American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 18, July, 2023 45 | P a g e THE SIGNIFICANCE AND ITS VALUE OF EDUCATION FOR PRIMARY CLASS STUDENTS Shonazarova Nozima Ruslanovna Nizomiy nomidagi TDPU 3-bosqich talabasi e-mail: shonazarovanozima4@gmail.com Tel: +998944331023 ANNOTATION: This article talks about the science of education taught as a textbook to primary school students and its importance, teaching methods and relevance of the science. It was mentioned about the order and teaching methodology of the lessons conducted by the teachers, the scope and consistency of the practical exercises. Keywords: Teacher, science of education, methodology, lesson, psychology, qualification, skill, training, education, science, innovation. Introduction “Umumiy o‘rta ta’lim jarayonida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori bilan yangi “Tarbiya” fani joriy etildi. Yangi darslikning oldingilaridan farqi nimada? 1. “Tarbiya” darsligi “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirdi. 2. 1–9-sinflarda – 2020/2021-o‘quv yilidan, 10–11-sinflarda esa 2021/2022-o‘quv yilidan amaliyotga joriy harakat. 3. Darsliklarini tayyorlashda Yaponiyaning “Axloq ta’limi”, Singapurning “Fe’l-atvor va fuqarolik ta’limi”, Buyuk Britaniyaning “Tafakkur”, “Xulq ta’limi” fanlari va darsliklari yaqindan o‘rganildi. 4. Ilk yillik darsliklarda 2-yilgi darsliklarda 2-yilda deb nom olgan “yumoq ko‘ ishtirok” sifatida. Darslik orqali o‘quvchida bilim berishdan tashqari ko‘nikma shakllantiriladi. 5. Yangi fan darslaridagi mashg‘ulotlarga yo‘ ‘ fan darslar qilingan mashg‘ulotlar o‘quvchilarda va muvaffaqiyat motivlarini uyg‘otadi. Faol fuqarolik pozitsiyasi shakllantiriladi. 6. O‘quv fani nazariyasi 50% nazariy, 50% amaliy asosga asoslangan. 7. 7.“Tarbiya” darsi “role-model”, ya’ni “namuna keltirish” zamonaviy pedagogik metodidan unumli foydalanilgan. Unda milliy va xalqaromiqyosda yuksak natijaga erishgan insonlar yutuqlari tahlili. 8. Bu yil sinov sinovi 1-9 sinfgacha bo‘lgan darslik ustida bitta ijodiy jamoa ishladi. Bu har bir sinf darsligi oʻziga xos taʼminlandi. American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 18, July, 2023 46 | P a g e 9. Darslik rasmlar, rangli, illyustratsiyalarga boy va har bir bo‘limi o‘ziga xos fon, milliy va umuminsoniy xulk, ijtimoiy malakani ifoda etgan rasmlar bilan ta’minlangan. Har bir darslik uchun video, audio, media materiallar jamlangan disk beriladi. 10. Insonning oson kuchi inson bo‘lish eng avvalo to‘g‘ri maqsad ‘yishga bog‘liq. Deyl Karnegi, Brayan Treysi kabi mashhur lektorning ta’limotiga ko‘ra, hayotda o‘z oldiga maqsad qo‘yish va unga erishishni o‘rganish ham aslida bir fan. “Tarbiya” fani maktablarga darslik sifatida joriy etilgandan keyin o‘quvchilarga bu fanni o‘rgatish va amaliy mashg‘ulotlar o‘tish uchun kerakli kadrlarni tayyorlash vazifalari ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra bu dars boshlang‘ich sinflarda o‘z sinf rahbarlariga topshirildi. Bazi hollarda bitiruvchi kurs talabalarini ish bilan taminlash maqsadida ularga ham beriladi. “Tarbiya” fanining ahamiyatli jihati shuki, u bosqichma-bosqich bolada maqsad qo‘yish va unga intilish ko‘nikmasini shakllantirib boradi. Tarbiya dasturiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1-sinfda oʻquvchi toʻgʻrisidagi orzularini aniqlay oladi oʻrgatilsa, 2-sinfda o‘z oldiga maqsad qo‘ya olish ko‘nikmasi shakllantirildi. 3-sinfda o‘quvchida o‘zlashtirish maqsad va orzu-umidlarini amalga oshirishga harakat qilish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi. 4-sinfda atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalarga sog‘lom munosabat bildira oladi, shaxsiy sifatida o‘zini anglaydi va o‘z ahamiyatini tahlil qiladi. Yuqori sinflarda bu ko‘nikma shakllanib, o‘quvchi o‘z oldiga maqsadni to‘g‘ri qo‘ya olish, mustaqil fikrlash, tahlil qilish, to‘g‘ri qaror qabul qilish kabi ko‘rinishga ega bo‘ladi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan ko'plab islohotlarning asosiy mazmun-mohiyatida, olib borilayotgan chora-tadbirlarning, keng ko'lamli ishlarning tub zamirida, albatta, "Inson omili" yotadi. Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevning tashabbuslari bilan mamlakatimiz hayotida tub burilishlarni amalga oshirish, Vatanimizda yashab o'tgan buyuk darg'alarimiz, olim-u fuzalolarimizni ishini davom ettirish maqsadida yoshlar bilan birgalikda III Renesansni tamal toshlarini qo'yishdek buyuk mas'uliyatli vazifani har bir soha vakili, o'z yurtining jonkuyar, fidoiy kishilari bilan birgalikda amalga oshirish masalasi o'zining dolzarbligi va ahamiyatini yana chuqurroq namoyish etadi. Tarbiya jarayonining mohiyati inson, uning har tomonlama uyg'un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro'yobga chiqarishning sharoitlari va ta'sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o'zgartirish mamlkatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi sifatida qaralmoqda. Mamlakatimizda ta'lim mazmuni, uning samaradorligiga katta ahamiyat berilib, davlat ta'lim standarti o'quv dasturlarining yangi tahrirdagi ko'rinishlari tajriba sifatida amaliyotga joriy etilmoqda. Maktablarda joriy etilgan "Tarbiya" darslarini loyihalashda, uning asosiy g'oya va maqsadlarini o'quvchilar ongiga to'liq singdirishda darslarni o'quvchilar yoshi, fiziologik holatidan kelib chiqqan holda, har bir o'quvchi shaxsiga individual yondashish asosida darslarni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Amalda qo'llanilayotgan "Tarbiya" kitoblarini ko'rib o'rganib chiqadigan bo'lsak, boshlang'ich sinf (A2), to'qqizinchi sinf (A2+), o'n birinchi sinf (V1) bitiruvchisiga American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 18, July, 2023 47 | P a g e qo'yiladigan minimal malaka talablari, kompetensiyalar, baholash tartibi va o'quv dasturlariga mosligini hamda har bir bosqich ma'naviy-axloqiy, tafakkur, huquqiy, fuqaroviy, iqtisodiy, jismoniy, ekologik, estetik tarbiya turlarini o'z ichiga olganligini ko'ramiz. Tarbiya darslarini o‘qitishda dars jarayonlarini deyarli yuz foiz milliy urf-odatlarimizga, qadryatlarimizga, sharqona ananalarimizga tayangan holda olib borilishi maqsadga muofiqdir. Chunki, bu fanning darslik asosida joriy etilishidan asosiy maqsad ham aynan shu. Ya’ni o‘sib ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni milliy urf-odat va ananalarimizga sodiq ruhda tarbiyalash va ularga kichik yoshdan boshlab vijdon, insof, yaxshilik, hurmat kabi insoniy tushunchalarni tushuntirib, ongiga singdirib borish. O‘tilayotgan har bir dars mazmunida bironta qadryatlarimiz va insoniy tuyg‘ular va xulq-atvorga oid tushunchalar berib borilishi kerak. Darsliklar ham aynana shu mavzularni keng darajada o‘z ichiga qamrab olganini ko‘rishimiz mumkin. Bugungi tezlik bilan rivojlanib borayotgan texnika asrida bolalar tarbiyasida bu fanning o‘rni va ahamaiyati juda katta. Ayniqsa ularni milliy ruhda tarbiyalash va kamol toptirish uchun muhum poydevor vazifasini bajaradi. Bu fanning darslik sifatida joriy etilishi esa ro‘y berishi bir darajada xavfli bolgan yot mafkurlar oqimining oldini olishga yordam beradigan muhum vosita bo‘ldi. Bundan ko‘rinib turibdiki, tarbiya fanining amaliy ahamiyati bugungi kun uchun va yosh avlod tarbiyasi uchun ham muhim hisoblanadi. Shularni inobatga olgan holda maktablarda bu darslikning joriy etilishini qaysidir ma’noda talim sistemasiga olib kirilgan ijobiy o‘zgarishlardan biri bo‘ldi desak yanglishmagan bo‘lamiz. Bugungi kunda fan orqali erishilayotgan natijalar ham sezilarli darajada. Bola tarbiyani uyda