E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th September 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 5 | P a g e YETIM BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN PSIXOLOGIK- PEDAGOGIK FAOLIYATLAR Tulegenova Dilfuza “Boshlang’ich ta’lim“ yo’nalishi talabasi Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Soʻnggi yillarda mamlakatda ijtimoiy yetimlikning oldini olish, aholi va yoshlar orasida sogʻlom oila qurishga masʻuliyat bilan yondashishni targʻib qilish, oilaviy qadriyatlarga maʻnaviy-axloqiy munosabatni shakllantirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Koʻrilgan chora-tadbirlar tarbiya muassasalari va ularda tarbiyalanayotgan yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar sonini sezilarli ravishda kamaytirishga yordam berdi. Shu bilan birga, bolalarni joylashtirishning oilaviy hamda boshqa muqobil shakllarini keng joriy etish, ayniqsa, ularni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish (patronat), shuningdek, bolalarni mustaqil hayotga tayyorlash uchun qulay shart- sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrish talab etilmoqda. Ijtimoiy yetimlikni yanada kamaytirish, yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, ularning jadal ijtimoiy moslashuvi uchun keng imkoniyatlar yaratish, tarbiya muassasalarining ish faoliyatini yaxshilash, shuningdek, jismonan sogʻlom va maʻnaviy yetuk avlodni tarbiyalashda oilaning rolini mustahkamlash maqsadida bir qancha chora-tadbirlar amalga oshiriloqda. Har qanday davlatda, har qanday jamiyatda ham ota-onasi qaramogʻisiz bolalar boʻlgan, bor va boʻladi ham. Bu holatda jamiyat va davlat bu bolalarning rivojlanishi va tarbiyalanishi masʻuliyatini oʻz boʻyniga oladi. Internat turidagi muassasalarda bola muammolarining oʻrganish bilan shugʻullanayotgan pedagog va psixologlar shuni aniqlashdiki hayotning ilk davrlaridanoq yaqinlaridan ajralib qolish bolaning keyingi taqdirini oldindan belgilab berar ekan. Onasidan ayrilish va umuman yaqinlaridan ayrilib qolish bolalar rivojida katta taʻsir koʻrsatadi. Bolalik insonning ruhiy bardoshliligi, hayotga qiziqishini, maqsadga intiluvchanligini taʻminlovchi asosiy xislatlarning shakllanish davridir. Bu maʻnaviy xislatlar betartib shakllanmaydi, ular ota-ona mehri sharoitida, oila bolaga oʻzi va boshqalar uchun masʻul boʻlish, birovga kerakligini sezish https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th September 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 6 | P a g e sharoitida shakllanadi. Ota-onasini yoʻqotgan bola bu haqiqatdan ham fojeali olamdir. Ota-onaga ega boʻlish ehtiyoji bolaning eng kuchli ehtiyojlaridan biri. Ijtimoiy yetimlik muammosi aksariyat rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarga xos muammo hisoblanadi. Yetimlikning barcha sabablarini sanab oʻtish mushkul, chunki bu turli fan sohalari (tibbiyot, psixologiya, ijtimoiyogiya, pedagogika va boshqalar) olimlari shugʻullanayotgan koʻp aspketli muammodir. “Yetim” va “ ijtimoiy yetim” degan tushunchalar bir-biridan farqlanadi. Yetim bolalar bu 18 yoshgacha ota-onasining biri yoki ikkovi vafot etgan boʻladi. ijtimoiy yetim-biologik ota-onaga ega boʻlgan, biroq ular turli sabablar uning tarbiyasi bilan shugʻullanmaydigan bolalar. Bu holatda unga gʻamxoʻrlik qilishni davlat va jamiyat oʻz boʻyniga