E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th March 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 13 | P a g e TALABALARNI IJTIMOIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH Ahmadjonov To’lqinbek Akramjon o’g’li Andijon davlat pedagogika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada kompetentlik tushunchasiga ta’rif berilgan. Ijtimoiy kompetentlik talabalarning bilim va ko‘nikmalarni egallashdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berilgan. Bundan tashqari, talabalarning ijtimoìy kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohazalar va ularning kasbiy faoliyatidagi o‘rni haqida ta’kidlangan Kalit so‘zlar: kompetentlik, kasbiy faoliyat, innovatsion hamkorlik, faollik, shaxs, dunyoqarash Zamonaviy vaziyatda ijtimoiy kompetentlik yoshlarni oliy ma’lumot olishida rivojlanadi. Talabalar jamoasi yosh o‘spirin hayotidagi muhim davrdir. Oliy ta’lim samaradorligini oshirish, kasbiy va ijtimoiy kompetenligi zamonaviy milliy jamiyatini rivojlantirish uchun strategik resurslarni o‘z ichiga olgan yosh mutaxassislarni tayyorlash va sifatini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ular ijtimoiy sohada samarali hamkorlikni, kasbiy va ijtimoiy sohada innovatsion texnologiyalardan foydalanishni ta’minlaydi. So‘z boshida ta'kidlanganidek, ijtimoiy kompetentlik - bu insonning individual fazilatlarining murakkab dinamik integral tizimi bo‘lib, uning umumiy qabul qilingan ijtimoiy me’yorlar va qoidalar, qadriyatlar, shuningdek jamiyat pozitsiyalarini hisobga olgan holda ijtimoiy muhitda harakat qilish qobiliyatini ta'minlaydi. Talaba ijtimoiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, turli vaziyatlarda qaror qabul qilish tajribasiga ega bo‘lishi, shuningdek, jamoa, uni o‘rab turgan atrof-muhit bilan samarali muloqot qilishga tayyor bo‘lishi kerak. Jahon oliy ta’lim tizimida talabalarni kasbiy ijtimoiylashtirish, ma’naviy-axloqiy va mafkuraviy kompetentligini rivojlantirish, ijtimoiy faolligi va tashabbuskorligini tarbiyalash metodikasini takomillashtirish, mafkuraviy immunitetini rivojlantirish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, yoshlarning intellektual salohiyati, tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalq manfaatlari uchun xizmat https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th March 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 14 | P a g e qilish tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol avlod sifatida tarbiyalashga qaratilgan. Respublikamizda ta’lim siyosati nafaqat milliy manfaatlarni, balki ta’lim tizimiga ta'sir ko‘rsatadigan global rivojlanishning umumiy tendensiyalarini ham hisobga oladi, xususan: talabalarning siyosiy va ijtimoiy tanlov imkoniyatlarini kengaytirish, bu yoshlarning ushbu tanlovga tayyorligini oshirish zarurligini taqozo etadi; talabalarning o‘zaro munosabatlarini amaliyot orqali kengaytirish va shu bilan barcha aholi, xususan, yosh mutaxassislar orasida muloqot va bag‘rikenglik omillari alohida ahamiyatga ega; Yevropa mamlakatlarida millat boyligining 70-80 foiziga yetadigan inson va ijtimoiy kapitalning ahamiyati ortib bormoqda, bu esa o‘z navbatida zamonaviy talabalardan sifatli ta’lim olishni dolzarbligini oshiradi. Kompetentlik tushunchasi, qoida tariqasida, shaxsga qaratilgan tushuncha sifatida ishlatiladi: ➢ yosh mutaxassisning kasbiy faoliyatga tayyorligi, ijtimoiy texnologiyalar va kasbiy faoliyat vositalariga aniq egalik qilish, tashkilot tomonidan qo‘yilgan vazifalarni hal qilish qobiliyatida ifodalangan ta’lim natijasi; ➢ atrofdagi odamlarni o‘zgartirish, maqsadlarini belgilash va ularga erishishga imkon beradigan bilim, ko‘nikma va tajribalarni birlashtirish shakllarining o‘ziga xosligi; ➢ kasbiy faoliyatni amalga oshirishni va ma’lum natijalarga erishishni ta’minlaydigan xususiyatlar (motivlar, e’tiqodlar, munosabat) to‘plami; ➢ mutaxassisning kasbiy faoliyati natijalarining rahbariyat yoki butun jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablarga muvofiqligi. Talabalarning ijtimoiy voqelik haqida xabardorligi, yetakchilik-liderlikga tayyorligi va boshqa odamlar bilan muloqot qilish qobiliyati, ta’lim jarayonida mas'uliyatli qarorlar qabul qilish, sohasining muayyan me'yoriy talablariga muvofiqligi, innovatsion ta’lim texnologiyalarini bilish qobiliyati, ijtimoiy faollikning muhim usullariga ega bo'lish. O’z imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalana olishi va ijtimoiy ahamiyatga ega innovatsion hamkorlikka erishish: "Ekzistensial motivlar" asosida ichki erkin harakatni amalga oshirish. Yuqorida olimlarning fikrlarini tahlil qilish asosida biz talabalarning ijtimoiy kompetentligini takomillashtirish tushunchasiga o'zimizning mualliflik tarifini keltirdik. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th March 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 15 | P a g e Tadqiqot natijalari talabalarning ijtimoiy faolligi axloqiy tarbiya, ijtimoiy- pedagogik faoliyat va ma’naviy madaniyatning uyg‘unligi asosida takomillashtirishni taqozo etishi haqidagi xulosaga kelish imkonini berdi. Talabalar ijtimoiy faolligini rivojlantirishda quyidagi komponentlarga asoslanish zarurligi bob mazmuniga singdirildi: o‘z-o‘zini anglashning yuksak darajasi; fuqarolik, o‘z qadr-qimmatini his qilish, o‘zini hurmat qilish, intizomlilik, to‘g‘rilik; ma’naviy qadriyatlarga e’tiborlilik; qarorlar qabul qilishda mustaqillik va mas’uliyatni his qilish; hayotiy faoliyat mazmunini erkin tanlash; mehribonlik, yaxshilik; alturizm, sabrlilik, chidamlilik, kamtarlik; osoyishtalik, yaxshi qo‘shnichilik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tushunishga intilish; bilish va o‘z-o‘zini anglash, go‘zallik, refleksiya, muloqot va hayot mazmunini chuqur tushunishga ehtiyoj; ichki dunyo avtonomiyasi, yaxlitlik; rivojlangan qobiliyatlar; faoliyat o‘zgartiruvchi ilmiy bilimlar, malakalar, ko‘nikmalar, intellekt, institutsiya, ijodiy hayotga ehtiyoj; iqtisodiyot asoslarini bilish; mehnatsevarlik, tejamkorlik; chet tillarni o‘rganish; milliy va diniy urf-odatlarni bilish; sog‘lom turmush tarzi; jismoniy toblanish; estetik did, yaxshi amallar; ozodalik, atrof-muhitni obodonlashtirish va oila farovonligini ta’minlash; eruditsiya, kompententlilik; tadbirkorlik, raqobatbardoshlilik, boshqarish qobiliyati; kirishimlilik; ijodiy professional fikrlash qobiliyati, tarixni, turli xalqlar madaniyatini bilish va hokazo. Ijtimoiy kompetentlikga inson tomonidan ta’lim va kasbiy faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan birlamchi, ikkilamchi va uchinchi darajali sotsializatsiya orqali erishish mumkinligi ta’kidlangan. Ijtimoiylashuv jarayoni doirasida talaba ijtimoiy asoslarga, atrofdagi voqelikka, sodir bo‘layotgan voqealarni idrok etish va baholashda adekvatlikka o‘z munosabatini shakllantiradi, shaxsning sub'ektivligi shakllanadi: faol, tanlangan, maqsadli faoliyat, shaxsning ma’naviy va jismoniy salohiyatini amalga oshirish, ya’ni talabaning ijtimoiy kompetentligi shakllanadi. Ushbu jarayon qanchalik muvaffaqiyatli o‘tganiga qarab, talaba o‘z qobiliyatlari va iste'dodlarini qanchalik to‘liq anglay olishi, ijtimoiy yetuk bo‘lib, jamiyat uchun foydali bo‘lishi, ya’ni o‘zini o‘zi anglash uchun qulay sharoit yaratishi aniq bo‘ladi. jtimoiylashuv jarayonining muvaffaqiyati kechishi shaxslarda nafaqat tabiiy fe’l atvorning mavjudligiga, balki ijtimoiy kompetentlikni shakllantirishi uchun amaldagi xatti harakatlar sodir bo‘lishiga ham bog‘liq. Talabalarda ijtimoiy kompetetnlik jarayon sifatida takomillashib boradi va unga erishishda o‘quv https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th March 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 16 | P a g e jarayoni doirasida amalga oshiriladi. Talabalarning ma’naviy va ijtimoiy shakllanishi - moddiy va madaniy qadriyatlar, me’yorlar, qoidalar, munosabatlarning tashuvchisi makro-mezomikro-ijtimoiy muhit, o‘qitish va ta’lim faoliyati, axborot-texnik muhit, ijtimoiy muhit bilan o‘zaro munosabatlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri talabaning dunyoqarashi kabi omillarning ta'siri bilan belgilanadi. Yuqoridagi omillar ta'siri ostida talabalarning ijtimoiy kompetentligi ularning ijtimoiy bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirishga, ijtimoiy va kasbiy fazilatlarni egallash va takomillashtirishga yordam beradi, bu ularga ijtimoiy- siyosiy jarayonlarda eng muvaffaqiyatli harakat qilish, raqobatbardosh mutaxassis bo‘lish, zamonaviy mehnat bozorida muvaffaqiyatli hamkorlik qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish, bandlik xizmati organlari bilan hamkorlik qilish, va ijtimoiy muhitdagi o‘zgarishlar, shu bilan shaxsning o‘ziga xos xususiyati sifatida ijtimoiy kompetentlikni shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Жук, А.И. Стратегия подготовки педагогических кадров для развитияэлектронного образования/ А.И.Жук, О.А.Минич // Адукацыя i выхаванне.–2018. № 2.– С. 3–9. 2. Богуш, В.А. Актуальные вопросы развития непрерывного профессионального образования в Республике Беларусь / В.А.Богуш // Вышэйшая школа.– 2017. № 1.– С. 4– 6. 3. Жук, О. Л. Направления модернизации высшего образования и требования к педагогическим компетенциям преподавателей в контексте Болонского процесса / О. Л. Жук // Вышэйшая школа. — 2015. — № 5. — С. 18—22. 4. Вязникова, Л. Ф. Преподаватель и студент в пространстве взаимодействия /Л. Ф. Вязникова // Педагогическое образование и наука. — 2016. — № 2. — С.89—91. 5. ugli Sapayev, V. O. (2020). THE ACTUALITY OF IMPROVEMENT IN RURAL SOCIAL STANDARD OF LIVING IN UZBEKISTAN. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(11), 147-151. 6. Sapaev, V., & Madrakhimov, A. (2020). The transformation of social conciousness and intelligence of rural population on social life of Uzbekistan. Norwegian Journal of Development of the International Science, (39-4), 54-56. https://eglobalcongress.com/index.php/egc