352 AMERICAN Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education www. grnjournal.us AMERICAN Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education Volume 3, Issue 2, 2025 ISSN (E): 2993-2769 Ingliz Adabiyotida Yo‘Qotilgan Ota Obrazlari (“Hamlet” Va “Frankenshteyn” Asarlari Tahlilida) Sanjar Saliyevich Kurbanov Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Buxoro davlat pedagogika institute, sanjarkurbanov0077@gmail.com Annatatsiya: Jahon adabiyotida Ota obrazining qiyosiy tahlili nafaqat turli bahs-munozaralarni keltirib chiqardi, balki kontekstdagi turli qirralarini ham ochib berdi. Har qanday matndagi ota obrazini tahlil qilganda uning ichki kechinmalari iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy mavqeiga qarab bir- biridan tubdan farq qilishi ayon bo‘ladi. Ushbu maqola otaning yo'qligi mavzusini va uning ingliz adabiyotidagi qahramonlar va hikoyalarga chuqur ta'sirini o'rganadi. U Shekspirning "Gamlet" va Meri Shellining "Frankenshteyn" kabi turli xil adabiy asarlarni ko'rib chiqadi va otalarning yo'qligi qahramonlarning shaxsiyati va taqdirini qanday shakllantirishini ta'kidlaydi. Maqola klassik matnlarni o'rganadi, mualliflar ota figuralarini - jismoniy yo'qlik, hissiy ajralish yoki o'lim orqali qanday tasvirlashlari va buning natijasida ularning qahramonlari uchun psixologik ta'sirlar muhokama qilinadi. Kalit so'zlar: Образ, yo'q ota, yo'qolgan ota, Ingliz adabiyotida ota obrazining yo'qotilishi ko'pincha farzandlar uchun iztirob, ichki kurash va o'zligini izlash jarayonini tasvirlashda muhim rol o'ynaydi.(DiIorio, 2018) Yo'qolgan ota obrazlari adabiyotda ko'pincha ramziy ma’no kasb etadi, xususan, u yo'qotish va iztirobni anglatadi, ya’ni bolaning hayotida tugallanmagan bir bo'lim sifatida qoladi. Bundan tashqari farzandning mustaqillikka erishish yo'lini ko'rsatadi , ya’ni farzandlar otasiz o'z hayotini qurishga majbur bo'ladi. Eng asosiysi, adolat va o'zlikni izlash ramzi sifatida ham yozuvchilar “ota”ni olib qo’yishadi. (Drewry, 2004) Uyg’onish davri adabiyoti namunalarida tahlil qiladigan bo’lsak, Uilyam Shekspirning “Hamlet” tragediyasi adabiyot tarixida insoniy iztirob, qasos va ichki kurashlarni yorituvchi eng mashhur asarlardan biridir.(DiIorio, 2018) Ushbu asarda yo‘qotilgan ota obrazi markaziy mavzu bo‘lib, Erlixning ta’kidlashicha Hamletning otasi Qirol Hamletning o‘limi va bu voqeaning uning hayotiga ta‘siri tragediyaning asosiy haydovchi kuchidir(Erlich, 2015). Qirol Hamletning qotilligi nafaqat siyosiy fojia, balki oila uchun chuqur shaxsiy yo‘qotishdir.(Paplham, 2016) Hamletning otasi obrazi faqat xotira va ruh shaklida namoyon bo‘ladi. Asar muqaddimasida Qirol Hamletning ruhi o‘g‘li Hamletga ko‘rinadi va o‘z o‘limining sababi haqida haqiqatni oshkor qiladi: "Taqdirga ishonib, tinch uxlayotganimda, mening o‘z ukam Klavdiy zahar bilan hayotimni tortib oldi." Bu voqea Hamlet uchun nafaqat otasining yo‘qotilishi, balki adolat talabining boshlanishi bo‘lib xizmat qiladi. Hamletning otasiz qolgani uning iztiroblarini kuchaytiradi, chunki u faqat shaxsiy qayg‘u emas, balki qirollikdagi adolatni tiklash mas‘uliyatini ham zimmasiga oladi. Hamlet uchun otasining ruhi adolat va qasos ramzi bo‘lib xizmat qiladi.(Armstrong, 2003) Otaning o‘limi bilan bog‘liq haqiqatni bilganidan so‘ng, Hamlet ichki ruhiy kurashga kiradi. U o‘z vazifasini 353 AMERICAN Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education www. grnjournal.us bajarish uchun ikkilanadi: Hamlet otasining ruhining talabiga binoan Klavdiydan qasos olishga intiladi, chunki bu o‘limni tiklash yo‘lidagi adolatni anglatadi. Hamlet “To be or not to be” monologida inson hayoti va qasosning ma‘naviy ma‘nosini o‘rganadi, bu esa uning qarorlarini qiyinlashtiradi. Qirol Hamletning o‘limi va uning xotirasi Hamletning harakatlarini boshqaruvchi asosiy kuch bo‘lib, qahramonning ichki ziddiyatlarini chuqurlashtiradi.