ota-onasidan, maktabda esa ustozlaridan oladi. Shunday ekan bu fanning o‘rgatilishi va darslik sifatida joriy qilinishi bola tarbiyasiga ham juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Ta'lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bolgan e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Buning sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bolsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini chuqur o'zlashtirishlariga, mustaqil o'rganib tahlil qilishga, katta ijodiy xulosalar chiqarishlariga ham o'rgatadi. Oqituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda boshqaruvchanlik, yonaltiruvchanlik vazifasini bajaradi. Tarbiya darslari ijodiy, noananaviy suhbat, o'yin, oilada, tabiatda, bahs, munozara, uchrashuv shaklida bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Tarbiya darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanishda nimalarga e'tibor beriladi: 1. Darsdagi ta'lim-tarbiya maqsadining aniqligi; 2. Pedagogik texnologiya mazmunining hozirgi davr talabiga mosligi; 3. Pedagogik texnologiya jarayonida didaktik qoidalar; 4. Oqituvchining mahorat texnikasi. American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 18, July, 2023 48 | P a g e Pedagogik texnologiyani qo'llashda o'qituvchi quyidagi qoidalarga amal qilishi lozim: 1. Zamonaviylik ta'lim-tarbiya amaliyotiga asoslangan tajriba, sinovdan o'tgan didaktika sohasidagi yangliklarni joriy etish; 2. Ta'lim-tarbiya mazmunini uzluksiz yangilab borish. Oquv dasturlariga ham befarq bo'lmasdan sinchkovlik bilan o'rganish; 3. Umumiy va milliy qadriyatlar sohasidagi yangi ijodlarni o'rganib borish; 4. Oquv jarayonida o'quvchi bilan o'qituvchi faoliyatini optimallashtirish, faollashtirish. Ularning ichki ruhiyati va tarbiya darajasini kengaytirish; 5. Ilmiylik - yangi usul vosita muammosi holatlaridan foydalanib, o'quvchilarni mustaqil fikrlash va o'zini anglashga o'rgatish; 6. Buning uchun bolalarni dastur mavzulari asosida amaliy faoliyatga jalb etish muhimdir; 7. Ilg'or tajribalarga suyanish; 8. Dars maqsadining aniqligi, mazmunining zamonaviyligi, milliy ma'naviy qadriyatlar bilan boyitlishi, o'quvchilarni mustaqil ijodiy faoliyati, darsda "Xalq og'zaki ijodi" rubrikasida: maqol, ertaklardan o'rinli foydalanishi, o'yin, test savollari, korgazmali qurollar, savol va topshiriqlardan foydalanish; 9. Yangi pedagogik texnologiyani amalga oshirish uchun har bir o'qituvchi tarbiyani o'rgatishda nazariy chuqur bilimga ega bolishi zarur. Demak, tarbiya darslarini turli shakllarda tashkil etish mumkin. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun tarbiya darslarini turli shakllarda tashkil etish mumkin: 1. Oyin, suhbat, uchrashuv, bahs, oilada, jamoat joylarida, mahallalarda tadbirlar uyushtirish. Har bir dars maqsadining aniqligi, tarixiyligi va zamonaviyligi bilan odob- axloq tushunchalarini tarbiyalashga qaratilishi. 2. Oquv mashg'ulotlarini audio, video, jonli suhbat shaklida va korgazmali tashkil etish. 3. Oqituvchini yangi texnologik mahoratga ega bolishi va ijodkorligi. O‘qituvchi va o'quvchining maqsaddan natijaga erishishga qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan bolib, bunda o'quvchilarning saviyasi, jamoa xarakteri, sharoitga qarab, ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun, balki, kompyuter bilan ishlash, balki, film (tarqatma material, chizma, turli adabiyotlar) kerak bo'lar. Bulaning barchasi o'qituvchi va o'quvchiga bog'liq. Shu bilan birga o'quv predmetning o'ziga xos tomonini, joy va sharoitini, eng asosiy o'quvchining imkoniyati va ehtiyojini va hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishini hisobga olishi kerak. Shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Boshlang'ich sinf tarbiya darslarida pedagogik texnologiyalarni