E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th January 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 4 | P a g e MAKTABGACHA TA’LIMDA TIZIMIDA MUSIQANING TA’LIM TARBIYADAGI AHAMIYATI Qarshiboyeva Maftuna Komiljon qizi Jizzax davlat pedagogika universiteti, Pedagogika-psixologiya va musiqa yo‘nalishlarida masofaviy ta’lim kafedrasi stajyor-oituvchisi Pochta manzili:karsiyevamaftuna@gmail.ru +998915661536 Annotatsiya Maqolada maktabgacha ta’lim tizimida tarbiyalanayotgan bolalarga talim tarbiya berish va shuningdek musiqa faoliyati orqali o’quvchilarda badiiy did ,estetik qobiliyat , musiqiy tinglash va tushunish qobiliyatlarini rivojlantirish asoslari haqida so’z boradi. , ularni mustaqil faoliyatga tayyorlashning o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan, bu masalaning mohiyatiga oid qarashlar sanab o‘tilgan. Shuningdek bolalarda ritmik harakatlar orqali musiqiy bilim berishning asosiy maqsadi, vazifalari hamda mustaqil faoliyat ko‘nikmalarini shakllantirishda sub`yektlarning doimiy xamkorlik mexanizmlari zarurati asoslab o`tilgan. Tayanch so’zlar: Maktabgacha ta’lim tizimi,konseptsiya,musiqiy faoliyat, badiiy did, estetik, qobiliyat, ritmik, harakatlar, sub’yektlar, xamkorlik, komponent, aqliy faoliyat, taraqqiyot, strategiya. Аннотация В статье говорится об основах обучения детей в системе дошкольного образования, а также о развитии художественного вкуса, эстетических способностей, навыков музыкального слушания и понимания у школьников посредством музыкальной деятельности. , раскрываются специфические аспекты подготовки их к самостоятельной деятельности, излагаются взгляды на суть этого вопроса. Также обоснованы основная цель и задачи привития музыкальных знаний детям через ритмические движения, а также необходимость механизмов постоянного сотрудничества субъектов в формировании навыков самостоятельной деятельности. Ключевые слова: система дошкольного образования, концепция, музыкальная деятельность, художественный вкус, эстетика, способности, https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th January 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 5 | P a g e ритмика, действия, предметы, сотрудничество, компонент, мыслительная деятельность, развитие, стратегия. Abstract The article talks about the fundamentals of teaching children in the preschool education system, as well as the development of artistic taste, aesthetic ability, musical listening and understanding skills in students through music activities. , specific aspects of preparing them for independent activity are revealed, views on the essence of this issue are listed. Also, the main purpose and tasks of imparting musical knowledge to children through rhythmic movements and the need for constant cooperation mechanisms of subjects in the formation of independent activity skills are justified. Keywords: preschool education system, concept, musical activity, artistic taste, aesthetic, ability, rhythmic, actions, subjects, cooperation, component, mental activity, development, strategy. Mamlakatimizning ertangi kuni va kelajagi uning gullab-yashnashi hamda rivojlanishi asosan o‘sib kelayotgan yosh avlodning sog‘lom, har tamonlama yetuk va barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishiga bevosita bog‘liqdir. Bu esa vatanimiz kelajagi bo‘lgan farzandlarimizning jismoniy, aqliy, ruhiy va ma’naviy kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratishni taqozo qiladi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni komil inson bo‘lib voyaga yetishi uchun muntazam ravishda mamlakatimiz rahbariyati tamonidan e’tibor berib kelinmoqda. Bu esa ta’lim- tarbiya sifatini oshirishda katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi muhum ahamiyatga ega bo‘ldi.Bugungi kunda o‘zbek xalqining asrlar davomida shakllangan umuminsoniy ma’naviyati va milliy qadriyatlarini singdirish, yoshlarni Vatanparvar, barkamol inson qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb et Asrlar davomida tan olingan bir asl haqiqat bor-ki yosh avlod va mustaqil fikrlash qobilyatiga ega shaxslar jamiyatning asosiy uzagi hisoblanadi.Davlatning siyosiy va iqtisodiy rivojlanishi avvalo fuqarolar bilim va madaniy soha bilan uzaro bog’langanligi