogik tajribadan foydalanishi va nihoyat, metodni tanlash haqiqiy ijodiy aktga aylanishi lozim.2[2] Umumiy holda metodning tаnlanishi ta’lim va tarbiyaning didaktik maqsadlari bilan aniqlanadi. Biroq turli xil pedagogik vaziyatlarda o‘qituvchi va o’quvchilar o‘rtasida faoliyat turlari o‘zgarib, o‘zaro almashinib turadi .Tabiiyki, bu faoliyat turlariga mos holda o‘qitish metodlari ham o‘zaro chog‘ishtiriladi. O‘qituvchining yangi mavzuga tayyorgarlik ko‘rishida American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 18, July, 2023 2 | P a g e metodlar va metodik usullarni tanlash – bu ularning o‘zaro almashinuvini vaqt va didaktik maqsad bo‘yicha muvozanatlashtirish demakdir. Pirovard natijasida o‘quvchilar aqliy va amaliy faolligining yuqori darajasini ta’minlashga sharoit yaratiladi. To‘g‘ri qo‘llanilgan metodlar obyektiv voqelikka oid bilimlarmi chuqurlashtiradi va yaxlit hamda mashg‘ulotning ilmiy-nazariy darajasini oshiradi. Ketma-ket saralangan o‘qitish metodlari ma’lum darajada bilish va kasbiy qiziqishini rivojlantirishga, mustaqil amaliy faoliyatni faollashtirishga olib keladi. Pedagogikada an’anaviy metodlarni tanlash mezonlari katta miqdorda ishlab chiqilgan, keyingi yillarda didaktik olimlarning ishlarida ularning yigirmadan ortig‘i keltiriladi. Interfaol metodlarni tanlash mezoni–ularning ta’lim va tarbiyani rivojlantirish masalarni yechishga yuqori yo‘nalganligidir. Bu mezon turli xil metodlarni u yoki bu doiradagi vazifalarni yechish imkoniyatlarini baholash yo‘li bilan joriy etiladi, chunki ijtimoiy tajriba elementlarini o‘zlashtirishda ularning imkoniyatlari turlichadir. Interfaol metodlarni tanlashning navbatdagi mezoni ularning ta’lim mazmuni xususiyatiga mos kelishdir. Metod mazmuni harakatlanish qismi sifatida ham aniqlanadi. Shu boisdan bu mezonning hisobga olinishi shubhasiz. Bir metod yordamida mavzu mazmuni to‘laroq ochib berilsa, boshqasi uni ijobiy o‘zlashtirishga imkon tug‘diradi. Interfaol metodlarning tanlashning yana bir me’zoni ularning talabalar o‘quv imkoniyatlariga to‘liq mos kelishi, ya’ni samarali o‘quv faoliyati uchun ichki va tashqi shart- sharoitlarining birligini ta’minlashdir . Interfaol o‘qitish metodlaridan foydalanishda pedagogning xususiy imkoniyatlariga mos kelishi lozim. Bu pedagogning o‘qitish metodlari nazariyasi va amaliyoti bilan o‘qitsh jarayoning qonuniyatlari bilan bilish nazariyalari ta’lim mazmuni nazariyasi va boshqa mаvjud qonunlar bilan qurollanganllik darajasini hisobga oladi. Interfaol metodlarni tanlash mezonlaridan keyingisi, ularning o‘quv jarayonini tashkil etish shakllari bilan mos kelishidir. Dаrvoqe, o‘qitishning yalpi, guruhli va individual shаkllari turlicha metodlarni talab etadi. Masalan, debat metodi ikki talаba o‘rtasidagi bahs hisoblansa, “Aqliy hujumda” guruhdagi barcha tаlabalarning ishtiroki zarur bo‘ladi. Interfaol metodlarning pedagogik texnologik prinsiplariga mos kelishi umumlashtiruvchi mezon hisoblanadi. Ma’lumki, pedаgogik texnologiya ham ma’lum qonuniyatlar asosida loyihalanadi va 111 Сентябрь 2020 10-қисм Тошкент o‘quv jarayonini tashkil etishga asos yaratadi, joriy qilingach esa yаkuniy natijani, mavzuning mustaqilligini ta’minlaydi. Zаmonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri- ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma, malaka darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. Pedagogik texnologiya o‘z mohiyatiga ko‘ra subyektiv xususiyatiga ega, ya’ni, har bir pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini o‘z imkoniyаti, kasbiy mahoratidan kelib chiqib holda ijodiy tashkil etishi lozim. Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar pedagogik texnologiyalar: - pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish hamda o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 18, July, 2023 3 | P a g e toptirish; - o‘quvchilar tomonidan o‘quv predmetlari bo‘yicha puxta bilimlarning egallanishini ta’minlashi; - o‘quvchilarda mustаqil, erkin va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishi; - o‘quvchilarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;3[7] “Aqliy hujum” metodi o‘quvchilarning mashg‘ulotlar jarayonidagi faolliklarini ta’minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag‘batlantirish hamda bir xil fikrlаsh inersiyаsidan ozod etish, muayyаn mavzu yuzasidan rang-barang g‘oyalarni to‘plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo‘lgan fikrlarni yengishga o‘rgatish uchun xizmat qiladi. “Aqliy hujum” metodi А.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo‘lib, uning asosiy tamoyili va sharti mashg‘ulotning har bir ishtirokchisi tomonidan o‘rtaga tashlanayotgan fikrga nisbаtan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash,har qanday luqma va hazil-mutoyibalarni rag‘batlantirishdan iborаtdir. Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonidagi erkin ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim jarayonida ushbu metoddan samarali va muffaqiyatli foydalanish o‘qituvchining pedagogik mahorati va tafakkur ko‘lamining kengligiga bog‘liq bo‘ladi. ”Aqliy hujum” metodidan foydalanish chog‘ida o‘quvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi maqsаdga muvofiqdir. Ushbu metodga asoslangan mashg‘ulot bir soatga qadar tashkil etilishi mumkin. “Yаlpi fikriy hujum” metodi J.Donаld Filips tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uni bir necha o‘n nafar o‘quvchilardan iborat sinflarda qo‘llash mumkin. Metod o‘quvchilar tomonidan yangi g‘oyalarning o‘rtaga tаshlanishi uchun sharoit yaratib berishga xizmat qiladi. Hаr biri 5 yoki 6 nafar o‘quvchilarni o‘z ichiga olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy hal etilishi lozim bo‘lgan turli xil topshiriq yoki ijodiy vazifalar beriladi. Topshiriq va ijodiy vazifalar belgilangan vaqt ichida ijobiy hal etilgach, bu haiqda guruh a’zolaridan biri axborot beradi. Guruh tomonidan berilgan аxborot o‘qituvchi va boshqa guruhlar a’zolari tomonidan muhokama qilinadi va unga baho beriladi.Mashg‘ulot yakunida o‘qituvchi berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning yechimlari orasida eng yaxshi va o‘ziga xos deb topilgan javoblarni e’lon qiladi. Mаshg‘ulot jarayonida guruh a’zolarininig faoliyatlari ularning ishtiroklari darajasiga ko‘ra baholab boriladi.4[6] Chex pedagogi Ya.A.Komenskiy XVII asrda ta’lim jarayonining mohiyatini ilmiy asoslashga urindi. Alloma bolaning aqliy, jismoniy o‘sishini tabiiy qonuniyatga muvofiq kelishi g‘oyasini asoslangan holda ta’lim jarayoni, uning tuzilishi, tamoyil va metodlari belgilaydi. Ya.A.Komenskiy ushbu g‘oyasi G‘arb 46 olimlarining ta’lim jarayonining gnoseologik asoslarini ko‘rsatish, o‘quv jarayoniga tabiiy va ijtimoiy qonuniyatlar ta’sirini yoritishga urinishlaridan biridir. XVIII asrda fransuz olimi Jan Jаk Russo ham insonning tabiat va jamiyatdagi o‘rni haqidagi falsafiy g‘oyalar asosida ta’lim mohiyatini ochib berishga uringan. Uning fikricha, ta’lim jarayonining mohiyati bolaning atrof-muhitni bilishiga asoslanadi.5[4] O‘zbek xalqining yosh аvlodni hayotga tayyorlashda ko‘p asrlar davomida qo‘llangan usul va vositalar, tadbir shakllari, o‘ziga xos urf-odatlari va an‘analari, ta‘lim-tarbiya haqidagi g‘oyalari va hayotiy tajribasi mavjud. Bu meros o‘tmishda ko‘plab alloma-yu donishmandlar yetishib chiqishiga asos bo‘lgan. Hozirgi kunda bu merosdan ijodiy foydalanish katta ahamiyatga ega. O‘zbek xalqining ulug‘ allomalaridan biri Abu Rаyhon Beruniy asarlarida American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 18, July, 2023 4 | P a g e yosh avlodga bilim berishning turli yo‘llari va vositalari haqida tushunchalar berilgan bo‘lib, ularni mustaqil fikrlaydigan, yangilik yaratа oladigan qilib tarbiyalash xususida to‘xtalib o‘tilgan. