E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th October 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 24 | P a g e YAKKAXON QO‘SHIQCHILIKDA ASAR MAZMUNIGA MOS BADIIY- MUSIQIY IJRO ETISH KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISH Nuriddin Xolboyev, O‘zDSMI “Milliy qo‘shiqchilik” kafedrasi dotsent v.b. Annotatsiya: Tovush nafas va ovoz aparatlarining harakati natijasida hosil bo‘ladi. Tovush havoning yopiq holatdagi ovoz teshigi orqali o‘tganda ovoz pardalari tebranishi vaqtida yuzaga keladi. Xonanda ovozi yuzaga kelishidan boshlab o‘zining aniq balandligiga, kuchiga, tembrga, aniq unli formasiga (shakliga) ega bo‘lishi kerak. Bu shartlar tovush hosil qilishning asosiy qoidasi bo‘lib, yakkaxon qo‘shiq ijrochiligida alohida ahamiyatga ega. Ushbu maqolada yakkaxon qo‘shiq ijrochiligi mashg‘ulotlarida asar mazmuniga mos badiiy-musiqiy ijro etish ko‘nikmasini shakllantirish masalalari tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: Yakkaxon qo‘shiqchilik, ijrochilik, ko‘nikma, an’ana, ovoz, mashq. Аннотация: Звук образуется в результате дыхания и движения голосового аппарата. Звук возникает, когда голосовые связки вибрируют, когда воздух проходит через закрытое звуковое отверстие. Голос певца должен иметь точную высоту, силу, тембр и точную форму (форму) гласных с момента его создания. Эти условия являются главным правилом звукотворения и имеют особое значение в сольном пении. В данной статье анализируются вопросы формирования художественно-музыкально-исполнительского мастерства в соответствии с содержанием работы на занятиях сольного исполнительства. Ключевые слова: Сольное пение, исполнение, мастерство, традиция, голос, упражнение. Abstract: Sound is produced as a result of breathing and movement of the vocal apparatus. Sound occurs when the vocal cords vibrate as air passes through a closed sound hole. A singer's voice must have the exact pitch, strength, timbre, and exact vowel shape (shape) from the moment it is created. These conditions https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th October 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 25 | P a g e are the main rule of sound creation and are of particular importance in solo singing. This article analyzes the issues of developing artistic, musical and performing skills in accordance with the content of work in solo performance classes. Key words: Solo singing, performance, skill, tradition, voice, exercise. Ovoz sozlash mashqlari talabalarga ifodali ijroning texnik va badiiy usullarini egallashga yordam beradi. Ayrim mashqlar kompleks xarakterga ega bo‘lib, turli malakalarni baravariga rivojlantiradi. Kundalik mashqlar bilan shug‘ullanilmasa, asar ijro etishni o‘rganish jarayoni cho‘zilib ketadi. O‘quv yili boshlanishida ovoz sozlash mashqlari tanlanib, asta-sekin murakkabiga o‘ta borishi kerak. Mashqlar o‘rta dinamikada (sekin) erkin nafas almashinishida ijro etiladi. Ovoz sozlash mashqlari talabalarni ma’lum darajada faollashtiradi, ularning diqqatini bir joyga to‘playdi. Har qanday vaziyatda ham ovoz sozlash mashqlariga 5-7 daqiqa ajratsa bo‘ladi. Ovoz torlaridan yuqorida joylashgan bо‘shliqlarga yuqori deyiladi, ya’ni halqum qatlami, yutingich, og‘iz va burun bо‘shliqlariga yuqori sadolantirgich deyiladi. Yutingich va og‘iz bо‘shliqlari sо‘zlashuv tovushlarini shakllantiradi. Ovozning kuchiga quvvat qо‘shadi