muhimdir. Markaziy Osiyo dalatlari azal azaldan madaniy https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th January 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 6 | P a g e ma’rifiy sohasi boy davlat hisoblanadi. O’zbek musiqa madaniyat ham qadimiy va boy merosga ega. Uning mazmunida xalqimizning milliy ruxiyati, oliy insoniy fazilatlari, badiiy ma’naviyati, istiqlol va mustaqillik uchun kurashi hamda orzu- umidlari yorqin ifodasini topadi. Shuningdek o’zbek musiqasi ta’lim-tarbiyasi uslubiyotiga doir mukammal maktablar shakllangan.Musiqa ta’lim-tarbiyasining yangi Kontsepsiyasiga asosan musiqa ta’limtarbiyasi maqsadi – yosh avlodni milliy musiqa merosimizga vorislik qilib, umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan hamda qadrlaydigan madaniyatli inson darajasida voyaga yetkazishdan iboratdir. Buning uchun har bir o’quvchining musiqiy iqtidorini rivojlantirib, musiqa san’atiga mehr va ishtiyoqini oshirish, musiqadan zaruriy bilim, amaliy malakalar doirasini tarkib toptirish, iqtidorli o’quvchilarning musiqiy rivojlanishlari uchun zaruriy shart sharoitlar yaratib berish- maktab musiqa ta’lim-tarbiyasining asosiy vazifasidir. Mazkur oliy maqsad va vazifani amalga oshirishda «Musiqa» faniga ijtimoiy rivojlantiruvchi omil sifatida qarash, muammolarni hal etishda keng o’qituvchilar ijodiga tayanish, musiqa o’qitish uslubiyotini har tomonlama ilmiy metodik izlanish natijalari va ilg’or tajribalar asosida takomillashtirish asosiy vazifa hisoblanadi. Kontseptsiyasining 3-bobi «Musiqa ta’lim tarbiyasida mazmuni, tuzilishi va tabaqalanishi» deb nomlanadi.Hozirgi kun talabi maktabgacha ta’lim muassasalari oldiga musiqiy estetik tarbiya berish borasida aniq vazifalarni qo‘yadi: - bolalarni tabiat go‘zalliklarini, badiiy asarlarni idrok etish; - estetik did va hissiyotni shakllantirish; - hayotda go‘zallik tushunchasini to‘liqligicha anglashni o‘rgatish; - bolalarga badiiy ijodkorlikni shakllantirish; - bolalarda go‘zallikni o‘z hayotlariga, o‘z faoliyatlariga olib kirishni o‘rgatish va hokazo. Uzluksiz ta’lim tizimida maktabgacha ta’lim muhim o‘rin egallaydi. Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ahamiyati uzluksiz ta’limning oldingi bosqichi sifatida muhim rol o‘ynamoqda. Shuning uchun har bir fanning alohida o‘qitilish ahamiyati oshib bormoqda. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi har bir fanning asosiy vazifasi bolalarni fikrlash va o‘ylashga o‘rgatishdir. Musiqa tili barchaga tushunarli va yaqindir. Musiqa tovush tovlanishlari orqali fikr va tuyg‘ularni aks ettiradi, hayot bosqichlarida insoniyatni to‘lqinlantirib kelgan axloqiy muammolarni bayon qiladi. Bunda musiqaning falsafiy mohiyati ham namoyon bo‘ladi. Ajoyib musiqa asarlari chuqur falsafiy https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th January 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 7 | P a g e mazmun bilan sug‘orilgan bo‘ladi, musiqada hayot va o‘lim, shaxs va jamiyat, ezgulik va zulm, qudrat va zaiflik kabi masalalar aks etadi. Musiqaning inson ruhiyatiga ta’sir qilishining tugallanmas imkoniyatlari haqida qadimdan musiqashunoslar, mutafakkirlar va olimlar diqqatini o‘ziga tortgan. Faylasuflar, psixologlar, pedagoglar va jamoat arboblari san’atlar ichida. Musiqa san’atining insonni Shaxs sifatida shakllanishiga ta’sir qiladigan xususiyatlari haqida aniqlashga uringanlar. Qadim zamonlardan musiqaning, ayniqsa, uning komponentlari - ritm va kuyning inson kayfiyatiga ta’siri, uning ichki dunyosini o‘zgartirishi haqida fikrlar mavjud bo‘lgan. - Musiqa san’ati estetik tarbiyaning muhim omili sifatida Shaxs shakllanishiga kuchli ta’sir etadi. Oilada, bog‘chada, maktabda musiqa mashg‘ulotlarini maqsadga muvofiq tarzda uyushtirish, yosh avlodning ichki dunyosini boyitish va san’atni to‘g‘ri tushunishdagi samarali yo‘ldir Turli uslublardan foydalanib o‘tkaziladigan har bir musiqiy mashg‘ulot kichkintoylarda badiiy nafosat zavqini uyg‘otadi, musiqaga qiziqishini o‘stiradi. Musiqa mashg‘ulotlarini ilmiy metodik jihatdan har tomonlama takomillashtirib, zamon talabiga mos ravishda olib borish bugungi kun bo‘lajak musiqa rahbarlari oldida turgan dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Bu vazifalarni musiqa