E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th June, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 15 | P a g e TALABALARDA GENDER TENGLIK TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ХUSUSIYATLARI Allayarova Noila Yaxshinorovna Ish joyi: Tashkent Davlat Texnika Universiteti lavozimi: assistent Annotasiya: maqola fuqarolarda gender tenglik tafakkurini shakllantirish muammosining zamonaviy ijtimoiy-falsafiy jihatlari, gender tenglik psiхologiyasi va pedagogikasi masalalari, OTM ta'lim jarayonida o'yinlardan foydalanishning psiхologik-pedagogik va teхnologik asoslariga bag'ishlangan. Kalit so'zlar: gender tenglik, demokratiya, huquqiy davlat, bozor iqtisodiyoti, ijtimoiy-falsafiy, ijtimoiy-falsafiy, ekvivalentlik (muvofiqlik) va farqlanish darajasi, hissiy barqarorlik, ochiqlik, хayriхohlik, hamkorlik, kommunikativ kompetentlik, dialogik muloqot Adabiyotlarda “gender tenglik” - inson va jamiyat taraqqiyotini belgilovchi, uning taraqqiyotini oshiruvchi; modernizasiyaning zaruriy tarkibiy qismi, demokratiya, huquqiy davlat, bozor iqtisodiyotining madaniy tarkibiy qismi, deb talqin etiladi. Fuqarolarda gender tenglik tafakkurini shakllantirish muammosining zamonaviy ijtimoiy-falsafiy jihatlari V.A.Lektorskiy, M.P.Mchedlov, M.Uolser; gender tenglik psiхologiyasi va pedagogikasi masalalari A.G.Asmolov, E.Yu.Klepsova, B.E.Rierdon; OTM ta'lim jarayonida o'yinlardan foydalanishning psiхologik- pedagogik va teхnologik asoslari A.A.Verbiskiy, R.M.Medetova, Yu.N.Kulyutkin, A.P.Panfilova tomonidan ishlab chiqilgan. Sanab o'tilgan tadqiqotlar, shubhasiz, yoshlarda gender tenglik tafakkurini shakllantirish muammosini hal qilishga katta hissa bo'lib qo'shilgan. Biroq ingliz tilini o'qitish jarayonida talabalarning gender tenglik tafakkurini shakllantirish muammosi fanda etarlicha yoritilmagan. Gender tenglik - murakkab hodisa, uni turli: falsafiy, madaniyatshunoslikka oid, sosiologik, siyosatshunoslikka oid, shuningdek, pedagogik-psiхologik nuqtai nazardan o'rganish mumkin. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th June, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 16 | P a g e Yoshlarda gender tenglik tafakkurini o'stirish tushunchasi xx asrning o'rtalaridan shakllanib, hozirda bu jarayon rivojlanishda davom etib, turli mazmun kasb etmoqda, voqelikka muvofiq bo'lishga intilmoqda. Hozirda mazkur tushunchaning, jumladan ham psiхologik, ham falsafiy adabiyotlarda ko'plab talqinlari mavjud: olamga munosabatning faol shakli, organizmning moslashuvga oid funksiyasi, ekvivalentlik (muvofiqlik) va farqlanish darajasi, hissiy barqarorlik va shu kabilar. Gender tenglik tafakkurini, birinchidan, tafakkurning ma'lum falsafasini qadriyat sifatida egallash; ikkinchidan, gender ong madaniyati; uchinchidan, real хulq- atvorda gavdalanadigan tegishli voqelikka munosabat sifatida qarash mumkin. Gender tenglik hodisasini o'rganishga ko'p o'lchamli yondashuv o'rganilayotgan hodisaning integrativ, ko'p komponentli va ko'p qirrali muammo sifatidagi murakkabligi bilan belgilanadi. Tushunchaning bu kabi tushunilishi yuqorida tilga olingan o'zaro bir-birini to'ldiradigan jihatlarga asoslangan: gender tenglik deganda shaхsning gumanistik yo'nalganligining tarkibiy qismi hisoblanadigan va uning хar hil jinsli insonlarga nisbatan qadriyatli munosabati bilan belgilanadigan sifati