E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th June, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 43 | P a g e O‘ZBEK MILLIY QO‘SHIQCHILIK SAN’ATIDA JO‘RAXON SULTONOV IJOD YO‘LI VA MUSIQA SAN’ATI RIVOJI Abduazimova Dilorom Xasanboyevna, OʻzDSMI, “Milliy qoʻshiqchilik” kafedrasi oʻqituvchisi. Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek milliy qo‘shiqchilik san'atida Jo‘raxon Sultonov ijod yo‘li va musiqa san’ati rivoji xususida fikr-mulohazalar yoritib berilgan. Shuningdek, o‘zbek milliy qo‘shiqchilik san’atining rivojlanish tarixi va shakllanish jarayonlari, hofiz Jo‘raxon Sultonov ijodining o‘zbek musiqa san’atida tutgan o‘rni haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: milliy qo‘shiqchilik, Jo‘raxon Sultonov, musiqa san’ati, ashula, janr, xonanda ovoz, xalq kuyi ТВОРЧЕСКИЙ ПУТЬ ЖОРАХАНА СУЛТАНОВА И РАЗВИТИЕ МУЗЫКАЛЬНОГО ИСКУССТВА В УЗБЕКСКОМ НАЦИОНАЛЬНОМ ПЕСНОМ ИСКУССТВЕ Абдуазимова Дилором Хасанбоевна, ГИИКУз, Преподаватель кафедры “Национального пения” Аннотация: В данной статье освещаются комментарии о творческом пути Джорахана Султанова и развитии музыкального искусства в искусстве узбекского национального пения. Также представлены сведения об истории развития и процессах становления узбекского национального певческого искусства, роли творчества Хафиза Джорахана Султанова в узбекском музыкальном искусстве. Ключевые слова: народное пение, Джорахан Султанов, музыкальное искусство, пение, жанр, певческий голос, народный наигрыш. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th June, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 44 | P a g e JORAKHAN SULTANOV'S CREATIVE WAY AND THE DEVELOPMENT OF MUSICAL ART IN UZBEK NATIONAL SINGING ART Abduazimova Dilorom Khasanboevna, UzSIAC, Teacher of the “National singing art”. Annotation: In this article, comments on the creative path of Jorakhan Sultanov and the development of musical art in the art of Uzbek national singing are highlighted. Also, information about the history of the development and formation processes of the Uzbek national singing art, the role of Hafiz Jorakhan Sultanov's work in the Uzbek musical art is presented. Keywords: national singing, Jorakhan Sultanov, musical art, singing, genre, singing voice, folk tune. O‘zbek musiqa san’atida xonandalik, o‘z sohasi va yo‘nalishidan kelib chiqib turli sharoitlarga moslashgan holda shakllanib, rivojlanib kelgan. Oddiy folklor aytimlari, doston ijrochiligi, turli marosim aytimlari, zamonaviy akademik(vokal) va estrada xonandaligi, mumtoz xonandalik shular qatoriga kiradi. Har bir yo'nalish shakl va ijrochilik nuqtai nazaridan o‘z uslubi, qonun-qoidalari va shaklu-shamoillariga egadir. Ular orasida klassik xususiyatlar doirasida shakllangan va eng mukammal an'analarni o'zida aks ettirgan an'anaviy yo'nalish o‘zining barcha xususiyati, nufuzi va salohiyati bilan ibrat bo'lib kelmoqda. Amaliyotda, ya'ni mumtoz musiqa xonandaligida, azaldan, o‘zbek xalqining eng go‘zal urf-odatlari, milliy ruhiyati bilan bog‘liq qadriyatlari yuzaga kelib, xalqning boy ma’naviyatini o‘zida aks ettirib kelgan. Mashhur hofiz Jo‘raxon Sultonov o‘zbek xalqining turli ashula janrlari bilimdoni va ko‘pgina xonanda-sozandalarning ustozi edi. Sultonov Marg`ilonning “Podsho Iskandar” mahallasida Sultonboy oshpaz Xudonazar o‘g‘li oilasida tug‘ilgan. Marg‘ilon