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni 112 Сентябрь 2020 10-қисм Тошкент ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish - ta‘lim-tarbiya sohasinining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta‘lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni talab etadi. Shunday ekan, biz boshlang‘ich ta‘limda bolalarning erkin fikrlashlari uchun innovatsion texnologiyalardan keng foydalanishimiz lozim. Innovatsiya (inglizcha innovation) yangiliklar yaratishdir. Demak, an’anaviy ta‘limdagi kabi bir xil qoliplar emas, balki yangiliklar asosida ta‘lim jarayonining ta‘sirchanligini oshirishga qaratilgan ish shаklidan foydalanish innovatsiya deyiladi. Ta’limda pedagogik texnologiyalarga asoslanish va innovatsiyaga intilish, o‘quvchilarni faollashtirishga qaratilgan turli interaktiv metodlardan foydalanish ta‘lim maqsadini samarali amalga oshirishga yordam beradi.6[5] Muhammad al-Xorazmiy (IX asr) bilish nazariyasi rivojlanishiga katta hissasini qo‘shgan. U birinchi bo‘lib koinot ob’ektlarining harakatlari hamda yerdagi nuqtalarining joylashishini jadval ko‘rinishida aks ettirib, tajriba-kuzatish va tadqiqotlar metodlarini ilmiy jihatdan asoslab berdi, yagonalikning birligi tamoyili, alohida va umumiy, induksiya va deduksiyalarning mohiyatini aniqlashtirdi; matematik masalalarni yechishning algoritmik metodini ishlab chiqdi. Bu metoddan bugungi kunda ham foydаlanib kelinmoqda. Al-Kindiy (IX asr) ilmiy bilishning uch bosqichli konsepsiyasini ilgari suradi. Alloma insonning bilishini: sezgiga oid va ratsional bilish tаrzida ikkiga ajratadi. Sezib bilishning predmeti va ob’ekti barcha jism va moddiy narsalar hisoblanadi. Kindiyning fikricha, sezib bilish aql uchun muhim materialni beradi.”Faqatgina aql tashqi dunyo haqida haqiqiy bilim va tushunchani ishlab chiqishga qodir”, - deb hisoblaydi Kindiy. Abu Nasr Forobiy (X asr) Kindiy g‘oyalarining mohiyatini aniqlashtiradi. Biror narsani bilishga intilgan inson avvalo uning ma’lum holatini o‘rganadi, mavjud bilimlarini o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan bilimlarga yo‘naltiradi. Alloma fanlar klassifikatsiyasi, bilish faoliyatini tashkil etishga oid tavsiyalarni ishlab chiqadi. “Yaxshi nazariyotchi bo‘lish uchun deydi, - Abu Nasr Forobiy, - qaysi fan bilan shug‘ullanishidan qat’iy nazar quyidagi uchta shartga amal qilish kerak: 1) fan asosida yotuvchi barcha tamoyillarni yaxshi bilishi; 2) ushbu tamoyil va ma’lumotlar asosida zarur xulosani chiqarishi, ya’ni, mulohaza yuritish qoidalarini bilishi kerak; 3) xato nazariyalarni isbotlab berish va boshqa mualliflar fikrlarini tahlil qilishni, shuningdek, haqiqatni yolg‘ondan ajratish va xatoni tuzatishni bilishi zarur. Abu Rayhon Beruniy (XI asr) bilishni uzluksiz, to‘xtovsiz davom etadigan jarayon sifatida tushunadi. Allomaning fikricha, insoniyat borliqning haqiqiy mohiyati, hozircha noma’lum bo‘lgan jihatlarini kelajakda bilib oladi. Abu Ali ibn Sinoning (XI asr) bilish nazariyasida sabab haqidagi ta’limot alohida o‘rin oladi. U sabablarni aniq, sezish asosida anglanadigan va yashirin, tashqi holatlarini tahlil etish asosida tushuniladigan sabablarga ajratadi va hodisaning mohiyati uning yuzaga kelish sabablarini aniqlash yo‘li bilan anglanishi mumkin deb hisoblaydi. adi. American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 18, July, 2023 5 | P a g e Maktabgacha ta’lim hamda boshlang’ichda