qo'llash uchun dars turi, maqsadi, mavzusiga to'xtalishimiz tabiiy. Eng avvalo, mana shu darsning texnologik xaritasini tuzib olishimiz darkor. Chunki darsning texnologik xotirasi har bir mavzu, har bir dars uchun o'qitilayotgan predmet, American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 18, July, 2023 49 | P a g e fanning xususiyatidan, o'quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. Darsning texnologik xaritasini qay ko'rinishda tuzish, bu o'qituvchining tajribasi, qo'ygan maqsadi, ijodkorligi va ixtiyoriga bog'liq. Texnologik xarita qanday tuzilgan bo'lamasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo'lishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija bo'lishi lozim. Darsni tashkil etishning texnologiyasi to'liq o'z ifodasini topgan bo'lishi lozim. Texnologik xaritaning tuzilishi o'qituvchini darsning kengaytirilgan ishlanmasini tuzishdan, yozishdan xalos etadi, chunki bunday xaritada dars jarayonining hamda o'quvchi va o'qituvchi faoliyatining barcha qirralari o'z aksini topadi. Fanning dolzarbligi shundan iboratki, bugungi kunda ko‘plab yot g‘oyaviy mafkuralarga aralashib yosh umriga zomin bolayotgan odamlar yo‘q emas. Eng achinarlisi shuki, ularning kata ko‘pchiligi o‘smir va yosh o‘g‘il qizlardir. Ana shunday ko‘ngilsizliklar bo‘lmasligi uchun ham bolalarga kichik yoshlaridan boshlab qadryatlarimizni, yaxshi- yomonni ajratishni o‘rgatishimiz, ularni milliylik ruhida tarbiyalashimiz va sharqona madaniyatlarni, qadryat va urf-odatlarni ularning ongiga va qalbiga singdirishimiz kerak. Shundagina biz yuqorida aytib o‘tilgan muammoalrning bo‘lmasligi va hech bo‘lmaganda kamayishiga sabab bo‘la olamiz. Aynan pedagogika sohasida tarbiya juda muhum sanaladi. Pedagog dars berish bilan birga o‘quvchilarga ta’lim- tarbiya ham beradi. Shuning uchun ham buyuk allomalarimiz “Ta’linmi tarbiyadan ajratib bo‘lmaydi”,- deb aytib o‘tishgan. Chindan ham ular bitta qushning ikkita qanoti kabidir. Buyuk kamolotga erishish uchun ularning har ikkisini ham chuqur egallash va amal qilish kerak. Insonga ta’lim, bilm, uquv qay darajada kerak bo‘lsa tarbiya, yaxshi xulq-atvor, chiroyli muomalali bo‘lish ham shu darajada kerakdir. Agar bir insonda bularning har ikkalasi to‘liq va mukammal bo‘lsa bunday inson jamiyatda o‘z munosib o‘rnini egallaydi. Yoshlarga tarbiyani ta’lim orqali, ta’limni esa tarbiya orqali o‘rgatishimiz lozim. Shundagina biz buyuk kelajak egalarini yetishtirgan bo‘lamiz. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Sh. Mirziyov. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: O‘zb., 2017. 2. Sh. Mirziyoev. Qonun ustuvorligi va insonlarni ta'minlash – yurt taraqqiyoti va halq farovonligining garovi. T. : O‘zbekiston, 2017. 3. Mirziyov Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy nazoratlik – har bir boshqaruvning kundalik qoidasi bo'lishi kerak. 4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag’ishlangan majlisidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. 5. G`G` Xalq so`zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, №11. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” to‘g‘risida Farmoni (Xalq so‘zi 2017 yil, 8 fevral). American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 18, July, 2023 50 | P a g e 7. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi– T.: O’zbekiston, 2014. – 46 b. 8. Orlov A.N. Istselenie slovom, 1989 yil. 9. Ostapenko A.L. deontologiya medsestro` pri provedenii nekotoro`x diagnosticheskix manipulyatsii. Medsestra, 1994 yil, №-1. 10. Ostrovskaya I.M.Verbalno`y sposob obheniya. J. Medsestra, 2001, №-7. 11. Ostrovskaya I.V. Medsestra i patsient: obheniya dlya obmena poleznoy informatsii. J. Medsestra, 2000, №-4. 12. Yaroshevskiy M.Ya. Medrabotnik i sabr. Medpomoh, 1996 yil, №-3.