qadimdan mohir sozanda va xonandalar shahri bo‘lib kelgan. Hunarmandlar ishdan keyin bo‘sh vaqtlarini choyxonalarda kuy-qo‘shiq tinglash va ijro etish bilan o‘tkazardilar. Musiqa kechalarida Jo‘raxoning otasi ham ishtirok etar, kuchli, yoqimli ovozi bo‘lgani uchun, do‘stlari unga “Sultonboy Karnay” deb laqab qo‘ygandilar. Otasi ishtirokida o‘tadigan musiqa https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th June, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 45 | P a g e yig‘inlari yosh Jo‘raxon uchun dastlabki musiqa ta’limi maktabi bo‘ldi. Jo‘raxon Sultonov Marg‘ilonlik Boltaboy hofiz Rajabov bilan mashhur katta ashulachi-hofiz Mamadbobo Sattorovni o‘zining birinchi ustozlari deb hisoblardi. Jo‘raxon Sultonov tez orada Eshmat Haydarov, Erkaqori Karimov, Berkinboy Fayziev, Sherqo‘zi Boyqo‘ziyev va Akbar Haydarovlar kabi ma'’um va mashhur ashulachi hofizlar orasida o‘zining mansub o`rnini egallaydi. O`sha vaqtdagi “Shafoat”, “Bir kelib ketsin”, “Noma yozmading” kabi patnisaki ashulalar ham ijrochilar, ham tinglovchilar orasidagi sevimli ashulalardan hisoblanardi. Jo‘raxon Sultonov tarix, adabiyot, madaniy meros masalasiga qattiq qiziqar, yoshlarni ham o‘qib-o‘rganishga chorlardi. “O‘tmishdagi hofizlarning ijodini o‘rganish bilan zamonamizdagi yosh hofizlarning ijrochilik mahoratlarini ancha oshirish mumkin” - der edi Sultonov. Jo‘raxon Sultonovning ijro dasturidan “Chor zarb”, “Chaman yalla”, “Dugoh husayn”, “Ushshoq”, “Patnisaki chorgoh”, “E dilbari jononim” kabi mumtoz va xalq kuylari qatorida “Bog‘ aro”, “Bir kelsin”, “Otga mindim” kabi katta ashulalar bor edi. Jo‘raxon Sultonovni – “katta ashulaning piri” deyishardi. Musiqa san’ati insoniyatning ma’naviy boyligi, boy dunyoqarashi va kelajak kamolotining belgilovchi mezonlardan biri sifatida ardoqlanib kelinadi. Unda har bir xalqning milliy an'analari, urf-odatlari, marosim va qadriyatlari munosib o‘rin olgan. Yo‘nalishlar qatorida hofizlik san’ati eng qadimiysi, amaliy tajribada pishgan va amaliyot jarayonida darhaqiqat mukammallikka erishgan tarmoqlardan biri sifatida shakllangan. Hofizlik musiqa san’atining barcha tarmoqlariga birdek ta’sir etadigan hamda bir me’yorda va ibrat bo‘ladigan xususiyatlar bilan sug‘orilgan. Shuning uchun bo‘lsa kerak hofizlik san’ati sertarmoq, tartibli, tarkibli, muayyan qonuniyatlarga asoslangan va albatta o‘ziga xos ananalarini yuzaga keltirgan soha desak adashmagan bo‘lamiz. Bularning barchasini shakllanib rivojlanishi esa, musiqaning kuchini, sehrini namoyon etuvchi “ijrochilik”, ya’ni musiqa ohanglarini jonli jarayonining natijasidir”.[1;56] Ijrochilik-musiqa san'atining asoslaridan biri sifatida uning borligini ifoda etuvchi jarayon, ahvolini belgilovchi mezon hamda mahorat darajasini aniqlab beruvchi omildir. Ijrochilikda zohiriy taraflarini ko‘z bilan ko‘rib, ma’nosini qalban his etib, bahramand bo‘ladigan bu jonli jarayonda kuy va ashulalarni yuzaga kelishi uchun muhim hisoblangan bir qator sifat va xususiyatlar uyg'unlashgandir. