American Journal of Technology and Applied Sciences ISSN (E): 2832-1766| Volume 5, | Oct., 2022 P a g e | 1 www.americanjournal.org OLIY TA’LIM MUASSASASINING ELEKTRON AXBOROT- TA’LIM MUHITI VA UNI SHAKLLANTIRISH ASOSLARI A. A. Mamasoliyev, TDTU Qo‘qon filiali o‘qituvchisi A B S T R A C T K E Y W O R D S Maqolada oliy ta’lim muassasalarining elektron axborot-ta’lim muhiti islohotlari, ularning zamonaviy bosqichi hamda jamiyatda yuz berayotgan yangilanishlarning tezkorligi haqida so’z boradi. Hozirgi kunda ta’lim muassasalariga qo‘yilayotgan yangi va yanada yuqori talablarga imkon qadar tezroq moslashish hamda uni shakllantirish jihatidan zamonaviy talablarni ishlab chiqarish va ularni mavjud mezonlarini o’zgartirish muhim ahamiyat kasb etadi. The article discusses the reforms of the electronic information- educational environment of higher education institutions, their current stage and the speed of updates in society. It is important to adapt to the new and higher requirements of educational institutions as soon as possible, as well as to develop modern requirements and change them to existing criteria. В статье рассматриваются реформы электронной информационно-образовательной среды высших учебных заведений, их современный этап и скорость обновления в обществе. Важно как можно быстрее адаптироваться к новым и более высоким требованиям образовательных учреждений, а также разработать современные требования и изменить их под существующие критерии. elektron pochta, telekommunikatsiy a, internet, axborot, dastur, resurs, multimedia, indeks. электронная почта, телекоммуникаци и, интернет, информация, программное обеспечение, мультимедиа, ресурсы, индекс. email, telecommunication s, internet, information, software, multimedia, resources, index. Kirish Ta’lim islohotlarining zamonaviy bosqichi jamiyatda yuz berayotgan yangilanishlarning tezkorligi, ta’lim muassasalariga qo‘yilayotgan yangi, yanada yuqori talablarga tezroq moslashish bilan bog‘liq dolzarb vazifalarni ilgari surmoqda. Bunday sharoitlarda ta’lim muassasasini rivojlantirish va zamon talablari darajasida faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar salmog‘i uzluksiz ortib boradi. Qo‘yilayotgan vazifalarning deyarli barchasi tamoyil jihatdan yangi talablarni keltirib chiqaradi va ularni hal qilishda jamoaning faqatgina mavjud tajriba asosida ish ko‘rishi yetarli bo‘lmay qoladi. Ta’lim muassasalarini boshqarish nazariyasi va amaliyoti borasidagi tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, zamonaviy sharoitda ta’lim muassasasini boshqarish undagi axborotlar almashinuvini American Journal of Technology and Applied Sciences Volume 5, Oct., 2022 P a g e | 2 www.americanjournal.org boshqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Bu o‘z navbatida ta’lim muassasasi faoliyatini takomillashtirishda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish hisobiga erishish mumkinligini ko‘rsatadi va bu yo‘nalishda maqsadli izlanishlar olib borish zaruriyatini keltirib chiqaradi1. 2Ta’lim muassasasining elektron axborot ta’lim muhitini yaratish sof texnik masala bo‘lib qolmasdan, balki buning uchun muassasaning ilmiy-metodik, tashkiliy va pedagogik imkoniyatlarini tizimli yondashuv asosida ishga solish talab etiladi. Fikrimizga ko‘ra, «elektron axborot-ta’lim muhiti» tushunchasini aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini ta’minlovchi dasturiy, axborot-texnik, o‘quv-metodik tizimlar majmuidir, deb ta’riflash mumkin. Elektron axborot-ta’lim muhiti quyidagi tipologik belgilarga ko‘ra tavsiflanadi: 1. Har qanday darajadagi elektron axborot-ta’lim muhiti tizimlilik tabiatiga ega murakkab tuzilmali ob’ekt bo‘lib hisoblanadi. 