E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th May, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 85 | P a g e QOZOG’ISTONNNING MARKAZIY OSIYO MINTAQASIDA OLIB BORAYOTGAN TASHQI SIYOSATI VA XALQARO TASHKILOTLARDAGI FAOLIYATI Kabulova Roza Turdiboevna Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistranti Seitov A. P. Ilmiy rahbar Annotatsiya Ushbu maqola bugungi kundagi geosiyosiy transformatsiya jarayonlari paytidagi Qozog’iston respublikasining Markaziy Osiyo davlatlariga olib borayotgan tashqi siyosatida hususida Kalit so’zlar: Qozog’iston, Markaziy Osiyo, munosabatlar, TDT (Turk Davlatlari Tashkiloti) MDH, ShHT KAZAKHSTAN’S FOREIGN POLICY TOWARDS CENTRAL ASIAN COUNTRIES IN THE MODERN PERIOD Roza Kabulova Turdibaevna Graduate student of the University of World Economy and Diplomacy Scientific Teacher A.P Seitov Annotation: This article analyzes the foreign policy of the Republic of Kazakhstan in relation to the countries of Central Asia in the context of modern geopolitical transformation processes Key words: Kazakhstan, Central Asia, relations, OTS (Organization of Turkish states), CIS, ShCO KIRISH Xalqaro sahnada sodir bo’layotgan jarayonlar bugungi kunda SSSR qulagandan keyin mustaqil bo’lib chiqqan Markaziy osiyo davlatlari taqdirlarini keyinchalik https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th May, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 86 | P a g e qanday bo’lishi hozirda ular olib borayotgan davlatlararo munosabatlar, a’zo bo’layotgan tashkilotlar va davlatlar va tashkilotlar doirasida ratifikatsiya qilinayotgan shartmomalar va xatto davlat ichkarisidagi sodir bo’layotgan jarayonlar o’z ta’sirini ko’rsatadi. Markaziy osiyo davlatlariga beshta davlat Qozog’iston, Qirg’iziston, Ozbekiston, Turkmanistonni va Tojikiston kiradi. “Central Asia” Markaziy Osiyo atamasi geografik jihatdan keng qamrovli UNESCO ( BMT ning ta’lim va madaniyat boyicha mahsus muassasasi) ta’rifi bo’yicha mintaqa ko’p joylarni o’z ichiga oladi. Mongolya, Shimoliy-g’arbiy Xitoy, Rossiyaning osiyo qismi janubiy taiga qismlari, Afg’oniston, Hindistonnin shimoliy-g’arbiy hududi, pokistonning shimoli va Eronning shimoliy-sharqiy qismi tushuniladi. Rus adabiyotlarida ko’pincha mustaqillikdan avval Markaziy osiyo va Qozog’ston atamasi qo’llanilgan.Lekin “Central Asia” atamasini birinchi bo’lib jo’g’rofiya olimi Aleksandr Gumbolt tomonidan qo’llanilgan1.1992 yil Qozog’stonnnig avvalgi prezidenti Nursultan Nazarbaev tomonidan O’rta Osiyo davlatlari sammitida O’rta Osiyo atamasidan voz kechishni va Markaziy Osiyo atamasini qo’llash taklifini kiritgan2. Mustaqillikka 30 yil to’lgan bu davlatlar o’rtasida qadimda bizga ma’lumki chegara bo’lmagan. Asrlar davomida bu millatlar Turon hududida axil inoqlikda aralash bo’lib yashashgan. Ruslar bosqinidan so’ng bo’lib tashla va hukumronlik qil siyosatini yuritib, 1924 yil ayri hududlarga bo’lib tashlanadi. Chegaralarning bugungi kundagi ko’rinishigacha xatto ayrim Markaziy Osiyo davlatlari orasida chegara baxslari mavjud. Shunga qaramay davlatlar bugunga kelib, o’z tashqi siyosatlarini erkin olib bormoqdalar. Eng ahamiyatlisi ham shundaki har bir davlatda barcha markaziy osiyo davlatlaridagi mavjud millatlar bor. Bu esa tashqi kuchlar uchun o’z maqsadlarida ishlatish uchun qulay vaziyat keltirib chiqarishida as qotishi mumkin. Shuning ushun davlatlar o’rtasida munosabatlarni yaxshilanishi mintaqa havsizligida eng muhim yo’nalishdir. Qozog’iston Respublikasini bugunda olib qaraydigan bo’lsak u hududiy jihatdan Markaziy osiyo davlatlari ichida eng kattasi. Dunyoda hududiy kattaligi bo’icha 9 o’rinni egallaydi. Geostrategik joylashuvi ham Evropa va Osiyo chegara qisimlada joylashgan. Shimolda, shimoliy-g’arbda va g’arbda Rossiya 1 Aleksandr Gumbold //Central Asia (fr. Asie Centrale, 1843). 