E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th November 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 35 | P a g e MAKTABGACHA TA’LIMDA INKLUZIV TA’LIMNI AMALGA OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI G. X. Mirzatova Namangan davlat universiteti katta o‘qituvchisi Annotatsiya Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim sohasida, jumladan, maktabgacha ta’limda alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangiliklar xususida, shuningdek, maktabgacha inklyuziv ta’limni tashkil etishning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr yurililgan. Kalit so‘zlar: ta’lim, maktabgacha ta’lim, islohot, inklyuziv ta'lim, inklyuziv guruhlar, psixofiziologik, moslashuvchan, korreksiya. Аннотация В данной статье рассматриваються вопросы о реформах и новостях в сфере образования, в том числе в дошкольном образовании по работе с детьми с особыми образовательными потребностями в Республики Узбекистан, а также об актуальных вопросах организации инклюзивного дошкольного образования. Ключевые слова: образование, дошкольное образование, реформа, инклюзивное образование, инклюзивные группы, психофизиологические, адаптивные, коррекционные Abstract This article discusses issues about reforms and news in the field of education, including in preschool education for working with children with special educational needs in the Republic of Uzbekistan, as well as current issues in organizing inclusive preschool education. Key words: education, preschool education, reform, inclusive education, inclusive groups, psychophysiological, adaptive, correctional https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th November 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 36 | P a g e So‘nggi paytlarda O‘zbekiston Respublikasida barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim sohasida, jumladan, alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalar bilan ishlash borasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada “Ta’lim to‘risida”gi Qonunda “Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi. Inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.” deb belgilab qo‘yildi. [1] Shuningdek, “ Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘risida”gi Qonunda “Inklyuziv ta’lim va tarbiya — bolalarning alohida ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini hamda individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlarni ta’minlaydigan jarayon; Inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning alohida ta’lim olish ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ularni sog‘lom muhitga uyg‘unlashtirish orqali ta’lim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlar ta’minlanadi. Qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning va rivojlanishida nuqsonlari bo‘lmagan bolalarning bitta tashkilotda alohida guruhlarda, shuningdek inklyuziv guruhlarda birgalikda o‘qishini hamda tarbiyalanishini tashkil etishga qaratilgan maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi” [2] deb belgilab qo‘yildi. Inklyuzivlik- inglizcha soʻz boʻlib, inclusif- qoʻshish, birlashtirish kabi ma’nolarini anglatadi. Mazkur atama alohida ehtiyojga ega boʻlgan bolalarni ta’lim muassasalarida sogʻlom bolalar bilan qoʻshib birgalikda ta’lim- tarbiya jarayonini amalga oshirishni ifodalaydi. Bu nafaqat rivojlanish muammolari bo‘lgan, balki turli etnik guruhlar, jinsi, yoshi u yoki bu ijtimoiy guruhga mansub barcha bolalarning ehtiyojlarini hisobga oladigan moslashuvchan, ochiq, dinamik tizim. Ta’lim tizimi bolani tizimga emas, balki bolaga moslashadi. Faqat ma’lum guruhlar emas, balki barcha bolalar imtiyozlarga ega; o‘qitishning yangi yondashuvlari ko‘pincha qo‘llaniladi, nogiron bolalarning ehtiyojlari, imkoniyatlari va qobiliyatlariga mos keladigan https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th November 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 37 | P a g e o‘zgaruvchan ta’lim dasturlari, o‘qitish va tarbiyalash shakllari va usullari qo‘llaniladi. [3] Hozirgi kunda alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma- xilligini hisobga olgan holda inklyuziv ta’limni oiladan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, umumta’lim maktablarida, professional ta’lim va oliy oʻquv yurtlarida joriy etish natijasida bunday insonlarga nisbatan umumiy munosabat oʻzgarayotgani ma’lum boʻldi. Bu esa ularning hayotda muvaffaqiyat qozonishi uchun omil boʻlib xizmat qilishi mumkin. Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga umumta’lim jarayonidagi barcha tadbirlarda faol va muntazam ishtirok etish imkonini beradi. Buning natijasida stereotiplar shakllanishining oldi olinib, koʻrsatiladigan individual yordam alohida ta’lim ehtiyojlari bolalarni jamiyatdan ajratib qoʻymaydi. Ular olgan koʻnikmalarini umumlashtirish imkoniga ega boʻlishadi. alohida ta’lim ehtiyojlari bolalar uchun ishlab chiqilgan va jamiyatga reja asosida joriy etilayotgan inklyuziv ta’lim strategiyasi oʻqishning uzluksiz va muttasilligini ta’minlaydi. Oila- bolalar bogʻchasi- maktab- professional ta’lim- ish bilan ta’minlash- ushbu tizim kelajakda ota-onalarga alohida ta’lim ehtiyojlari bolalarini umumta’lim muassasalari va oliy oʻquv yurtlariga bemalol, xavfsiramasdan olib kelishlari uchun zamin yaratadi. Ta’lim dasturlarini modernizatsiya qilishning asosiy maqsadlaridan biri barcha fuqarolarning sifatli maktabgacha ta’lim olish huquqlarini ta’minlashdan iborat. Bu muammoning yechimi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida nogironligi bo‘lgan bolalarga zamonaviy maktabgacha ta’lim olish imkonini beruvchi to‘siqsiz muhitni yaratish, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari va ijtimoiy muassasalar o‘rtasidagi hamkorlikdan iborat. Inklyuziv ta’limni erta yoshdan boshlash tavsiya etiladi, buning uchun bolalar bog‘chasi guruhida nogiron bolaning qulay yashashi uchun zarur sharoit yaratilishi kerak. Bu ta'lim va foydalanish uchun qulay bo'lishi kerak. Inklyuziv maktabgacha ta'lim muassasasida barcha turdagi mashg'ulotlar, o'yin terapiyasi, musiqa terapiyasi va boshqalarni o'tkazish uchun yaxshi zamonaviy jihozlar bo'lishi kerak. Muhim nuqta - maktabgacha ta'lim muassasasida yaxshi tayyorlangan mutaxassislar jamoasi mavjudligi. Pedagoglar, psixologlar, logopedlar, musiqa rahbarlari korreksion pedagogikaning turli sohalari texnikasini va sog‘liqni saqlash texnologiyalari elementlarini o‘zlashtirishlari kerak, chunki ta’lim tizimida qanday islohotlar amalga oshirilmasin, ular u yoki https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th November 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 38 | P a g e bu tarzda ma'lum bir ijrochi- pedagog- tarbiyachi bilan cheklangan. Sohadagi yangiliklarni amaliyotga tatbiq etishda aynan pedagog- tarbiyachi asosiy shaxs hisoblanadi. Ta’lim- tarbiya, tuzatish va rivojlantirish vazifalarini hal qilishda pedagogik samara ko‘p jihatdan tuzatish va rivojlantirish faoliyatining barcha sohalaridagi mutaxassislarning muvofiqlashtirilgan faoliyatiga bog‘liq. Alohida ta’lim ehtiyojlari bor bolalar uchun inklyuziv guruhlarda barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining birgalikdagi faoliyati ularning har birining ta’sirini to‘ldirish va chuqurlashtirish asosida quriladi. Inklyuziv ta’lim muammolari: ➢ jamiyatda “birgalikda ta'lim” g‘oyasining yetarli darajada targ‘ib qilinmasligi; ➢ inklyuziv ta’lim ishtirokchilarining yetarli darajada tayyorlanmaganligi va psixologik yordam ko‘rsatilmaganligi; ➢ ommaviy mashg‘ulotlarda inklyuziv ta’limga jalb etilgan bolalar uchun ta’lim mazmuni chuqur ishlab chiqilmagan; ➢ ota-onalarni inklyuziv amaliyotga jalb qilish va bunday bolalarning oilalarda tarbiyalanishini nazorat qilish texnologiyalari mavjud emas. Inklyuziv ta’limning shartlari va istiqbollari: ➢ Ota-onalarning farzandiga davlat maktabida yordam berish istagi va tayyorligi; ➢ inklyuziv ta’lim sharoitida bolalarga malakali korreksion, pedagogik- psixologik yordam ko‘rsatish imkoniyati; ➢ pedagogik xodimlarning turli darajadagi ta’lim ehtiyojlari mavjud bolalar bilan ishlashga psixologik-pedagogik tayyorgarligi; ➢ inklyuziv ta’lim ishtirokchilarining o‘rganishga psixologik tayyorgarligi. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, inklyuziv ta‘lim nafaqat rivojlanishida muammolari bo‘lgan, balki turli etnik guruhlar, jinsi, yoshi u yoki bu ijtimoiy guruhga mansub bo‘lgan barcha bolalarning ehtiyojlarini hisobga oladigan moslashuvchan tizimdir. “Integrativ” so‘zini “inklyuziv” bilan almashtirish ta’lim jarayonidagi o‘zgarishlarni ham, bolalar nafaqat yagona birlikka birlashgan, balki jamiyatga uyg‘unlashgan va unda to‘liq huquqlarga ega bo‘lgan boshqa darajaga erishishni ham aks ettiradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida to‘laqonli inklyuziv ta’lim muhitini yaratish uchun tarbiyachi- pedagoglar, maxsus ta’lim pedagoglari, tibbiyot xodimlari va maktabgacha ta’lim https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th November 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 39 | P a g e tashkiloti ma’muriyati o‘rtasida to‘liq, har tomonlama o‘zaro hamkorlik bo‘lishi kerak. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘risida”gi Qonuni, 23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son 2. O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘risida” gi Qonuni, 16.12.2019 yildagi O‘RQ-595-son 3. Лихачева В. Б. Инклюзивное образование: современное состояние, проблемы и перспективы. // http://festival.1september.ru/articles/657801/ 4. Бурмистрова Н.И. Как вы относитесь к совместному обучению детей с различными стартовыми возможностями? // Журнал «Справочник руководителя дошкольного учреждения» - 2011.-№ 10.-с.56-60. https://eglobalcongress.com/index.php/egc http://festival.1september.ru/articles/657801/