145 Journal of Public Diplomacy and International Studies www. grnjournal.us AMERICAN Journal of Public Diplomacy and International Studies Volume 02, Issue 02, 2024 ISSN (E):2993-2157 Urgut Tuman Aholisining O‘Zgarish Dinamikasi Urokov Firdavs Ortikniyozovich Samarqand Iqtisodiyot Va Sevis Instituti Assistenti Jabborov Ulugbek Gabborovich Samarqand Iqtisodiyot Va Sevis Instituti Iqtisodiyot Fakulteti Talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada Samarqand viloyatida joylashgan Urgut tumani aholisining statiatikasi xususida so‘z boradi. Shunngde, aholining tabiiy harakatlari, o‘zgarish sur’atlari va boshqa bir qancha ko‘rsatkichlar qiyosiy tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: aholi, aholi ko‘payishi, demografik ko‘rsatkichlar, hududiy maydonlar, tug‘ilish va o‘lim soni, migratsiya, immigratsiya, tabiiy o‘sish. Kirish. Urgut tumani1 – Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman. 1926-yil 29- sentabrda tashkil etilgan. Aholisi 2021-yil 1-oktabr holatiga koʻra 528,900 kishi.[1] Samarqand viloyatining janubiy-sharqiy qismida joylashgan. Shimoliy sharqda Zarafshon daryosi orqali Bulungʻur tumani, shimolda Toyloq, shimoliy gʻarbda va gʻarbda Samarqand tumanlari, sharqda Tojikiston Respublikasi, janubda Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 1120,3 km². Aholisi 564 ming kishi (2022). Tumanda bitta shahar (Urgut), 14 ta qishloq fuqarolari yigʻini (Baxrin, Beshbuloq, Jartepa, Ilonli, Ispanza, Mirzaqishloq, Beshkapa 1 va Beshkapa 2, Sanchiqul, Uramas, Yangiariq, Qoratepa, Gʻoʻs, Buloqboshi) bor. Markazi – Urgut shahri2. Tashkil topgan vaqti – 1964-yil 31-dekabr. Umumiy maydoni – 1,12 ming km2. Shahar tipidagi posyolkalar (shaharchalar) soni – 7 ta. Mahalla fuqarolari yig‘inlari soni – 120 ta, shundan shahar mahallalari soni – 40 ta, qishloq fuqarolari yig‘inlari soni – 12 ta. Qishloq aholi punktlari – 115 ta. 2024-yil 1-yanvar holatidagi doimiy aholi soni –559226 kishi (erkaklar – 284101, ayollar – 275125). Samarqand shahrigacha bo‘lgan masofa – 35 km. Chegaradosh respublika- Tojikiston, viloyat – Qashqadaryo, tumanlar – Tayloq, Samarqand, Bulung‘ur. Urgut – Samarqand viloyatidagi shahar va qishloq tumani nomi. Toponim tarixiy manbalarda Arkut shaklida uchraydi. S.Qoraevning bergan ma’lumotiga qaraganda, O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida ham Urgut nomli joylar uchraydi. Masalan, Farg‘ona vodiysida, Xorazmda. Shunday ekan, toponimni Arg‘u qabilasi nomi bilan bog‘lash mumkin. Mahmud Koshg‘ariy arg‘u – turk qabilasi nomi deb yozadi . 1https://uz.wikipedia.org/wiki/Urgut_tumani 2 https://samarkand.uz/towns_districts/urgut 146 Journal of Public Diplomacy and International Studies www. grnjournal.us 1-rasm 2019 - yil dekabr oyi holatiga ko‘ra, Urgut tumani aholi soni 494.6 ming nafarni tashkil etmoqda. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, shundan 0.286 ming nafari ko’chib kelgan va 0.979 ming nafari ko’chib ketganini ko’rishimiz mumkin; 2023- yilga kelib Urgut tumani doimiy aholisi soni 559.2 ming kishiga yoki 11.5 foizga oshgan. Tug‘ilish va o‘lim darajasi 2019 yilga nisbatan qariyb 8.4 foizga o‘sgan. O‘shanda Urgut shahari aholisi soni 208.2 ming kishini (jami Urgut aholi sonidagi ulushi 42.1 %), qishloq aholisi soni esa 286.4 ming kishi (57.9%)ni tashkil qilgan. Urgut tumani aholisining so’nggi 5 yillik ma’lumotini tahlil qiladigan