2 https://www.the-village-kz.com/village/city/asking-question/29119-pochemu-tsentralnaya-aziya-a-ne- srednyaya https://eglobalcongress.com/index.php/egc https://www.the-village-kz.com/village/city/asking-question/29119-pochemu-tsentralnaya-aziya-a-ne-srednyaya https://www.the-village-kz.com/village/city/asking-question/29119-pochemu-tsentralnaya-aziya-a-ne-srednyaya E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th May, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 87 | P a g e bilan, janubda Markaziy Osiyo davlatlari Turkmaniston, O’zbekiston, Qirg’iziston bilan, janubiy-sharqda Xitoy Xalq Respublikasi bilan chegaradosh. Qozog’iston ko’pgina foydali qazilma boyliklarga ega davlat. Mustaqillikni 1991 yil 16 dekabrda qabul qilishgan. 2021 yilga kelib aholi soni19 millionga etgan. Mustaqillikdan so’ng to 2019 yilga qadar Nursultan Nazarboyev prezidentlik qilgan3. Tashqi siyosatda boshqa Markaziy Osiyo davlatlari kabi Xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’ldi, bugunda 130 ta davlatlar bilan diplomatic aloqalarni o’rnatgan. Uning 2020-2030 yilga qadar ishlab chiqilgan konsepsiyasida quyidagi maqsadlar ilgari surilgan. Birinchidan, hozirgi mavjud davlatlar o’rtasidagi siyosiy va iqtisodiy ta’sirni oshirish uchun halqaro bozor va investitsiya oqimini kuchaytirish maqsadida, o’zini xalqaro hamjamiyatning ma’suliyatli qatnashchisi statutini mustahkamlash.4 Evrosiyo kantinentidagi geosiyo va geoiqtisodiy tizimidagi asosiy element va Markaziy Osiyo mintaqasida lider davlat bo’lish. Ikkinchidan, global va mintaqaviy jarayonlar dinamik almashinayotgan payitda,Qozog;iston halqaro tashabbusini pragmatism, sistematik analiz orqali davlat va dunyo uchun aniq natijalarga ega bo’lish maqsadida tizimli targ’ib qilish. Uchinchidan, dunyoning eng rivojlangan davlatlar 30 taliga kirish maqsad qilib qo’yilgan edi. Albatta Tashqisiyosati konsepsiyasida Qozog’ston tinchliksevar mamalakatlardan bo’lib, prioritetlaridan Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash BMT Nizomi asosida munosabatlarni olib boorish. preventiv diplomatiya va mediatsiya orqali vujudga keladigan konfliktlarni hal qilish va h.zo lar keltirilgan. Yuqoridagilardan Markaziy Osiyoda yetakchilik uchun raqobat Markaziy Osiyo davlatlari ichida O’zbekiston va Qozog’stonda SSSR davrida ham mustaqillikdan so’ng Karimov va Nazarboyev o’rtasida mavjud bo’lganligini kuzatish mumkun. Xatto qozogiston siyosatchilar ham ko’pincha qo’shni davlatlar orasida solishtirganda O’zbekistonni misol tariqasida keltirishadi. Xatto Qozog’iston milliy shoir va faylasufi, Qozoq yozuv adabiyotiga asos slogan,atoqli shoir Abay Ibrayimbek o’g’li Kunanbaev kitobida ham qo’shni o’zbeklar o’rnak sifatida misol qilib keltirgan.5 3 https://web.archive.org/web/20190320124612/https://www.kommersant.ru/doc/3916581 4 