369-372 Boshlang’ich Sinflarda ,,Tarbiya’’ Fanini O’qitishning 369 AMERICAN Journal of Public Diplomacy and International Studies www. grnjournal.us AMERICAN Journal of Public Diplomacy and International Studies Volume 01, Issue 09, 2023 ISSN (E): 2993-2157 Boshlang’ich Sinflarda ,,Tarbiya’’ Fanini O’qitishning Metodik Asoslari Hojiyeva Nasiba Bahodirovna Osiyo xalqaro universiteti Abstract: Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda tarbiya fanini o’qitishda o’qituvchilaming darslarda pedagogik texnologiya, boshlang„ ich sinflarda interfaol metodlar va ta'limiy o„ yinlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o„quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o„rganganlarini hayot bilan bog„lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradigan fikrlar bayon qilingan. Keywords: texnikaviy, axborotli, audiovizualli faol fuqarolik pozitsiyasi, mas’uliyat, majburiyat, huquqiy ong va madaniyat, teran dunyoqarash, sog’lom e’tiqodlilik, ma’rifatparvarlik, bag’rikenglik, ma'naviy, g’oyaviy, nafosat tarbiyasi. Tarbiya fani O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan umumiy o’rta ta’lim muassasalarida 2020-2021-o’quv yilidan boshlab joriy qilindi. Ushbu fan Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasining bir qismi sifatida o„quvchilarda “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari g’oyasini singdirish, ularni ijtimoiy muvaffaqiyatli hayotga tayyorlash, faol fuqarolik pozitsiyasi, mas’uliyat, majburiyat, huquqiy ong va madaniyat, teran dunyoqarash, sog’lom e’tiqodlilik, ma’rifatparvarlik, bag’rikenglik kabi fazilatlarni shakllantirishni maqsad qilib qo’ygan. Fan va darslik konsepsiyasini yaratishda Yaponiya, Singapur, Angliya, BAA, Xitoy, Koreya, Rossiya, Germaniya kabi xorijiy davlatlarning tajribasidan foydalanildi. Ta„lim jarayoni nihoyatda murakkab jarayon bo„lganligi uchun ta„lim samaradorligi pedagog va o’quvchi faolliligiga, ta’lim vositalarining mavjudligiga, ta’lim jarayonining tashkiliy, ilmiy, metodik mukammalligiga bog’liq. Ta’lim-tarbiya jarayonini ilg’or vositalari, metodlar, texnik vositalar, usullariga tayanib takomillashtirish tizimi hisoblanadi. Bu tizim o„qituvchi tomonidan yaratiladi, ta„lim-tarbiya bosqichlarini o’zaro bog’lashga xizmat qiladi. Uning mazmuni va vazifalarini, maqsadini oldindan belgilash, ta’lim-tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, o’quvchida shakllantirish ko’zda tutilgan ma’naviy sifatlarni o’zlshtirishga yo’naltirilgan darslarni rejalashtirish kabilarni o’z ichiga oladi. Bugungi kunda fan-texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati nihoyatda kengayib, yangi texnologiyalar kirib kelmoqda. Sifat o’zgarishlari shundan dalolat beradiki, endilikda yangi metodikalarni talab etadigan va ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan, unga o’zining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, audiovizualli, vositalar ham mavjud bo’lib, ular zamonaviy pedagogik texnologiyalarni aniq voqelikka aylantirdi. Ta’lim-tarbiya jarayonining unumdorligini oshiradi, o„quvchilarni mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o’quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam 370 AMERICAN Journal of Public Diplomacy and International Studies www. grnjournal.us o’zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko„nikma va malakalarini shakllantiradi. An’anaviy o’qitish tizimi, aytish mumkinki, yozma va og’zaki so’zlarga tayanib ish ko’rishi tufayli axborotli o„qitish sifatida tafsiflanadi, chunki o’qituvchi faoliyati birgina o„quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib borayotganligini ta’kidlagan holda baholanmoqda. O’zbek xalqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko’p asrlar davomida qo’llagan usul va vositalari, tadbir shakllari, o’ziga xos urf-odatlari va an'analari, ta'lim-tarbiya haqidagi g’oyalari va hayotiy tajribasi mavjud. Bu meros o„tmishda ko„plab alloma-yu donishmandlar etishib chiqishiga asos bo„lgan. Hozirgi kunda bu merosdan ijodiy foydalanish katta ahamiyatga ega. Ajdodlarimiz bilim o’rgatuvchi ustoz faoliyatiga katta ahamiyat berganlar. Bu pedagogik faoliyatga bo’lgan asosiy talablardan biri edi. Sharq uyg„onish davrining buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiy aqlli, dono va o’tkir fikrlaydigan kishilar to’grisida shunday deydi: «Aqlli deb shunday kishiga aytiladiki, ular fazilatli, o„tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishda zo„r istidodga ega; yomon ishlardan o’zini chetda olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil deydilar». Uning fikricha, «Ta'lim so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya esa amaliy ish va tajriba bilan o’rganishdir, ya'ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo’lgan ish- harakatga, kasb-hunarga berilgan bo„lishidir. Agar ular ish, kasb-hunarga berilgan bo’lsalar, kasb- hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni butunlay kasb-hunarga jalb etsa, demak, ular kasb- hunarning chinakam oshig’i bo’ladilar» Tarbiya