48 AMERICAN Journal of Public Diplomacy and International Studies www. grnjournal.us AMERICAN Journal of Public Diplomacy and International Studies Volume 01, Issue 10, 2023 ISSN (E): 2993-2157 Ijtimoiy Himoya Abduxoliqova Husniya Olimjon qizi Samarqand davlat universiteti Kattaqo`rg`on filiali Ijtimoiy ish yo`nalishi 3-bosqich talabasi Annotation: Ushbu maqolada ijtimoiy himoyaning paydo bo`lish tarixi, uning mazmun-mohiyati, dunyo bo`yicha rivojlanish darajasi, ob‘ekti va predmeti, shuningdek, bugungi kunda O`zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy himoya tizimining islohotlari haqida fikr yuritilgan. Keywords: ijtimoiy himoya tizimi, ijtimoiy yordam, ijtimoiy ta‘minot, strategiya, yagona reystr, agentlik, jamg`arma, rivonlantirish. KIRISH Ijtimoiy himoya - keng maʼnoda — mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini taʼminlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy chora-tadbirlar majmui; tor maʼnoda — davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli taʼminlanmagani tufayli yordamga, koʻmakka muhtoj fuqarolar toʻgʻrisidagi gʻamxoʻrligi. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining toʻxtovsiz yaxshilanishini taʼminlash, aholi qatlamlarining taʼlim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini taʼminlashga yordam berishdan iborat. Rivojlangan demokratik jamiyatda Ijtimoiy himoya vazifalarini bajarishni davlat oʻz zimmasiga oladi. „ Ijtimoiy himoya ― tushunchasi birinchi marta 1935-yilda AQShning „Ijtimoiy xavfsizlik boʻyicha qonun― ida qoʻllanilgan, keyinchalik Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalarida bu tushuncha mazmuni mukammallashtirilgan. AQSH, Kanada, Shveysariya kabi mamlakatlarda Ijtimoiy himoyaning koʻpgina muammolari hal etilgan, lekin yechimini topmagan muammolari ham juda koʻp. Shunga qaramay, bu mamlakatlar tajribalaridan foydalanish ahamiyatlidir.Turli mamlakatlarda aholini Ijtimoiy himoya tizimi mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi, demokratik taraqqiyot va uning aholi manfaatiga muvofiqligi, ijtimoiy siyosat darajasi, ijtimoiy taʼminot tizimi kabi omillarga bogʻliq holda amal qiladi. Oʻzbekistonda Ijtimoiy himoya tizimi 20-asrning 20-yillaridan boshlab shakllana boshladi. 90-yillarga kelib, bozor iqtisodiyotiga oʻtish asosida amaldagi islohotlarga mos ravishda yangidan shakllandi. Ayniqsa, milliylik, oʻzlikni anglash, eʼtiqod va anʼanalarning tiklanishi Ijtimoiy himoya tizimiga muhim yangilik boʻlib qoʻshildi. 1 1 https://uz.wikipedia.org/wiki/Ijtimoiy_himoya 49 AMERICAN Journal of Public Diplomacy and International Studies www. grnjournal.us Covid-19 pandemiyasi ijtimoiy himoyaga global e‘tiborni kuchaytirish uchun asosiy katalizator bo`ldi. 2020-2021-yillar davomoda butun dunyo mamlakatlari uning iqtisodiy ta‘siriga javob berish uchun 4000ga yaqin ijtimoiy himoya choralarini amalga oshirdi. Yaxshi ishlab chiqilgan ijtimoiy himoya tizimlari tengsizliklarni kamaytirish, barqarorlikni oshirish va qashshoqlikning avlodlararo aylanishini tugatish orqali uzoq muddatli kuchli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bunday tizimlar va vositalar transformativdir, chunki ular iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni yumshatishga yordam beradi va odamlarga qashshoqlikdan qutulish va jamiyatning samarali a'zosi bo'lish imkoniyatini beradi. Ko'pgina mamlakatlar ijtimoiy himoya vositalarini, masalan, inson kapitalidan foydalanish uchun xavfsizlik tarmog'i dasturlarini qabul qildilar. Ijtimoiy xavfsizlik tarmoqlari qiynalayotgan oilalarni qo'shimcha daromad bilan ta'minlashdan tashqari, axborot va xizmatlardan foydalanish imkoniyatini oshiradi, mehnat unumdorligini oshiradi, qariyalarni himoya qiladi va odamlarni ish qidirayotganda qo'llab-quvvatlaydi. Jahon banki barcha odamlar kerakli yordamga ega bo'lishini va hech qanday shaxs