American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 18, July, 2023 51 | P a g e ORGANIZATION OF INTEGRATED LESSON PROCESSES IN PRIMARY GRADES, PRACTICAL IMPORTANCE OF INTERDISCIPLINARY INTEGRATION Shonazarova Nozima Ruslanovna Nizomiy nomidagi TDPU 3-bosqich talabasi e-mail: shonazarovanozima4@gmail.com Tel: +998944331023 ABSTRACT: In this article, it is mentioned about the methods of correct and regular implementation of interdisciplinary integration in the course of teaching elementary school students and conducting lessons in a more interesting and effective way. Positive results of integrated lesson processes, which are considered one of the foundations of pedagogical skills, are also mentioned. Keywords: pedagogy, methodology, lesson, innovation, integration, psychology, specialist, task, practical skill, thought. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangi o'quv rejalari va dasturlariga o'tish davrida jamiyat va atrof-muhit o'rtasidagi alo-qalami uyg'unlashtirish, atrof muhitga jiddiy munosabatni o'rnatish va shakJlanish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Atrof-muhitga jiddiy munosabatlar poydevori boshlang'ich sinflarda o'rgatiladi. Shuning uchun iqtisodiy ta'limning natijasi maktab ta'limning birinchi bosqichiga bog'liq. Yangi psixologik- pedagogik tadqiqotlar kichik yoshdagi maktab o'quvchilariningbilish faoliyatlari cheklanganligi haqida i1garigi tushunchalarni ko'rib chiqishga imkon beradi. Bu boshlang'ich iqtisodiy ta'limning barcha tarkibiy qismlarini o'zgartirish va yangilashga asos yaratadi. Boshlang'ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga javob beradigan va dars Boshlang'ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga javob beradigan va dars talablariga mos keladigan maqsadni aniqlash bunday yangilanishning asosiy masalasidir. XIX-XX asrlar oralig'ida pedagogikada kichik maktab o'quvchilarining tabiiy muhit bilan tanishtirishning integratsiyalashgan kursini yaratish fikri paydo bo'lgan. Bu fikr A.Y. Gerd, O.N. Kaygorodov, A.P. Pavlov nomlari bilan bog'liq bo'lib, ular boshlang'ich maktabga atrofdagi jonli va jonsiz dunyo haqidagi bo'linmagan kursni kirgizishni talab qilishdi. Integratsiyalashgan ta'lim-tarbiya, fanlararo aloqalaming ayrim jihatlari mashhur pedagoglarning (Y. Komenskiy, O. Lokk, I. Gerbart, M. Pestalossi, K. Ushinskiy va boshq.), didaktiklarning (1.0. Zverev, MA Oanilov, V.N. Maksimova, S.P. Baranova, M.N. Skatkin va boshq.), psixolog olimlarning (E.N. Kabanova Meller, N.F. Talizina, Y.A. Samarina, G.1. Vergeles), medist olimlaming (M.R. Lvov, V.G. Goreskiy, N.N. Svetlovskaya, American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 18, July, 2023 52 | P a g e Y.M. Kolagin, G.N. Pristupova) ishlarida ko'rib chiqilgan. Bir qator ishlar boshlang'ich ta'limdagi fanlararo va fanlar ichidagi aloqalarga bag'ishlangan. Bu muammolar o'quv fan larini integratsiyalashga o'tishning yaqin rivojlanish zonasidir. Integratsiya atama va uslubiy nuqtaiy nazardan hodisa sifatida nima ekanligann ko‘rib chiqaylik. «Intergratsiya» so‘zi lotincha integratio-tiklash, to‘ldirish, «integer» butun so‘zidan kelib chiqqan. Ikkita tushunchaga egamiz: 1.Tizim, organizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va vazifalarning bog‘liqlik holatini bildiruvchi tushuncha va shu holatga olib boruvchi jarayon. 2. Tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan fanlarni yaqinlashtirish jarayoni. Differentsiatsiya - frantsuzcha (diffe'rentiofion lotincha differentia - farq har xillik, ya’ni butunni bo‘laklarga bo‘lish, ajratish. Ta’lim mazmunini intergratsiyalash-dunyo tendentsiyasi (g‘oya, fikr, intilish), Integrativ yondoshishi turli darajadagi tizimli aloqalarning ob’ektiv yaxlitligili aks ettiradi. (tabiat-jamiyat-inson). Integratsiya ilgari bo‘lishyan qismlarni bir butunga birlashtirish bilan bog‘liq. U tizim elementlarining yaxlitlik va uyushqoqlik darajasining oshirishga olib keladi. Integratsiyalash mobaynida bir-biriga bog‘liqlik hajmi oshadi va tartibta tushadi, shu tizim qismlarniig ishlashi va o‘rganish ob’ektining yaxlitligi tartibga solinadi. Bu umumiy qoidalarni qanday qilib maktab ta’limida qo‘llash mumkin? Zamonaviy didaktik va metodikada ta’kidlanishicha, o‘quvchilarni o‘qitish, rivojlanishi va tarbiyasining muvoffaqiyatlari ularning dunyosining birligi haqida tushunchaning shakllanganligi, o‘z faoliyatlarini umumiy tabiat qonunlari asosida yo‘lga solish zaruriyatini tushunishlari. tabiatshunoslik kursida predmentlararo va predmetlar ichidagi aloqalarni yecha olishlari bilan bog‘liq. Ta’limdagi integratsiya o‘quv predmetlari mazmunini konstruktsiyalashga tizimli yondoshish orqali ko‘rib chiqiladi. Integratsiyaning turli darajalari ajratiladi: boshlang‘ich. tabiat haqidagi elementlar bilimlarni bkrlashtiradi; oraliq - predmetlar bo‘limlarini bo‘lish intergratsiyasi; yakuniy - tabiatshunoslikni o‘rganish bilam bog‘liq bo‘lgan talmmninng oxirgi bosqichi integratsiyasi. Shu bilan birga, tabiiy- ilmiy ta’limini to‘liqroq va kengroq integratsiyalash imkoniyati ham inkor etilmaydi. Maktab ta’limini integratsiyalash jarayonining psixologik asosi sifatida psixolog Yu.A.Samarinning assotsiativ tafakkur to‘g‘risidagi fikrlari) olinishi mumkin. Bu fikrlarniig mazmuni shundaki, har qanday bilim bu o‘xshatish, bilimlar tizimi esa o‘xshatishlar tizimidir. Yu.A.Samarin o‘xshatishlarning quyidagi turlarnni ajratadi: lokal (mahalliy, ma’lum bir joy, narsa bilan chegaralangan), biror tizimga tegashli bo‘lgan, tizim ichidagi, tizimlar orasidagi va aqliy faoliyat darajalarini o‘xshatishlarining mos keladigai darajasiga birlashgirish xususiyatiga qarab tasniflaydi. Tabiat yoki predmet haqidagi eng oddiy bilimlarni hosil qiluvchi bog‘liqlikning eng soddasi ma’lum bir joy yoki tushuncha bilan chegaralangan lokal tasavvurdir. Bu bog‘liklik boshqa bilimlardan nisbatan ajralgan, shuning uchun eng oddiy aqliy faoliyatni ta’minlaydi. Bu kichik maktab yoshiga xos. Biror bir tizimga tegishli bo‘lgan tasavvurlar eng sodda tizimli tasavvurlardir. Ular biror bir mavzu, predmet yoki hodisani o‘rganishi asosida hosil bo‘ladi. Biror bir predmetni bilish yangi fakt va tushunchalarming tanlanishi ularni bir bilimlar bilan taqqoslanishi orqali amalga oshiriladi.. Bunda o‘quuvchilarning tahlil qilish va umumlashtirtl faoliyatlari vujudga keladi. Tizim https://muhaz.org/sinf-11-b-59-60--dars-sana.html https://muhaz.org/sinf-11-b-59-60--dars-sana.html https://muhaz.org/gap-bolaklari.html American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 18, July, 2023 53 | P a g e ichidagi tasavvurlar o‘quvchilarning butun bir fanlar bilishini ta’minlaydi. (fizikaviy, kimyoviy, biologik, bilimlar tizimi) o‘rganilayotgan fan doirasida bilimlardai keng foydalanish kuzatiladi. Tizim ichidagi tasavvurlar, vaqt, muhit, son bog‘lanishlari aks ettiradi. Predmetlararo tasavvurlar aqliy faoliyatining