2. Elektron axborot-ta’lim muhitining yaxlitligi tizimlilikka erishish tushunchasi bilan bir ma’noni, ularning uyg‘unligini anglatib, o‘quv muassasasi bitiruvchisining shaxsiy va kasbiy modelini amalga oshirishdagi ta’lim-tarbiya maqsadlarini o‘zida mujassamlashtiradi. 3. Elektron axborot-ta’lim muhiti ta’lim va tarbiya ishlarining samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omil bo‘lishi bilan birga uning vositasi hamdir. Shu bilan bir qatorda, axborot-ta’lim muhitini ta’riflashda bir qancha o‘zaro farq qiluvchi qarashlar mavjud, jumladan:  shaxs bilan ta’lim muhitining sub’ekt sifatida uzviy bog‘langan axborot, texnik, o‘quv- metodik ta’minotning tizimli tashkillashtirilgan majmuasi;  an’anaviy hamda elektron axborot tashuvchilar, virtual kutubxonalar, taqsimlangan ma’lumot bazalari, o‘quv-metodik majmualarini mujassamlashtiruvchi kompyuter, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari integratsiyasi asosida qurilgan yagona axborot ta’lim muhiti. Fikrimizga ko‘ra, axborot ta’lim muhitini yaratishda va uni boshqarishda tizimli yondashuvni joriy qilish talab etiladi. Ushbu yondashuvning dastlabki bosqichida zamonaviy ta’lim mazmuniga mos ravishda ta’lim muassasasi axborot-ta’lim muhiti maqsadi belgilanadi. Pedagogik faoliyatda ta’lim maqsadi tizimlashtiruvchi vazifani bajaradi. Aynan belgilangan maqsad ta’lim mazmuni, maqsadi, tashkiliy shakllarini tanlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Zamonaviy ta’limning maqsadi – mutaxassis modeli talablariga mos ravishda shakllantiriladigan bilim, ko‘nikma va malakalar tizimidan tarkib topib, u tegishli ta’lim standartlarida o‘z aksini topadi. Bundan tashqari respublikamiz Kadrlar tayyorlash milliy modeli talablariga ko‘ra talaba shaxsi pedagogik jarayon ob’ektigina bo‘lib qolmasdan, uning sub’ektiga ham aylanib bormoqda. Bunday holatlarda talaba mustaqil ta’limining ahamiyati ortadi va quyidagi ko‘nikma va malakalarni shakllantirish talab etiladi: 1. Mustaqil ta’lim olishni rejalashtirish ko‘nikma va malakalari:  mustaqil faoliyat yuritishning shaxsiy rejasini tuzish;  reja asosida maqsadli faoliyat yuritish;  o‘z faoliyatini nazorat qilib, unga zarur tuzatishlar kiritib borish. 2. Internet ilmiy hamda o‘quv axborotlaridan foydalana olish ko‘nikma va malakalari:  ilmiy va o‘quv axborotlari mustaqil aniqlash;  yangi axborotlarni mustaqil tahlil qilish va baholay olish; 1 “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. Toshkent sh. 2002 yil 6 iyun. 2 Begimqulov U.SH. Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. American Journal of Technology and Applied Sciences Volume 5, Oct., 2022 P a g e | 3 www.americanjournal.org  hal etilishi lozim bo‘lgan muammo nuqtai nazaridan Internetdan axborot manbalarini qidirish va topish;  olinayotgan axborotlar mazmunidagi yangi va istiqbolli yangiliklarni ko‘ra olish. 3. Elektron axborot-ta’lim resurslari ustida ishlash ko‘nikma va malakalari:  elektron qo‘llanmalar va kataloglardan tizimli ravishda foydalanish;  Internetdan olingan ilmiy, o‘quv va boshqa adabiyotlar ro‘yxatini bibliografiya qoidalari asosida yurita olish. 4. Zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari orqali taqdim etilgan ma’ruzalarni o‘zlashtirish ko‘nikma va malakalari:  ma’ruzalar mavzusi va rejasini, adabiyotlar ro‘yxatini belgilab olish;  taqdim etilgan axborotlarni to‘g‘ri qabul qilish;  asosiy muammo, g‘oya va xulosalarni ajrata olish;  asosiy mazmunni o‘z so‘zlari bilan qisqacha yozib olish;  taqdim etilgan axborotlarni qayta ishlash, saqlash va ular mazmunini ta’limiy maqsadlarda qo‘llab borish. 