E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th October 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 35 | P a g e TALABALARNING KREATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK ASOSLARI Ibraymov I. E. Nukus davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti Annotatsiya Maqolada talabalarning kreativ kompetensiyalarini rivojlantirishning psixologik- pedagogik asoslariga oid ayrim muammolar va ularning yechimlari haqidagi ma’lumotlar bayon etilgan. Shuning bilan birga, oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kreativ kompetensiyasini rivojlantirishga doir adabiyotlar, dissertatsiyalar, monografiyalar tahlil qilinib, zarur xulosalar qilingan. Kalit so‘zlar: talaba, o‘qituvchi, kreativlik, kompetensiya, kreativ faoliyat. Psixologiya va pedagogika fanlarining dolzarb vazifalaridan biri qobiliyat va tabiyatini ilmiy-nazariy jihatdan aniqlash, talabalarning intellektual rivojlanishining tamoyillarini va qonuniyatlarini ochib berishdan iborat. Insonlarning aqliy qobiliyatlari mamlakat ilmiy texnikaviy rivojining intellektual zahirasi va insonlar intellektual rivojlanishi yuksak jamiyatning asosi bo‘lib hisoblanadi. Shu munosabat bilan, insonning kreativ kompetensiyasini har tomonlama ilmiy o‘rganish, uni tashxis qilishning samarali metod hamda shakllarini yaratish va talabalarning shaxsiy intellektual qobiliyatlarini aniqlash zamonaviy pedagogikaning dolzarb muammosidir [9; B. 102]. Amerikalik pedagog Patti Drapeau nuqtai nazariga ko‘ra shaxsning kreativ fikrlashi, eng avvalo muayyan masala yoki muammo yuzasidan har tomonlama mantiqiy fikrlash sanaladi. Har tomonlama kreativ fikrlash talabalardan nazariy o‘quv topshirig‘i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko‘plab ilmiy-uslubiy hamda amaliy g‘oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama mantiqiy samarali fikrlash esa birgina to‘g‘ri g‘oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushaxada yuritishda masala yoki muammo yuzasidan bir va ko‘p tomonlama mantiqiy samarali fikrlashdan birini inkor etib bo‘lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama mantiqiy samarali fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, berilgan muammoli topshiriqni bajarish, har xil qiyinchilik darajasidagi masalalarni yechishda talaba yechimning bir necha variantini izlaydi (ko‘p tomonlama mantiqiy fikrlash), keyin esa eng maqbul https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th October 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 36 | P a g e natijani kafolatlovchi birgina to‘g‘ri yechimda to‘xtaladi (bir tomonlama mantiqiy fikrlash) [1]. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida salohiyatli oliy ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan va ko‘plab davlatlar oliy ta’lim muassasalari tomonidan tan olingan talabalar intellektual salohiyatini belgilash mezonlarida quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi: talabaning muammo yuzasidan analitik fikrlashi; talabaning muammo yechimi yuzasidan tanqidiy fikrlashi; talabaning nazariy ma’lumotlarini sintez qila olish layoqati; talabaning muammoni yechishda kreativ fikrlashi; talabaning muammoni samarali yechish ko‘nikmasi [8; 1704-1708-b.]. Ushbu mezonlar orqali bo‘lajak kadrlarning intellektual saviyasi aniqlanadi va yuqori kasbiy salohiyatga ega mutaxassislar sifatida baholanadi. Kreativlik (lotincha «create» - yaratish, «creative» yaratuvchi, ijodkor) – individning jamiyat uchun zarur yangi nazariy va amaliy g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyat ma’nosini ifodalaydi [6; B. 356]. Shaxsning kreativligi uning ongida tafakkurida, o‘zaro muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan ichki psixologik xususiyatlarini tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning eng muhim omili sifatida aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o‘tkirlikni aniq belgilab beradi [2; 8-10-b.]