eng yuqori pog‘onasi hisoblanadi. Ular bilimlarning turli tizimlarini birlashtiradi, hodisa yoki jarayonning xilma-xilligini bilishiga imkoniyat beradi. Shu bilimlar asosida umumiy tushunchalar kelib chiqadi. Tizimlararo tasavvurlarning shakllanishi, ularni bilimlardan foydalanishga, ularin bir-biriga bo‘ysundirishga, bilimlar chegarasida bo‘shliqliklarni aniqlashga imkoi beradi Bayon qilingan psixologik dalillar boshlang‘ich, to‘liqsiz o‘rta va o‘rta maktab ta’limini integratsiyalashnnng asosiy xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi. S.P.Baranov, L.R.Bolotin, V.A.Slastennnming «Pedagogika» kitobida darslarda qo‘llaniladigan fanlararo bog‘lanish ko‘rsatiladi, lekin integratsiyalashgan ta’lim muammolar aks etmagani «Boshlang‘ich ta’lim» jumladan maktab ta’limini iitegratsiyalash muammosiga katta ahamiyat beriladi. L.N.Baxareva o‘zining «Boshlang‘ich maktab o‘quv mashg‘ulotlarini o‘lkashunoslik asosida integratsiyalash» maqolasida integratsiya-differentsiatsiya jarayonlari bilan birgalikda amalga olayotgan fanlarni yakunlashtirish va bog‘lash jarayoni bo‘lib, yangi, butun, yaxlit bo‘limlar yaratshshga yordam beruvchi, fanlararo aloqalarni amalga oshiruvchi yuqori ko‘rinishdir. O‘quv predmetlarn orasida integratsiya predmetlar tizimini inkor etmaydi integratsiya tizimini takomillashtirishning, kamchiliklari bartaraf etishning yo‘li bo‘lib predmetlar orasidagi aloqalar va bog‘liqliklarni chuqurlashtirishga qaratilgan bunday yondoshuv differentsimattsiya va integratsiya orasidagi munosabatlarni tushunishga tayanadi. Pedagogikaning maqsadi bir xil maqsad vazifalarga ega bo‘lgan turli fanlarning element va qismlarni bir butunga birlashtirishga yo‘naltirilgan intergratsiyani amalga oshirishda o‘qituvchilarga yordam berishdir. Ko‘p yillik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, keyinchalik esa bitiruvchilar u yoki bu fanlarni o‘rganib shu bilim ko‘nikmalarni boshqa fanlarni o‘rganishda qo‘llashga qiynalyaptilar, ularga mustaqil fikrlash, olingan bilimlarni o‘xshash yoki yangi vaziyatlarga ko‘chira bilish ko‘nikmalari yetishmayapti. Bularniig hammasi boshlang‘ich sinflardagi turli fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarning o‘zapo kelishmovchiligi tufayli sodir bo‘layaptn. Bu holatda intergratsiya bir predmet bo‘yicha bilimlarni ikkinchisiga ko‘chirish va faoliyatining almashinishi emas balki zamonaviy fanlar integratsiyasi yo‘nalishlarini aks ettiruvchi yangi dedaktiv ekvivalent (mos bo‘lgan, o‘xshash, keng ksladigan narsa) larni yaratish jarayonidir. Psixolog YE.N.Kabanova-Millerning aytishicha «O‘qituvchiga hali uchramagan vazifa asosida bilim ko‘knikma va qobiliyatlarini mustaqil ko‘chirilishi akliy rivojlanishning muhim ko‘rsatkichdir». L.P.Elinko o‘zining «Boshlang‘ich sinflarda ta’limni integratsiyalash tajribasi» ichida maktab ta’limini integratsiyalashning muhimligiga e’tiborni qaratsa, L.P.Elenko integratsiya darsini samarali qilish vositasi, predmetlar aloqalarini yangi pog‘onalarga ko‘tarish shakli deb hisoblaydi. Integratsiya o‘qituvchilarning turli fanlar bo‘yicha kuzatishlari va xulosalarini tasdiqlab yoki chuqurlashtirib beruvchi yangi dalillarni topib berish manbaidir. Ular faoliyatining turli shakllarining almashib turishi orqali o‘quvchilarning charchashi va asabiylashishining oldini oladi. https://muhaz.org/2-amaliy-mashgulot-mavzu-ofislarni-avtomatlashtirish-va-elektr.html