5. Elektron darslik bilan ishlash ko‘nikma va malakalari: elektron darslik bilan umumiy holatda tanishish, uning muallifi, mazmuni, xulosasi, illyustratsiyalari hamda annotatsiyalarini bilish;  elektron darslikning mantiqiy tuzilmasini ajratib olish;  o‘rganilayotgan mavzuni to‘laqonli tushunib olish uchun qo‘shimcha qo‘llanmalar: animatsiya, lug‘at, ensiklopediya, ma’lumotnomalardan foydalana olish;  olingan ma’lumotlarni tezislar, konspektlar ko‘rinishida qayd etib borish. Elektron axborot-ta’lim muhiti quyidagi uchta asosiy vazifalarni bajaradi:  tashqi muhit sub’ektlariga zamonaviy axborot texnologiyalar yordamida ta’lim muassasasining axborot-ta’lim muhiti to‘g‘risida tasavvur hosil qilishga yordamlashish;  ta’lim muassasasi xodimlarining o‘zaro hamkorligini oshirish va o‘zaro axborot-ta’lim resurslari almashishi muhitini yuzaga keltirish;  ta’lim muassasasida axborot-ta’lim muhiti vositalari orqali samarali axborot almashinuvini tashkil etish va boshqarish. Ta’lim muassasasida axborot-ta’lim muhiti maqsadini belgilash uchta jarayonning davriy ketma- ketligini e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi:  birinchi davrda muhitni tahlil qilish natijalari o‘rganiladi;  ikkinchi davrda – mos ravishda amalga oshiriladigan tadbirlar belgilab olinadi;  uchinchi davrda bevosita ta’lim muassasasining axborot-ta’lim muhiti maqsadi ishlab chiqiladi. Oliy pedagogik ta’lim muassasasida elektron axborot-ta’lim muhitining maqsadi bo‘lajak o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar bilan bevosita bog‘liq holda ishlab chiqiladi. O‘z navbatida bo‘lajak o‘qituvchi shaxsini shakllantirishda oliy pedagogik ta’lim muassasasini bitirgandan keyingi mehnat faoliyati davomida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirib borishiga qaratilgan sifatlarni tarkib toptirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shu o‘rinda, ta’kidlash joizki respublikamizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari «kasb» tushunchasiga yangicha talqinda qarashni talab etmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy modeli talablariga ko‘ra zamonaviy kasb egasi tayyor kasbiy bilimlar to‘plamini egallaganligi bilan emas, balki kasbiy jihatdan rivojlanishga xizmat qiluvchi qobiliyatlarga American Journal of Technology and Applied Sciences Volume 5, Oct., 2022 P a g e | 4 www.americanjournal.org egaligi, o‘z kasbiy darajasini tahlil qila olishi, jamiyat va ishlab chiqarishning yangilanib borayotgan talablariga mos ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtirishga tayyorligi bilan tavsiflanadi3. Sanab o‘tilgan sifatlar asosini butun umr davomida yangi bilimlarni egallash orqali uzluksiz kasbiy tayyorgarlikni amalga oshirishga qaratilgan rivojlanish jarayoni tashkil qiladi. Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida ta’lim mazmunini takomillashganlik darajasi bu kabi talablarga javob bera oladigan mutaxassisni tarbiyalash muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Axborotlashgan jamiyatda ta’lim mazmuni deganda egallanishi talab etiladigan ilmiy bilimlar, amaliy ko‘nikma va malakalar, shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan ta’limiy g‘oyalar tizimi tushunilib, uning tarkib topishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:  jamiyat ehtiyojlari;  soha olimlarining zamonaviy metodologik qarashlari;  ilmiy-texnik