. V.A.Kan-Kalik kreativlikni ijodkorlikning alohida turi sifatida baholab, u o‘z- o‘zicha alohida muammoli vaziyatlarni vujudga keltiruvchi, uni ijodiy yechuvshi va ularni pedagogik amaliyotga tatbiq etish usullarini yaratuvchi hodisa yoki jarayon ekanligini ta’kidlaydi. Kreativlik qobiliyatini rivojlantirish va uni novatorlik darajasiga olib chiqish barcha o‘qituvchining ham qo‘lidan kelmaydi, biroq kreativlik hech bir o‘qituvchi uchun taqiqlanmagan [3; B. 69]. A.Maslou kreativlikni ijodiy yo‘nalganlik sifatida atroflicha talqin etadi. Tadqiqotchi kreativlik xususidagi ilmiy mulohazalarida o‘qitishning eskicha usullaridan voz kechib, ta’lim oluvchilardagi evristik tafakkur, ong va kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan yangi usullarni yaratish g‘oyasini ilgari suradi va interfaol texnologiyalar asosida o‘qitish jarayonining bu boradagi pedagogik imkoniyatlarini yuqori baholaydi [5; B. 108-118]. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th October 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 37 | P a g e Tadqiqotchilar R.Sternberg va T.Lyubart, talabalardagi kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish jarayoniga nisbatan kognitiv, ijtimoiy-shaxsiy, tizimli hamda integrativ yondashuvlarni keltirib, ularning har birini mazkur jarayondagi samarasi va ta’sir doirasini ochib beradi. Jumladan, kognitiv yondashuv fazasini g‘oyalar generatsiyasi va tadqiqotchilikka yo‘naltirilgan fikrlash jarayonlari bilan asoslasa, ijtimoiy-shaxsiy yondashuvni individual qiziqishlar, motivatsiyaning xilma-xilligi, ijtimoiy-madaniy muhitni kreativlikning rivojlanishidagi muhim omillar sifatida belgilaydi. Shuningdek, tadqiqotchilarning fikricha, integrativ yondashuv asosida kreativlikni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan quyidagi oltita o‘zaro aloqador manbalari mavjud. Bular intellektual qobiliyatlar, nazariy bilim, tafakkur uslubi, shaxsiy xarakter, motivatsiya va atrof-muhit. Bu jarayonga nisbatan tizimli yondashuvni esa shaxs iqtidorining rivojlanishiga zamin yaratuvchi – ijodiy jarayon, mahsulot, shaxs va muhit bilan bog‘lab asoslaydilar [7]. Tajribalardan ma’lumki, ta’lim jarayonida talabalarning psixologik xususiyatlariga muvofiq ish olib borilsa, ular nazariy bilimlarni yaxshi o‘zlashtiradilar. Bilimni o‘zlashtirishning muhim sharti uni tushunishdir. Talabalarning kreativligini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish o‘ziga xos afzalliklarga ega bo‘lib, ularni mantiqiy fikrlashga, fanga ilmiy va ijodiy yondashishga o‘rgatadi, o‘quv mavzularini o‘zlashtirishni soddalashtiradi, ilmiy dunyoqarashining shakllanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi, bilimlarni mustahkam egallashga yordam beradi, his-tuyg‘ularga ta’sir etgan holda mashaqqatli aqliy faoliyat natijasida fanga nisbatan ijobiy munosabatni yaratadi. Shunga ko‘ra, ta’kidlashimiz mumkinki, faoliyatning to‘g‘ri tashkil etilishi, pedagogikaga oid fanlarni innovatsion texnologiyalarning samaradorligiga va ulardan foydalanib qiziqarli ravishda ma’ruza, amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarining o‘tilishiga zamin yaratiladi. Bunda talabalarga mavzularni mustaqil o‘rganish ko‘nikma va malakalarini egallashga yordam beradi [4. B. 228-229]. Ma’lumki, inson faoliyati doimo ongli, maqsadga qaratilgan faoliyat. U muayyan maqsadga yetishi uchun bir qator vazifalarni hal etishi lozim bo‘ladi. Bu vazifalarni ado etishda ayrim o‘rinlarda ilgaridan mavjud bo‘lgan interfaol usul va texnik vositalardan foydalaniladi. Boshqalarini hal qilish uchun ilgaridan ishlab chiqilgan yo‘l, usul va vositalarning yetarli emasligi, ulardan o‘zgacharoq, boshqacharoq yo‘l tutish lozimligi ayon bo‘lib qoladi. Inson shunday bir