jarayoni o’zaro bog’liq ikki faoliyatni - o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini o’z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o’quvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari va turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi. Tarbiya jarayonida o’quvchida jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlar hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o’quvchining ongiga (ta’lim jarayonida), hissiyotiga (darsda va turli sinfdan tashqari ishlarda), irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida) tizimli va muntazam ta’sir etib boriladi.Tarbiyalash jarayonida bulardan birortasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e’tibordan chetta qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Biror bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi. A. O’quvchining qaysi xislatini shakllantirish yoki yo’qotish maqsadida rejalashtiriladi. B. Shu hislatlarni tarbiyalash yoki yo’qotish uchun xizmat qiluvchi manbalar izlab topiladi. C. Belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalarni qaysisini va qayerda ishlatish rejalashtiriladi. Bunday rejaga solinib olib borilgan tarbiya mohiyatini ta’lim - tarbiya tizimi jamiyat va insonlarning intellektual va jismoniy faoliyati tashkil qiladi. Boshlang'ich sinflarda kooperativ ta'limning quyidagi metotlaridan samarali foydalanish mumkin: Vay-fay (Wi-Fi(jimlikni saqlash ishorasi )). 1. O’qituvchi qo’lini ko’taradi va Wi-Fi deb aytadi. 2. O’qituvchiga diqqat qarating (ishni to’xtating gaplashmang). 3. O’qituvchining ishorasini ovoz chiqarmasdan takrorlang. 371 AMERICAN Journal of Public Diplomacy and International Studies www. grnjournal.us Ilmiy adabiyotlarda ta'limning maqsadi imkoniyatlaridan to’g’ri, aniq, o’rinli foydalanish ko’nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy g’oyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma'naviy boyitishdan iboratligi ta'kidlangan. Ta'limiy maqsad asosida o„quvchilarda mustaqil fikrlash, og„zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi. Tarbiyaviy maqsad asosida esa ma'naviy, g„oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til o’rganish jarayonida xalqning madaniy-axloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish imkoni paydo bo„ladi. Ma'lumki, ta'limda ilg„or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish o„quv mashg„ulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo„llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. REFERENCES 1. Shavkat Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. 2. Shavkat Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash 3. Forobiy. «Fozil odamlar shahri». - T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi. nashriyoti, 1993. . 184-185-b. 4. Forobiy. «Fozil odamlar shahri». - T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi. nashriyoti, 1993. 182-b. 5. Hojiyeva, N. (2023). METHODS OF TEACHING MOTHER TONGUE IN PRIMARY CLASSES SCIENTIFIC AND METHODOLOGICAL BASIS. Modern Science and Research, 2(9), 424-428. 6. Tursunova, Z. (2023). METHODOLOGY OF MOTHER TONGUE TEACHING IN PRIMARY SCHOOLS. Modern Science and Research, 2(9), 350-352 7. Bahodirovna, H. N. (2023). BOSHLANG'ICH SINFLARDA ONA TILI O'QITISH METODIKASI FANINING METODOLOGIK VA ILMIY ASOSLARI. 8. Bahodirovna, H. N. (2023). TA’LIM JARAYONIDA BOSHLANG ‘ICH SINFLARDA TEXNOLOGIYA FANINI O ‘QITISH MUAMMOSINING YORITILISH MAZMUNI. PEDAGOGS jurnali, 1(1), 209-209. 9. Ikromova, S. (2023). INTERPRETATION OF THE PSYCHOLOGICAL SAFETY FACTOR IN RELATION TO DESTRUCTIVE INFORMATION IN ADOLESCENTS. Modern Science and Research, 2(9), 390-394. 10. Ikromova, S. (2023). CONCEPT OF IDEOLOGY AND FORMATION OF IDEOLOGICAL IMMUNITY IN YOUTH STUDENTS. Modern Science and Research, 2(6), 1223-1226. 11. Kozimova, N. A. (2023). BUGUNGI TA’LIM TIZIMIDA ZAMONAVIY O‘QUVCHI SHAXSINING IJTIMOIY VA PSIXOLOGIK JIHATLARI. Educational Research in Universal Sciences, 2(10), 44-46.V 12. Abduqahhorovna, N. K. (2023). PSIXOLOGIK KONSULTATSIYAGA MUROJAAT QILUVCHI OTA–ONALARNING FARZAND TARBIYASI MUAMMOLARINI O ‘RGANISHDA HADISLARDAN TERAPIYA SIFATIDA FOYDALANISH. 13. Sobirovna, S. Y. (2023). O ‘YIN ORQALI BOLA TAFAKKURI VA NUTQINI OSTIRISH. SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR, 1(3), 93-99. 14. Yulduz, S. (2023). KREATIV YONDASHUVLAR ASOSIDA BOLALAR NUTQI VA TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 23(2), 87-92. 372 AMERICAN Journal of Public Diplomacy and International Studies www. grnjournal.us 15. Tursunova, Z. (2023). USING INNOVATIVE AND INTERACTIVE METHODS IN NATIVE LANGUAGE AND READING LITERACY CLASSES. Modern Science and Research, 2(10), 777-779. 16. Лукмонова, С. (2022). BO ‘LAJAK BOSHLANG ‘ICH SINF O ‘QITUVCHISINING RAQAMLI TA’LIM RESURSLARIDAN FOYDALANISHGA TAYYORLIGINI SHAKLLANTIRISH: Lukmonova Salomat Gafurovna, Boshlang’ich ta’lim nazariyasi kafedrasi o’qituvchisi, Buxoro davlat universiteti orcid 0000-0001-9040-0232. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (1), 221-226.