taraqqiyot (zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalar hamda tizimlari);  ta’lim tizimining o‘zida yuzaga keluvchi, ta’lim sifati, zamonaviyligi hamda ommaviyligini ta’minlashga qaratilgan ehtiyojlar. Zamonaviy axborot texnologiyalari negizidagi ta’lim mazmuni quyidagi mezonlar asosida shakllantiriladi:  ta’lim mazmunining zamonaviy fan yutuqlari darajasiga mosligi;  o‘quv materiali murakkablik darajasini bilim oluvchilarning amaldagi imkoniyatlari, qo‘llanilayotgan axborot texnologiyalari bilan muvofiqligi;  mazmun hajmini o‘zlashtirish uchun ajratilgan vaqt miqdoriga mosligi;  xalqaro tajribalarning inobatga olinganligi;  bo‘lajak pedagogni kelajakdagi kasbiy faoliyatida foydalanadigan texnik hamda dasturiy vositalar, axborot hamda telekommunikatsiya texnologiyalarini o‘zlashtirishi. Bugungi kunda ta’lim sohasini rivojlantirishda pedagogik xodimlar malakasini oshirishda ilg‘or texnologiyalar hamda ta’lim vositalarini qo‘llash bilan bog‘liq qator muammolar mavjud. Axborotlashgan jamiyat endilikda o‘qituvchiga talabalarning o‘quv faoliyatini boshqaruvini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yangi shart-sharoitlarni yuzaga keltirdi. O‘qitish jarayoni o‘qituvchi va ta’lim oluvchining o‘zaro hamkorligi tamoyillari asosida quriladi, buni takomillashtirish uchun zamonaviy pedagogik hamda axborot texnologiyalarini mukammal darajada egallash talab etiladi. Bundan tashqari zamonaviy axborot texnologiyalari o‘qituvchiga qator muhim vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi – endi o‘qituvchi nafaqat o‘z mutaxassisligi yo‘nalishida, balki mavjud o‘qitish konsepsiyalari, metodika sohasidagi ilg‘or yo‘nalishlar, bilishning psixologik xususiyatlari, o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalarining imkoniyatlarini bilishi lozim. Bu vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun esa malaka oshirish tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishi, sohadagi ilg‘or ta’lim metodlari va shakllarini tatbiq qilish borasida doimiy ravishda ish olib borilishini taqozo etadi. Oliy ta’lim muassasalari pedagoglarining malakasini oshirish an’anaviy tizimi pedagoglarning yangi axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laligicha ta’minlay olmaydi, shu sababli ularning axborotga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga qaratilgan elektron axborot-ta’lim muhitini yuzaga keltirish taqozo etilmoqda. Bunday muhitda pedagoglar masofaviy malaka oshirish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. 3 O’zbekiston Respublikasi ―Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖ //Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997. – 31-61-b American Journal of Technology and Applied Sciences Volume 5, Oct., 2022 P a g e | 5 www.americanjournal.org Elektron axborot-ta’lim muhitida har bir o‘qituvchining o‘z malakasini oshirish borasidagi mustaqil ta’limi hal qiluvchi ahamiyat kasb etib, bunda ular malaka oshirish yo‘nalishi, o‘rganiladigan fanlar, mustaqil ta’lim olish manbalarini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Axborotlashgan jamiyat talablarini o‘zgarishiga mos holda ta’lim muassasasi elektron axborot-ta’lim muhitining takomillashib borishi bugungi kunning ob’ektiv zaruriyatidir. Axborot ta’lim muhitini takomillashib borishi quyidagi boshqaruv vazifalarining bajarilishini taqozo etadi: – belgilab olingan maqsadlarga mos ravishda ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish; – tanlangan maqsad hamda ta’lim muassasasidagi jarayonlarning o‘zaro muvofiqligini