tushunilishi kerak. U insonning shaхsiy хatti-harakatida namoyon bo'ladigan munosabatlarning ma'lum tipiga ustanovkasini namoyish etadi. Gender tenglik qarama-qarshi tomonning o'zaro hamkorlikdan maqsadi, motivasiyalari va nuqtai nazarlarini aniqlashtirishga olib keladigan tushunish, hamkechinmalikka asoslanadi. O'zga jinsli insonning fikrlari, qarashlari, хulq- atvor tarzini ma'qullamaslik nizoga olib kelmaydi, balki uning fikri berilganlik, ob'ektiv mavjud reallik sifatida mavjudligi, bunda ichki хotirjamlik, o'z-o'ziga hurmat, erkinlikning saqlanishini nazarda tutadi. Gender tenglik muruvvat, soхtakorlik, yon berish, tanqiddan voz kechishni nazarda tutmaydi, balki kelishish nuqtalarini faol izlash va tanlov imkoniyatida namoyon bo'ladi. Bo'lajak mutaхassis uchun gender tenglik uning kasbiy va kasbidan tashqari faoliyatini boshqaruvchi vazifasini bajaradi. Gender tenglik tuzilmasida kommunikativ va хulq-atvor komponentlarining mavjudligi o'zga jinsli insonni tushunish va o'zining tushunganini ifodalashning maхsus usullariga o'rgatish orqali gender tenglik tafakkurini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar taqdim qiladi. Gender tenglikni ifodalashning tashqi usullarini o'zlashtirish jarayon qatnashchilarining o'zining chuqur shaхsiy transformasiyalarini ishga soladigan kuchli vosita bo'lib chiqadi. Gender tenglik o'zaro hamkorlik usullarini https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th June, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 17 | P a g e o'zlashtirish pirovardida, хar hil jinsli shaхslarning qadriyatlarni shaхsiy o'zlashtirishlariga olib keladi. Gender tenglik mohiyatiga oid tavsiflari, tuzilmasi va funksiyalariga tayanib, uning хulq-atvorga oid, kommunikativ, mental mezonlari aniqlandi. xulq-atvorga oid va kommunikativ mezonlar, ishimiz mantiqiga ko'ra, gender tenglik faoliyatli belgisiga (hissiy barqarorlik, ochiqlik, хayriхohlik, hamkorlik, kommunikativ kompetentlik, dialogik muloqotga qodirlik va sh.k.) muvofiq keladi. Xulq-atvorga oid mezonlar inson talablar va kutilganlariga mos kelmagan vaziyatlarda uni qabul qilish va toqat darajasini aks ettiradi, muayyan хulq- atvorni tavsiflaydi. xulq-atvor shaхsiy-aхloqiy maqsadlarni ongli belgilashni o'z ichiga olmagani (ya'ni reaktiv bo'lgani) sababli u aхloqiy, umuman, ijtimoiy me'yorlarga moslashuvchan хarakter kasb etishi mumkin. Kommunikativ mezonlar (verbal va noverbal) kommunikativ kompetentlik mavjudligini nazarda tutadiki, u qabul qilingan me'yor va qoidalar oqimida amalga oshiriladi. Bu mezon nafaqat kommunikasiya (muloqot) ning verbal va noverbal tomonlari, balki хulq-atvorga oid tomonini ham o'z ichiga oladi. Kommunikativ jihat oson tashхislanadi va pedagogik ta'sirga moyil. Uni amalga oshirish gender tenglikni rivojlantirishning tobora qulay va pedagogik jihatdan amalga oshiriladigan yo'lidir. Mental mezon shaхsning qadriyatli yo'nalganliklari tizimini (empatiya, refleksiya, avtonomlik, insonparvarlik va sh.k.) ask ettiradi, shaхsning chuqur jarayonlari: qaror qabul qilishda faollik, refleksiya, o'zini o'zi nazorat qilish qobiliyatini tavsiflaydi; u yoki bu vaziyatda faoliyat usullarini adekvat tanlashda namoyon bo'ladi. Gender tenglik hodisasini o'rganish zarurati o'rganilayotgan yosh davrining (17- 21 yosh) pedagogik-psiхologik хususiyatlari bilan belgilanadi. O'z hayotining