va uning tembri(rang)ga ta’sir kо‘rsatadi. Burun, yutingich, burun bо‘shlig‘i va uning atrofidagi bо‘shliqlar, ya’ni tanglaydan yuqori qismi – miya sadolantirgich yohud burunga kuylash deyiladi. Mazkur sadolantirgich tо‘g‘ri kuylashning nazoratchisi deyilsa xato bо‘lmaydi. Kо‘krak qafasi sadolantirgichi tovushga shira, quyuqlik va kenglik qо‘shadi. Kо‘krak qafasi sadolantirgichini kо‘p ishlatish xavflidir, chunki u ovozni notekislikka va pardaning tabiiy о‘rnidan pastroq va yuk bilan kuylashga olib keladi. О‘quvchining ovoz bilan ishlash jarayonida uning ovoziga mos mashqlarni tanlay bilish dars samaradorligini oshiradi. Mashqlar xalq og‘zaki ijodining kuychan namunalari asosida amalga oshirilsa о‘quvchi zerikmaydi. Unda о‘tilayotgan darsga nisbatan qiziqish uyg‘onadi. Mashqlar dastlab ovozni tо‘g‘ri yо‘naltirish, nafasni tejab ishlatishga qaratiladi. Shubhasiz, birinchi о‘rinda bu jarayonda nafas olishga alohida e’tibor berish kerak. Asta-sekin qо‘shiq kuyi talab etadigan ifodaviy vositalar, musiqiy jilolar, mashq yordamida mukamallashtirilib boriladi. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th October 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 26 | P a g e Talaba ovozi bilan bajariladigan mashqlar bir-birini kо‘p takrorlamasligi kerak. Xatto bir maqsadga yо‘naltirilgan mashqlar ham usul, kuy jihatlari bilan xilma- xil bо‘lsa, bu darsning sermazmun bо‘lishiga olib keladi. Agar mashqlarda о‘tiladigan mavzuning barcha badiiy xususiyatlari aks etgan bо‘lsa, mavzuni о‘zlashtirish oson kechadi. Mashqni bajarish jarayonida о‘quvchining ijro vaqtidagi umumiy xolati, sо‘zlarni tо‘g‘ri talaffuz etish, mashqni bajarish jarayonida о‘qituvchi tomonidan qattiq nazorat qilib boriladi. Mashqlar davomida unli tovushlarning chо‘zimi tilni aylantirib, ovozni burunga urish bilan boyitib borilgan. Mashqlarning yana bir asosiy vazifasi an’anaviy xonandalikka xos urflarning ovozdagi ifodasini bо‘rttirib kо‘rsatish edi, о‘sha davrda. Masalan, Toshkent-Farg‘ona ijrochilik yо‘lida ovozning kо‘krak qafasining kо‘tarilgan xolatda chiqishi va uni labga urilishi oqibatida nimasi bilandir nayni eslatuvchi sadoni his qilamiz. Buxoro va Xorazm yо‘llarida esa sadolanayotgan ovoz (albatta u tо‘g‘ri shakllangan bо‘lsa) gumbazdan chiqayotgan sehrli bir sadoni eslatadi. Xonandalar bizning tilimizda ovoz mashqi deb ataluvchi amallarni bajarayotganda mana shu xolatlarga alohida e’tibor berishgan. Biroq shuni afsus bilan aytish kerakki, о‘sha davrda ham, bizning davrimizda ham an’anaviy xonandalik bо‘yicha talabalarga mо‘ljallangan mashqlardan iborat darsliklar deyarli nashr qilinmagan. Talabaning musiqiy ongini milliy ohanglar bilan tо‘ldirish uchun, ustozlar ta’biri bilan aytganda, uning qulog‘ini pishirish uchun mashqlarning barcha butun va yarim pardalarda bajarilishi talab etiladi. Yakkaxon qo‘shiqchilik malakalariga erishish va uni takomillashtirishning asosiy mezoni – mashqdir. Mashqlar kо‘p marotaba takror va takror, qayta-qayta maxsus bajarilishi lozim bо‘lgan ijro vositasidir. О‘tmishda ustozlar buni ovoz yurgizish, tomoqni qizdirish kabi iboralar bilan ifodab, buning uchun maqom ohanglari va zamzamalardan mashq sifatida foydalanishgan. Avval har bir bajariladigan mashqning nima maqsadga qaratilganligini bilib, mashqda shu maqsadga erishilmaguncha qayta-qayta takrorlanmog‘i shart. Ovoz bilan ishlash jarayonida har bir xonandaning ovoziga mos xilma-xil mashqlar tanlay bilish mashg‘ulotning mazmunli bо‘lishi bilan bir qatorda samaradorligini ham oshiradi. Dastlabki yakkaxon ijrochilik mashqlari ovozni tо‘g‘ri yо‘naltirish va nafasni tejab ishlatishga qaratilmog‘i, qolaversa, eng asosiysi nafas olish jarayoniga alohida e’tibor berishga qaratilmog‘i lozim. Yakkaxon qo‘shiqchilik malakalarining turli talablariga shu uslub orqali erishish mumkin bо‘ladi. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th October 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 27 | P a g e Ovozning kuychanligi, ravonligi, quvvati, ravshanligi kabi qirralari shular jumlasidan. Ovoz mashqlari asar ijro etishdan ilgari bajarilishi, imkoni boricha shu asar ruhi va ladidan bо‘lgani, sodda va oddiy bо‘lishi maqsadga muvofiqdir. Ushbu mashqlar nafaqat malaka va uni takomillashtirish, balki ovoz qatlamlarini asarlar kuylashga tayyorlash jarayoni ham, ya’ni ovozni ijroga tayyorlash mashqlari (raspevaniye) deyiladi. Bu jarayonda har bir ijrochi ovoz hosil qilishda nimalarga e’tibor berishi, uni qanday bajarishi, qolaversa bu mashq nima maqsadga qaratilganini va uni qanday nazorat qilish mumkin ekanliklarini nafaqat ustoz, balki talabaning о‘zi ham ham anglab yetgani ma’qul. Avvalo, ovoz ustida ishlaganda mashqlarni primar, ya’ni asil pardalardan boshlamoq hamda ovoz hajmidagi qolgan barcha pardalar jarangini ham shu pardalarga moslamoq hamda mashqlar ovozning о‘rtacha quvvatda bajarilmog‘i kо‘proq manfaat berishini bilib olgan yaxshi. Chunki katta quvvatdagi ovozda ijro etib turish, ovozning bо‘rttirilishiga olib keladi va uning ovoz uchun talofati kattadir. Albatta doimiy xirgoyi tarzda kuylash ham tavsiya etilmaydi, biroq xirgoyi tarzda kuylashning nazorat uchun ahamiyati katta ekanligini har bir xonanda bilib olgani yaxshi. Yuqorida aytganimizday, ovoz mashqlarini primar pardalardan boshlagan yaxshi, chunki xonandaning bu diapazonidagi tovushlar tabiiy, gо‘zal va erkin jaranglaydi. Parda ohangining toza va tiniqligiga erishish (интонирование) asosan xirgoyi tarzda ashula aytishdan boshlanadi. Primar pardalarda mashqlarni bajarish ovoz qatlamlari, og‘iz va burun bо‘shlig‘idagi mushaklarning erkin ishlab ketishiga sabab bо‘ladi. Primar pardalar odatda ovoz hajmining taxminan о‘rtalarida bо‘ladi. Mashqlarda ovoz hajmi asta-sekinlik bilan kengayib borib, ovozning tо‘liq hajmigacha yetkazish mumkin. Ovozning quyi va yuqori hajmiga, iloji boricha о‘rta diapazonni takomillashtirgandan keyin, asta sekinlik bilan kengaytirib о‘tgan ma’quldir. Bundan tashqari, yakkaxon ijrochilikning boshlang‘ich jarayonida mashqlarni har bir ijrochi qulay bо‘lgan unli tovushlarda ijro etgan durust. Shunda ayni shu unli tovush qolgan unli tovushlar uchun asos bо‘lib xizmat qilishi mumkin, chunki о‘ziga qulay tovushda ijrochi oldiga qо‘yilgan vazifani bajarishi va о‘zlashtirib olishi oson bо‘ladi. Tanlab olingan unli tovush ijrochi ovozining umumiy jarangiga binoan manfaatsiz, ya’ni ovoz nursiz va jarangsiz bо‘lsa, unda ovoz jarangini yaqinlashtirish maqsadida “i”, “ye” kabi tovushlarni tanlagan ma’qul. Mabodo ovoz haddan tashqari yaqin, ochiq, yoyilgan va xunukroq bо‘lsa, unda “o”, “u”, “о‘” kabi ovozni yig‘ib olishga xizmat qila oladigan tovushlar bilan https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th October 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 28 | P a g e boshlagan