American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 25, February, 2024 205 | P a g e WIDE IMPLEMENTATION OF DIGITAL TECHNOLOGIES AND MODERN INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGIES IN EDUCATION Khasanov Muzafar Sodikovich, Free Applicant Tashkent State Pedagogical University named after Nizami Assistant Dotsent Abstract With the development of technology, the presence of only one computer for training using technical means remained sufficient. The computer has successfully taken over the functions previously performed by TV, VCR, film projector, slide projector and others. In addition, the quality of information transmission, storage, and imaging has increased significantly. Keywords: information technology, computer, operating systems, networks, pedagogical software tools, virtual existence. ЧАҚИРИҚҚАЧА ҲАРБИЙ ТАЪЛИМ ЙЎНАЛИШИ ТАЛАБАЛАРИНИНГ КАСБИЙ КОМПЕТЕНТЛИГИНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА ПЕДАГОГИК ИЖОДКОРЛИКНИНГ ШАРТ-ШАРОИТЛАРИ Хасанов Музафар Содикович Низомаий номидаги ТДПУ мустақил изланувчи, доцент Annotatsiya Ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilar tomonidan tayanch kompetensiyalarning o‘zlashtirilishini va shu asosda ularda kasbiy kompetentliklarning shakllanishini ta’minlovchi didaktik shart­sharoitlar (ta’limning maqsadi, mazmuni, shakllari, metodlari va o‘qitish texnologiyalari); pedagog xodimlarni kasbiy ta’limda kompetentlik yondashuvini amalga oshirishga tayyorlash va kompetentlikka yo‘naltirilgan ta’lim jarayonining metodik ta’minotini ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan kasbiy­metodik shart­sharoitlar bilan farqlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Tayanch sо‘zlar: axborot texnologiyalari, Interfaol, Interaktiv, Texnologiya, texnologiyalashtirish, evolyutsiya, didaktika, tamoyili. American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 25, February, 2024 206 | P a g e CONDITIONS OF PEDAGOGICAL CREATIVITY IN THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF MILITARY EDUCATION STUDENTS. Хасанов Музафар Содикович Свободный соискатель Ташкентский государственный педагогический университет имени Низами доцент Аннотация Дидактические условия, обеспечивающие приобретение обучающимися основных компетенций в ходе образовательного процесса и формирование на этой основе профессиональных компетенций (цель, содержание, формы, методы и технологии обучения); Важно различать профессионально-методические условия, связанные с подготовкой педагогов к реализации компетентностного подхода в профессиональном образовании и разработкой методического обеспечения компетентностно-ориентированного образовательного процесса. Ключевые слова: информационные технологии, Интерактив, Интерактив, Технология, технологизация, эволюция, дидактика, принцип. WIDE IMPLEMENTATION OF DIGITAL TECHNOLOGIES AND MODERN INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGIES IN EDUCATION Khasanov Muzafar Sodikovich, Free applicant Tashkent State Pedagogical University named after Nizami Assistant Dotsent Abstract With the development of technology, the presence of only one computer for training using technical means remained sufficient. The computer has successfully taken over the functions previously performed by TV, VCR, film projector, slide projector and others. In addition, the quality of information transmission, storage, and imaging has increased significantly. Keywords: information technology, computer, operating systems, networks, pedagogical software tools, virtual existence. Kirish Hozirgi kunda jamiyat taraqqiyotida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar talablariga to‘la javob beruvchi, ta’lim jaryonining natijasi sifatida ishlab chiqarish sohasida yuzaga kelgan raqobatga bardoshli, jamoadoshlari orasidagi fikr-mulohazalarning keskin o‘zgarishlarga moslasha oluvchi, shuningdek, kadrlar tayyorlash bozorida talablar bilim va malaklaarining kompetnlikni rivojlanganlik darajasida samarali faoliyat yurituvchi shaxsni shakllantirish dolzarb muammo ekanligi yuqorida qayd etib o‘tildi. Bu borada mamlakatimizda umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun milliy o‘quv dasturlar asosida American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 25, February, 2024 207 | P a g e oliy ta’lim muassasalari talabalarini bo‘lajak kadrlar sifatida tayyorlashda davlat ta’lim standartlarida harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun qo‘yiladigan talablar asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari, mexanizmi, metodlari hamda texnologiyalarini o‘quv amaliyoilarida asosilash hamda ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Asosiy qism O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ning 2023-yilning 12 yanvar kuni Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi raisligida onlayn shaklda o‘kazilgan «Global Janub ovozi» sammiti yalpi majlisida nutqi “Bugun Yangi O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlar izchil davom ettirilmoqda. Siyosatimizning markazida inson qadri va uning manfaatlarini ta’minlash eng ulug‘ maqsad va vazifa etib belgilangan. Taraqqiyot strategiyamizning asosiy mazmuni – qonun ustuvorligi va inson kapitalini rivojlantirish, adolatli va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir. Mamlakatimizda amonaviy ta’lim va kasb-hunarlarni egallash imkoniyatini kengaytirish uchun barcha sharoit yaratilmoqd” deb takidlaganlari ham bejiz emas. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz yoshlarini tarbiyalash masalasiga to‘xtalib: 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasi [102]da: “Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim[102]” deb takidlaganlari ham bejiz emas, chunki kelajak avlod kadarlarini kompetentli shaxs qilib tarbiyalash davlatimizning eng asosiy vazifasidir. Hariy ta’lim yo‘nalishi talablarining pedagogik va ijodkorlik asosida kreativ bilimlarga ega bo‘lishlari eng muhim malaka talablar va davlat ta’lim standartlarida belgilagan asosiy vaziflardandir. Demak, bir tomondan ta’limda tayanch kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha nazariy asoslarni tahlil etish, taqqoslash va umumlashtirish, qiyoslash orqali, ikkinchi tomondan, kasbiy faoliyat jarayonida ta’limning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish orqali kompetensiyalarning rivojdlanganlik jihatlari pedagoglar tomonidan o‘z guruhlarini quyidagicha birlashtirishga erishish mumkin. Demak, ta’lim jarayonida talabalar egallashi kerak bo‘ladigan kompetensiyalarning asosiy tarkibiy qismlari quydagicha ifodalanishi mumkin: • Ijtimoiy kompetensiyalar guruhiga: − ijtimoiy­fuqarolik sohasidagi kompetensiya; − ijtimoiy aloqalar sohasidagi kompetensiya; − axborot sohasidagi kompetensiya; − ijtimoiy­individual sohadagi kompetensiya. • Kasbiy­faoliyatga yondashuvchi kompetensiyasi: American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 25, February, 2024 208 | P a g e − raqobatbardorsh mehnat bozori va kasbiy faoliyatda ta’lim sohasida uo‘luksiz rivojlanishni ta’minlovichi vaziyatlarni tahlil qilish va baholay olish ko‘nikmasi, jamoadoshlari bilan munosabatlar sharoitida o‘z faoliyatida o‘sishni ko‘rsata olish, huquqiy meyorlar va mehnat munosabatlari etikasiga rioya qilish kabilarni ta’minlaydigan umumkasbiy kompetensiyalarni o‘z ichiga oladi; − psixologik­pedagogik kompetensiya; − kasbiy faolyaitga kirishish jarayonida bakalavriat va magistratura bosqichlari darajasiga mos keladigan sohagalarga oid ta’limiy kompetensiya. • Tizimli jaryonda kasbiy kompetentlik, mazkur kompetensiyalarni egallash natijasida shaxsning ham kasbiy faoliyati jihatdan, ham shaxsiy va ijtimoiy faoliyatida mustaqil bilimlarni egallashi orqali bilim olish faoliyatiga, refleksiyaga, ijodkorlikka, jismoniy va psixik jihatlardan o‘z­o‘zini boshqarishga, rivojlantirishga va takomillashtirib borishga qodirligi va tayyorlik sifatlarini rivojlantiradi. Shuning uchun ham, chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishlari uchun, o‘quv jarayonini loyihalashtirishi va o‘z asosida o‘qituvchilar va talabalar faoliyatining oldindan ishlab chiqilishiga alohida urg‘u berib o‘tiladi. Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga oid mazkur muammoni ko‘rib chiquvchi pedagoglar V.P.Bespalko , A.A.Verbitskiy , P.Y.Galperin , I.Y.Lerner , M.I.Maxmutov , N.F.Talizina lar tadqiqotlarida shu haqda gap yuritishadiki, tashkiliy, gnostik va kommunikativ funksiyalar bilan bir qatorda loyihalashtirish ham pedagogning asosiy funksiyalaridan biri hisoblanadi. Eng umumiy ko‘rinishda quyidagi pedagogik tizim, jarayon yoki vaziyatlarni loyihalashtirish bosqilarini ajratadi [182]: Shundan kelib chiqib, chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda o‘quv jarayonini nazariy funksional modelining umumiy tuzilmasi va ichki mazmuniga asoslanib va pedagogikada texnologik, kompetentli va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarning asosiy tamoyillariga tayanib, taxsil oluvchilarni harbiy-kasbiy faoliyatiga tayyorlashni tashkil qilishga qo‘yiladigan talablarni hisobga olgan holda loyihalashtirish va qurish tavsiya etiladi. Bunda belgilangan bosqichlar doirasida, birinchisi modellashtirish bo‘lgan bosqichda, ko‘rib chiqilgan chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga oid tavsiya etilayotgan ta’lim jarayoni modelini kasbga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyasi doirasida o‘rganish jarayoniga yaqinlashtirish va moslashtirish zarur. Demak, chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talablarining kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirishda talabalarning kreativ-ijodkorligi hamda kasbiy faoliyatida ijodkorlik ko‘nikmasini shakllantirish orqali kasbiy ko‘nikmasini rivojlantirish muhim sanaladi. Ma’lumki, kasbiy faoliyatda ijodkorlik ko‘nikmasini tadqiq qilish hamda mustaqil o‘zlashtrishlari uchun ta’lim olish jarayonida kreativ-ijodkorlikni individual sifatlarini rivojlantirish maqsadida innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim amaliyotda o‘quv-tarbiya jaryonini modellashtirish (aynan yaratuvchanlik kasbiy faoliyatida shaxsning kreativ potensialini rivojlantirish) bilan bog‘liq ta’lim shakllarini aniqlashtirish masalasi muhim o‘rin egallaydi. Shu o‘rinda kasbiy faoliyatda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni American Journal of Interdisciplinary Research and Development ISSN Online: 2771-8948 Website: www.ajird.journalspark.org Volume 25, February, 2024 209 | P a g e yechishda kreativ-ijodkorlikni ta’limiy faoldiyatda o‘zaro hamkorlik faoliyatini yaxshiroq tashkil qilish hamda boshqarish bilan belgilanadi, zero, bunda kasbiy faoliyatda ongli ijodkorlikning individual sifatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir jarayonlari rivojlantiriladi. Xsusan, chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirishda harbiy-taktik mashg‘ulotlar jarayonida pedagogik ijodkorlik sifatlarini qaror toptirishda talaba shaxsining o‘qituvchi pedagogik faoliyatida reproduktiv usul va ijodkorlikdan birini tanlashda nafaqat o‘zligini, hayotiy maqsadlarini ro‘yobga chiqaradi, u o‘zini sifat jihatidan o‘zgartiradi, psixologik to‘siqlarni yengadi, kasbiy ahamiyatli sifatlarini rivojlantirish imkoniyatlarini qidiradi, o‘z pedagogik konsepsiyasini ishlab chiqadi. Ma’lumki, o‘qituvchining pedagogik faoliyati uchun, birinchi navbatda, innovatsion pedagogik faoliyatga yo‘naltirilgan, ikkinchi jihati, kreativ-jodkorlik kasbiy faoliyatida o‘quv-tarbiya jarayonida individuallik sifatlarida o‘ziga yo‘naltirilganlik sifatlari muhim hisoblanadi. Xulosa Olib borilgan tahlil chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlar uchun o‘qitish texnologiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishda axborot-ta’lim muhitida chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirish harakatlarining izchilligini aniqlashga imkon berdi. Аdabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni // O‘RQ-637-son www.lex.uz 2. O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni // O‘RQ- 406-son www.lex.uz 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF­60­son Farmoni www.lex.uz 4. Abdug‘aniev O.T. Talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish.: Diss. 2021 y. 165 b. 5. Muslimov N.A. Kasb ta’limi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari. Ped. fan. dokt. diss. –T., 2007. -349 b. http://www.lex.uz/ http://www.lex.uz/ http://www.lex.uz/