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th June, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 46 | P a g e Ijrochilikning ana shunday asosiy qonunlari xonandalik, cholg‘uchilik (sozandalik) hamda raqs yo‘nalishlarida namoyon bo'ladi. Ularning har biri alohida va shu bilan birga uyg'unlashgan holda xalk ijrochilik amaliyotida shakllangan va rivojlangan. Pirovardida, san’at deb atalmish ma’naviyatimizning sirli, badiiy, ruhiy va jozibali jihatlarini namoyish etuvchi turlari sifatida muhrlangan. Qayd etish joizki, ijrochilikda doimo uch jihat mushtarak rivojlangan: ijod, talqin va tinglovchilar bilan hissiy (psixologik) bog‘lanish. Ijro saviyasi ana shu jihatlarining mutanosibligiga bevosita bog'liqdir. Ijrochiiing mas'uliyati mahorat va talqin kabi unsurlardan, eshituvchining holati esa, uning tajriba va ko‘nikmalaridan kelib chiqadi. Demak, ijrochining asosiy vazifasi kuy va aytimlarni latif va zarif shakllarda ijro etish va shu bilan tinglovchilarga ta’sir o‘tkazishdir. Buni amaliyotda an’anaviy xonandalik (mumtoz ashulachilik va mumtoz qo'shiqchilik) san’ati yo‘nalishlari sifatida yuritish odat tusiga aylandi. Milliy mumtoz ashulachilik an’analari o‘zbek an’anaviy xonandalik san'atining asosi bo‘lib rivojlandi. Bizning davrga kelib, xonandalikning eng mahoratli va bilimli darajasini, “hofizlik san’ati” deb yuritish odat bo‘ldi. Hofizlik san'ati an’anaviy xonandalikning ibratli namunasi sifatida amaliyotda qo‘llanila boshlandi. Eng nufuzli an’anaviy xonanda namoyandalariga esa “Xalq hofizi” faxriy unvoni berish ta’sis etildi. An’anaviy xonandalik san’ati professional ashulachilar orasida keng ommalashdi. Ularning janr jihatidan keng qamrovliligi ijro talqinining turlanishi, joy va makon an’analarining ahamiyati negizida o‘sib-boyib bordi. Natijada shaxsiy hamda mahalliy unsurlar bilan xarakterlanuvchi ijro uslublar, keyinchalik ijro maktablari yuzaga keldi. Andijon, Xorazm, Marg'ilon, Qo‘qon hofizlik maktablari yoki Hamroqul Qori, Hojixon Boltayev, Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Mamatbuva Sattorov, Jo‘raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov kabi shaxsiy ijro uslublar shular jumlasidandir. Xonandalik amaliyotida yakka ijrochilik bilan bir qatorda qo‘sh ovozlarda kuylash, azaldan butun dunyo xalqlari ijrochilik amaliyotida qo‘llanib kelingan. Bu an'ana hozirda ham turli ko‘rinishlarda davom etib kelmoqda. “Jo‘rovozlik ijro an’analarining ayrim xususiyatlari xususida va turli jihatlari to‘g‘risida ustozlar bir qator fikrlami aytib ularni o‘ziga xos sabablari bo‘lganligini qayd etib o‘tadilar. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th June, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 47 | P a g e > Birinchidan: katta davralarda ovozni kuchaytirish (ijro hammaga yetib borishi); > Ikkinchidan murakkab asarlarni ijrosida ovozni toliqtirmaslik, ya’ni galma- galdan ijro etish; > Uchinchidan bir ijroni o'zida ikkiyo'lda talqin etish va h.k. Hattoki, musiqa nazariyasining eng yuqori bosqichlaridan biri polifoniya so'zining kelib chiqishini ham aynan jo'rovozlikka asoslaganlar. [2;78] O‘zbek xalq musiqa ijrochiligida ham hamnafaslikda kuylash azal-azaldan xalqimiz orasida keng ommalashib kelgan. Uning professional ko‘rinishi, ya’ni mumtoz musiqa ijrochiligida muayyan janrlar ko‘rinishida amaliyotda shakllanib rivojlanib kelingan. Jumladan, katta ashula, maqom ijrochiligi va h.k. Hamnafaslikda ikki va undan ortiq ovozlar birgalikda honish qilinganga aytilib kelingan. Ta'kidlangan janrlarning ijroviy xususiyatlarida aynan bu jihat bilan bog‘liqlik borligini qayd etish lozimdir. O‘zbek musiqa ijrochiligining mumtoz yo‘llariga mansub ashulalarini, yallalarini