https://www.akorda.kz/ru/legal_acts/decrees/o-koncepcii-vneshnei-politiki-respubliki-kazahstan-na-2020- 2030-go 5 Абай. Слова назидания. – Алматы: «Онер», 2006. -136 с. (7-8 с.) https://eglobalcongress.com/index.php/egc https://web.archive.org/web/20190320124612/https:/www.kommersant.ru/doc/3916581 E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th May, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 88 | P a g e Mustaqilllik qo’lga kiritilgandan so’ng har bir Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosatda ko’p tarmoqli aloqalarni yo’lga qo’yishdi (Turkmanistondan tashqari) hozirgi kunga kelib globalizatsiya jarayonlari tezlashgan davrda iqtisodni rivojlantirish uchun neytral davlat bo’lgan Turkmaniston ham tinchlik yo’lida ko’pchilik davlatlar bilan aloqalar olib bormoqda. Markaziy Osiyo davlatlari ikki tomonlama va Tashkilotlar orqali ko’p tomonlama munosabatlatni yo’lga qo’ygan. Bulardan MDH (Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi), Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Turk Davlatlari tashkilotlari alohida ahamiyatga ega. MDH davlatlar mustaqillik ilk yillarida tuzilib, maqsadi iqtisodiy, siyisiy, madaniy va boshqa sohalarda davlatlar o’rtasida munosabatlarni mustahkamlash bo’lsa, ShHTning tuzilishida maqsad a’zo davlatlari hududida tinchlikni saqlash terrorizm, ekstrimizm va separatizmga qarshi kurash uchun bo’lgan, hozirda iqtisodiy jihatdan transport kommunikatsiyalarni rivojlantirish, gumanitar munosabatlarda ham aloqalar olib borilmoqda. So’ngi kunlarda ShHT eng aktiv tashkilotlardan bo’lib a’zolari sonini ham kengayayotgani ko’pchilikda qiziqish uyg’otmoqda. Qozog’iston boshqa mintaqa davlatlari singari tashkilot doirasida aktiv faoliyat olib bormoqda.6 Turk Davlatlari Tashkiloti doirasida esa, Qozog’iston boshidan eng faol a’zolaridan biri bo’lgan desak mubolag’a bo’lmaydi. 1992 yilda Olma-otada turk madaniyati va tillari birlashuvi boshqarmasi, 1993 yil 12 iyulda Olma-otada turk madaniyati va sa’natini rivojlantirish bo’yicha Turkiya, Ozarbayjon va Markaziy osiyo davaltlari (Tojikiston dan tashqari) o’rtasida shartnoma imzolanshi ahamiyatga molik. Keyin bu turk madaniyatlari tashkiloti UNESCO bilan hamkorlik qilib, 2009 Turkiy kengash tarkibiga kirdi3. Mustaqil turk davlatlaridan O’zbekiston va Turkmaniston kengashga roziligini berishmadi. Faqtgina O’zbekiston prezidentligiga Shavkat Mirziyoyev kelgandan keyin a’zolikka olish to’g’risida ariza berildi 2019 yil. 2021 yil 12 noyabrda bu tashkilotga Turk Davlatlari Tashkiloti nomi berildi. Faqatgina Tojikiston Markaziy Osiyo Davlatlaridan yagona bu tashkilotda qatnashmaydi, shunga qaramay Tojikiston Qozog’iston bilan umumiy chegarasi bo’lmasada imkon qadar yaxshi aloqalarni olib bormoqda bunga misol yaqin kunlardagi Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonovning Qozig’istonga tashrifi. 6 https://kazembassy.ru/rus/sotrudnichestvo/mnogostoronnee_sotrudnichestvo/shos/ https://eglobalcongress.com/index.php/egc https://kazembassy.ru/rus/sotrudnichestvo/mnogostoronnee_sotrudnichestvo/shos/ E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th May, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 89 | P a g e Ikki davlat orasida olib borilayotgan savdo va iqtisodiy munosabatlar, madaniy va gumanitar aloqalardir.7 Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar tinchligiga yillar davomida havf solib