389-391 Boshlang'ich Sinflarda Ot So'z Turkumini Izchillikda O'rgatish Metodikasi 389 AMERICAN Journal of Public Diplomacy and International Studies www. grnjournal.us AMERICAN Journal of Public Diplomacy and International Studies Volume 01, Issue 09, 2023 ISSN (E): 2993-2157 Boshlang'ich Sinflarda Ot So'z Turkumini Izchillikda O'rgatish Metodikasi Tursunova Zarina Ne’matovna Osiyo xalqaro universiteti o‘qituvchisi Annotatsiya: Boshlang'ich sinf o'quvchilariga so'z turkumlarini o'rgatish, og'zaki va yozma nutqda ulardan to'g'ri foydalanishni o'rgatish o'quvchilaming ham nutq qobiliyatining ham to'g'ri fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Shunda o'quvchilar o'z nutqida so'zlami ongli qo'llay oladigan shaxs sifatida namoyon bo'ladi.Ushbu maqola so'z turkumlarini boshlang'ich sinf o'qituvchilariga o'rgatish metodikasi haqida. Kalit so’zlar: so'z turkumlarini o'rgatishning mohiyati, boshlang'ich sinflarda so'z turkumlarini o'rganish bosqichlari, ot so'z turkumini o'rgatish. Ot so‘z turkumini o‘rganishga tayyorlov bosqichi savod o‘rgatish davriga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda o‘quvchilar predmetlarni va ularni nomi bo‘lgan so‘zlarni farqlashga o‘rganadilar. So‘zning lekik ma’nosi (har bir so‘z ma’no bildirishi)ga e’tibori oshiriladi, ma’nolarni hisobga olgan holda so‘zlar (qushlar, meva va sabzavotlar va hokazolarni bildirgan otlar)ni gruppalash ko‘nikmasi shakllantiriladi. So‘zlarni leksik ma’nosi asosida gruppalash mashqlari otlarni taqqoslash, o‘xshash tomonlarini aniqlash, abstraklashtirish ko‘nikmasini o‘stiradi. Shunga qaramay, gramatik tushunchani shaklantirish uchun o‘quvchilar so‘zning aniq ma’nosini bilmaydilar, so‘zning leksik ma’nosini bilish bilan birgalikda uning grammatik belgilarini ham o‘zlashtirish zarur. Boshlang'ich sinf o'quvchilariga so'z turkumini o'rgatish boshlang'ich sinf o'qituvchilaridan asosiy mehnat va e'tibor talab qiladigan jarayondir. Ona tili darslari ijtimoiy-foydali bo'lishi uchun o'quvchilarda o'z fikrini gram m atik to'g'ri, uslubiy aniq, izchil ifodalash va boshqalar fikrini bera olish ko'nikmasini shakllantirishga qaratilishi lozim. Ona tili darslarida nutq o'stirish ko'rsatmasi grammatik materialni o'rgatishda o'quvchilam ing tilimizdagi har bir so'z turkumi yoki so'z qismining rolini bilib olishlariga erishtiradigan metodik usullami qo'llashni talab etadi, ya'ni grammatik nazariya gram m atik to'g'ri va aniq nutq malakalarini shakllantirishga, anglab, tushunib yozish malakalarini o' stirishga amalda tatbiq etish uchun o'rgatiladi. Darsda bolalar nutqini o'stirish darsning mazm unida va qo'llanilgan vazifalar turlarida o 'z aksini topadi.Ona tili darsi o'quvchilar taffakurini o'stirish ustida ishlash maqsadiga yo'naltirilganligiga qarab baholanadi. Bunda muayyan grammatik va imloviy materialni o'rganish jarayonida shu materialni yaxshiroq o'zlashtirishni ta'minlaydigan, aqliy faoliyatni talab qiladigan mashqlami o'tkazish tushuniladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari so'z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe'l) bilan umumiy tanishtirilgandan so'ng har bir leksik-grammatik guruh alohida o'rganiladi. Bu so'z 390 AMERICAN Journal of Public Diplomacy and International Studies www. grnjournal.us turkumlarini o'rganishning boshlang'ich bosqichidayoq ulami taqqoslashga qulay sharoit yaratadi va shakllantiriladigan grammatik tushunchaning asosiy tomonlarini aniqroq ajratishga imkon