oladi. Ularni boqish, taʻlim berish, himoyalash uchun qonun bilan belgilangan vasiylik shakllari mavjud. Vasiy deganda muomalaga layoqatsizlarni shaxsiy va mulkiy huquqlarini qoʻriqlovchi shaxs tushuniladi. Yetim bolalarga vasiylik qilish ikki yoʻl bilan amalga oshiriladi-bolalaikka olish yoki davlat qaramogʻiga topshirish. Davlat qaramogʻiga olishi-bolalikka olinmagan yetim-bolaga uni maxsus muassasalarga joylashtirish orqali tarbiyasi va rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib berish. Bola vaqtinchalik qabul qiluvchi oila, bolalar va goʻdaklar uyi, maktab-internetga joylashtirilishi mumkin.Qabul qiluvchi oila bilan ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish Bolalikka olingan bola turli xildagi qabul qiluvchi oilalarga-bolalikka oluvchi oila yoki vasiyat oilaga borib qolishi mumkin. Ular oʻrtasidagi farq shuki birinchi holatda bolani qarindoshlari topib olishadi, ikkinchisida, oila vazifasini bolaga qarindoshlik aloqalari boʻlmagan shaxslar bajaradi. Vasiy oila sud qarori asosida aniqlanadi. Vasiy vazifalariga bolani tarbiyalash va rivojlantirish, uni huquqlarini himoya qilish kiradi. Vasiy bola egaligida boʻlgan koʻchar va koʻchmas mulklardan foydalanish va ularni saqlab qolishni taʻminlaydi. Biroq oʻzi bu mulkdan foydalanish huquqiga ega emas. Bolalikka oluvchi oila bolaning yuridik jihatdan yangi oilasi hisoblanadi. Bola u oilaning familiyasini olishi mumkin. U oila unga boshqa ism ham berishi mumkin. Bolalikka olingan bolaning barcha huquq va majburiyatlari oʻz bolalarining huquq va majburiyatlariga tenglashtiriladi. Bolalikka olish bir nechta https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th September 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 7 | P a g e bosqichda oʻtishi mumkin: avval bolaga shu mintaqada yangi ota-ona topishga harakat qilishadi, agar buning imkoni topilmasa unda bolalikka oluvchilarni davlatdan tashqarida qidirishadi. Qabul qiluvchi ota-ona bolali oilalar, bolasiz oilalar, toʻliqsiz oilalar, yakka shaxslar boʻlishi mumkin. Odamlarni bolani oʻz oilasiga qabul qilishga undovchi bir qator sabablar mavjud. Ular: -fiziologik sabablarga koʻra oʻz bolasi boʻlmagan holatda bolali boʻlish xohishi; -oʻz bolasining vafot etishi; -yaqin qarindoshlarining vafot etishi; -oʻz bolalari ulgʻaygach yana bolali boʻlish xohishi; -jamiyatda muhtoj bolalarga rahmdillik hissi; -yolgʻizlik hissi; -diniy sabab va boshqalar. Vaqtinchalik qabul oilasi professional mutaxassislar oilasi boʻlgani bilan vasiylik oilasidan farq qiladi. Agar xorij tajribasiga murojaat qilsak, uning bir nechta belgilarini aniqlasak boʻladi; bunday oilaning psixologik-pedagogik tayyorligiga mos tushuvchi malakaning mavjudligi, bu oila xizmatlariga haq toʻlanishi; bolaning oilada boʻlish vaqti qabul qiluvchi ota-onaning ish staji muddati hisoblanishi va boshqalar. Bola vaqtincha qabul qiluvchi oilada uning keyingi taqdiri xal boʻlgunga qadar yashaydi: oʻz oilasiga qaytishi, bolalar uyi, internat yoki boshqa muassasaga yuborilishi. Bolaning oʻz oilasiga qaytib kelishi bola oiladan ajratib olingan sabablarning bartaraf etilishini koʻzda tutadi. Bular ota-onasining davolanishi, oila inqirozining tugashi va boshqalar. Bolaning bu oilada boʻlish bir oydan bir necha yilgacha choʻzilishi mumkin. Bolaning qabul qiluvchi oilada qisqa muddatli