https://muhaz.org/oliy-talim-tizimini-yanada-rivojlantirish-chora-tadbirlari-tog.html https://muhaz.org/oliy-talim-tizimini-yanada-rivojlantirish-chora-tadbirlari-tog.html American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 18, July, 2023 54 | P a g e Fanlarni o’zaro integratsiyalshdan asosiy maqsad o’quvchiarga berilayotgan bilimlarni takrorlanishini oldini olish, bir hillikka barham berish va vaqtni tejab qolishdir. Shunday inegtratsiyalash orqali biz juda ko’p vaqtni tejagan holda o’quvchilarga har tomonlama puxta bilim berishimiz va darslarni qiziqarli tashkil etishimiz mumkin bo’ladi. O’qish va odobnoma darslari mazmuni va vazifasi jihatdan bir-biriga yaqin bo’lib, ushbu fanlarni integratsiyalash imkoniyatlari juda keng va qulay. O’qish darslari o’quvchillar og’zaki nutqini o’stirish bilan birga bir qatorda tarbiyaviy vazifalarni ham amalga oshiradi. Odobnoma darslarining asosiy maqsadi esa o’quvchilarni har tomonlama, milliy an’analarimizga xos tarzda tarbiyalashdir. O’qish va odobnoma fanlarini integratsiyalsh haqida bugungi kunda juda ko’p bahs- munozaralarni ko’rishimiz mumkin. Ya’ni agar biz uning nomiga e’tibor beradigan bo’lsak, “Odobli o’qish san’ati,” albatta, chegara fan nomi integratsiyaga kirishayotgan fanlar nomidan kelib chiqadi, lekin bu yerda fan nomi notog’ri tanlangan. Chunki o’qishning biz bilamizki, turli sifatlari bor, lekin ular ichida odobli o’qish deb nomlangan sifati ham, umuman, odobli o’qish degan tushunchani o’zi ham mavjud emas. Ushbu ikki fandan hosil bo’lgan chegara fanni “Jamiyat va tabiat”, “O’qish va tarbiya sabog’i” kabi nomlash bizningcha maqsadga muvofiqdir. Ushbu ikki fanni integratsiyalash uchun fan dasturlarini ko’rib chiqib, ulardagi mazmunan bir-biriga yaqin mavzularni integratsiyalaymiz. Boshlang`ich 1-4-sinflarda o`qish, odobnoma, taviriy san’at fanlarini integratsiyalash natijasida eng avvalo vaqt tejab qolinadi. Ayni vaqtda 1-sinfda birinchi yarim yillikda, ya’ni savod o`rgatish davrida alifbe darsi 62 soatni ikkinchi yarim yillikda o`qish darsi 68 soat, odobnoma darsi esa bir yilda 34 soatni tashkil etadi. Agar ushbu darslarni uyg`unlashtirilsa, umumiy 198 soat darsdan 31 soati integratsion dars bo`lib, yiliga 62 soat tejab qolinadi. • 2-sinf uchun o`qish darsi yilda 136 soatni, odobnoma – 34 soatni, taviriy san’at 33 soatni tashkil etib, jami 203 soatdan iborat. Agar 30 soat dars integratsiyalansa uchala fan hisobiga 60 soat dars qisqartiriladi. • 3-sinfda o`qish darsi yil bo`yicha 170 soatni, odobnoma 33 soatni, taviriy san’at 33 soat bo`lib, hammasi 236 soatni tashkil etadi. Integratsiyalashgan dars 30 soat, demak 60 soat dars yilda qisqartiriladi. • 4-sinf o`qish darsi yillik 170 soatni, odobnoma bo`yicha 34 soatni, taviriy san’at 33 soatdan iborat bo`lib, barchasi 237 soatni tashkil etadi. integratsion dars 30 soat, shu bois yilda 60 soat dars uchala fan bo`yicha qisqartiriladi. Bundan ko`rinib turibdiki, boshlang`ich sinf o`qish, odobnoma, darslarini integratsiyalash natijasida soatlarni qisqartirish, o`quvchilarni qayta-qayta bitta mavzuni o`qish zo`riqishdan xalos etadi. Lekin shuni aytish joizki, boshlang`ich sinflarda integratsiyalashgan darslar haftada bir-ikki marotaba tashkil etilishi mumkin. Yuqoridagi ko`rsatilgan soatlar esa haftada bir marotaba integratsion dars o`tish kerakligini ko`rsatadi. Integratsion mashg`ulotlarni, ayniqsa 3 ta fan bo`yicha tashkil etilishi dars soatini qisqartirish bilan birga, o`qituvchiga katta ma’suliyat