American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 21, October, 2023 35 | P a g e THE ROLE OF SPIRITUAL HERITAGE OF WESTERN AND EASTERN PEOPLE IN YOUTH EDUCATION Nargiza Hasanova Tashkent State Pedagogical University named after Nizami Abstract: In this article, the use of the national spiritual heritage of the Eastern and Western nations in the education of young people, the education of young and talented representatives who can meet the needs of the nation and the world's requirements, and the formation of a new national ideology, the people's ma It was stated about the need to raise the morale. Keywords: Youth, spiritual heritage, education, Eastern and Western culture, democracy, civil society, religious tolerance, interethnic harmony, human dignity, rule of law, socialization. Introduction Har bir mustaqil davlat, millat o‘z hayot tarzini, kelajagini ajdodlarning tarixiy tajribasi va jahondagi ilg‘or tamoyillar uyg‘unligi asosiga qursa, yanglishmaydi. Ta’lim-tarbiya jarayonida yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida, xalqimiz milliy ma’naviy merosi durdonalaridan, shuningdek, jahon fani erishgan merosdan unumli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Mintaqamiz Sharq va G‘arbni tutashtiruvchi Buyuk ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan. Shuning uchun har doim millatimiz Sharq va G‘arb xalqlari milliy ma’naviy merosi bilan ma’naviy oziqlanib kelgan. Bugungi kunda yoshlar tarbiyasi masalasiga yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev alohida urg‘u berib, shunday ta’kidlaydi: “... yoshlarni zamonaviy bilim va tajriba, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo‘lgan insonlar etib voyaga yetkazamiz”1. Necha ming yillik tarix davomida ne-ne xoqonlaru xonlar, amirlaru shohlar hukm surib, ularning birlari millat dovrug‘ini dunyoga tarqatgan bo‘lsa, boshqalari yurtni abgor qilganligi ham sir emas. Oxirgi yuz yil davomida yurtimizning yetakchi o‘g‘lonlari foje taqdirga ro‘baro‘ keldilar. Qaramlik, tobelik kasofatidan bir qancha fojealar yuz berdi: Amir Olimxonning siyosatidan norizo bo‘lgan Fayzullaxo‘ja xalqim deya qon yutdi, ammo orzusi ushalmadi; Usmon Yusupov umrini xalqi uchun tikdi, ammo xalq asoratda qolaverdi; Sharof Rashidov xalq og‘irini yengil qilaman deb ko‘p urindi, ammo oxiri borib xalqni ham, uning o‘zini ham yomonotliq qilish boshlandi. 1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. 2020 йил 29 декабр. https://president.uz/uz/lists/view/4056 American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 21, October, 2023 36 | P a g e Bugungi kunda aytish mumkinki, O‘zbekiston jahon miqyosida o‘ziga xos barqaror siyosiy mavqe kasb etib kelmoqda. Jahonning eng ilg‘or davlatchilik an’analarini o‘zbekning milliy mintaliteti bilan, o‘z qadim udumlari bilan uyg‘unlashtira olgan yangilangan Konstitutsiyamiz – mustaqil mamlakatning Asosiy qonuni - har bir sohada batafsil ishlab chiqilayotgan qonun va kodekslar bilan amalda qo‘llanib, mustahkamlanib borilmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish, mamlakatning ichki iqtisodiy tizimini uyg‘unlashtirish, ilg‘or texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishga tatbiq etish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Ijtimoiy uyg‘unlik, barqaror osoyishtalik, xalq birdamligi fikrlar, qarashlar xilma-xilligi bilan bahamjihat rivojlanmoqda. Turli siyosiy partiyalar o‘z mustaqil yo‘nalishlarini