ma’qul. Tomoqni siqib ovoz chiqaradiganlar uchun “i” tovushi bilan qo‘shiq aytishni boshlash yaramaydi, chunki bu tovush о‘zining talaffuz xususiyati bilan bundan-da siqibroq chiqarishga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bunday xonandalarga “a”, “o”, “u” va “о‘” tovushlari qulayroqdir. Burni orqali ovoz chiqaradiganlarga esa “o” tovushi, ayniqsa “a” tovushi yaxshi samara beradi. Talaffuz organlari bо‘sh va lanj ishlaydigan xonandalar bilan esa yuqorida kо‘rsatilgan unli tovushlarga undosh tovushlarni qо‘shib mashqlar bajarish maqsadga muvofiq. Ashula aytish texnikasi malakalariga mana shu kabi uslublar orqali erishish ijobiy natija beradi. Ovoz yurgizish mashqlarini qoidaga muvofiq bir pardada kuylashdan boshlagan ma’qul, faqat shundagina nafasni tо‘g‘ri ishlatish, pardani toza va tiniqligiga erishishga imkoniyat bо‘lishi mumkin. Agar ovozlar yopiq (xasta) bо‘lsa – di, da, do, mi, ma, mo kabi jarangdor unlilarda mashq qilgan ma’qul. Mobodo “l” tovushi vositasidagi mashqlar yumshoq atakani barpo etish va ovozni yig‘ib olishga qaratilgan bо‘lsa, “m” tovushi vositasida binnigi kuylashni tashkil etishga, “d” tovushi orqali esa atakani faollashtirib, tovush yaqinlashtirishga xizmat qiladi. Yuqorida aytilganidek, mashqlarni albatta primar pardalardan boshlash hamda ijro etishga mо‘ljallangan asar bо‘laklaridan olgan ma’qul. Shunda ovoz kuylashga tayyor bо‘lishdan tashqari xonandaning о‘zi qо‘shiq ruhiga ham sozlanib qoladi. Ovoz yurgizish mashqlari faqat ovozni tо‘g‘ri shakllantirish, uni turli malakalari ustida ishlatishga qaratilishi shart, ya’ni mashqlar jarayonida xonandalarni faqat yaxshi ohangdor va kuychan mashqlarni о‘zining ijrosi bilan emas, balki ruhiyati bilan ham tayyorlamoq zarur. Tanlanadigan har bir mashq maqsadli bо‘lishi va ovozning ijro malakalariga qaratilgan bо‘lishi shart. Mashqlarning boshlang‘ich jarayonida nafasni tо‘g‘ri olib, silliq chiqarish, ovozni tayanchiga e’tibor berish, jarangni tekislash, ovoz hajmini kengaytirib borish kabi xonandalik texnikasi va sifatlariga qaratilgan bо‘lmog‘i lozim. Mashqlar oddiylaridan boshlanib, keyin asta-sekinlik bilan murakkablasha borgani tо‘g‘ri bо‘ladi. Mashqlar albatta yakkaxon ijrochilik ta’limoti talablariga tо‘liq javob berishi va maqsad sari bir-birini tо‘ldirib borishi lozim. Xuddi shunga о‘xshash tanlanadigan asarlar ham osonlaridan boshlanib, asta-sekinlik bilan murakkablashib borishi xonandalik malakalarini puxta egallab borishiga xizmat qilishi muqarrar. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th October 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 29 | P a g e Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Nasriddinov B. “To‘ychi hofiz”. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1971. 2. Mamadaliyev F. “Milliy musiqa ijrochiligi masalalari”. – Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2001. 3. Matyoqubov O. “Maqomot”. ‒ Toshkent: “Musiqa” nashriyoti, 2004. 4. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi 1. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2000. 5. Yozib oluvchi Yunus Rajabiy “Shashmaqom” VI Iroq. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1975. 6. Akbarov I. “Muzika lug‘ati”. ‒ Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987. 7. Sharipova G. Musiqa va uning o‘qitish metodikasi. – Toshkent.: 2006.– B.137. https://eglobalcongress.com/index.php/egc