yuklaydi. Buning uchun o`qituvchi darsga puxta tayyorgarlik ko`rishi, mos mavzularni aniqlashi, darsni loyihalashtirishi, dars o`tish texnologiyasini ishlab chiqishi, maqsadlarini belgilashi va shunga asoslangan ma’lum bir «O`qish va tarbiya sabog`i» fanini hosil qilish, maqsad va loyihalashtirishni amalga oshirishda o`quvchilarning American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 18, July, 2023 55 | P a g e individual xususiyatlarini, bilim darajalarini hisobga olish zarurdir. Boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun bunday ko`rinishdagi darslarni amalga oshirishga tayyorlashni 3 bosqichga bo`lishi mumkin: • birinchisi, tanishtirish, ya’ni o`quvchilarga 2 ta fan bo`yicha mujassamlashtirilgan dars o`tishni elementar holatlaridan boshlab tushuntirish; • ikkinchisi, fanlararo bog`lash mumkin bo`lgan mantiqiy aloqalarni rejalashtirish, ya’ni integratsion darsni tashkil etishda mavzulararo umumiy bo`lgan tushunchalarni belgilab, maqsadni aniqlash va shu asosida loyihalashtirish texnologiyasini ishlab chiqish; • uchinchisi, mazkur aloqalarni dars va darsdan tashqari ishlarda ro`yobga chiqarish, ya’ni integratsion mashg`ulotni dars jarayonida yoki turli tarbiyaviy tadbir shaklida o`tkazish (ota-ona, mahalla. Maktab hamkorligida). O`z-o`zidan ko`rinib turibdiki, 1-4-sinf o`qish, odobnoma darslarini o`zaro uyg`unlashtirilsa ma’lum bir «O`qish va tarbiya sabog`i» fani hosil bo`ladi. Demak, «O`qish va tarbiya sabog`i» fani yuzasidan o`tkaziladigan darslarni tashkil etishda o`qituvchi quyidagilarga e’tibor bersa, maqsadga muvofiq bo`ladi: 1. Aloqador fanlarning qaysi mavzulari mazmuni bilan bevosita bog`lab o`rganish mumkin bo`lgan jihatlarini aniqlash. 2. Tanlangan fanlarning: o`qish, odobnoma, o`quv dasturlari talablarini o`rganib, o`quvchilarning yoshini hisobga olgan holda tayyorgarlik darajasi, imkoniyatlarini ko`zda tutib faoliyat ko`rsatish. 3. O`rganish lozim bo`lgan materialni darsning qaysi bosqichida (yangi materialni tushuntirish, mustahkamlash, takrorlash, bilimlarni tekshirish jarayonida) qo`llash usuli va o`rnini aniq belgilash. 4. Bilimlarni o`quvchilarga singdirishda o`zining shaxsiy tajribasini, o`quvchilarning bu sohadagi bilim ko`nikmalari darajasi, ma’lum metod va vositalarni qo`llay olish. Fanlararo integratsiyalashni tanlash o`qituvchiga bog`liq. Faqat tanlangan fanlar mantiqan bog`liq bo`lishi muhimdir. Shu bois ham biz o`qish, odobnoma, fanlarini mantiqiy bog`liqligini hisobga olgan holda tanlab oldik. Chunki o`qish darslarida ham bolaga ta’lim bilan birga ahloqiy tarbiya berib boriladi, darslarida ham huddi shunday. Demak, odobnoma mavzularini yana takrorlab o`tilishiga yo`l qo`ymasdan bir darsning o`zida uyg`unlashtirish mumkin bo`ladi. Buning uchun esa, integratsiyalashgan darslarni loyihalash texnologiyalarini amalga oshirish natijasida quyidagi bilim va malakalarni rivojlantirib borish maqsadlari ko`zda tutiladi: 1. O`z-o`zini anglash, o`z-o`zini idrok etish, o`z ishiga va o`rtoqlari ishiga baho bera olish; 2. Oila, ota-ona, do`stlari haqida fikrlay olish, o`z munosabatini xolisona bildira olish. Atrof- muhitga, odamlarga bo`lgan e’tibor, mehr-oqibatli bo`lishiga erishish. 3. Huquqiy ong va huquqiy madaniyat. Bolalar huquqlarini himoya qilish xalqaro konventsiyasi talablari asosida bolaning o`z huquqlari va o`zlar huquqlari haqida ilk ma’lumotlar berish va amaliy faoliyatlarini rivojlantirish, o`zlarini va o`zgalar qadr-qimmatini hurmat qilish, o`z burchlarini anglab borish va «bolalarning o`zlari ishtirok etish huquqlari» ni ta’minlash (bahs, munozara). 