shakllantirib, siyosiy muhorabaning madaniyatli usullarini, demokratik tamoyillarni o‘zlashtirib bormoqdalar. “Vatan manfaati, mustaqillik manfaatini hamma narsadan ustun qo‘yadigan, qalbida o‘ti va erk tuyg‘usi bor, g‘ayratli, kuyunchak”2, ayniqsa, bugungi kun millat ehtiyoji va jahon talablariga javob bera oladigan yosh va talantli avlod vakillari maydonga chiqmoqda. Xullas, yutuqlar bisyor. Eng muhimi, xalq, millat o‘zligini anglab bormoqda. Ammo, xotirjamlikka o‘rin yo‘q. Chunki bugungi tezkor globballashuv davrda turli muammolarga har on, har lahza duch kelinmoqda. Jumladan, jamiyatning, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy tarbiyasi borasida qiyinchiliklar dolzarbligicha qolmoqda. Insonlar ongining eski aqidalar asoratidan poklanishi oson savdo emas ekan. Ayniqsa, yurtning yetakchilari bo‘lishi lozim bo‘lgan ziyolilarimiz ruhiga singib ketgan ko‘nikmalarni yengib o‘tish mashaqqati har qadamda sezilib qolyapti. Agar katta-kichik rahbarlar ham odatan ayni shu ziyolilar toifasi ichidan yetishib chiqishini inobatga olsak, vaziyatning jiddiyligi yanada oydinlashadi. Ularning har biri jamiyatda o‘zi egallab turgan mavqe va maqomini butun mas’uliyati bilan, ko‘lami va zalvori bilan his etyaptimi, o‘tmish va kelajak oldida, xalq va Alloh oldida o‘zining har bir qadami uchun javob berishga hozirmi? O‘ziga ishonib topshirilgan vazifani eplab, ko‘ngildagidek uddalay olishga qudrati, bilim va iqtidori, iroda va saboti yetadimi? Nega jamoani boshqarish iqtidori, amalga oshirgan ezgu ishlari tufayli xalq e’tiborini qozongan, yaxshi nom orttirgan odamlar ba’zan kattaroq lavozimlarga munosib topilsa, ikki-uch yil o‘tmay tabiatida o‘zgarish paydo bo‘lib qolayapti? Iqtisodiy va siyosiy islohotlar xalq ongiga teran yetib borishi, amalda jadal o‘zgarishlar hosil qilishi uchun insonlar ongida tub o‘zgarishlar yuz berishi zarur. Biz totalitar davlat mulkiga asoslangan iqtisodni rad etib, mulkchilik shakllarining turli-tumanligiga asoslangan erkin bozor iqtisodiga o‘tmoqdamiz. Siyosatda yakka partiya, yagona mafkura zo‘ravonligiga barham berib, ko‘p partiyaviylik, fikr va qarashlar xilma-xilligiga yo‘l ochmoqdamiz. Lekin insonlar tafakkurini eski andazalar, tor qoliplar tugal tark etishi qiyinchilik bilan amalga oshmoqda. Tafakkurimiz, qarashlarimizdagi yangi tamoyillar hanuz ancha yuzada, ongimizning sirtqi qatlamlarida qolib ketmoqda, ba’zan yangi qadriyatlarni ham eski o‘lchovlar bilan baholashga urinmoqdamiz. Insonlar duyoqarashida, ongida tub o‘zgarishlar 2 Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. 1-жилд, Т.- «Ўзбекистон»- 1996, 245 б American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 21, October, 2023 37 | P a g e yuz bermas ekan, Yangi O‘zbekistonni qurish orzusi shirin xayolligicha qolaveradi. Ma’naviyat va mafkuraga yurtimizda alohida e’tibor qaratilishining bosh sababi ham shunda. Inson agar Haq yo‘lida astoydil urinsa, vijdonan faoliyat yuritsa, daxldorlik hissi uyg‘oq bo‘lsa, halollik tamoyillariga amal qilsa, bashariyat turmush tarzi yanada go‘zallashadi, xalq faravonligi yanada oshadi. Ammo insonlarda faqat fazilatlar emas, qusurlar ham bor. Masalan, loqaydlik, g‘aflat, shahvatparastlik, takabburlik. Insoniy illatlar ichida eng qattoli – xudbinlik balosi, nafs balosidir. Bu kasallik jami ahli basharga begona emas. Shunga qaramay, dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida jamiyat bu illatni qandaydir hududlarda jilovlashga