yoki guruhlar ortda qolmasligini ta'minlash uchun universal ijtimoiy himoyani ko'zlaydi. Bu inklyuziv ijtimoiy siyosatning asosidir. Umumjahon ijtimoiy himoya dasturlari bilan birgalikda maqsadli tadbirlar umumbashariy himoyaga erishishda qimmatli rol o'ynaydi. Yaqinda chop etilgan ―Ijtimoiy yordamda maqsadlilikni qayta ko‗rib chiqish: eski dilemmalarga yangi qarash‖ nomli hisobotda 130 dan ortiq mamlakatlarda jahon tajribasiga asoslangan ijtimoiy himoyani yo‗naltirishning afzalliklari va xarajatlari, shuningdek, turli maqsadli aniqlash usullarining ijobiy va salbiy tomonlari har tomonlama tahlil qilingan. Ijtimoiy yordam dasturlari va tizimlarini ishlab chiqish va qabul qilishni rag'batlantirish bo'yicha yutuqlarga erishilgan bo'lsa-da, ish o'rinlari va daromad olish imkoniyatlarini yaxshilash, ijtimoiy sug'urta dasturlarini kengaytirish bo'yicha tashabbuslarga katta miqdorda sarmoya kiritish bir xil darajada muhimdir. 2 Barcha davlatlar qatorida O`zbekistonda ham so`nggi yillarda ijtimoiy himoyaga katta e‘tibor qaratimoqda. Yurtboshimiz ta‘biri bilan aytganda: ‖Yangi O`zbekistonni o`z hayotidan rozi, baxtli insonlar mamlakatiga, har tomonlama rivojlangan ijtimoiy makonga aylantirish ushbu yo`nalishdagi islohotlarimizning asosiy maqsadidir‖ 3 . Xo`sh, aynan ijtimoiy himoya bo`yicha qanday ishlar olib borilmoqda, uning samarasi bo`lyaptimi, mamlakatimizda ijtimoiy himoyaning qamrov darajasi qanday? Quyida biz shu kabi savollarga javob izlaymiz. Eng avvalo, Respublika aholisini ijtimoiy himoya qilishning ustuvor yo`nalishlarini ko`rib o`tamiz: ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR "O„zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash" loyihasi. Aholining kam ta'minlangan va zaif qatlamlarini ijtimoiy yordam tizimiga kiritish va ularning mehnat bozoridagi ishtirokini kengaytirish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Jahon banki ishtirokida "Аholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini mustahkamlash" loyihasini amalga oshirmoqda. O'zbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi o'rtasida 2019-yil 19-iyuldagi 6446-UZ-sonli 50 million AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag'larini ajratish uchun moliyalashtirish shartnomasi imzolandi. Loyiha Jahon banki vitse- prezidentining 2019 yil 18-19 iyul kunlari O'zbekistonga tashrifi chog'ida kelishuvlarni amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" hamda XTU/XTB bilan 2020-21 yillar uchun hamkorlik dasturi 2 https://www.worldbank.org/en/topic/socialprotection/overview 3 Mirziyoyev Sh. M. Yangi O`zbekiston strategiyasi. – T: 199-bet. 50 AMERICAN Journal of Public Diplomacy and International Studies www. grnjournal.us doirasida amalga oshirilmoqda. Loyihani amalga oshirish muddati 5 yildan iborat. (2020-2024). Loyiha qashshoq oilalarning mehnatga layoqatli ishsiz a'zolari, aholi bandligiga ko'maklashish markazlarida (ABKM) ro'yxatdan o'tgan ishsizlar va boshlang'ich tadbirkorlarga ko‘maklashishga qaratilgan. 4 Prezident Sh. Mirziyoyev tomonidan 25.07.2022 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Hujjat bilan aholini ijtimoiy himoya qilishning ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi:  ijtimoiy yordamga muhtoj va ijtimoiy nafaqa tayinlash mezonlariga javob beradigan barcha oilalar va shaхslarni ijtimoiy yordam dasturlari bilan qamrab olish;  majburiy ijtimoiy kafolatlardan, shu jumladan, ijtimoiy himoya turlaridan foydalanish imkoniyatini sohani raqamlashtirish hisobiga kengaytirish, ushbu jarayonga ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini joriy qilish;  aholi uchun majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta‘minlash, ehtiyojmand qatlamlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish;  nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich oʻtish hamda imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaхslarning bandligini ta‘minlash;  aholining muhtoj qismini zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan ta‘minlash;  ijtimoiy хizmatlarni aholiga bevosita mahalla darajasida koʻrsatish amaliyotini joriy etish. 