beradi.Masalan:,,Ot" mavzusini o'rganish tizimi maqsadga yo'naltirilgan jarayon bo'lib, bunda shu so'z turkumining umumlashtirilgan ma'nosi va grammatik belgilari aniq izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan bog'liqlikda o'rganiladi, shuningdek, otdan nutqda to' g'ri foydalanish va to'g'ri yozish malakasini shakllantirish maqsadida bajariladigan mashqlar asta murakkablashtira boriladi.Til hodisasi sifatida otning xususiyatlari, uni o'rganish vazifalari, o' quvchilaming yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf uchun material hajmi, ulami o'rganish izchilligi belgilangan.. Shu bilan birga, ,,Ot" mavzusini o'rganishning muayyan bosqichida bajarish lozim bo'lgan bir vazifani hal qilishga ko'proq ahamiyat beriladi. Masalan, 1-2-sinflarda so'z turkumi sifatida otning belgilari (nimani bildirishi, so'roqlari) o'rganiladi, 2-sinfda otlarning leksik ma’nosi, atoqli va turdosh otlar haqidagi bilim chuqurlashtiriladi va sistemalashtiriladi bolalar otlarda son bilan tanishtiriladi. Otlarning nutqda katta ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatish uchun o‘qituvchi o‘qish kitobidan matn shu so‘zlarsiz o‘qishni topshiradi. O‘quvchilar matn otlari tushirib qoldirilib o‘qiganda, matn mazmunini tushunib bo‘lmasligini anglaydilar. Xulosa chiqariladi: ot atrofimizni o‘rab olgan predmetlarning nomi, bu so‘zlarsiz bir-birimizga o‘z fikrimizni tushuntira olmaymiz. “Ot” tushunchasini shakllantirish uchun shu so‘z turkumiga kiradigan otlarni asosiy leksik gruppalarga ajratish, barcha otlarga xos bo‘lgan belgilarni ko‘rsatish, ularning nutqimizdagi rolini ochish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda mavzuni o‘rganishga bag‘ishlangan birinchi darslardayoq predmetlarni bildiradigan so‘zlar sistemaga solinadi. Shu so‘zlarning hammasi uchun umumiy bo‘lgan belgilar aniqlanadi. Bu so‘zlar predmetlarni bildirib, kim? Yoki nima? So‘rog‘iga javob bo‘ladi.3-sinfda esa otga atama beriladi, birlik va ko'plikda qo'llanishini o'zlashtirishga ahamiyat beriladi. 4-sinfda otning egalik qo'shimchalari bilan qo'llanishi, kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo'shimchalarining yozilishini o'rganishga e'tibor qaratiladi. O'quvchilaming nutqi va tafakkurini o'stirish vazifasi esa mavzuni o'rganishning barcha bosqichlarida hal qilinadi. Otni o'rganishga tayyorlov bosqichi savod o'rgatish davriga to'g'ri keladi. Bu bosqichda o'quvchilar shaxs-narsalami va ulaming nomi bo'lgan so'zlami farqlashga o'rganadilar, so'zning leksik ma'nosiga e'tibor ko'proq qaratiladi, ma'nolarini hisobga olgan holda so'zlar (qushlar, meva va sabzavotlar, kiyimlar va hokazolami bildirgan otlar)ni guruhlash ko'nikmasi shakllantiriladi.Keyingi bosqichda otning leksik ma'nolari va grammatik belgilari ustida maxsus ishlanadi (kim?'yoki nima? so'rog'iga javob bo'lishi, shaxs, narsani bildirishi tushuntiriladi). O'quvchilar kim? so'rog'iga javob bo'lgan otlami nima? so'rog'iga javob bo'lgan otlardan farqlashni, ulami so'roq berish bilan ajratishni o'rganadilar, o' quvchilarda mavhum grammatik tafakkur o' sa boradi, ularda atoqli otlami bosh harf bilan yozish ko'nikmasi shakllana boradi.2-sinfda otlaming leksik ma'nosi, atoqli va turdosh otlar (atamasiz) haqidagi bilim chuqurlashtiriladi. 