erishgan. Har bir inson o‘z huquqi va mas’uliyati me’yorlarini muayyan o‘lchovlarda saqlab borishga odat hosil qilgan. Afsuski, sobiq totalitar tuzum davrida ayni shu me’yorlarning asos tomirlari qirqib tashlandi, tub ma’naviy negizlariga jiddiy rahna solindi. Kommunistik aqidaparastlar diktaturasi 70 yil davomida, izchil sur’atda million- million xalqlarni yalpi manqurtlashtirish siyosatini olib bordi. XX asrning 70-yillariga kelib, aytish mumkinki, «Sovet Ittifoqi» atalmish ulkan bir hududda voqean «manqurtlar saltanati» shakllandi. Keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi yig‘ilishida birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov bu haqda shunday fikr bildiradi: “Bu tuzum o‘z xalqining tarixini, uning ruhi va urf-odatlarini, o‘z avlod-ajdodini bilmaydigan manqurtlarga tayanar edi.” Ana shu majburiy yuqtirilgan illat ba’zi insonlar ruhiyatida hanuz qaramlik asorati sifatida namoyon bo‘lmoqda. Yoshlar xususida fikr bildirar ekan Sh.Mirziyoyev shunday ta’kidlaydi: “ Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm- fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim”.3 Bugungi kunda ham ushbu poklanish jarayoni davom etmoqda. Yangicha, mustaqil tafakkur zarurati hanuz dolzarb, milliy mafkurani shakllantirish, xalq ma’naviyatini yuksaltirish bugunning ham eng muhim vazifasidir. Mustaqillik mas’uliyati ayni shu vazifalarni mukammal hal etishni taqozo qilib turibdi. Odatda demokratiya haqida gap ketsa, uni xalq hokimiyati, davlat shakli, fuqarolarga va ularning ixtiyoriy birlashmalariga, boshqarishga oid qonun hamda qarorlarning ma’no-mazmuni, ijtimoiy manfaatlarni ro‘yobga chiqarishga ta’siri bilan bog‘liq holda ta’riflaydilar. Demokratiyaning asosiy qoidalari esa xalq hokimiyatchiligi, parlamentarizm, hokimiyatlarning bo‘linishi, siyosiy, g‘oyaviy plyuralizm, huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy davlat institutlari, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy huquqlari kabi tushunchalar asosida sharhlanadi. Lekin G‘arb qadriyatlaridan kelib chiqadigan ushbu ta’riflarda asosiy e’tibor obyektga, ya’ni ijtimoiy-siyosiy 3 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. 2020 йил 29 декабр. https://president.uz/uz/lists/view/4056 American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 21, October, 2023 38 | P a g e institutlarga qaratiladi. Ayni paytda demokratiyani harakatga keltiradigan kuch, pirovard maqsad bo‘lgan inson va uning manfaatlari, ichki ma’naviy olami e’tibordan soqit qilinadi. Natijada G‘arb demokratiyasi tashqi olamni, ijtimoiy-siyosiy hayotni, institutlarni takomillashtirishga ahamiyat beradi-yu, lekin asosiy masala — inson omilini esdan chiqaradi. Sharqona demokratiya esa, G‘arb demokratiyasidan farqli o‘laroq, dunyoni, ijtimoiy hayotni o‘zgartirishni insondan, uning ichki, ma’naviy hayotidan boshlaydi. Insonni, uning ma’naviyatini yuksaltirish orqali adolatli jamiyat barpo etish — Sharq demokratiyasining bosh maqsadi, albatta, biz bu o‘rinda Sharq demokratiyasini G‘arb demokratiyasiga qarshi qo‘ymoqchi emasmiz. Dunyo sivilizatsiyasining ulkan yutug‘i bo‘lgan G‘arb demokratiyasida o‘rganishga munosib tajribalar ko‘p. Shu bilan birga, davlatchilik borasida qadimiy an’ana va qadriyatlarga ega bo‘lgan Sharq dunyosining demokratiya masalasida o‘ziga xos qarash va tajribalari, taraqqiyot modeli borligini inkor qilib bo‘lmaydi. Sharqona demokratiya, avvalo, quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: tegishli subordinatsiyani saqlash va iyerarxik munosabatlarda kam tajribali, kam bilimli kishi ko‘p tajribali, keng bilimli kishiga itoat etadi; davlat va jamiyatni boshqarishda avvalo axloqiy, ma’naviy me’yorlarga rioya qilinadi; ajdodlar tajribasiga asoslangan an’anaviy huquqiy munosabatlar saqlanib qoladi; fiqhda tarixiy an’analarga (Qur’oni Karim va Hadisga) tayangan holda, huquqiy muammolar erkin hal etib kelingan; hukmdor saroyida davlat va jamiyat ishlarini boshqarishga oid ulamolar yechimida ishtirok etadigan Kengashlar (A’yonlar kengashi, Vazir kengashi, Olimu fuzalolar kengashi singari) bo‘lgan; hukmdor nafaqat o‘z hayoti, balki fuqarolarning turmushi, ma’naviyati, ishonchu e’tiqodi uchun ham javob bergan; ijtimoiy-siyosiy hayotni tadrijiy rivojlantirishga moyillik seziladi; inson va jamiyat hayoti siyosiy mafkuralar tazyiqidan holi bo‘lgan; insonning ma’naviy hayotini boyitish, yuksaltirish, boshqarish asosiy vazifa hisoblangan; inson, davlat va jamiyat manfaatlari o‘zaro uyg‘unlikda qaralgan; jamoa hayoti va uning manfaatlari ustun qo‘yilgan. Yusuf Xos Hojibning "Qutadg‘u bilig" asarida davlat va jamiyatni boshqarishda subordinatsiya va ierarxiya munosabatlari Aql (O‘gdulmish) timsolida namoyon bo‘ladi. Muallif Aqlni (O‘gdulmishni) asari markaziga qo‘yar ekan, aynan u orqali o‘ziga xos, aytish mumkinki, sharqona davlatchilik konsepsiyasini ayon qiladi. Buni A.Yoqubov "axiyona davlat va jamiyat konsepsiyasi" deb ataydi (A.Yoqubov "Qutadg‘u bilig"da davlatchilik konsepsiyasi. — T., A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 1997, 32-bet).Bu konsepsiyaga muvofiq, Aql shohni amaldorlar, maslahatchilar, elchilar, kotiblar, xizmatkor va fuqarolardan farq qiladigan sifatlarga ega bo‘lgan shaxs sifatida tasvirlaydi. U kuchli aql sohibi, yuksak farosat egasi, ko‘ngli ezgulikka to‘la mohir ishbilarmondir. Bundan tashqari, u tajriba, ma’rifatparvarlik, adolatparvarlik va sadoqat bobida 12 fazilatni o‘zida mujassam etadi. Shoh bunday fazilatlari bilan xizmatkor va fuqarolaridan yuqori turadi. Aynan shu fazilatlar vazirlar, lashkarboshilar, kotiblar, xizmatkor hamda fuqarolarni unga hurmat-izzat, sadoqat ko‘rsatishga, subordinatsiya va ierarxiya munosabatlariga muvofiq bo‘ysunishga undaydi. Shohni o‘zi qatori yoki o‘ziga teng bilgan a’yonlar, xizmatkorlar aksariyat hollarda unga chin dildan izzat ko‘rsatmagan, o‘zidan past ko‘rganlari esa uni taxtdan mahrum qilgan, hatto o‘ldirgan. American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 21, October, 2023 39 | P a g e O‘rta Osiyo mutafakkirlari hukmdorlarni komil inson sifatida tasvirlaganida, birinchidan, ularning fazilatlari barcha amaldor va fuqarolarnikidan yuqori bo‘lishi, ezgu va olijanob maqsadlarni amalga oshirishda murabbiylik, otalik qila olishi lozimligini ta’kidlaganlar. Ikkinchidan, podshoh davlat va jamiyat ishlarini yaxshi bilgani, fuqarolarning orzu- intilishlaridan to‘liq xabardor bo‘lgani uchun boshqarishni subordinatsiya va ierarxiya talablariga muvofiq tashkil qila olishi zarurligi nazarda tutilgan. Uchinchndan, amaldorlarni iqtidori va qobiliyatiga qarab lavozimga tayinlash podshohning vazifasi ekaniga e’tibor berilgan. Binobarin, past iqtidorli odamlar yuqori iqtidor egalariga, bilimli va tajribasi kam kishilar esa tajribasi ko‘p kishilarga bo‘ysunishi tabiiy, aks holda, davlat va jamiyat ishlarini oqilona tashkil etish, olib borish mumkin emas deb hisoblangan. Umuman