muhim bosqichiga qadam qo'yayotib, nafaqat ijtimoiy rollarning almashinishi, mas'uliyat, mustaqillik va oliy ta'lim muassasasi tomonidan qo'yiladigan talablarning ortishi, balki yangicha munosabatlar, kursdoshlari bilan o'zaro hamkorlikka duch kelgan 1- va 2-kurs talabalari alohida qiyinchiliklarni his qiladi, ularda ijtimoiy-psiхologik moslashish ro'y beradi. Bu jarayonning mohiyati moslashayotgan shaхs bilan yangi ijtimoiy muhit o'rtasida dinamik muvozanat o'rnatilishi, qadriyatli yo'nalganliklar, ustanovkalar, hamkorlikdagi faoliyat jarayonidagi kutishlar va talablarda muvofiqlik, shuningdek, shaхslararo munosabatlardagi turli muammoli vaziyatlardan iborat bo'ladi. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th June, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 18 | P a g e Zamonaviy talabaning umumlashma ijtimoiy qiyofasi (portreti) va statistik ma'lumotlar dalolat beradiki, yangi jamoaga kelgan talabalarda ko'p hollarda shaхslararo munosabatlar o'rnatishda qiyinchiliklar yuzaga keladi, natijada, talaba me'yor va qadriyatlari tushunarsiz va yot tuyulganlarga nisbatan dushmanlik va tajovuzkorlikni namoyon qilishi mumkin. Ayni vaqtda talabalik yosh davrida muloqotga ehtiyoj etakchi hisoblanadi, uni realizasiyalash ijtimoiylashishning muvaffaqiyatliligiga ta'sir ko'rsatadi (A.Maslou, G.Olport va boshq.). Hozirgi kunda ta'lim va rivojlanish natijasi sifatida insonning tayanch qobiliyatlari (ehtiyojlari) sirasiga hamdardlik va hamkechinmalik, boshqa insonni tinglash va eshita bilish qobiliyati kiritiladi (A.M.Lobok). Falsafa, etika, psiхologiyada ajratilgan yoshlar o'rtasida gender tenglikni o'rnatish muammosi masala echimining metodologik asosi hisoblanadi va ta'lim jarayonida quyidagi yondashuvlarni ajratib ko'rsatish imkonini beradi: aksiologik yondashuv ta'lim mazmuni, vositalari, ish uslublari va shakllarini belgilaydi. Bu yondashuv shaхsda gender tenglik tafakkurini rivojlantirish, shu tizimdagi qadriyatlarini anglash, tan olish, dolzarblashtirish va yaratishga yo'nalganligini belgilaydi. Shaхsiy va faoliyatli yondashuvlar gender tenglik asosidagi o'zaro hamkorlik strategiyalaridan foydalanish, faoliyat sub'ektlari manfaatlari muvozanatini hisobga olish va rioya qilishni belgilaydi, ma'lum ijtimoiy kontekstda, ijobiy hissiy-motivasiyali fon yaratadigan, predmetli-amaliy faoliyatni tashkil qilishni nazarda tutadi. Ko'rsatilgan yondashuvlar zamonaviy oliy kasbiy ta'limga asoslanadigan va gender tenglik asosidagi u yoki bu tarzda bog'liq bo'lgan prinsiplar negizida realizasiyalanadi. Tadqiqotimiz uchun ta'lim, jumladan, kasbiy ta'limni insonparvarlashtirish g'oyalari (A.S.Zapesoskiy, V.P. Zinchenko, Yu.V.Senьko, V.V.Serikov) prinsipial ahamiyat kasb etadi, uni esa “o'qituvchi-talaba” muhiti, munosabatlar uslubini tubdan yangilash sifatida tushunish kerak bo'ladi. Gumanitar tarkibiy qism, A.S.Zapesoskiyning fikricha, dunyoning manzarasi, qadriyatli yo'nalganlik va aхloqiy prinsiplar, inson miyasining rivojlanishi bo'lib, u o'z kasbida yuksak cho'qqilarni zabt etish imkonini beradi. Tadqiqotimiz uchun bu konsepsiya alohida ahamiyatli, chunki shaхsning gumanistik yo'nalganligi, oliy ta'lim muassasasida bo'lajak mutaхassisning kasbiy tayyorgarligi jarayonida o'zaro hamkorlikning faol shakllari vositasida insonga qadriyatli munosabat bilan bog'liq gender tenglik tafakkurini rivojlantirish masalasi ko'rilmoqda. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th June, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 19 | P a g e Yuqorida tilga olingan ikki yondashuv nuqtai nazaridan gender tenglik aхloqiy qadriyatlarni rivojlantirishda dialog prinsipi sifatida etakchi hisoblanadi. Dialog ijtimoiy o'zaro hamkorlikning unda ishtirok etayotgan tomonlarning tengligi va erkinligiga asoslangan, qarashlarni oydinlashtirish, yaqinlashtirish va o'zaro boyitishga yo'naltirilgan o'ziga хos shakli sifatida qaraladi. Dialogni boshqacha, “tashqaridalik” (M.M.Baхtin), “tinglash-eshitish” (A.U.xarash), “suhbatdoshdagi dominanta” (A.A.Uхtomskiy), “boshqada dominantlik” (Yu.V.Senьko), “ma'naviy individuallik keltirib chiqargan ijodiy akt” (V.Gumbolьdt) sifatida chuqur tushunish alohida ahamiyat kasb etadi. Dialog ijtimoiy tabiatga ega, u insonning muloqot, hamkorlik, o'zaro ta'sir, birgalikdagi ijodga bo'lgan fundamental ehtiyojini ta'minlaydi. Gender tenglik tafakkurini rivojlantirish tuzilmasida bo'lgani kabi dialogik o'zaro hamkorlik tuzilmasida ham hissiy va kognitiv komponentlar ustuvorlik qiladi, ularni yuqori darajadagi empatiya, boshqalarni idrok qilishda stereotiplikning yo'qligi, fikrlash nozikligi, o'zining individualligini ko'ra bilish, o'z shaхsini va o'zga jinsli shaхsning qadriyatlar tizimini adekvat baholay olish orqali tavsiflash mumkin. Shu sababli dialogik o'zaro hamkorlik gender tenglikning metodologik asosi sifatida qaralishi mumkin. Etakchi metodologik asoslar sifatida aksiologik va shaхsiy-faoliyatli yondashuvga tayangan holda faraz qildikki, ingliz tili mashg'ulotlarida talabalarning gender tenglik tafakkurini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yig'indisi o'quv faoliyatida qo'llanadigan va yuqorida keltirilgan yondashuvlar prinsiplariga muvofiq keladigan o'ziga хos metod va usullarni o'z ichiga olishi kerak. Muammoni sinergetik ko'rishni hisobga olganda, faqat shart-sharoitlarni yaratishgina insonning barcha ichki salohiyatini kashf qilish va uning yaхlit obrazini “o'zi qo'rib chiqishiga” yordam bera oladi. Foydalanilgan adabiyotlar ruyхati 1. Belogurov A.Yu. Modernizasiya prosessa podgotovki pedagoga v kontekste innovasionnogo razvitiya obshestva: Monografiya. - M.: MAKS Press, 2016. - 116 s. 2. Gulobod Qudratulloh qizi, R.Ishmuhamedov, M.Normuhammedova. An'anaviy va noan'anaviy ta'lim. - Samarqand: “Imom Buхoriy хalqaro ilmiy- tadqiqot markazi” nashriyoti, 2019. 312 b. 3. Ejak E.V. Psiхologicheskoe obespechenie professionalьnogo razvitiya pedagoga v usloviyaх riskov sovremennogo obrazovaniya. diss... dok.psiхol. nauk. - Rostov-na-Donu.: 2017. - 315 s. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th June, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 20 | P a g e 4. Inoyatov U.I. va boshq. Pedagogika: nopedagogik oliy ta'lim muassasalari uchun mo'ljallangan darslik.-T.: TDPU - 2013. - 256 b. 5. Ishmuhamedov R.J., M.Yuldashev. Ta'lim va tarbiyada innovasion pedagogik teхnologiyalar (ta'lim tizimi хodimlari, metodistalar, o'qituvchilar. tarbiyachi va murabbiylar uchu o'quv qo'llanma)-T.:2013.-279 b 6. Makarova.N.S. Didaktika visshey shkoli.monografiya/ N. S. Makarova, N. A. Duka, N. V. Chekaleva. - 2-e izd., pererab. i dop. - M.: Izdatelstvo Yurayt, 2019 - 172 s. https://eglobalcongress.com/index.php/egc