(Armstrong, 2003) Ota yo‘qotilishi, ayniqsa, Klavdiy va Hamletning onasi Gertruda o‘rtasidagi munosabatlar bilan bog‘liq holda, Hamletni hissiy jihatdan yengilmas holatga olib keladi. Qirol Hamlet obrazi o‘g‘li Hamlet uchun bir vaqtning o‘zida kuchli otalik figuraligini va umidsizlikni aks ettiradi. Otaning ruhi Hamletga faqat qasos talabini emas, balki o‘z hayotini qanday olib borishi kerakligini ham ko‘rsatadi. Qirol Hamletning so‘zlari orqali Shekspir otaning yo‘qligi tufayli farzandlarning hayoti qanday izdan chiqishini yoritadi. Hamletning: "Nega men hali ham bu dunyoda yashashim kerak?" degan savoli otaning hayotdagi o‘rnining qanchalik muhim ekanligini ifodalaydi. Ota yo‘qotilgach, farzand uchun dunyo izdan chiqib ketadi.(Paplham, 2016) Romantizm yozuvchilaridan biri Meri Shellining "Frankenstein" asarida ham ramziy ma’noda yo’qotilgan ota obrazini ko’rishimiz mumkin. Ammo “Hamlet”dan farqli o’laroq, Meri Shellining "Frankenstein" asari insoniyat, ilm-fan va mas'uliyatning murakkab savollarini yoritadi.(Badalamenti, 2006) Asarda yo'qolgan otalik figuraligi asosiy ramziy mavzulardan biri bo'lib, Viktor Frankensteynning o'zi yaratgan "monster" uchun otalik mas'uliyatini rad etishi bilan namoyon bo'ladi.(Banerjee, 2010) Ushbu mas'uliyatsizlik nafaqat "monster"ning iztiroblarini, balki uning qasos istagining shakllanishini ham ta'minlaydi. Viktor Frankensteyn ilmiy izlanishlar natijasida yangi jonli mavjudotni yaratadi, lekin darhol o'z ijodidan voz kechadi. Viktorning "monster"ga nisbatan javobgarlikni inkor etishi otaning muhim vazifasi — tarbiya, himoya va mehribonlikni taqdim etishni bajarishdan bosh tortganini anglatadi. Bu otalikning yo'qligi "monster"ni izolyatsiyaga va ijtimoiy chetlanishga olib keladi: "Meni yaralganimdan beri butun dunyo rad etdi. Hatto mening yaratuvchim ham menga orqa o‘girdi." Bu izolyatsiya "monster"ning insoniy tuyg'ular — sevgi, qabul qilinish va mehrga intilishini kuchaytiradi, ammo unga bu tuyg'ular taqdim etilmagach, u ichki iztirob va qasos istagiga bo'ysunadi.(Badalamenti, 2006) Viktorning o'zi yaratgan mavjudotga otalik rolida yordam bermasligi, aslida, ikki tomonlama yo'qotishni anglatadi, ya’ni, "Monster" uchun U sevgi va yo'l-yo'riqsiz, ma'naviy jihatdan "yetim" bo'lib qoladi. Viktorning tashlab ketishi "monster"ning insoniyatga nisbatan qahr-g'azabining asosiy sababiga aylansa, Viktor uchun U o'z yaratgan mavjudoti uchun javobgarlikni rad etgani sababli doimiy qo'rquv va vijdon azobida yashaydi. Bu jarayon otalikning yo'qolishi nafaqat "monster" uchun, balki yaratuvchisi uchun ham halokatli oqibatlarga olib kelishini ko'rsatadi. Frankensteyndagi otalikning yo'qolishi masalasi keng ramziy ma'no kasb etadi; 1. Ilm-fan va mas'uliyat: Viktorning "monster"ni yaratgani ilm-fan yutuqlarining eng yuqori cho'qqisi sifatida qaraladi, ammo u bu yutuqning ijtimoiy va axloqiy oqibatlari haqida o'ylamagan. Bu yo'qolgan otalik Viktorni shaxsiy va ijtimoiy mas'uliyatdan qochgan shaxs sifatida ko'rsatadi. 2. Mehr va insoniylikning ahamiyati: "Monster"ning iztiroblari va qasos istagi insoniy sevgi va e'tiborning yo'qligi sababli shakllanadi. Otalik mehrining yo'qligi faqat zarar va vayronagarchilik keltiradi. 3. Yaratuvchi va yaratilgan o'rtasidagi aloqalar: Viktor va "monster" o'rtasidagi munosabatlar xudoning insoniyatga nisbatan javobgarligi haqidagi falsafiy savollarni o'rtaga tashlaydi. Bu 354 AMERICAN Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education www. grnjournal.us munosabatlar yaratuvchining o'z ijodiga mas'uliyatsizligi qanday halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aks ettiradi.