https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th October 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 38 | P a g e kutilmagan vaziyatga, holatga tushib qolishi mumkinki, bunday holat ilgarida bo‘lmagan. Ana shunda kreativlik va ijod boshlanadi. Kreativlik va ijod aqliy faoliyatga qarama-qarshi emas, u aqliy faoliyatning takomillashuvidir. Ijodiy yutuqlar o‘zidan o‘zi qo‘lga kiritilmaydi. Kreativlik va ijod og‘ir mehnat, intilish, ma’suliyatni talab qiladi; ikkilanishlar, tasodiflar, mag‘lubiyatni yengish, o‘ta toliqish, kutilmagan natija, maqsad sari intilish – kreativlik va ijodning eng asosiy talablari. O‘z oldiga aniq maqsadni qo‘ygan, o‘z yo‘lidan qaytmadigan, mehnat, izlanishdan charchamaydigan, o‘ziga ishongan inson – haqiqiy kreativ va ijodkor insondir. Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi olib borilgan tadqiqot ishlarning barchasi, kreativ fikrlovchi shaxslar bilan ishlashni takomillashtirish hamda samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan. Ammo bu ilmiy adabiyotlar hamda dissertatsiyalar tahliliga e’tibor beradigan bo‘lsak, ularda kreativlikga doir ayrim jihatlar o‘rganilgan, talabalarning kreativ kompetensiyalarini rivojlantirishning psixologik-pedagogik asoslariga oid muammolari yetarlicha o‘rganilmagan. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). –Alexandria-Virginia, USA: ASCD, 2014 2. Exsonova F.T. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirish. Ped.fan.bo‘y.fals.dokt (PhD) … diss.avtoreferati. –Namangan, 2020. –B. 8-10. 3. Кан-Калик В.А. Учителю о педагогическом общении. Текст.: В.А.Кан- Калик. –М.: Просвещение, 1987. – 190 с. 4. Bakhreddinovna, G. M. (2020). The interactive methods and principles of foreign language teaching. International Journal on Integrated Education, 3(1), 77-79. 5. Khalismatov, I., Zakirov, R. T., Zakirov, A. A., & Ganikhanova, M. B. (2020). Features of the operation of watering gas wells in the Shimoliy Berdakh field. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology, 7(12), 15932-15936. 6. Karlibaeva G.E. Innovatsion texnologiyalardan bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda foydalanish // O‘zbekiston Milliy universiteti xabarlari. – Toshkent, 2018. –№1/3. – B. 228–229. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th October 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 39 | P a g e 5. Маслоу А. Самоактуализaция // Психология личности: тексты. –М., 1982. –С. 108-118.Кликс Ф. Изучение способностей: на пути к когнитивной диагностике интеллекта // Психологический журнал. 2019. -№4, -С. 14-28. 6. Qurbaniyazova Z., Musurmanova O., Paluanova X., Riskulova K. Pedagogik atamalar lug‘ati. –Toshkent: “Turon-Iqbol”, 2019. -844b. 7. Ганиханова, М. Б. (2019). Методика обучения английскому языку студентов технического направления на основе медиатехнологий. Проблемы современной науки и образования, (1 (134)), 60-63. 8. Ganikhanova, M., Saydikramova, U., & Khamraeva, N. (2020). Features Neoteric Of Teaching Foreign Languages Making Use Of Hi-Tech Technologies For Students Of Polytechnic Higher Education Establishments In The Republic Of Uzbekistan. International Journal of Scientific and Technology Research, 9(4), 3220-3225. 9. Ganikhanova, M. (2018). ISSUES OF LINGUISTICS. Интернаука, (7-2), 30- 31. 10. Sternberg, R.J. & Lubart, T.I. (1995): Delving the crowd: Cultivating creativity in a culture of conformity. N.Y.: Free Press. 11. Sompong Punturat, Paisan Suwannoi, Jatuphum Ketchatturat. Intellectual Skills Assessment for the Teacher Studentsat the Faculty of Education, Khon Kaen University. Procedia – Social and Behavioral Sciences 116(2014) –pp. 1704-1708. 12. Тлеубаева Г.С. О развитии одаренности студентов // Бердоқ номидаги ҚДУ Ахборотномаси. –Нукус, 2021. -№3(52). –Б. 101-103. https://eglobalcongress.com/index.php/egc