qo‘sh ovozda aytish, XX asrning birinchi choragidan so‘ng ijro amaliyotiga kirib kelganligi risolalarda bayon etilgan. Uning kelib chiqishiga ham aynan katta ashula ijrochilik uslublari zamin bo'lganligini e’tirof etish o'rinlidir. Chunki, aynan katta ashulachilar tomonidan ushbu uslubda ijro qilish urf bo‘la boshlagan. Katta ashula ijrochiligidan farqli o‘laroq soddaroq va o‘z o‘rnida mukammallik jihatlarni o'zida jam etgan ijro yo‘li deyish mumkin. Ya’ni, Jo‘raxon Sultonov va Ma’murjon Uzoqovlar ijrosida mumtoz yallalar va mumtoz ashulalar hamnafaslikda ijro etila boshlangan. Shundan so‘ng Akmalxon va Boboxon So‘fixonovlar, Shoqosim, Shoolim va Shoakbar Shojalilovlarning ijro faoliyatlarida hamnafaslik san’ati keng ommalashganligini ko‘rishimiz mumkin. Orifxon Hotamov ham o‘zining xonandalik faoliyatini ko‘p qismini hamnafaslik amaliyotiga va uning rivojiga baxsh etgan ustoz san’atkorlardan biridir. Hamnafaslik san’atini Orifxon Hotamov ustozlari Jo'raxon Sultonov va Ma’murjon Uzoqovlardan o‘rganishga muvaffaq bo‘lgan. Katta ashula ijro uslubiga xos bo‘lgan ushbu ijro uslubi xonandadan katta san’at va mahorat talab qiladi. Ijrochilik jihatlaridan tashqari o‘ziga xos ayrim jihatlar borki, bu tinglash, anglash, his etib talqin etish bilan bog‘liqdir. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th June, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 48 | P a g e Jo'rovozlikning talqin mezonlari bir qator uslubiy yo‘llariga ega. Bulardan, ikki ovoz bir - biriga jo‘r bo‘lib kuylash, ya’ni jo‘rovozlikda bir xil kuylash; katta ashula uslubida birin-ketin kuylash va nihoyasida qo‘shilishib kuylash; duet uslubida kuylash; erkak ovozlarning jo‘rovozligi; erkak va ayol ovozlarning jo‘rovozligi; polifonik uslubda ikki yo‘lga ega bo‘lgan musiqiy namunalami kuylash va h.k. Har bir uslubning ijro jarayonida muhim hisoblangan jarayon, bu - xonandalarning ijrosidagi ovoz talqinlarini mutanosibligidir. Ovozlar har xil tusga (tembrga) ega bo‘lishi ham unchalik tafovutlarga sabab bo‘lmaydi. Aksincha, bir - birini boyitib, ularning jo‘rovozligida inson ruhiyatiga mos keladigan o‘zgacha ovoz tembrlari hosil bo‘lishi ham ehtimoldan holi emas. Lekin, hamnafaslikda ovozlarning bir-biriga mutanosibligi katta ahamiyatga egadir. Orifxon Hotamov o'zining ijrochilik faoliyatida ustozi Jo‘raxon Sultonov, safdoshlari Eson Lutfullayev, Hakimjon Fayziyev, ukalari Ahrorxon Xotamov, o‘g‘illari Ismoilxon, Muhammadxon Hotamovlar bilan birgalikda hamnafaslik qilganliklarini e'tirof etish lozimdir. Ularning har bir jo‘r ovoz hamnafaslarining o‘ziga xos jozibasi va ruhiyati bo‘lgan. Lekin, ijro uslubga ustoz Orifxon Hotamovning talqini asos bo'lganligini aytib o‘tish lozimdir.[3;112] Jo‘rovozlikda bir necha yillar faoliyat olib borgan ustoz Orifxon Hotamov bu borada shogirdlarga nisbatan o‘zgacha munosabatlarni ko‘p o‘ylaydigan inson bo'lganlar. Jo‘rovozlikning turli jozibalarini Orifxon Hotamov klassik namunadalardagi operalarda qo'llaniladigan duet va triolar ijrosidan, g'arb musiqasining turli xalq ommaviy qo‘shiqlar ijrolaridan qidirardilar. Chunki, har qanday jo‘rovozlikning o‘z shakli, mazmuni, yo‘nalishi, taliqini, jozibasi va falsafasi mavjuddir. Uni qo‘llashning o‘zi bo‘maydi, chunki, ovozlar mutanosibligi, ijro silliqligi, ijrochining mahorati, bilimi, ijro talqini va tafakkur doirasining bir biriga