ta’minlash. Har qanday maqsadni amalga oshirish jarayonini boshqarish harakatlar dasturini ishlab chiqish darajasida aniqlashtirib olish talab etiladi. Ishlab chiqilgan maqsadlar asosida muassasa axborot-ta’lim muhitining tizimlarini rivojlantirish dasturi shakllantiriladi va ularning ro‘yobga chiqarilishi orqali mutaxassislarni shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv talablari asosida samarali tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Shunday qilib, pedagogik ta’lim jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarish pedagogik ta’limning elektron axborot-ta’lim muhitini, integrallashgan axborot-ta’lim resurslarini yaratishni ta’lim sifatini oshiruvchi omil sifatida tadqiq etishni taqozo etadi. Xulosa Bugungi kunda ta’lim sohasini rivojlantirishda pedagogik xodimlar malakasini oshirishda ilg‘or texnologiyalar hamda ta’lim vositalarini qo‘llash bilan bog‘liq qator muammolar mavjud. Axborotlashgan jamiyat endilikda o‘qituvchiga talabalarning o‘quv faoliyatini boshqaruvini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yangi shart-sharoitlarni yuzaga keltirdi. O‘qitish jarayoni o‘qituvchi va ta’lim oluvchining o‘zaro hamkorligi tamoyillari asosida quriladi, buni takomillashtirish uchun zamonaviy pedagogik hamda axborot texnologiyalarini mukammal darajada egallash talab etiladi. Bundan tashqari zamonaviy axborot texnologiyalari o‘qituvchiga qator muhim vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi – endi o‘qituvchi nafaqat o‘z mutaxassisligi yo‘nalishida, balki mavjud o‘qitish konsepsiyalari, metodika sohasidagi ilg‘or yo‘nalishlar, bilishning psixologik xususiyatlari, o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalarining imkoniyatlarini bilishi lozim. Bu vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun esa malaka oshirish tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishi, sohadagi ilg‘or ta’lim metodlari va shakllarini tatbiq qilish borasida doimiy ravishda ish olib borilishini taqozo etadi. Xulosа qilib аytаdigаn bo‘lsаk, oliy ta’lim muassasalarida kompyuter tarmoqlaridan foydalanishning ilmiy-metodik asoslarini qo‘llаsh tаlаbаlаrning ongli, tez, terаn fikrlаshlаridа yangi pedagogik texnologiyalar va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish muhim rol o‘ynаydi. Shuningdek o’qituvchi o’z fanini mukammal o‘zlаshtirib, o‘z fаoliyаtidа zamonaviy pedagogik texnologiyalar va vositalarni аmаliyotdа unumli qo‘llаy olsа, tа’limni, sifаt vа sаmаrаdorligigа erishish, rаqobаtbаrdosh kаdrlаr tаyyorlаshni kаfolаtlаsh imkoniyаtigа egа bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati 1. “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. Toshkent sh. 2002 yil 6 iyun. 2. O’zbekiston Respublikasi ―Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖ //Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997. – 31-61-b. American Journal of Technology and Applied Sciences Volume 5, Oct., 2022 P a g e | 6 www.americanjournal.org 3. Aripov M., Begalov B., Begimqulov U., Mamarajabov M. “Axborot texnologiyalari”. Oliy va o‘rta maxsus ta’limi uchun o‘quv qo‘llanma. “Noshir” nashriyoti, T.: – 2009, 368 b. 4. Begimqulov U.Sh., Djurayev R.X va boshqalar “Pedagogik ta’limni axborotlashtirish: nazariya va amaliyot“ // monagrafiya . – Toshkent, 2011 y. 5. M.Aripov, M.Muhammadiyev. Informatika, informasion texnologiyalar. Darslik. T.: TDYuI, 2004 y. Ta’lim muassasalarida yagona axborot-kommunikatsiya muhitini tashkil etishning metodik asoslari // J. Pedagogik ta’lim. – Toshkent, 2006. – № 4. – B. 61-64.