E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th March 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 1 | P a g e “VAQT” KONSEPTINING SHAKLLANISHIDAGI OMILLAR Mamarajabova Iroda Fayzullayevna, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti doktoranti E-mail: mamarajabovairoda088@gmail.com Annotatsiya Ushbu maqolada “Vaqt”masalasiga doir tadqiqotlar, falsafa, mantiq ilmiga oid izlanishlarni tahlil qilish natijasida “vaqt” konseptining shakllanishiga sabab bo‘lgan omillar yoritilgan. Kalit so‘zlar: Inson, makon, shaxs, vaqt birligi, omil, hodisa, tadqiqot. “Vaqt” konsepti insonning e'tiqodi va diniy tasavvurlaridan kelib chiqqan. Falsafa fan sifatida shakllangangach, vaqt konseptining shakllanish jarayoni, xususiyatlari, o‘lchovlarining ilmiy asoslarini aniqladi. “Vaqt” konseptining shakllanishida fizika fani masalalari hamda nisbiylik nazariyasi asos bo‘lgan. Falsafa, uning bo‘limi sifatida shakllangan mantiq “vaqt” konseptini tavsiflashda aniq va tabiiy fanlar yutug‘iga asoslangan. Kognitiv fan va kognitiv psixologiya tomonidan inson idrokiga oid tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, vaqt va makon inson bilishidagi eng asosiy ikkita tushuncha bo‘lib, ular inson tafakkurini shakllantirishda ishtirok etadigan asosiy tushunchalardir. Vaqt kategoriyasi va makon kategoriyasi boshqa toifalarni o‘z ichiga olgan va insonga borliqni anglashga yordam beradigan eng asosiy kategoriyalardir. Insonning jamoaviy muvofiqlashtirilgan xatti-harakati ham, insoniyat jamiyatining rivojlanishi ham muloqot uchun lozim bo‘lgan makon hamda vaqtni talab qiladi. “Vaqt” insoniyat tarixidagi madaniy kodlardan biri bo‘lib, uning shakllanishi, kishilik jamiyati ongida yuzaga kelishi lisoniy ong shakllangan eng qadimgi davrlarga borib taqaladi. “Vaqt”masalasiga doir tadqiqotlar, falsafa, mantiq ilmiga oid izlanishlarni tahlil qilish natijasida “vaqt” konseptining shakllanishi quyidagi omillarga ajratiladi: 1. Diniy omil. Insoniyat tarixining ilk bosqichlaridayoq vaqtni yuzaga kelishi, baholanishi, uning ko‘rinishlarini tahlil qilish ilohiylashtirilgan. Sharq ilmida https://eglobalcongress.com/index.php/egc mailto:mamarajabovairoda088@gmail.com E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th March 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 2 | P a g e “vaqt” talqinlarining ilmiy asoslari va amaliy tahlillari Qur'on oyatlarida ko‘zga tashlanadi. G‘arb ilmi vaqtni ilohiylashtirib, alohida ma'budlarga bog‘lagan. 2. Dunyoviy omil. Tabiat fanlari, fizika, aniq fanlarning rivojlanishi vaqtning analizi, sintezi, vaqt me'yorlari, vaqt o‘lchamlari va vaqtni bildiruvchi o‘lchov so‘zlarining shakllanishiga zamin yaratdi. “Vaqt”ni osmon jismlari harakatiga bog‘lash astronomiya ilmining shakllanishiga zamin yaratdi. Burjlar, quyosh, oy kalendarlari haqidagi qarashlar yuzaga keldi. Bu jarayon til birliklarida hozir ham saqlanib qolgan bo‘lib, oy holatiga asoslangan nomlarda ham burjlar nomlanishida ko‘zga tashlanadi. Vaqtning siklli, chiziqli ko‘rinishlariga doir fikrlar aynan shu omilga asoslangan. 3. Makon va vaqt birligi omili. Makon hamda vaqt yaxlitlikda olib qaralgan va hamma narsaning mavjudligi uchun asos sifatida tavsiflangan. Narsa-buyumlar makonda o‘z shakl va sifatlarini namoyon qiladi, hodisalar esa vaqt ichida sodir bo‘ladi, davom etadi. eng qadimgi falsafiy an'analarga ko‘ra makon va vaqt bir- biriga uzviy bog‘liq ikki dunyo sifatida qaraladi. Tadqiqotlarda odamlarning aksariyat hollarda vaqtni makon tajribasi orqali tushunishlari qayd etilgan. 4. Madaniy omil. “Vaqt” mavhum hodisa bo‘lib, uni xalqlar turlicha reallashtirishga harakat qilganlar. Vaqtning aniq narsa-buyum, voqea-hodisa, kuzatish mumkin bo‘lgan jarayonga qiyoslanishi barcha xalqlarda kuzatiladi va shu jihatdan universallik hosil qiladi. Ammo qaysi narsa-buyum, tabiat hodisasi yoki ashyoga qiyoslash, tasavvur qilish madaniyatlarning o‘ziga xos yondashuvini va bahosini belgilaydi. 