5 O‗zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi (keyingi o‗rinlarda — Strategiya) aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini rivojlantirish bo‗yicha 2030-yilgacha bo‗lgan davrda ustuvor yo‗nalishlarni va kompleks chora-tadbirlarni belgilab beradi hamda uning ―Yo‗l xarita‖si amalga oshirilishi natijasida ko‗zda tutilgan maqsadli ko‗rsatkichlarga erishish ta‘minlanadi. Strategiya Xalqaro mehnat tashkilotining ijtimoiy himoyaning minimal darajalari bo‗yicha 202-son tavsiyalariga muvofiq, barcha fuqarolar uchun minimal ijtimoiy himoya darajasini kafolatlaydigan tizimni yaratishni nazarda tutadi. Strategiya quyidagi davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya dasturlarini qamrab olgan: 1) Ijtimoiy yordam dasturlari doirasida: 2) Ijtimoiy ta‘minot dasturlari doirasida: 3) Ijtimoiy xizmatlar dasturlari doirasida: 4) Mehnat bozoridagi faol chora-tadbirlar dasturlari doirasida 6 NATIJALAR So‗nggi yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish, ijtimoiy himoya sohasiga O‗zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‗lar miqdorini oshirish va qo‗shimcha resurslarni jalb qilish, ijtimoiy himoya dasturlari qamrovini kengaytirish va oilalarni og‗ir hayotiy holatlardan olib chiqishga qaratilgan qo‗shimcha mexanizmlarni joriy etish yo‗nalishlarida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan: 4 https://mehnat.uz/oz/pages/ozbekistonda-ijtimoiy-himoya-tizimini-mustahkamlash-loyihasi 5 https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/aholini_ijtimoiy_himoya_qilish_strategiyasi_tasdiqlandi 6 https://lex.uz/docs/-6130265 25.07.2022 yildagi PF-175-son https://uza.uz/uz/posts/ozbekiston-respublikasi-aholisini-izhtimoiy-himoya-qilish-strategiyasini-tasdiqlash-togrisida_393010 https://lex.uz/docs/-6130265 51 AMERICAN Journal of Public Diplomacy and International Studies www. grnjournal.us - kam ta‘minlangan oilalarni aniqlash va ularga manzilli yordam ko‗rsatish maqsadida ―Ijtimoiy himoya yagona reyestri‖ axborot tizimi joriy qilindi; - kam ta‘minlangan nafaqa oluvchi oilalar soni oxirgi uch yilda to‗rt barobarga oshib, 1,9 millionga yetdi; - kam ta‘minlangan oilalardagi bolalarni parvarishlash uchun to‗lanadigan nafaqa qamrovi kengayib, nafaqa tayinlashda inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshirildi, mazkur to‗lov muddati 6 oydan 12 oygacha hamda nafaqa miqdori o‗rtacha 1,5 barobarga oshirildi; - ishsizlik nafaqalarining eng kam miqdori 3,2 baravarga oshirildi, aholini bandligini ta‘minlashga qaratilgan 20dan ortiq yangi instrumentlar joriy etildi. Shavkat Mirziyoyev 30-may kuni O‗zLiDeP partiya s‘ezdida saylovoldi dasturini taqdim etar ekan, shunday dedi: ―Ijtimoiy himoya faqat pul berish bilan cheklanib qolmoqda. Aslida, bu tizimning vazifasi aholini og‗ir ahvoldan chiqarish va jamiyatda o‗z o‗rnini egallashi uchun ko‗mak berishdan iborat bo‗lishi kerak. Misol uchun, bizda og‗ir vaziyatga tushgan 30 ta toifadagi 9 mln aholi bor. Bular — nogironligi bor shaxslar, yolg‗iz keksalar, boquvchisini yo‗qotganlar, oilada zo‗ravonlikka uchragan ayollar‖, — dedi. Ijtimoiy sohani isloh qilish bo‗yicha ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida hozirda 6 ta vazirlikka tarqoq bo‗lgan barcha ijtimoiy xizmatlar birlashtiriladi. Xususan, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etiladi, dedi Shavkat Mirziyoyev. 