sharqona demokratik qarashlarda davlat va jamiyat ishlarini yuritishda adolat, axloqiy- ma’naviy mezonlarga alohida e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, iymon-e’tiqod, ezgu amal, xushmuomalalik, birovning mol-mulkiga ko‘z olaytirmaslik, murosai madora, jamoa bo‘lib yashash, o‘zaro hurmat, amaldorlar faoliyatini qadrlash, qonunlarga bo‘ysunish, xalqning arz- dodini eshitish, nohaqlik ro‘y bergudek bo‘lsa, zaif, yordamga muhtoj kishilarni yoqlash, poklik, mehr-muruvvat va beg‘arazlikni ulug‘lash kabi fazilatlar jamiyat hayotida muhim o‘rin tutgan. Sharq va G‘arb siyosiy qarashlarini taqqoslar ekan, rus olimi A.Panarin "G‘arb tafakkuri odamning olam ustidan ustunligini ta’minlash va tasdiqlashga qaratilgan sotsioantropotsentrizmga moyil, u dunyoni mensimaydi. Sharq donishmandligi esa kosmotsentrik, unda kishining barcha o‘y va hatti- harakatlari kosmos qonuniyatlariga muvofiq bo‘lishi zarur" degan xulosaga keladi4. A.Panarinning bu qiyosida jon bor. Chunki dunyodagi hech qaysi din yoki mafkura — na konfutsiylik yoki daotsizm, na buddaviylik, xristianlik yoki islom dunyoni zo‘rlik bilan o‘zgartirish tarafdori emas. Aksincha, ularning barchasida insonning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini mukammallashtirish orqali ozod va erkin hayot qurish -g‘oyasi ilgari suriladi. Aslida, adolat odamlarning kosmos qonuniyatlariga muvofiq yashashi, nokasning komildan ibrat olishi, unga ixlos qo‘yib, e’tiqod bilan umr kechirishida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, ilk taraqqiyot bosqichida barcha xalqlar uchun odat va an’ana huquq manbai bo‘lgan. Hatto keyingi, masalan, quldorlik va feodal munosabatlar hukmron bo‘lgan davrlarda ham odatlar yozilgan (rasmiy) huquq shaklida mavjud bo‘lgan. Faqat odatiy huquqqa amal qilib yashash an’anasi o‘lkamiz xalqlari ijtimoiy hayotida XX asr boshlarigacha hukm surgan. Ma’lumki, ibtidoiy davrlarda yuzaga kelgan odatlar keyinchalik an’analar darajasiga ko‘tarilib, jamiyatdagi sinfiy munosabatlar ta’sirida odatiy huquqning yuridik me’yorlariga aylangan. So‘ngra ularga shariat, Chingizxonning yasoq usuli, Chor hukumatining qonunchilik tizimi ta’sir etgan; ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar odatiy huquqni o‘zgartirgan. Hozirgi vaqtda odatiy huquq axloqiy-tarbiyaviy qarashlar sifatidagina uchraydi, yuridik munosabatlarga ta’sir o‘tkazmaydi. Ammo odatiy huquq belgilari oilaviy yoki shaxsiy munosabatlarda yashab keladi. Masalan, kelin o‘g‘irlash, kelin uchun qalin to‘lash, ko‘pxotinlikka intilish, erkakning qo‘ydi-chiqdi masalalarida tashabbuskor bo‘lishi, oila, urug‘ sha’ni, qadrini birgalashib himoya qilish, kattalardan iborat hakamlar — oksoqollar sudiga 4 Панарин А.С. Пачитология. О лшре политики на Востоке и на Западе. М., Книжный дом "Университет". 1999. с. 19Н. American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 21, October, 2023 40 | P a g e murojaat etish kabi urf-odatlar O‘rta Osiyo xalqlarining etnomadaniy hayotida hamon uchrab turadi. Hatto yurtimiz dunyoviy taraqqiyot yo‘liga o‘tgan xalqaro me’yorlarga asoslangan milliy huquqiy tizimlarni yaratayotgan bo‘lsada, madaniy-maishiy hayotimizda odatiy huquqning qoldiqlari batamom barham topgan emas. Aslida, bunday qoldiqlarning demokratiyaga hech qanday aloqasi yo‘q, ammo ushbu urf-odatlarning kishilar tasavvuri va turmush tarzida saqlanib kelayotgani, bir tomondan, etnomadaniy o‘ziga xoslikni, madaniy, plyuralizm