kelayotgan Afg’onistondagi voqealar, Tojikistonda bo’lib o’tgan fuqarolar urushi, terrorizm, ekstrimizm va separatismga qarshi kurashish, xozirda ham dolzard muammolardan biri, lekin mintaqa davlatlaridan bundan kam jabr ko’rganlar sifatida Qozogiston boshqalardan ajralib turadi. Uning boshqa davlatlardan ko’ra iqtisodiy sarmoyalarni jalb qilishida chet davlatlarni konflikt hududdan uzoqroqdaligi ham yutuqlaridan biri desak bo’ladi. Sarmoyani kiritayotgan investorga davlat havfsizligi birinchi o’rinda turadi. Albatta boshqa sabablar ham mavjud, bunda Qozogistondagi qazilma boyliklarga egaligi ham eng asosiylardandir. Shuning uchun iqtisodiy jihatdan ham mintaqada ancha ilgarilab bormoqda. Bu esa mintaqadagi davlatlar bilan kichik va o’rta bisnesni rivojlantirishga yo’l ochadi. Siyosiy tomondan Qozog’istonda yanvar voqealari bilan boshlangan 2021 yil, keyin Rossiyaning Ukrainaga fevraldagi urishi boshqa mintaqa davlatlaridan ko’ra juda qattiq sinovlarga boy keldi. Boshqa davlat vakillari, siyosiy sohadagi vakillarni ham ro’y berayotgan jarayon qiyin tanlovlar oldida qoldirdi. Shunga qaramay Qozogiston preidenti Tokayev janoblarining ochiq fikri Donetsk va Luganskni kvazi davlatlar deb tan olmasligi aytgani e’tiborga loiq. Qozog’iston Rossiya hududi bilan eng katta chegarasi mavjudligi, Qozog’iston aholisining 20% ni etnik rus aholisi tashkil qilishi va oxirgi kunlarda shimoliy qozog’istonni rus siyosatchilari tomonidan bu rus erlari degan davolari, keyingi qadam urushda Rossiya g’olib kelsa, bu hududlarni ham anneksiya qilish havfi paydo bo’lmoqda. Bu esa mintaqa davlatlarini xususan Qozog’istonnig aloqalarini yanada mustahkamlashga harakatini oshirdi. Albatta O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning prezidentlik lavozimiga kelgandan so’ng mintaqada vaziyatning yumshashiga ta’sir qilgan faktorlardan desak ham bo’ladi. So’nggi kunlarda Markaziy Osiyo hududida o’z ta’sir doirasida bo’lgan Rossiyaning urush bilan ovora bo’lganiga boshqa halqaro yirik oyinchilardan Xitoyning iqtisodiy tomondan Markaziy Osiyo davlatlari bilan uchrashuvi, yangi bosqichni boshlanganidan darak beradi. Xitoy o’zini Markaziy Osiyo mintaqasida “bir belbog bir yol” proekti siyosiy soxada o’z pozitsiyasini mustahkamlashga bel bog’laganidek nazarimda. 7 https://www.akorda.kz/ru/prezidenty-kazahstana-i-tadzhikistana-proveli-peregovory-v-uzkom-sostave-443017 https://eglobalcongress.com/index.php/egc https://www.akorda.kz/ru/prezidenty-kazahstana-i-tadzhikistana-proveli-peregovory-v-uzkom-sostave-443017 E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th May, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 90 | P a g e HULOSA Markaziy Osiyo davlatlari shu kungacha mustaqilligini mustahkamlash, mintaqadagi tinchlikni saqlash boyicha kurash olib bordi. O’zaro munosabatlarni mustaxkamlashda, ikki timonlama bir birlariga ishonchnomalar ham bildirildi, lekin, shunga qaramay faqatgina shu mintaqa davlatlarini birlashtirib, uchinchi davlatsiz alohida tashkilot mavjudmasligi hayratlanarli holat, har birida yo Rossiya, yo Turkiya yo Xitoy va Rossiya mavjudligi e’tiborli. Evrosiyo iqtisodiy ittifoqi ham Rossiya boshchiligida tuzilgan mintaqa davlatlaridan ikkita davlat Qozog’iston va Qirg’iziston va boshqa ayrim SSSR parchalangandan keying mustaqil bo’lgan davlatlar a’zo bo’lsalarda shuncha yillar