id	author	title	date	pages	extension	mime	words	sentence	flesch	summary	cache	txt
egc-195	Ahmadjonov To’lqinbek Akramjon o’g’li	TALABALARNI IJTIMOIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH	2024	4	.pdf	application/pdf	1150	55	22	Yuqoridagi omillar ta'siri ostida talabalarning ijtimoiy kompetentligi ularning ijtimoiy bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirishga, ijtimoiy va kasbiy fazilatlarni egallash va takomillashtirishga yordam beradi, bu ularga ijtimoiy- siyosiy jarayonlarda eng muvaffaqiyatli harakat qilish, raqobatbardosh mutaxassis bo‘lish, zamonaviy mehnat bozorida muvaffaqiyatli hamkorlik qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish, bandlik xizmati organlari bilan hamkorlik qilish, va ijtimoiy muhitdagi o‘zgarishlar, shu bilan shaxsning o‘ziga xos xususiyati sifatida ijtimoiy kompetentlikni shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadi. Talabalar ijtimoiy faolligini rivojlantirishda quyidagi komponentlarga asoslanish zarurligi bob mazmuniga singdirildi: o‘z-o‘zini anglashning yuksak darajasi; fuqarolik, o‘z qadr-qimmatini his qilish, o‘zini hurmat qilish, intizomlilik, to‘g‘rilik; ma’naviy qadriyatlarga e’tiborlilik; qarorlar qabul qilishda mustaqillik va mas’uliyatni his qilish; hayotiy faoliyat mazmunini erkin tanlash; mehribonlik, yaxshilik; alturizm, sabrlilik, chidamlilik, kamtarlik; osoyishtalik, yaxshi qo‘shnichilik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tushunishga intilish; bilish va o‘z-o‘zini anglash, go‘zallik, refleksiya, muloqot va hayot mazmunini chuqur tushunishga ehtiyoj; ichki dunyo avtonomiyasi, yaxlitlik; rivojlangan qobiliyatlar; faoliyat o‘zgartiruvchi ilmiy bilimlar, malakalar, ko‘nikmalar, intellekt, institutsiya, ijodiy hayotga ehtiyoj; iqtisodiyot asoslarini bilish; mehnatsevarlik, tejamkorlik; chet tillarni o‘rganish; milliy va diniy urf-odatlarni bilish; sog‘lom turmush tarzi; jismoniy toblanish; estetik did, yaxshi amallar; ozodalik, atrof-muhitni obodonlashtirish va oila farovonligini ta’minlash; eruditsiya, kompententlilik; tadbirkorlik, raqobatbardoshlilik, boshqarish qobiliyati; kirishimlilik; ijodiy professional fikrlash qobiliyati, tarixni, turli xalqlar madaniyatini bilish va hokazo.	cache/egc-195.pdf	txt/egc-195.txt