4. Inson, tabiat, jamiyat, ekologiya, salomatlik haqidagi bilimlar rivojlantirib boriladi. Tabiat va jamiyatdagi o`zgarishlar, o`zaro bog`liqliklar haqida ilk ilmiy tasavvurlar hosil qilish, inson haqida American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 18, July, 2023 56 | P a g e uning nima uchun yashayotgani haqida tushunchalarga ega bo`lishi, odamlar tabiatini kuzatish, sabab va oqibatlarni ajrata bilish. Ushbu talablar, albatta, o`qish va odobnoma darslarining uyg`unlashtirilishi natijasida amalga oshadi. Ushbu talablarni bajarish zamirida o`quvchilarni bilish, tushunish, qo`llash, tahlil qilish, sintez qilish, nazorat qilish va natijani baholash ko`nikma va malakalari shakllanadi. Shunday qilib, boshlang`ich 1-4 sinflarda integratsion loyihalashni amalga oshirishda eng avvalo o`qish, odobnoma, fanlari bo`yicha DTS talablari asosida tashkil etilgan ishchi reja va darsliklar ko`zdan kechiriladi. Bularning ichidan bir-biriga mos bo`lgan, bir-birini to`ldiruvchi mavzularni muvofiqlashtirib, bir soatli «O`qish va tarbiya sabog`i» fani hosil qilinadi. O`qish darsi fanlararo aloqalarni amalga oshirishning eng qulay darajasidir. Chunki har bir fan topshirig`ini bajarishda dastlab o`qib chiqiladi, o`sha mavzu yuzasidan og`zaki hikoya qilinadi. Demak, tasviriy san’at va mehnat fanlarini o`qish fani bilan integratsiyalansa, uchta fan yuzasidan umumiy maqsadga erishilgan bo`ladi. ya’ni o`qish ko`nikmasiga tushunish, bilish, tahlil, sintez, baholash kabi maqsadlar, tasavvur qilish, badiiy idrok etish kabi ko`plab masalalar amalga oshiriladi. O`qish darsligidagi har bir mavzuni to`la o`zlashtirilishiga erishilgan bo`ladi. O`qish darsliklarida berilgan turli she’r, hikoya, ertak, masalalarni oddiygina o`qib chiqqandan ko`ra, ularga oid rasmlarni ko`rishlari yoki o`sha asarlarga oid o`z tasavvurlarida biror rasmni tasvirlashlari, bolalarni to`la o`zlashtirishlariga imkon berilgan bo`ladi. Chunki: «Yuz bora eshitgandan, bir bora ko`rgan afzal», - degan naql bejiz aytilmagan. Yoki o`quvchilar o`sha asarlar to`g`risida biror buyumni yasashlari (qog`oz, karton, plastilin …) ham maqsadga muvofiq bo`ladi. Yuqorida ko`rsatib o`tilgan darslar boshqa darslardan o`zining mukammalligi bilan, qiziqarliligi bilan ajralib turadi. Ushbu darslarni loyihalashtirilayotganda «O`qish va tarbiya sabog`i» fani mavzusi mazmuniga e’tibor qaratiladi, hamda shu mavzular asosida maqsadlar aniqlanadi Foydalanilgan adabiyotlar 1. AbdullaеvaQ. Birinchi sinfda o’qish darslari. – Toshkеnt, 2003-yil, 86 bet. 2. Boshlang’ich sinflarning takomillashtirilgan davlat ta'lim standarti. Boshlang’ich ta'lim. 2005-yil, 5- son. 3. Abdullayeva Q. va boshqalar. “O’qish kitobi” 2-sinf uchun darslik. “O’qituvchi” Toshkent. 2008- yil, 172 bet. 4. Abdullayeva Q. va boshqalar. “O’qish kitobi” 2-sinf uchun darslik. “O’qituvchi” Toshkent. 2008- yil,176 bet 5. Abdullayev X.A. Biogeoximiya va tuproq muhofazasi asoslari. Тoshkent. «O’qituvchi», 1989. 6. Alimov Т. A., Rafikov A.A. «Ekologiya xatolik saboqlari», Тoshkent, «O’zbekiston», 1991. 7. Baratov P. Тabiatni muhofaza qilish. Т.: «O’qituvchi», 1991. 8. Govard A. D., Remeon N. Geologiya i oxrana okrujayuhey sredo’. L. «Nedra». 1982. 9. Iqtisodiyotning agrar sektori. T.Jo'rayev, Sh. Allayarov, X.Asatullayev, T. Umarov, Ma'ruzalar matni. -T.: TIM, 2012.