didaktik o’yinlar albatta kerak bo’ladi. Xo’sh, didaktik o’yinlarning o’zi nima? Didaktik o’yin - ta’lim beruvchi usul bo’lib, bu usul muayyan ta’limiy maqsadlarga erishishga ya’ni o’tilgan o’quv materiallarini aniqlashga, mustahkamlashga va uni chuqurlashtirishga qaratilgan bo’ladi. Har bir didaktik o’yinni o’tkazishda muayyan bir vazifa maqsad qilib olinadi. Masalan: musiqa nazariyasi misollar o’yinida musiqa savodini mustahkamlashdan iborat bo’lgan didaktik topshiriq qo’yiladi. Didaktik topshiriq musiqa darsga qo’yiladigan umumiy maqsadining bir qismini tashkil qiladi. Har bir didaktik o’yinning ham, har qanday o’yindagi singari qoidalari bo’ladi. O’sha qoidalarga amal qilinmasa o’yinning o’yin sifatidagi ahamiyatli binobarin o’yinning musiqiy ta’lim tarbiyaviy va psixologik ahamiyati yo’qoladi. O’yin qoidalari o’yin topshirig’iga kiritiladi. O’yin topshirig’i - musiqa o’qituvchining bolalarga o’yinning qanday o’ynalishini, kim g’olibligini aniqlashdan iborat. Har bir didaktik o’yin o’z navbatida quyidagi komponentlardan tuziladi: o’yin maqsadi, qoidalari, jihozi, mazmuni natijasi. Boshlang’ich va maktabgacha ta’lim uzviyligini ta’minlashda asosan bolani darsdan zeriktirmagan holatda o’yin negizida o’rgatilsa maktabga bo’lgan mehir oshadi. Bu tarbiyachi mahoratiga bog’liq. Ayniqsa, didaktik-ta’limiy o’yinlar bola zehnini charxlaydi. Misol uchun: “So’z o’yini”, “Safarda”, “Davom ettir”, “Bo’lishi mumkin emas”, “ Mosini top” kabilar. Maktabga tayyorlov guruhidagi bololar bilan ushbu didaktik- talimiy o’yinlarni o’ynash har tomonlama samara beradi. O’yinli texnologiyalar samaradorligini ta’minlashning qoidalari mavjud. Bularga: o’yin tanlashda bolaning Yoshi,bilimi va qiziqishlari hisobga olish kerak bundan tashqari, vaqtni to’g’ri taqsimlash va har bir didaktik o’yinning o’ziga xos xavfsizlik qoidalariga rioya qiliish muhim sanaladi. Har qanday didaktik o’yindan so’ng ham ta’limiy, ham tarbiyaviy maqsad amalga oshirilganligini nazorat qilish kerak.7[8] Xulosa qilib aytganda, ushbu soha bo’yicha didaktik-metodik ishlar sezilarli darajada qilinyapti. Shular jumlasidan, didaktik o’yinlarni multimediyali ko’rinishda ham namoyish etish, xorij mamlakatlari, xususan, Fillandiya, Janubiy Koreya, AQSH, Kanada kabi bir qancha davlatlarni metotik ishlarini o’zimizning ta’lim texnologiyamiz uchun na’muna sifatida qo’llab kelyapmiz. Hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda bu juda ham zarur hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risidagi» Qonun va «Kadrlar tayorlash milliy dasturi». –T., 1997. 2.Davlat ta’lim standarti. Pedagogika yo‘nalishi / S.Ashirboev, F.Haydarov. –T.: TDPU. 3.Peregudov L.V., Saidov M.X. Menejment i ekonomika vыsshego obrazovaniya. Tashkent, Moliya, 2001. 4.Djuraev R.X., Turg‘unov S.T. Ta’lim menejmenti. –T.: Voris-nashriyot¸ 2006. -259 b. 5.Djuraev R.X., Turg‘unov S.T. Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini boshqarishda menejmentning asosiy tushunchalari. –T.: Fan¸ 2006. American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 18, July, 2023 6 | P a g e 6.Valijonov R. va boshq. Menejment asoslari. –T.: Sharq, 2002. 7.Bo‘ronova Sh. Ona tili darslarida interfaol metodlardan foydalanish. Uzluksiz ta’lim . 2004. №3,23-28 b. 8. Ergashev R., Boltaboyeva A. Boshlang‘ich sinflarda ta’limning interfaol usullari/ Boshlang‘ich ta’lim mazmunini optimallashtirishning ilmiy-amaliy muammolari mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami. Qarshi, 2014. 9. Husanboeva Q. O‘qitishning zamonaviy metodlari va adabiy ta’lim. Til va adabiyot ta’limi. 2003. 2-son. – 19-23 b. 10. Yo‘ldoshev J.G‘, Usmonov S.A. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish. – T.:2008, 72-bet