271 Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education www. grnjournal.us AMERICAN Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education Volume 02, Issue 01, 2024 ISSN (E): 2993-2769 Xorijiy Tillarni O’rganishga Ijobiy Motivni Shakillantirish Va Tillarni O’qitishning Sabablari Sa’dullayeva Madinabonu Xayrullajon Qizi O‟zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti, Xorijiy tillar va adabiyoti fakulteti Xorijiy tillar va adabiyoti: Ingliz tili Annotatsiya: Ushbu maqolada hozirgi kunda Xorijiy tillarni o‟qitishning sabablari va uni chuqur o‟rganishlari uchun Insonlar ,asosan, yoshlar o‟rtasida ijobiy motivni shakillantirishning usullari va maqsadlari haqida ma‟lumotlar keltirib o‟tiladi. Tayanch So’zlar: Xorijiy til, Chet tili, O‟qitish, Usul, Motive, Motivatsiya, Ta‟lim turlari. KIRISH: Motiv bu - ehtiyojlar yig‟indisi,ehtiyojni his qilish va u tomon harakatlanish,u inson faoliyatiga yo‟nalgan aniq ehtiyojlar va uni qo‟zg‟atadigan voqelik , ma‟lum bir ehtiyojni qondirish bilan bog‟liq faoliyatga undovchi sababdir.Bu haqida V.S.MERLIN ancha batafsil yoritib beradi .Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytadigan bo‟lsak , motiv ma‟lum bir ehtiyojimizni qondirish uchun ayrim harakatlarni qilishga undovchi kuchdir.Shuningdek, ayrim maqsadlar sababli bugungi kunga kelib yoshlar o‟rtasida Xorijiy tillarni o‟rganishga ehtiyoj ortib bormoqda. Ana o‟sha maqsadlarni shakillantirish, harakat qilish va erishishga undovchi kuch - Xorijiy tillarni o‟rganishga ijobiy motivning shakillanganligi sababli yuzaga keladi . Ushbu motivlar asosida Xorijiy tillarni o‟rganishning sabablari kelib chiqadi. ASOSIY QISM Xorijiy tillarni o‟rganishga motivlarni shakillantirish uchunsabab bo‟ladigan omillarni ko‟rib chiqamiz.Biz ularni quyidagi 3 ta asosiy guruhga bo‟lishimiz mumkin : Birinchidan,AMALIY MAQSADLAR- Chet tillarini amaliy maqsadlarda o‟zlashtirish.Ya‟ni amaliy tushunchasining tarkibiga „‟Eshita olish” va “Gapira olish” ko‟nikmalari kiradi.Bu umumiy maqsadni ham bir necha kichik qisimlarga ajratishimiz mumkin: 1. O‟quvchining o‟z ona tilidan boshqa bir chet tilida erkin muloqot qilishga bo‟lgan ishtiyoqi ; 2. Ayrim institut talabalari (TASHMI,TATU,ADMI) yani xorijiy til mutaxasisslarini tayyorlamaydigan institut talabalari chet mamlakatlariga chiqib o‟qishlari,malaka oshirishlari va xattoki ishlashlari uchun o‟zlari bormoqchi bo‟lgan davlatning tili yoki xalqaro tillardan birida erkin muloqot qilish zaruryati . Ikkinchidan,UMUMTA‟LIMIY MAQSADDA- Chet tillarini ma‟lum bir ta‟limiy maqsadda o‟zlashtirish. Ta‟limiy maqsadda chet tillarini o‟zlashtirishni quyidagicha tariflashimiz mumkin :  tilning Leksik, Grammatik va Talaffuz me‟yorlarini chuqurroq o‟rganish  o‟rganayotga chet tilning va o‟z ona tilining o‟xshash va farqli jihatlarini aniqlash ya‟ni tasnif qilish orqali o‟z bilimini yanada rivojlantirish. Uchinchidan , TARBIYAVIY MAQSADI - Chet tillarni ma‟lum bir tarbiyaviy saviyani oshirish maqsadida o‟zlashtirish. Bu asosan ikki xil jarayon asosida amalga oshadi .Bular: 272 Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education www. grnjournal.us  Kuzatish, tahlil qilish va amalda qo‟llash , ya‟ni chat tillarini o‟rganish jarayonida qo‟shimcha tilni o‟rganibgina qolmay ,ushbu til bilan birga O‟rganayotgan tilining mamlakatidagi odob-ahloqlar yig‟indisini ham beixtiyor o‟z hayotida tadbiq qila boshlaydi. Masalan, agarda bola arab tilini o‟rgansa va shu tildagi serial va kinolarni tamosha qilsa , usha asardagi bosh qahramonning yaxshi va yomon taraflarini o‟zlashtirib oladi.Vaholangkki, har bir davlat o‟zi ishlagan kinofilma va serial qahramonlariga shu davlatning milliyligi bilan birgalikda komil inson qiyofasini kiritadi.  Til materiallaridan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish .Chet tillarida olib borilayotgan o‟zaro suhbatlarda ,debat va konferensiyalarda suhbatdoshlariga hurmat bilan qarash,odob doirasiga kiruvchi so‟zlar va iboralarni nutq jarayonida qo‟llash( Raxmat,marhamat, tashrifingizdan bag‟oyatda mamnunman kabilar)singari amaliy ishlar o,quvchilarni tarbiyaviy yetuklik sari yetaklaydi XULOSA; Hozirgi kunda mamlakatimizda chet tillarini o‟qitish va yoshlar orasida keng tatbiq qilinmoqda.Bu voqeaga esa quyidagilarni sabab qilib keltirishimiz mumkin 1. Yurtimiz yosh avlodlarining dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish 2. Yoshlar o‟rtasida kommunikatsiya mahoratini rivojlantirish 3. Turli mamlakatlarning madaniyatlarni chuqurroq anglash 4. Chet tillarini o‟rganish orqali yoshlar jahon moliyaviy taraqqiyotiga tayyorlashga yordam beradi. 5. Yuqoridagi sabablar, insonning o‟z oldiga qo‟ygan maqsadlariga erishishi,moliyaviy erkinlikni qo‟lga kiritishi hamda har bir fuqaro uchun muqaddas sharafga ega bo‟lgan o‟z Ona yurtining bayrog‟ini( turli sohalar bo‟yicha) yuqoriga ko‟tarish uchun sidqi dildan harakat qilmog‟I zarur. Bu g‟oyalar yo‟lida esa bor kuchimizni ishlata bilishimiz , qaysi soha bo‟lishidan qat‟iy nazar o‟z kasbimizning eng mohir ustozi bo‟lishimiz kerak. Bizning ortimizda butun bir millatning kelajagi turganini unutmagan holda olg‟a yurishimiz kerak. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Chet til o‟qitish metodikasi.Jamol Jalolov .TOSHKENT- 2012 2. httpis//uz.m.wikipedia.org sayt 3. https://lex.uz/docs/-5863626 sayti.