davomida hech qanday oldinga iqtisodiy siljish roy bermayotganga, kuzatuv a’zolaridan O’zbekiston ham bu tashkilotga qo’shilmaganidan dalolat. Iqtisodiy integratsiyani rivojlantirib, faqat shu mintaqaga tegishli muammolarni davlatlarning o’zlari tashabbus ko’rsatib kelajakda shunday tashkilot barpo etishadi degan umiddaman. Mintaqadagi boy Turkmaniston va turli qazilma boyliklari mavjuq Qozog;iston va O’zbekiston va boshqa mintaqa davlatlari faqatgina hom ashyoni export qilish bilan chegaralanib qolmoqda. Tayyor maxsulotlarga bo’lgan talabni ko’pincha Xitoydan import orqali qondirishmoqda. Bu esa kelajakda mintaqada o’z brendi ustidan ishlab, nafaqat ichki balki exportga loiq tayyor mahsulot ishlab chiqarishga bo’lgan ehtiyoj hali ham mavjud. Shanxay tashkiloti doirasi esa a’zolarining oshishi faqat shu mintaqaga bo’lgan markaziy etibor boshqa tomonlarga yo’nalish berishi yana mintaqadagi muammolarni effective hal qilish masalasi keying darajaga tushib qolishiga olib kelishi mumkun. Rossiyaning Ukrainiyaga boshlagan urushi ham Qozogiston va mintaqadagi davlatlarga Evropaning sanksiyalarini chetlab o’tishga extiyotkorlik bilan harakat qilishga, Rossiyadan kelgan muhojirlarni mintaqaning har hil joylarida joylashuvi ham barchasi yana mintaqa davlatlarini ichki va tashqi hal-xil sodir bo’lishi mumkin bo’lgan holatlardan yanada sergaklik bilan siyosat yuritishni talab qilmoqda. Ularning munosabatlarni qanchalik mustaxkamlanish keljakda har qanday propagandani oldini olishda tinchliknintaqada saqlanishiga eng kata garant bolladi. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th May, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 91 | P a g e Foydalanilgan adabiyotlar 1. Aleksandr Gumbold //Central Asia (fr. Asie Centrale, 1843). 2. https://www.the-village-kz.com/village/city/asking-question/29119- pochemu-tsentralnaya-aziya-a-ne-srednyaya 3. https://web.archive.org/web/20190320124612/https://www.kommersant.ru/d oc/ 3916581 4. https://www.akorda.kz/ru/legal_acts/decrees/o-koncepcii-vneshnei-politiki- respubliki-kazahstan-na-2020-2030- go 5. Абай. Слова назидания. – Алматы: «Онер», 2006. -136 с. (7-8 с.) 6. https://kazembassy.ru/rus/sotrudnichestvo/mnogostoronnee_sotrudnichestvo /shos/ 7. https://www.akorda.kz/ru/prezidenty-kazahstana-i-tadzhikistana-proveli- peregovory-v-uzkom-sostave-443017 https://eglobalcongress.com/index.php/egc https://www.the-village-kz.com/village/city/asking-question/29119-pochemu-tsentralnaya-aziya-a-ne-srednyaya https://www.the-village-kz.com/village/city/asking-question/29119-pochemu-tsentralnaya-aziya-a-ne-srednyaya https://web.archive.org/web/20190320124612/https:/www.kommersant.ru/doc/3916581 https://web.archive.org/web/20190320124612/https:/www.kommersant.ru/doc/3916581 https://www.akorda.kz/ru/legal_acts/decrees/o-koncepcii-vneshnei-politiki-respubliki-kazahstan-na-2020-2030- https://www.akorda.kz/ru/legal_acts/decrees/o-koncepcii-vneshnei-politiki-respubliki-kazahstan-na-2020-2030- https://kazembassy.ru/rus/sotrudnichestvo/mnogostoronnee_sotrudnichestvo/shos/ https://kazembassy.ru/rus/sotrudnichestvo/mnogostoronnee_sotrudnichestvo/shos/ https://www.akorda.kz/ru/prezidenty-kazahstana-i-tadzhikistana-proveli-peregovory-v-uzkom-sostave-443017 https://www.akorda.kz/ru/prezidenty-kazahstana-i-tadzhikistana-proveli-peregovory-v-uzkom-sostave-443017