279 Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education www. grnjournal.us AMERICAN Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education Volume 02, Issue 01, 2024 ISSN (E): 2993-2769 Boshlang‘Ich Sinf O‘Quvchilariga Jumboqli Matnlarni O‘Qitishda Zamonaviy Pedagogik Texnologiyalardan Foydalanish Zokirova Sohiba Muxtoraliyevna Dotsent, Farg„ona davlat universiteti Ibroximova Xilola To‘xtasinjon qizi Magistrant, FarDU Annotatsiya: ushbu maqola boshlang„ich sinf “O„qish savodxonligi” darsligida keltirilgan jumboqli matnlarni o„rgatishda interfaol metodlardan foydalanishga bag„ishlangan, hamda boshlang„ich sinf darsliklarida keltirilgan topishmoqlar va ularning turlari to„g„risida ma‟lumot keltirilgan. Kalit so‘zlar: topishmoq, interfaol metodlar, ilg„or pedagogik texnologiya. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar mohiyati o„quvchilarga bilim berish, ularni to„liq o„zlashtirishdan iboratdir. Ta‟lim muassasalarida pedagogik texnologiyalar asosida dars o„tishda asosiy talab o„quvchining hayotiy tajribasi, avval o„zlashtirgan bilimi va qiziqishlari asnosida yangi bilim berishni ko„zda tutadi. Uzliksiz ta‟lim tizimida zamonaviy pedagogik, axborot texnologiyalaridan foydalanish o„quv materiallarining o„quvchi tomonidan qabul qilish, o„zlashtirish samarasini oshiradi. Pedagogik texnologiya- o„qitishning, ta‟limning shakllari, metodlari, usullari, yo„llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig„indisi va komponovkasi(joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar majmuasi bo„lib, undan darslarda o„quv jarayonida foydalanish o„qituvchini ko„zlagan maqsadiga osonroq, tez va qulay shaklda erishishiga zamin yaratib beradi. Shuningdek, topishmoqlarni o„qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish samaralidir. Bundan ko„zlangan asosiy maqsad esa o„quvchilarni darslikda berilgan topishmoqlar bilan yaqindan tanishtirish, mustaqil o„qishga, topishmoqlar yuzasidan o„zaro muhokama qilishga o„rgata olishdir. Topishmoqlarni o„qitishda biz quyidagi metodlardan foydalanishimiz mumkin: 1. “Suratlarni bog„laymiz” metodi. Bunda topishmoqqa oid bo„lgan 2 yoki undan ortiq surat bolalarga ko„rsatiladi va ular rasmlardan foydalangan holda topishmoqning matnini hosil qilishadi so„ng javob topiladi. Bu metod orqali biz o„quvchilarda e‟tiborlilikni, tez fikrlay olish qobilyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Misol tariqasida 4-sinf “O„qish” darsligidagi quyidagi topishmoqni ko„rib chiqamiz: “Katta chelak teshildi, Undan ko„p suv to„kildi” topishmog„ida qatnashgan: chelak, suv so„zlarining rasmlardagi ko„rinishiga qarab topishmoq matni hosil qilinadi. Bunda berilgan topishmoq darslikda keltirilgan bo„lishi kerak. 280 Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education www. grnjournal.us 2. “Quyosh” metodi. Bu metodda topishmoq matnida berilgan sifatlar quyoshning nurlari ko„rinishida tayyorlab olingan qog„ozlarga yozib chiqiladi. O„rtaga quyoshning doira shaklidagi asos qismi yopishtirib chiqilib, u nurlar birin-ketinlikda to„ldiriladi. To„liq quyosh shakli hosil qilingandan keying topishmoqning javobi topilib, asos qismiga yoziladi. Bu metod bolalarni tartib bilan ishlashga va bog„liqlikni to„g„ri hosil qilishga o„rgatadi. Misol qilib, 1-sinf “Ona tili va o„qish savodxonligi” darsligida berilgan topishmoqni keltirib o„tish mumkin: “Dum-dumaloq, Yum-yumaloq. Ichi to„la havo-yey, Tepsam otar shataloq”. 