5. Shaxs omili. Inson vaqtni tasavvur qilar va baholar ekan, uni o‘ziga xos tarzda idrok qiladi va baholaydi. “Vaqt” konsepti shakllanishidagi shaxs omili buyuk mutafakkirlar ijodi, bahosi, hikmatli so‘zlarida o‘z ifodasini topadi. Bu omila bevosita madaniyat omiliga bog‘liq, lekin shaxs idroki, tafakkur darajasi, dunyoqarashi jihatidan farqli belgilarni hosil qiladi. Til tuzilmalarini tartibga solishda vaqt va makon asos bo‘lib, til va tildan foydalanish vaqt bilan bevosita aloqador. Shu bois ayrim tadqiqotlarda vaqt tushunchasi asosiy, deb baholanadi. Insonning tushuncha tizimi va tildan foydalanish amaliyoti zamondan ajralmas bo‘lib, kundalik hayotdagi asosiy ehtiyojlar ham xronologik tartibda amal qiladi. Insonning vaqt konseptini ifodalashda metaforadan foydalanish mahorati nafaqat hodisa, balki inson tafakkurini ham aks ettiradi. Metaforalardan foydalanish odamlarga narsalarni mavhumdan konkretga o‘zgartirishga yordam beradi. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th March 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 3 | P a g e Vaqtni ifodalashda allaqachon yil, oy, kun, soat, daqiqa, soniya va hokazo kabi vaqt birliklari shakllangan, ammo bu vaqt iboralarini mos keladigan haqiqiy, lekin cheklangan vaqt miqdori uchun qo‘llash mumkin. Inson o‘zining mavhum tafakkurini rivojlantirishi, o‘ziga tanish kategoriyalarni o‘zlashtirib olishi, turli zamon tushunchalarini ifodalash uchun yangi metaforalar yaratishi kuzatiladi. Tushunchaning shakllanish jarayonida ko‘pgina ifoda strategiyalari ma'lum o‘xshashliklarga ega. Ijtimoiy va madaniy kelib chiqishi har xil bo‘lsa-da, turli tillarda o‘xshash va bir xil kognitiv uslubni aks ettiruvchi juda ko‘p vaqt metaforalari mavjud. Vaqt toifalariga asoslangan mahalliy va xorijiy til tipologiyasi tadqiqotlari boy natijalarga erishgan, ammo turli standartlar tufayli olingan turlar ham juda farq qiladi. Dunyo tillarida yozuv holatiga ko‘ra vaqtni turlicha tasavvur qillish va baholash hollari mavjud. Insoniyat vaqtni, dastavval, abstraktlashtirgan, keyinchalik konkret tushunchalarga ko‘chirib ifodalashga harakat qilgan. “Vaqt” konsepti falsafa, mantiq, tarix, aniq fanlar, tabiiy fanlar, lingvistika doirasida o‘rganilgan. “Vaqt” konsepti tahliliga bag‘ishlangan lingvistik tadqiqotlar vaqtning xususiyatlarini yoritishga, tasniflashga, ifoda vositalarini tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqotlarda vaqtning fizik vaqt, kimyoviy vaqt, tarixiy vaqt, iqtisodiy vaqt, psixologik vaqt, lisoniy vaqt kabi turlari, “vaqt” tushunchasining chiziqli, siklli, mavhum, aniq, gorizontal, vertikal, gorizontal-vertikal, belgilari tavsiflangan. FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR 1. Reichenbach, Hans. The Philosophy of Space & Time, Translated by Maria Reichenbach and John Freuned, Dover Publications, Inc. , New York, 1957. Standard Book Number: 486-60443-8 2. Wikipedia contributors, "Time," Wikipedia, The Free Encyclopedia, http://en.wikipedia.org/w/index.php?oldid=604371249 (accessed April 16, فرهنگ لغت معین .(2014 3. Стивен Р. Восьмой навык. Руководство пользователя = The 8th Habit: Personal Workbook. – М.: «Альпина Паблишер», 2010. – С. 240. 4. Стивен Р. Четыре правила успешного лидера = The 4 imperatives of great leaders. – М.: Альпина Паблишер, 2013. –138 с. https://eglobalcongress.com/index.php/egc https://ru.wikipedia.org/wiki/РђР https://ru.wikipedia.org/wiki/РђР https://ru.wikipedia.org/wiki/РђР https://ru.wikipedia.org/wiki/РђР E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th March 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 4 | P a g e 5. “Oxford Dictionaries:Time”. Oxford University Press. 2011. Archived from the original on 4 July 2012. Retrieved 18 May 2017. The indefinite continued progress of existence and events in the past, present, and future regarded as a whole. https://eglobalcongress.com/index.php/egc