mosligi bu jarayonda o‘zini namoyon etishi begumondir. Shuning uchun jo‘rovozlik ijrochiligiga bir-biriga mos xonandalarning tanlanishi juda mushkuldir. “O‘zbekisonda Ozarbayjon Respublikasining adabiyoti va san’ati dekadasi kunlarida, Navoiy nomidani opera va balet teatri binosida Ozarbayjon san'at ustulalarining konsert namoyishi bo‘lib o‘tadi. Shunda butun jahonga mashhur Ozarbayjonlik betakror ovoz sohibi Shushinskiy Alek Piyero bilan birgalikda duet ijro etadi. Ijroda ular opera san’atining jahon klassik namunalaridan va ozar xalq va klassik musiqa namunalarini shu darajada ijro etadilarki, ularning https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th June, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 49 | P a g e jo‘rovozlik mahoratiga tasannolar o‘qiladi. Bundan katta ta’sirlangan Orifxon Hotamov ham o‘zbek xalq xonandalik san’atida erkak va ayollarning mutanosib ovozlarda jo‘rovozliklari xususida izlanadi. Shogirdlari Mahbuba Hasanova va Matluba Dadabayevalarga bir ikki asarlarni jo‘rovozlikda o‘rgatadi va ularning ovozlarini bunga moyilligiga amin bo‘ladi. Lekin, Shushinskiy bilan Alek Piyerolarning duetiga o‘xshagan ijro amalga oshirish uchun qizlarning ovoziga mos keladigan erkak- tenor ovoz izlash haqida o'ylaydi. Bunday imkoniyatni ustoz o‘zining shogirdi Beknazar Do'smurodovda ko'radi. Uning ovozini tikligi, eng muhimi hamnafaslikka moyilligi xususida ishlar olib boradi. Ularning ovozlarini har tomonlama o'rganib muayyan asar ustida ish olib boradi. Matluba Dadabayeva, Mahbuba Hasanova va Beknazar Do‘smurodovlardan ashulachilar triosini tashkil etib, ularga-mashhur bastakor To‘xtasin Jalilovning “Yolg‘iz” ashulasini o'rgatadi. Ikki qismdan iborat bo‘lgan “Yolg‘iz” ashula namunasi, ijrochilik amaliyotida bir qator xonandalar tomonidan turli uslublarda maromiga yetkazib ijro etilganligini musiqa ixlosmandlari biladilar”.[4;34] Ta’kidlash joizki har bir ijro o'ziga xos talqin etilgan. Qolaversa bu ijrolarda biz har bir hofiz talqinining o‘ziga xos tomonlari borligini ko‘ramiz. Xonandalarning ijrolarida o‘z yo‘llariga, uslublariga moyillik jihatlari sezilib turadi. Bunday talqinlarda asarning turli jihatlari namoyon bo‘lishi begumondir. Ana shunday ijrolardan biri sifatida Jo'raxon Sultonovning ijrosini qabul qilish o‘rinli bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Begmatov S. Hofizlik san’ati. Toshkent, 2007. 2. Begmatov S. “Orifxon Xotamov”, T., 2000 3. Matyoqubov O. Maqomot. Toshkent: “Musiqa”, 2004. 4. Matyoqubov O. Og‘zaki professional musiqa asoslariga kirish. Toshkent: “O‘qituvchi”, 1983. 5. Mamadaliyev Fattohhon. Milliy musiqa ijrochiligi masalalari. Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2001. 6. Mulla Bekjon Rahmon o‘g‘li, Muhammad Yusuf Devonzoda. Xorazm musiqiy tarixchasi. Toshkent: 1998. 7. Nazarov A. Farobiy va Ibn Sino musiqiy ritmika xususida. Toshkent: “G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti”, 1995. 8. Oyxo‘jayeva Sh. Maqom taronalari. Toshkent. 2011. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th June, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 50 | P a g e 9. Rajabiy Yunus. Muzika merosimizga bir nazar. Toshkent: “G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti”, 1978. 10. Do‘stmurodov B. “Yakkaxon qo‘shiqchilik”. Toshkent-2013. https://eglobalcongress.com/index.php/egc