bo’lsak, har yili yildan-yilga aholi soni oshib borganligini ko’rishimiz mumkin; Hozirgi kunda urgut tumani aholisi soni 559.2 ming nafardan ortiq boʻlib (2023-yil dekabr oyi holatiga koʻra), urgut shahari aholisi 234.6ming kishini tashkil etadi. Samarqand viloyati aholi sonining 13%ni urgut tumani aholisi tashkil etadi. So’nggi yillarda Urgut tumanida ichki migratsiya harakatlarining oshishi kuzatilmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri, Urgut tumani erkin iqtisodiy zonani tashkil qilinganligi va ishlab chiqarishning keskin oshganligi, invistitsiyalar soni ko’payganligi sabab bo‘lmoqda. Doimiy aholi sonining shahar va tumanlar bo‘yicha taqsimlanishi 1- yanvar holatiga, ming kishi 2021- yil 2022- yil O‘sish sur’ati, % da Viloyat bo‘yicha 4031,3 4118,4 102,2 Samarqand sh. 561,8 573,2 102,0 Kattaqo‘rg‘on sh. 91,9 93,6 101,8 tumanlar: Oqdaryo 165,1 169,1 102,4 Bulung‘ur 193,4 197,5 102,1 Jomboy 180,4 184,8 102,4 Ishtixon 264,4 270,1 102,2 Kattaqo‘rg‘on 282,3 287,9 102,0 Qo‘shrabot 136,4 139,1 102,0 Narpay 219,1 223,4 102,0 Payariq 260,3 266,9 102,5 Pastdarg‘om 367,4 374,9 102,0 Paxtachi 147,9 150,0 101,4 147 Journal of Public Diplomacy and International Studies www. grnjournal.us Samarqand viloyatida 2023- yil 1- yanvar holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 245,6 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 5,2 kishiga ortgan (2022- yilda 1 kv.km.ga 240,4 kishi). Shahar va tumanlar bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, aholi zichliginig eng yuqori ko‘rsatkichi Kattaqo’rg’on shahrida 9360,0 kishi, Samarqand shahrida 4776,7 kishi, Toyloq tumanida 770,4 kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Nurobod tumani 32,8 kishi, Qo‘shrabot tumani 64,4 kishi, Paxtachi tumani 108,7 kishini tashkil etgan. 2022- yil yanvar- dekabr oylarida 111,6 mingta bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 27,4 promilleni tashkil etdi hamda bu ko‘rsatkich 2021- yilga nisbatan 0,3 promillega kamayganligi kuzatildi (2021- yilda 27,7 promilleni tashkil etgan) 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida 19,3 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, har 1000 aholiga o‘lim koeffitsiyenti 4,7 promilleni tashkil etgan (2021- yilning yanvar- dekabr oylarida 4,7 promille bo‘lgan) 2022 yilning yanvar- dekabr oylarida qayd etilgan o‘lim holatining 54,6 % i – qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 6,5 % i – o‘simtalardan, 9,4 % i – nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 5,5 % i – baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 4,6 % i – ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 1,0 % i – yuqumli va parazitar kasalliklardan, 18,4 % i boshqa kasalliklardan vafot etganlar. 2022- yil yanvar- dekabr oylarida viloyat bo‘yicha doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar jami soni 9 071 kishini tashkil etdi. Doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlar soni jami 14 276 kishini, migratsiya saldosi minus 5 205 kishini tashkil etdi. (2021- yil yanvar- dekabr oylarida minus 8 045 kishini tashkil etgan). Foydalanilgan manbalar: 1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Urgut_tumani; 2. https://samarkand.uz/towns_districts/urgut; 3. www.stat.uz; 4. www.samstat.uz; 5. www.ziyonet.uz. Samarqand 261,5 267,2 102,2 Nurobod 156,3 159,3 101,9 Urgut 532,6 545,7 102,5 Toyloq 210,5 215,7 102,5