3. “Quvnoq toshlar” metodi. Bu metodda topishmoq matni qutilar ustiga yozib chiqiladi, javoblari esa turli kattalikdagi toshlarga rasm ko„rinishida yopishtirib chiqiladi. O„quvchilar esa qutilarga mos keluvchi toshlarni topib qutilar ichiga joylashadi. Bu usul orqali biz o„quvchilarda to„g„ri va aniq tanlov qila olish, diqqatni taqsimlay olish kabi qobilyatlarni rivojlantirishimiz mumkin. Koptok Yum aloq D u m - D u m -d u m alo q Ic h id a h av o b o r Tepsa bo’lad i 281 Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education www. grnjournal.us 4. “Ortiqchasini top” metodi. Bunda topishmoq matni orasiga topishmoqqa oid bo„lmagan so„z(lar) qo„shib qo„yiladi va o„quvchilarga ko„rsatiladi. Ular esa ortiqcha bo„lgan so„zni ajratib olib, topishmoqning javobini topishadi. Bu usulni biz asosan takrorlash darslarida qo„llashimiz mumkin. Masalan, 2-sinf “O„qish savodxonligi” darsligidagi quyidagi topishmoqni ko„ramiz: “U bois qog„ozda, osmonda jam, Go„zal va cheksiz olam. Tugab borar kitob misli sham Bilsangiz, udir … “. (Qalam) 5. “Video topishmoq” metodi. Hozirgi kunda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalari (kompyuter, televideniye, radio, nusxa ko„chiruvchi qurilma, slayd, video va audio magnitofonlar) yordamida ta‟lim jarayoni tashkil etilishiga alohida e‟tibor qaratilmoqda. O„qituvchilar oldida ta‟lim jarayonida turli axborot vositalaridan o„rinli va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turibdi. “Video topishmoq” metodidan foydalanishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: topishmoq matnida jamlangan jarayonlar turli qisqa vidiolar orqali o„quvchilarga ko„rsatiladi. O„quvchilar esa ko„rib turgan jarayonlarini og„zaki ifodalab berishadi. Qisqa vidiolar tugagach, topishmoqning javobi topiladi. Masalan, 2-sinf “O„qish savodxonligi” darsligidagi quyidagi topishmoqni ko„ramiz: “Oq sandig„im ochildi, Olamga nur sochildi”. (Quyosh) Videoda dastlab oq sandiq keyin esa uni ochilishi va ichidan nur sochilishini ko„rsatib o„tish mumkin. Bu usul ham asosan takrorlovchi darslar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 6. “Krassvord” metodi. Bu metod ham topishmoqlarni o„qitishda juda samarali usullardan biri hisoblanadi. O„tkazilish tartibi: topishmoqning matni savol ko„rinishida yoziladi, javoblari esa mos kataklarga o„quvchilar tomonidan yozilib kataklar to„ldiriladi. Bu usulni xohishga ko„ra yakka tartibda yoki guruhlar kesimida o„tkazish mumkin. Masalan, 1-sinf “Alifbe” darsligidagi topishmoqlarni krossvord usulida ko„rib chiqamiz: Savollar: 1. Suyamasang, turolmas, Sen minmasang, yurolmas. 2. Boshi taroq, dumi o„roq. 3. Ichi bo„yoq, Sirti tayoq. 4. Tunda ko„rib, cho„g„ deysan. Tongda ko„rib, yo„q deysan. Ko„rinib turganidek, topishmoqlarga bu usulda yechim izlash, asosan, ochiq darslar yoki mustahkamlash darslarida samaraliroq natija beradi. 2 x O„ 3 r u Ch K a 1 v e L o s I P e d 4 Y u l d u z 282 Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education www. grnjournal.us 7. “Topishmoqli rebus” metodi. Topishmoq matnini rasmlar va so„zlar raqamlar, shakllar, shartli belgilar yordamida ifodalanadi. Ulardagi bog„liqlik asosida topishmoq matni hosil qilinadi va javob topiladi. Masalan, 1-sinf “O„qish savodxonligi” 2-qism darsligidagi quyidagi topishmoqni “Rebus” usulida ko„rib chiqamiz: Yo„qdir qo„l-u oyog„i, Na ko„zi, na qulog„i. Ammo unga bir qadam Yer shari, Oy-u Zuhro Yo„qdir -u i, Na i, na i. Ammo unga qadam i, -u Zuhro. 