mashg‘ulotlarini o‘qtishga doir metodik tavsiyalar, mashg‘ulotlaming reja namunalari, bog‘chalarda o‘tkaziladigan ertaliklar, bayramlar, tadbirlar senariylari batafsil yoritilgan ushbu usuldan unumli foydalangan holda amalga oshirish mumkin, deb o‘ylaymiz. Kichkintoylarning musiqiy uquv va qobiliyatlari quyidagi faoliyatlardan iborat: - musiqiy uquvi (musiqiy tovushlar baland-pastligini his etish qobiliyati); - tembr uquvi (musiqiy tovushlami bir-biridan farq qilish); - ritm tuyg‘usi (musiqaga mos harakat bajarish, qadam tashlab, chapak chalib musiqani xotirada saqlab, his etish va ifodalash). Bolalarning musiqiy qobiliyatlari musiqiy mashg‘ulotlarning barcha elementlarini amalga oshirish jarayonida muntazam ravishda rivojlanib boradi. Bolalar bog‘chalarida olib boriladigan musiqa ta’lim-tarbiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - kichkintoylami musiqaga bo‘lgan qiziqishlarini o‘stirish; - musiqiy asarlar bilan tanishtirish jarayonida bolalarda emotsional histuyg‘ulami hosil qilish yo‘li bilan ulaming musiqa haqidagi tasavvurlarini boyitish; - bolalami musiqa tinglash, - qo‘shiq kuylash, -musiqa ostida ritmik harakatlarnii bajarish, https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th January 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 8 | P a g e -bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish faoliyatlari yordamida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirib borish; - bolalar ovozini asrab tarbiyalash, qo‘shiqlarni sodda, ravon, erkin, tabiiy va ifodali kuylashga o‘rgatish va odatlantirish; - musiqiy asarlardan zavq olishni, shu asosda musiqiy did va badiiy fikr yuritishni rivojlantirish; - musiqa mashg‘ulotlari jarayonida musiqiy asardagi badiiy obrazlami o‘yin va raqs shaklida ifoda etishga o‘rgatish; - musiqa mashg‘ulotlarida bolalarni milliy qadriyatlarimiz bilan tanishtirish, milliy cholg‘u sozlarimiz jo‘rligida milliy musiqiy-ritmik harakatlami bajarishga o‘rgatish; - musiqa mashg‘ulotlari mazmunini bog‘cha hayoti bilan bog‘lash, bog‘chada o‘tkaziladigan tadbirlarda o‘rganilgan kuy va qo‘shiqlar bilan ishtirok etish. Turli ertaliklar, konsertlar tashkil etish. Nazariya va amaliyotga asoslangan holda shuni aytish joizki, musiqiy qobiliyatlar va ularni rivojlantirish muammosi pedagogika va psixologiyaning dolzarb muammolaridan biridir. Bu qobiliyatlarni rivojlantirish ijtimoiy muhit, tabiatdan berilgan iste’dod, iqtidor, shaxsning iroda kuchi, faolligi, jismoniy va aqliy jarayonlarga ham bog‘liqdir. Demak, bolalarda musiqiy qobiliyatlar erta namoyon bo‘lishi, shuningdek ularning qobiliyatlari ta’lim-tarbiya va atrof-muhit ta’siri ostida shakllanishini hisobga olgan holda biz quyidagi xolosaga keldik. Demak, uzluksiz ta’lim tizimidagi musiqa mashg‘ulotlari (darslari)da ijrochilik malakalarini rivojlantirishda musiqiy qobiliyatlar muhim omil bo‘lib xizmat qiladi va bolalarga musiqani tinglatish orqali ularda musiqiy idrokni tarkib toptirish muhim ahamiyat kasb etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni. // Xalq so‘zi. – Toshkent. 2020. 23 sentyabr 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni. – Toshkent: 2022. 22 yanvar, https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 30th January 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 9 | P a g e 3. “MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA MUSIQA O‘QITISH USULLARI VA TAVSIYALAR”. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali. 4. Iqlas Erkinovich Xojanov MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA MUSIQIY TARBIYANING AHAMIYATI’ A’zam Abduraximov, JDPI Musiqa ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi 5. Abdunazarov, A. (2020). Имконияти чекланган болаларнинг ижтимоий мослашувини ўрганишнинг инновацион усуллари. Архив Научных Публикаций JSPI. 6. Abdunazarov, A. (2022). ИНКЛЮЗИВ ТАЪЛИМ ШАРОИТИДА БОШЛАНҒИЧ СИНФ ЎҚУВЧИЛАРИДА СОҒЛОМ МУХИТНИ ШАКЛЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 2(1). 7. Abdunazarov, A. O. (2022). CHARACTERISTICS AND COMPARATIVE FEATURES OF SOCIALIZATION OF HEALTHY AND MENTALLY DISABLED CHILDREN AND METHODS OF STUDYING THEM. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 2022(3), 1-12. https://eglobalcongress.com/index.php/egc