boʻlish oʻz oilasida inqirozli holatda, toʻsatdan ota-onasidan judo boʻlganda bolaga shoshilinch yordam koʻrsatilishini anglatadi. Bolaning qabul qiluvchi oilada uzoq muddat boʻlishi bola oʻz oilasining uzoq reabilitatsiya jarayoni yoki boshqa sabablar bilan izohlanishi mumkin. Vaqtinchalik qabul oilasiga kelayotgan bolalar kontingentining murakkabligini (ijtimoiy qarovsiz, kasallik, jismoniy va ruhiy nuqsonlar) inobatga olib oilalarda bu bolalarning normal rivojlanishi uchun alohida sharoitlar, gʻamxoʻrlik yaratilishi lozim. Bular bolaga boshdan kechirgan qiyin https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th September 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 8 | P a g e vaziyat bilan bogʻliq stress holatidan chiqishga yordam beradi. Bunday oilaning asosiy maqsadi-biologik ota-onalar bilan aloqalarni ushlab turish va bolani oʻz oilasiga qaytarib berish. Agar bolani oʻz oilasiga qaytarishning imkoniyati boʻlmasa unda uning keyingi taqdiri borasida sud qarori chiqmaguncha vaqtinchalik qabul oilasida boʻlib turadi. Aslida bunday oila biologik oilada biror- bir inqirozli vaziyat yuzaga kelganda “tez tibbiy yordam” vazifasini bajaradi. Qabul qiluvchi oila institutining joriy qilinishi avvalambor bunday oilalarni tanlab olish, ularni bu faoliyatga tayyorlashning effektiv mexanizmini taʻminlaydigan normativ-huquqiy bazaning yaratilishini talab qiladi. Qabul qiluvchi oilalar va ular vazifalarining farqlanishiga qaramay ijtimoiy pedagogning bu oilalar bilan ish yuritishini belgilab beruvchi bir qator umumiy qoidalarni ajratsak boʻladi. Bu faoliyatni bir qator bosqichlarga ajratsak boʻladi: oilalarni tanlash, ota-onalarni oʻqitish, bolalar taʻlim-tarbiyasi masalasi boʻyicha faoliyatlarining patronajini oʻtkazish va boshqalar. Shuningdek, ijtimoiy pedagogning faoliyati doim boshqa mutaxassislar- ijtimoiy ishchilar, shifokorlar, psixologlar, defektologlar bilan hamkorlikda boʻladi. Ijtimoiy pedagogik faoliyat har qanday boshqa faoliyat kabi faoliyat maqsadi, subʻek va obʻekti, funksiyalari, tashkil qilish metodlari va usullari bilan aniqlanadi. Qabul qiluvchi oila bilan ijtimoiy pedagogik ish yuritishning maqsadi-oilada bolani normal tarbiyasi va rivojlantirish. Uning subʻektlari yuqorida sanab oʻtilgan mutaxassislardir. Faoliyat obiekti oila va bola hisoblanadi. Qabul qiluvchi oila bilan ijtimoiy pedagogik ish yuritishni bir nechta bosqichlarga ajratib, bu bosqichlarda ijtimoiy pedagog faoliyatining funksiyalarini belgilasa boʻladi. Birinchi bosqich qabul qiluvchi ota-onalarni qidirish bilan bogʻliq. Bu masʻuliyatni boʻynilariga olmoqchi boʻlgan shaxslar ariza boʻlib unda oʻz familiya, ismlari, yashash manzili, uy telefoni, bolalarining yoshi, qaysi jinsdagi va necha yoshli bola olmoqchiligi, bola bilan qancha muddat birga boʻlishlari va boshqalar koʻrsatilgan boʻladi. Bu bosqichda ijtimoiy pedagog axborot funksiyasini bajarib, boshqa mutaxassislar bilan birgalikda soʻrovnoma oʻtkazishadi. Ikkinchi bosqichda ariza topshirgan nomzodlarga anketa yoki boshqa bir hujjatni toʻldirishni taklif qilishadi. Unda boʻlajak ota-onalar oila tarixini bayon etishadi. Oʻz turmush tarzlarini, oila aʻzolarining diniy mansubligini, turmush oʻrtoqlarning sogʻligi holatini, moddiy holatlarini, oilaga bola qabul qilish sabablarini xarakterlab berishadi. Anketa yoki axborot