8. “Aralash-quralash” metodi. Bu usulada bir nechta topishmoqlarning javoblari va javobga aloqasi bo„lmagan suratlar doskaga ilib chiqiladi. Guruhlardan bir o„quvchi chiqib, o„zi uchun o„qib eshittirilgan topishmoqning javobini rasmlar orasidan topadi. Masalan: 1. Bir aybi bor: Turib semirar. (Xamir) 2. To„r ustida yashaydi, Pashshani o„rab tashlaydi. (O„rgimchak) 3. Bu jonivor beozor, Usti nuqul tikanak. Koptok deysiz bemalol, Bo„lib olsa g„ujanak. (Tipratikan) 4. Yo„l ko„rsatar hammaga, Hamisha uch xil chiroq, E‟tiborsiz bo„lsa kim, Deydi: “Ko„zlarimga boq!” (Svetafor) 9. “Pantomimik topishmoq” metodi. Bu metod quyidagicha o„tkaziladi: o„qituvchi turli topishmoqlarning matnini kartochkalarga yozib chiqadi, o„quvchilardan biri kartochkalardan birini tanlaydi va undagi topishmoq matnini ovoz hamda so„zlarsiz faqat tana a‟zolari harakatlari, ishoralar bilan qolganlarga ko„rsatib beradi. Qolganlar esa uni topib javob izlashadi. Masalan, quyidagi topishmoqlarni ko„rib chiqamiz: 1. Ko„kda qilich yarqiraydi, 283 Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education www. grnjournal.us Suvda aksi yaltiraydi. (Oy) 2. Oppoqqina betlari Hoshiyador chetlari. (Bulut) 3. U bois qog„ozda jam, Go„zal va cheksiz olam. Tugab borar misli sham Bilsangiz, udir … . (Qalam) Ta‟lim metodlari va usullarini tanlash o„qituvchi tomonidan darsda hal qilinishi mo„ljallangan masalaga bog„liq bo„ladi, ya‟ni yangi materialni bayon etishda bir xil metod va usul qo„llanilsa, uni mustahkamlashda boshqa xil usul, mavzuni umumlashtirishda yana boshqa xil metodlar qo„llaniladi. Darsning turli bosqichlarida puxta o„ylangan va samarali usullar va metodlarni tanlash juda muhimdir. Ta‟limda ilg„or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish o„quv mashg„ulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo„llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma‟naviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kun o„qituvchidan ilg„or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalaridan o„quv jarayonida foydalanishni talab etmoqda. Bunda esa turli ko„rinishdagi metodlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ko„rgazmali qurollar yaxshi va samarali natija beradi. Xulosa qilib aytganda, yuqorida keltirib o„tilgan metodlarni ham dars jarayonidan kelib chiqqan holda tanlab olib qo„llash mumkin. Masalan, ba‟zilarini takrorlash va mustahkamlash darslarida qo„llanilganda ko„proq samara bersa, ba‟zilarini yangi mavzu o„tilayotganda qo„llasak maqsadga muvofiq bo„ladi. Lekin darslarni boshlanmasidan so„ngiga qadar o„yin ko„rinishidagi metodlar bilan o„tkazish ham yaxshi natija bermaydi. Dars davomida kamida 1 ta ko„pi bilan esa, 3 ta metod o„tkazish to„g„ri hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. O„zbek tilining izоhli lug„аti 4-jild – Tоshkent: O`zbekistоn milliy ensiklоpediyasi, 2008. 5 jildlik. 2. Ona tili va o„qish savodxonligi 2-qism [Matn]: 1-sinf uchun darslik / I. Azimova [va boshq.]. – Toshkent: Respublika ta‟lim markazi, 2021. – 104 b. 3. Ona tili va o„qish savodxonligi 2-qism [Matn]: 3-sinf uchun darslik / I. Azimova [va boshq.]. – Toshkent: Respublika ta‟lim markazi, 2022. – 144 b.