7 So‗nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‗rsatish ko‗lami va turlarini kengaytirish bo‗yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish xarajatlari YIMga nisbatan 2 baravarga oshib, kam ta‘minlangan nafaqa oluvchi oilalar qamrovi 5 barobarga ko‗paydi hamda nogironligi bo‗lgan shaxslar va nogironligi bo‗lgan bolalarning parvarishi bilan band bo‗lganlar uchun yangi nafaqa turlari joriy etildi. MUHOKAMA Yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyada mehnatga layoqatsiz va yolg‗iz keksalar, nogironligi bo‗lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasida bo‗lishining belgilanganligi mazkur sohani yagona yondashuv asosida isloh qilish zarurligini taqozo etmoqda. Xususan, davlatning nogironligi bo‗lgan shaxslarning ishga joylashishi va ta‘lim olishiga ko‗maklashishi bo‗yicha konstitutsiyaviy majburiyatlari bajarilishini ta‘minlash maqsadida mazkur yo‗nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni samarali muvofiqlashtirish tizimi joriy etilishi talab etilmoqda. Prezident huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi. U fuqarolarning ijtimoiy himoyaga oid huquqlarini ta‘minlash va ijtimoiy xizmatlar sifatini tubdan oshirish maqsadida yaratildi. Shavkat Mirziyoyevning 1-iyundagi farmoni bilan Prezident huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi. Uning Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri 7 /uz/2023/05/30/uzlidep/ https://www.gazeta.uz/uz/2023/05/30/uzlidep/ https://lex.uz/docs/-6445145 https://president.uz/uz/lists/view/6398 52 AMERICAN Journal of Public Diplomacy and International Studies www. grnjournal.us boshqarmalari hamda tuman (shahar)larda ―Inson‖ ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etiladi. Agentlik aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar ko‗rsatish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‗yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi. U o‗z faoliyatini boshqa davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi. Farmonda davlat tomonidan aholini manzilli himoya qilishning asosiy yo„nalishlari belgilab berilgan:  kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy himoya tizimini joriy qilish;  ijtimoiy himoya tizimi samaradorligi va manzilliligini oshirish orqali aholining ko‗makka muhtoj qatlami ijtimoiylashuvini ta‘minlash;  ijtimoiy himoyani mahalla darajasigacha tashkil etish, og‗ir hayotiy ahvolga tushib qolgan aholiga individual yondashuvga muvofiq ijtimoiy xizmat va yordam ko‗rsatishni yo‗lga qo‗yish;  aholining ijtimoiy sug‗urta mexanizmlari bilan qamrab olinishini kengaytirish;  xavf guruhlariga tushib qolgan oilalarni aniqlash va kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‗rsatish orqali ularning og‗ir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish;  nogironligi bo‗lgan shaxslarning hayot kechirishi uchun qulay muhit yaratish. “Yagona milliy ijtimoiy himoya” tizimi 1-oktabrga qadar zarur idoraviy axborot tizimlari va ma‘lumotlar bazalari bilan integratsiyalashgan ―Yagona milliy ijtimoiy himoya‖ axborot tizimini ishga tushirish rejalashtirilgan. Xuddi shu kundan boshlab Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimi agentlik tasarrufiga o‗tkaziladi. Aholiga ko„rsatiladigan barcha turdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar, shu jumladan, kam ta‘minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordamlar bo‗yicha arizalar ―Yagona milliy ijtimoiy himoya‖ axborot tizimi orqali qabul qilinadi.Axborot bazalari ma‘lumotlari asosida har bir fuqaroning iqtisodiy-ijtimoiy holati, ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlarini aks ettiradigan ijtimoiy pasportlar joriy etilmoqda. Ijtimoiy himoya davlat jamg„armasi 1-oktabrdan boshlab Ijtimoiy himoya agentligi huzurida Ijtimoiy himoya davlat jamg‗armasi tuziladi. Farmonda jamg‗arma mablag‗larini oluvchilar hamda moliyalashtirish manbai kesimida ma‘lumotlar shakllanishi va xarajat qilinishining ochiqligi va shaffofligini ta‘minlash mexanizmini joriy etish ko‗zda tutilgan. 