3-sinfda ,,Otlar, ya'ni otlaming birlik va ko'plikda qo'llanishi" ustida ishlash jarayonida o'quvchilarda: 1) birlik va ko'plikda qo'llangan otlaming ma'nosi va qo'shimcha orqali farqlash, 2) birlikdagi oldan ko'plik shaklidagi va,aksincha, ko'plikdagi otdan birlik sondagi ot hosil qilish, 3) gapda so'zlaming bog'lanishini hisobga olgan holda, otlardan nutqda to'g'ri foydalana olish ko'nikmalari shakllantiriladi.4-sinfda ot ustida ishlashning asosiy vazifasi fikr bayon qilishda otning kelishik shakllaridan ongli foydalanish va kelishik qo'shimchalarini to'g'ri yozishga o'rgatish hisoblanadi.Bu sinfda ot quyidagi izchillikda o'rganiladi: 1) otlarning kelishiklar bilan turlanishi haqida tushuncha berish 2) ko'plikdagi otlaming turlanishini o'rgatish; 3) har bir kelishikning xususiyatlarini alohida o'rganish va u bilan bog'liq holda kelishik qo'shimchalarining yozilishi haqida ko'nikma hosil qilish. 391 AMERICAN Journal of Public Diplomacy and International Studies www. grnjournal.us Biror mavzu yoki ma'lumotni o'quvchilarga qanday usulda yetkazib berish bu o'qituvchining pedagogik mahoratidir. O'z ona tilida ravon gairadigan,nutq madaniyatiga amal qiladigan,o'z nutqining sofligini saqlay oladigan yoshlami tarbiyalash har bir pedagogning bosh maqsadi bo'lishi kerak. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. I.Ona tili o'qitish metodikasi (Boshlang'ich ta 'lim fakulteti talabalari uchun darslik): JK. QosimovaJ, S.Matchonov, X. G'ulomova,Sh. Yo'ldosheva, Sh. Sariyev. T.: «NOSHIR», - 2009. 2. A. G'ulomov. Ona tili o'qitish prinsiplari va metodlari. - T.: "O'qituvchi", 1992. 3. Hojiyeva, N. (2023). METHODS OF TEACHING MOTHER TONGUE IN PRIMARY CLASSES SCIENTIFIC AND METHODOLOGICAL BASIS. Modern Science and Research, 2(9), 424-428. 4. Tursunova, Z. (2023). METHODOLOGY OF MOTHER TONGUE TEACHING IN PRIMARY SCHOOLS. Modern Science and Research, 2(9), 350-352 5. Bahodirovna, H. N. (2023). BOSHLANG'ICH SINFLARDA ONA TILI O'QITISH METODIKASI FANINING METODOLOGIK VA ILMIY ASOSLARI. 6. Bahodirovna, H. N. (2023). TA’LIM JARAYONIDA BOSHLANG ‘ICH SINFLARDA TEXNOLOGIYA FANINI O ‘QITISH MUAMMOSINING YORITILISH MAZMUNI. PEDAGOGS jurnali, 1(1), 209-209. 7. Ikromova, S. (2023). INTERPRETATION OF THE PSYCHOLOGICAL SAFETY FACTOR IN RELATION TO DESTRUCTIVE INFORMATION IN ADOLESCENTS. Modern Science and Research, 2(9), 390-394. 8. Ikromova, S. (2023). CONCEPT OF IDEOLOGY AND FORMATION OF IDEOLOGICAL IMMUNITY IN YOUTH STUDENTS. Modern Science and Research, 2(6), 1223-1226. 9. Kozimova, N. A. (2023). BUGUNGI TA’LIM TIZIMIDA ZAMONAVIY O‘QUVCHI SHAXSINING IJTIMOIY VA PSIXOLOGIK JIHATLARI. Educational Research in Universal Sciences, 2(10), 44-46.V 10. Abduqahhorovna, N. K. (2023). PSIXOLOGIK KONSULTATSIYAGA MUROJAAT QILUVCHI OTA–ONALARNING FARZAND TARBIYASI MUAMMOLARINI O‘RGANISHDA HADISLARDAN TERAPIYA SIFATIDA FOYDALANISH. 11. Sobirovna, S. Y. (2023). O ‘YIN ORQALI BOLA TAFAKKURI VA NUTQINI OSTIRISH. SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR, 1(3), 93-99. 12. Yulduz, S. (2023). KREATIV YONDASHUVLAR ASOSIDA BOLALAR NUTQI VA TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 23(2), 87-92. 13. Tursunova, Z. (2023). USING INNOVATIVE AND INTERACTIVE METHODS IN NATIVE LANGUAGE AND READING LITERACY CLASSES. Modern Science and Research, 2(10), 777-779. 14. Лукмонова, С. (2022). BO ‘LAJAK BOSHLANG ‘ICH SINF O ‘QITUVCHISINING RAQAMLI TA’LIM RESURSLARIDAN FOYDALANISHGA TAYYORLIGINI SHAKLLANTIRISH: Lukmonova Salomat Gafurovna, Boshlang’ich ta’lim nazariyasi kafedrasi o’qituvchisi, Buxoro davlat universiteti orcid 0000-0001-9040-0232. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (1), 221-226.