(Botting and Hunt, 2018) Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Hamlet tragediyasida yo‘qotilgan ota obrazi insoniyatning umumbashariy iztiroblarini aks ettiradi. Bu yo‘qotish faqat bir oila yoki bir jamiyatning muammosi emas, balki odamlarning ichki iztiroblari, adolatga bo‘lgan intilishi va hayot ma‘nosini qidirish jarayonidir. Shekspir otalik rolini nafaqat biologik bog‘liqlik, balki axloqiy va ruhiy mas‘uliyat sifatida ko‘rsatadi. Qirol Hamletning yo‘qolishi bilan o‘g‘li Hamlet insoniy ruhning eng qiyin savollariga duch keladi, bu esa asarning abadiy ahamiyatini ta‘minlaydi. Meri Shellining "Frankenstein" asarida esa yo'qolgan otalik siymoligi nafaqat "monster"ning iztiroblarini ochib beradi, balki Viktor Frankensteynning mas'uliyatsizligi va uning oqibatlarini ham yoritadi. Ota sifatida o'z vazifalarini bajarmagan Viktor o'zi yaratgan mavjudotni nafaqat ijtimoiy yakkalanishga (izolyatsiyaga), balki qasosga chorlaydi. Bu asar otalikning ahamiyatini va uning yo'qolishi qanday fojialarga olib kelishini chuqur tadqiq qiladi. Adabiyotlar: 1. Namozov. Uiliam Shekspir ”Serqirra ijod va mashaqqatli hayot “ 2. Jalilov. O’zbek dramaturgiyasi poetikasi masalalari 3. XVII asr chet el adabiyoti tarixi 4. Shvedov Yu “Uiliam Shekspir”tadqiqot. 5. Saparova, M. R. (2024). Peculiarities of Polyphony in Uzbek Literature. International Journal of Language Learning and Applied Linguistics, 3(04), 103-106. 6. Ramazonovna, S. M. (2024). UNDERSTANDING OF UZBEK LITERARY GENRES. INNOVATIVE ACHIEVEMENTS IN SCIENCE 2024, 3(34), 14-17. 7. Ramazonovna, S. M. (2024). THE FEATURES OF A POLIPHONIC NOVEL AS A LITERARY WORK. Scientific Aspects and Trends in the Field of Scientific Research. 8. S. Kurbanov, "The Theme of Father-Daughter Relationship in 'To Kill a Mockingbird' by Harper Lee," in Interdisciplinary Conference of Young Scholars in Social Sciences (USA), pp. 144-147, 2023. [Online]. Available: https://openconference.us/index.php/ysc/article/view/804. 9. M. Saparova, "Some Features of Children’s Language in Fiction," Tsentr Nauchnykh Publikatsii (Buxdu.Uz), vol. 36, no. 36, 2023. 10. S. S. Kurbanov and M. R. Saparova, "Badiiy Asar Jozibadorligini Oshirishda Qarg’ish Anglatuvchi Disfemizmlarning Personajlar Nutqida Berilishi," Academic Research in Educational Sciences, vol. 4, 2021. 11. M. R. Saparova, "Abdulla Qodiriyning 'O'tkan Kunlar' Romanida Personajlarning Ichki Nutqidagi Badiiy Tahlil Usullari," International Journal of Education, Social Science & Humanities, vol. 11, no. 2, pp. 778-782, 2023, FARS Publishers. 12. Kurbanov, S. (2023). THE ANALYSIS OF FATHER-DAUGHTER RELATIONSHIP IN SHAKESPEARE’S WORKS. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 3(5), 129–132. извлечено от https://www.in-academy.uz/index.php/ejsspc/article/view/14638 13. Ramazonovna, S. M. (2025). A Structural Analysis of a Polyphonic Novel in English Literature. Excellencia: International Multi-Disciplinary Journal of Education (2994- 9521), 3(2), 154-159. https://doi.org/10.5281/ 14. Armstrong, P., 2003. Watching Hamlet watching: Lacan, Shakespeare and the mirror/stage. Alternative Shakespeare. https://doi.org/10.4324/9780203427095-18 355 AMERICAN Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education www. grnjournal.us 15. Badalamenti, A.F., 2006. Why did Mary Shelley Write Frankenstein? Journal of Religion and Health. https://doi.org/10.1007/s10943-006-9030-0 16. Banerjee, S., 2010. Home is Where Mamma Is: Reframing the Science Question in Frankenstein. Women’s Studies. https://doi.org/10.1080/00497878.2011.527783 17. Botting, E.H., Hunt, E.M., 2018. Mary Shelley and the Rights of the Child: Political Philosophy in" Frankenstein". 18. DiIorio, E., 2018. Dadless: Dead Dads in Hamlet and the Effects on their Children. digitalcommons.pace.edu. 19. Drewry, J.D.A., 2004. Hamlet’s Fathers: An Analysis of Paternity and Filial Duty in Shakespeare’s" Hamlet". 20. Erlich, A., 2015. Hamlet’s absent father. 21. Paplham, B.K., 2016. The Mother-Father-Uncle: Hamlet’s Political Emasculation.