8 Bolalar ijtimoiy himoyasi O‗zbekistonda doimo ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‗nalishi hisoblanadi. Bolali oilalar uchun ijtimoiy nafaqalar qamrovi 2017-yilga nisbatan 5 baravarga oshib, 2022-yilda davlat budjetidan 11 trln. so'mdan ortiq mablag' ajratildi. 8 https://lex.uz/docs/-6480342 01.06.2023 yildagi PF-82-son https://lex.uz/docs/-6480342 53 AMERICAN Journal of Public Diplomacy and International Studies www. grnjournal.us Xususan, hozirda bolalar nafaqasi oluvchilar 2 mln. 177 ming oilani yoki oilalar umumiy sonining 23,1 foizini tashkil etadi (18 yoshgacha bo‗lgan 5 mln. 5 ming bola yoki ularning umumiy sonining 42,7 foizi). Shuningdek, 2021-yil sentabr oyidan boshlab, bolali oilalar uchun nafaqa miqdori bolalar soniga qarab oshirildi: • 1 bolali oilalarga 144 ming so‗mdan 250 ming so‗mgacha (3 yoshgacha — 325 ming so‗m) 2022-yilda Pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar soni jami, 4578,1 ming kishini tashkil etmoqda. 2021-yildan boshlab bolali oilalarga ijtimoiy nafaqalar tayinlashda manzillilikni oshirish va shaffoflikni ta‘minlash, subyektiv omillarni kamaytirish maqsadida respublika bo‗ylab ―ijtimoiy himoya yagona reyestri‖ axborot tizimi joriy etildi. Bu qo‗shimcha tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilmasdan, 17 vazirlik va idoralarning ma‘lumotlar bazalari bilan elektron aloqada bo‗lish orqali 70 dan ortiq turdagi ma‘lumotlarni to‗plash va tahlil qilishni ta‘minlashga imkon berdi. Natijada, bolali oilalar uchun ijtimoiy nafaqalar qamrovi 2017-yilga nisbatan 5 baravarga oshdi. 9 Mamlakatimiz hayotiga ―Ijtimoiy himoya yagona reyestri‖ axborot tizimi, degan tushuncha kirib kelganiga roppa-rosa uch yil boʻlyapti. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-apreldagi qaroriga asosan, uning tajribaviy loyihasini oʻtkazishga Sirdaryo viloyati tanlab olindi va 2019-yil 1- oktyabridan boshlab bu ishni amalga oshirishga kirishildi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad bola 2 yoshga toʻlgunga qadar uni parvarishlash, 14 yoshgacha bolalari boʻlganoilalarga nafaqa va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash, ularni toʻlashning avtomatlashtirilgan mexanizmini tatbiq etishga qaratildi. Aslida bu jihatlar yangi tartib-tamoilni joriy qilishning boshlangʻich bosqichiga kiradi. Chunki, u bu jarayonda ijtimoiy nafaqalarni tayinlash uchun inson omilisiz oila va fuqaroning muhtojligini oʻzi aniqlaydigan, nafaqalarni tayinlab, toʻlovlarni amalga oshiradigan hamda nazorat qiladigan, xarajatlar hisobini yuritadigan avtomatlashgan axborot tizimi vazifasini bajaradi. Keyingi bosqichlarda bu tizim ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro va oilalarga davlat tomonidan koʻrsatiladigan pul yoki tovar(xizmat) koʻrinishidagi barcha yordam turlarini, yaʼni bolalarning bepul bogʻchaga qatnashi, oʻquvchilarni bepul darsliklar toʻplami bilan taʼminlash, sogʻliqni saqlash muassasalarida bepul yoki imtiyozli tibbiyot xizmatlarini koʻrsatish, ipoteka kreditlari uchun boshlangʻich badalni toʻlash va boshqa yoʻnalishlarni qamrab oladi. Shu asosda kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam berish jarayonlari tubdan soddalashdi. Jumladan, endilikda ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam olish uchun fuqaro faqatgina oʻz pasporti bilan murojaat etish imkoniyati yaratilgan boʻlib, oilaning zarur maʼlumotlari ―Ijtimoiy himoya yagona reyestri‖ axborot tizimi orqali tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan elektron tarzda olinadi. Ariza beruvchilarning hujjatlari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari orqali Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga taqdim etilgandan soʻng ushbu maʼlumotlar axborot tizimiga kiritiladi. 10 Yuqoridagi islohotlarning samarasi o`laroq birgina 2021-yilda - Ehtiyojmand oilalar, ayollar va yoshlar bilan ishlash bo‗yicha yangi tizim joriy etildi. Ushbu tizim orqali 527 ming nafar insonning bandligi taʼminlandi. 