xaritasini ijtimoiy https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th September 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 9 | P a g e pedagog yana oʻsha mutaxassislar bilan birgalikda ishlab chiqadi. Shunday qilib potensial qabul oilasining oldindan tashxis qoʻyiladi. Uchinchi bosqich oila, bolalar uyi yoki bola joylashgan boshqa muassasaga ilk tashrifdan iborat. Bu bosqichda ijtimoiy pedagog bola hamda qabul qiluvchi oila oʻrtasida vositachilik vazifasini bajaradi. U bolani kuzatadi, uning tarbiyasi bilan shugʻullanayotgan shaxslar bilan suhbatlar oʻtkazadi. Toʻrtinchi bosqich oila va uning atrofdagilarni yaxshilab oʻrganishni talab qiladi (chuqurlashgan tashxis). Ijtimoiy pedagog boʻlajak ota-onalar tomonidan toʻldirilgan anketa va ariza bilan tanishib chiqib, bevosita oila bilan tanishadi, oila aʻzolari bilan suhbatlar oʻtkazadi, undagi pedagogik iqlimni, oila aʻzolarida yomon odatlar borligini va boshqa jihatlarni aniqlaydi. Soʻngra ijtimoiy pedagog boshqa mutaxassislar bilan birgalikda oilaning yaqin atrofdagilarini (qoʻshnilar, hamkasblar, doʻstlar) oʻrganib chiqadi. Bu suhbat yoki maxsus ishlab chiqarilgan anketalar yordamida bajarilishi mumkin. Beshinchi bosqich boʻlajak ota-onalarning ilk oʻqitish bilan bogʻliq boʻlib, unda 2-3 kun mobaynida bola joylashgan muassasada nazariy bilimlar amaliy malaka oshirish oʻtkaziladi. Bunda ijtimoiy pedagog taʻlim beruvchi funksiyasini bajaradi, kirish kurs dasturini ishlab chiqadi. Oltinchi bosqich bolani qabul qiluvchi oilaga topshirish bilan bogʻliq. Bu holatda asosiy faoliyat vasiylik va adliya organlari tomonidan bajariladi. Bolani oilaga topshirgan vaqtdan boshlab ijtimoiy pedagog patronaj oʻtkazish funksiyasini bajaradi. Bolaning qabul qiluvchi oilasiga adaptatsiyasi boshlanadi. Bu esa ham bola ham ota-onalarga muammolar tugʻdiradi. Shuning uchun bu bosqichda kirish kursining davomli boʻlishi ota-onalarni oʻqitishning chuqurlashtirilgan kursi oʻtiladi. Ijtimoiy pedagog boshqa mutaxassislar bilan birgalikda yangi dasturni ishlab chiqadi. Qabul qiluvchi oilada ota-onalarni oʻqitish mazmuni koʻp holatlarga bogʻliq-bolani qanday oila bolalikka oldi (koʻp bolali, bolasiz, ota-ona bir kishi hisoblanadigan), qabul qiluvchi ota-onaning yoshi, bolalikka olishga undagan sabablar, oilaga qabul qilishgan bolaning shaxsiyati (yoshi, jinsi, biologik ota-onalarining bor-yoʻqligi) kabilarni oʻrganadi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.02.2019-yil “Yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th September 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 10 | P a g e kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4185-sonli Qarori. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019-yil “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirishning muqobil shakllarini tanlash, oila institutini mustahkamlash hamda ijtimoiy yetimlikning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 824-sonli Qarori. 3. Aripova A.X. Yetim hamda ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarni hayotda oʻz oʻrinlarini topishlari maqsadida xorijiy tajriba implementatsiyasi. Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5 educational natural and social sciences. ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423. https://eglobalcongress.com/index.php/egc