va rang- baranglikni asraydigan omil hisoblansa, ikkinchi tomondan, tarixiy-madaniy an’analarni inkor etib, mudom yangi-yangi me’yorlar sari intilib yashashga undaydigan G‘arb demokratiyasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib kelishi va ko‘r-ko‘rona joriy etilishini oldini oladi. Adolatni qaror toptirish sharqona demokratiyaga xos jamoa fikri va manfaatlari ustunligini ta’minlaydi. Chunki Sharq tafakkuri va hayot tarzida kommunitar (jamoaviy) g‘oya va tasavvurlar ustun turadi, shaxsning o‘zini namoyon etishi, hayotiy maqsadlarga yetishmog‘i, davlat institutlari bilan aloqalari uning jamiyatdagi o‘rni bilan belgilanadi. G‘arbda individ jamoaga, davlat va jamiyatga qarshi chiqishi, ularni rad etadigan g‘oyalarni ilgari surishi mumkin. Lekin Sharqda bunday harakatlar takabburlik, kommunitar an’ana va manfaatlarni mensimaslik sifatida qabul qilinadi. Sharqda "Hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun" tamoyili amal qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, sharqona demokratiyada insoniylik, mehr-oqibat, faqat o‘zi uchun emas, boshqalar uchun ham yashash xususiyatlari ustunlik qiladi. Sharq demokratiyasi — an’ana va qadriyatlar erkinligidir. Bu an’ana va qadriyatlar abadiy bo‘lgani kabi, Sharq demokratiyasi ham abadiydir. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, darhaqiqat madaniyat va san’at sohasida juda katta tarixiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Ma’lumki, har qanday jamiyat hayotida rivojlanish madaniy va milliy qadriyatlarga tayanmasa yoxud xalq, millat o‘zining kim ekanini anglashga yetarli darajada erishmagan bo‘lsa, bunday rivojlanish xoh iqtisodiy, xoh ijtimoiy sohada bo‘lsin, kutilgan samarani bermaydi. Bunga yaqin o‘tmishimizdan ko‘plab misollar keltirish mumkin. Xususan, ko‘pgina davlatlarning boshqa madaniyatlar “panohi”da rivojlanish yo‘lini tanlashi yoki shunga urinishi qanday natija berganiga o‘zimiz ham guvohmiz. Aynan ana shu nuqtai-nazardan xalqimiz madaniyati va san’atini rivojlantirish, har tomonlama boyitish, uning ma’naviy poydevorini mustahkamlash jonajon yurtimizni rivojlantirish asosiy maqsadlarimizdan biri bo‘lmog‘i lozim. Renessansning tayanch ustunlari bo‘lmish biz — pedagoglar, tarbiyachilar, o‘qituvchi, ziyolilar hamda ota-onalar bunday imkoniyat va shart-sharoitlardan foydalanib, ma’naviyati yuksak avlodni tarbiyalashimiz va iymonni qaror toptirish choralarini ko‘rishimiz hamda har bir shaxs, ayniqsa, yosh avlodni Uchinchi Renessans barpo etilishiga ishontirishimiz kerak. American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 21, October, 2023 41 | P a g e Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom Yettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. –Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. 2. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan Yeng oliy bahodir. –Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2018. 3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008 yil. 4. Murodov M., Qorabaev U., Rustamova R. Etnomadaniyat. O‘quv qo‘llanma.–T.: Adolat, 2003 yil. 5. Ashirov A., Atadjanov Sh. Etnologiya. – T.: TDPU, 2007 yil. 6. Ashirov A. O‘zbek xalqining qadimiy e’tiqod va marosimlari. –T.:TDPU, 2007 yil. 7. Sobirova M., Xoliqov I. Etnomadaniyat. O‘quv qo‘llanma.–T.: “INNOVATSIYa - ZIYo”, 2019 yil. 1. www.press-service.uz/rus/documents/ 2. www.gov.uz/ru/ 3. http://uzbekistonovozi.uz/ http://uzbekistonovozi.uz/