9 https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika 10 https://yuz.uz/uz/news/raqamli-tizimning-savobli-amallari 54 AMERICAN Journal of Public Diplomacy and International Studies www. grnjournal.us - Ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni 2 barobarga – 1,2 mln nafarga kengaydi. Ularni qo‗llab- quvvatlash maqsadida 2016 yilga nisbatan byudjetdan 5 barobar ko„p mablag‗ ajratildi. - O‗z-o‗zini band qilgan aholiga soliq imtiyozlarining berilishi va ko‗plab cheklovlarning bekor qilinishi natijasida 500 ming nafar insonning rasmiy bandligi taʼminlandi. - Dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yerlari uchun 300 mlrd so„m imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratildi. ―Bularning barchasi – ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bo`lgan shaxslarni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash, shuningdek, nogironlikni belgilashning samarali mezonlarini qo`llashga qaratilgan ishlarni faollashtirish bu jabhadagi maqsad-muddaolarga erishishga yordam berishi shubhasiz‖ 11 XULOSA Xulosa qilib aytish mumkinki, ijtimoiy himoya bu- ijtimoiy va iqtisodiy xavf va zaiflikni kamaytirish, o`ta qashshoqlik va mahrumlikni yumshatishga qaratilgan tadbilar majmuasidir. Ijtimoiy himoya tizimlari kambag`al va zaif odamlarga inqiroz va zarbalarni yengishda, ish topishda va qarigan aholini himoya qilishda yordam beradi. Ijtimoiy himoya nafaqat ijtimoiy rivojlanish, balki iqtisodiy o`zgarishlarga ham hissa qo`shadi. Bugungi kungacha mamlakatlar maqtovga sazovor yutuqlarga erishdi, ammo butun dunyo bo'ylab milliardlab odamlar hali ham tegishli ijtimoiy himoyadan foydalanmayapti. Ijtimoiy himoyaning yo'qligi odamlarni hayot davomida qashshoqlik, tengsizlik va ijtimoiy chetlanishga qarshi himoyasiz qoldiradi. Buning yechimi universal ijtimoiy himoyadir. Umumjahon ijtimoiy himoya BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning kalitidir. Busiz biz qashshoqlikni bartaraf eta olmaymiz, tengsizliklarni kamaytira olmaymiz yoki gender tengligiga erisha olmaymiz. Ijtimoiy himoya inson huquqidir. Bu barcha uchun sog'liqni saqlash xizmatidan foydalanish va daromad xavfsizligini ta'minlaydi. Siz kasal bo'lganingizda, ishsiz bo'lganingizda, jarohatlanganingizda, homilador bo'lganingizda yoki ishlash uchun juda qari bo'lsangiz, u sizni va oilangizni ta'minlaydi. U sizga biror narsa yuz berganda oilangizga yordam beradi. Ijtimoiy himoya sizga xotirjamlik va yaxshi kelajakka umid baxsh etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Mirziyoyev Sh. M. Yangi O`zbekiston strategiyasi – Toshkent-2021 2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Ijtimoiy_himoya 3. https://www.worldbank.org/en/topic/socialprotection/overview 4. https://mehnat.uz/oz/pages/ozbekistonda-ijtimoiy-himoya-tizimini-mustahkamlash-loyihasi 5. https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/aholini_ijtimoiy_himoya_qilish_strategiyasi_t asdiqlandi 6. https://lex.uz/docs/-6130265 25.07.2022 yildagi PF-175-son 7. https://lex.uz/docs/-6480342 01.06.2023 yildagi PF-82-son 8. /uz/2023/05/30/uzlidep/ 9. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika 10. https://yuz.uz/uz/news/raqamli-tizimning-savobli-amallari 11 Mirziyoyev Sh. M. Yangi O`zbekiston strategiyasi. – T: 209-bet https://uz.wikipedia.org/wiki/Ijtimoiy_himoya https://www.worldbank.org/en/topic/socialprotection/overview https://mehnat.uz/oz/pages/ozbekistonda-ijtimoiy-himoya-tizimini-mustahkamlash-loyihasi https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/aholini_ijtimoiy_himoya_qilish_strategiyasi_tasdiqlandi https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/aholini_ijtimoiy_himoya_qilish_strategiyasi_tasdiqlandi https://lex.uz/docs/-6130265 https://lex.uz/docs/-6480342