E- Global Congress Hosted online from Plano, Texas, USA. Date: 20th January, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc 68 | P a g e ZULFIYAXONIM – BAXT VA XAYOT KUYCHISI Boymurodova Xolisa Toshkent Tibbiyot akademiyasi Tibbiy profilaktika fakulteti talabasi Askarova Nargiza Abdivalievna Ilmiy raxbar: Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Annotatsiya: Ushbu maqolada O`zbek xalqining atoqli va ardoqli vakili, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi Zulfiya Isroilova haqidadir. Zulfiyaxonimning mehnatsevarligi, doimo olg`a intilishi, sevgi bobida sadoqatli yor ekanligi, badiiy ijod borasida tinimsiz izlanuvchanligi hamda hayot qiyinchiliklarida esankiramasligi har qanday ayol qalbida havas uyg`otади. Tayanch so`zlar: sadoqat timsoli, asl o`zbek ayoli, taniqli va iqtidorli o`zbek shoirasi. Bir haqiqat ayonki, har qanday xalqning ma’naviy darajasini avvalo shu yurt ayollarining ma’naviy saviyasi belgilaydi, - deb ta’kidlaydi Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev. Shunday ekan, insoniyat azal-azaldan xotin-qizlarga alohida hurmat bilan e’tibor qaratgan. Inchunun, muqaddas Qur’oni Karimning eng katta suralaridan biri – “Niso”da ham ayollar ulug‘lanadi. Alloh taolo ushbu surada insonlarni ayollarga adolatli munosabatda bo‘lishga da’vat etadi va bu ilohiy so‘zlar zamirida teran hikmat borligi qalblarni junbushga keltiradi. Ayollar haqida gapirganda, yana bir oddiy haqiqatni eslab o‘tish joiz. Axir har qanday Inson – Onaning farzandi. Hayotga daho farzand yetkazib bergan onani qahramon, buyuk demay bo‘ladimi? Hozirgi paytda faol xotin-qizlarimizni davlat va jamoat tashkilotlarida, siyosiy partiyalarda, ilg‘or tadbirkorlar qatorida, olimu shoiralar safida istagancha uchratish mumkin. Shu o‘rinda aytish joyizki, atoqli va ardoqli shoiramiz Zulfiyaxonim Isroilova qalbimizning, yuragimizning tub- tubidan joy olgan. Zulfiyaxonim Isroilovaning she’rlari hamon dilimizda yangramoqda. Zulfiya Isroilova — taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi. Yorqin rassom, oddiy inson qalbini o‘tkir his qilgan - mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol. Zulfiya she’riyatining nufuzi — bizning dabdabali murakkab davrimizning haqqoniy ifodasi, o‘ziga xosligi, E- Global Congress Hosted online from Plano, Texas, USA. Date: 20th January, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc 69 | P a g e zamondoshlarimizning qalbi va harakatlarining yorqin tasviridadir. Zulfiya (1915 - 1996) hunarmand-degrezchi oilasida Toshkentda tug‘ilgan. Shunga qaramay, ota-onasi yuqori madaniyatli odamlar bo‘lishgan. “Onam ohista va xotiramda saqlanishicha, ma’yus bo‘lganlar. Lekin ularda qullik horg‘inligi bo‘lmagan... Ular qanchadan-qancha qo‘shiq va afsonalar bilganlar, ularni mohirona aytib, kuylab bera olganlar, biz-farzandlarini sehrli ertaklar bilan qiziqtira olganlar, - eslaydi Zulfiya, onasini xotirlar ekan. - Mo‘’jizalarga sabab bo‘luvchi, dunyoni fosh qiluvchi, insoniyatni ajoyibotlar sari yetaklovchi “so‘z”ga bo‘lgan mehrni oddiygina ayol - onam uyg‘otganlar...”. Tabiiyki, onamlar farzandlari o‘qimishli, madaniyatli insonlar bo‘lishini istaganlar. Ularning orzusi ro‘yobga chiqdi ham. Zulfiya o‘rta maktabni va ayollar pedagogika bilim yurtini tamomlab, respublika gazeta va oynomalari nashriyotida ish faoliyatini boshladi, she’riyatga qiziqib qoldi va she’rlar yoza boshladi. Uning ilk she’rlari “Yangi yo‘l” oynomasi va “Qizil O‘zbekiston” hamda “Yosh leninchi” gazetalarida chop etila boshlagan. Mashaqqatli urush yillari Zulfiyaning iqtidori butunlay ravnaq topadi va o‘ta yorqin tus oladi: uning she’rlarida vatanparvarning serg‘ayrat ovozi jaranglaydi, Vatani mustaqilligi uchun qo‘liga qurol olib kurashayotganlarga, har kunlik chuqur kurash ortida mashaqqatli mehnati ila frontni barcha kerakli narsalar bilan ta’minlayotganlarga nisbatan lirik iliqligi seziladi. “Uni Farhod derdilar” she’rida isyonkor fashistlarga nisbatan nafrat, g‘alabaga ishonch ifodalangan. G‘animga qarshi kurashga chorlov askar-o‘g‘il haqidagi ona qo‘shig‘i, xotini va onasini sog‘ingan jasur frontchi, paxlavon eri uchun qayg‘urayotgan ayolning qayg‘uli xavotiri bilan bog‘lanadi. Vataniga, ona yeriga bo‘lgan muhabbati - vatanparvarlikning oliy tuyg‘usi bo‘lib, harbiy janglarning saodatli yakuniga ishonch bilan birlashadi - bu shunchaki, Zulfiyaning shoirona qalbiga xos o‘ylargina emas, balki o‘zbek xalqining tabiatiga xos milliy fe’l-atvor qirralari bo‘lib, shoiraning she’rlarida yorqin ifodalanadi. Shoira Vatanidan tashqaridagi baxtni tan olmaydi, xatto u yer yaxshiroq bo‘lsa ham: “Axir, baxt ona diyoridagina tirikdir”. Urush yillaridagi she’rlari yuqori badiiy mahorat, yorqin she’riy timsollar va ohanglar ila qayd etilgan, folklor usullar va xalqona nutq o‘zgarishi, odmi adabiy lug‘at bilan mujassamligi seziladi. Qoidaga ko‘ra, nasriy qahramon front hodisalari, xalqning urushdagi hayoti va undagi jangchilarga nisbatan kutilmagan noodatiy yorqin va aniq munosabatini bildiradi. Zulfiya ijodida o‘zbek ayolining taqdiri muhim o‘rin E- Global Congress Hosted online from Plano, Texas, USA. Date: 20th January, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc 70 | P a g e egallaydi, uning mamlakat hayotidagi faol o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Zulfiya uzoq o‘tmishda ayol o‘rni uy-ro‘zg‘or yumushlari doirasida bo‘lganligini, uyda ham bek, ham hukmdor bo‘lgan eriga itoatli cho‘ri bo‘lib, bosh egishi lozim bo‘lganligini yashirmaydi. Zulfiya she’riyati tabiatga hamda uning ajralmas qismi va yuqori cho‘qqisi bo‘lmish odamzotga nisbatan hayajonli sevgi bilan burkangan. Uning she’rlarida tabiat och ranglarda, yorqin bo‘yoq va timsollarda gavdalanadi. Zulfiyaning olijanoblik, jasorat, haqqoniy xalq g‘ururi, tabiat va insonga nisbatan samimiy tuyg‘ular va hurmat, boy ranglar va kutilmagan yangi timsollar bilan bajarilgan lirikasi, kitobxon qalbini larzaga keltiradi, insoniyatning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. 2004 yil O‘zbekistonda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilib, adabiyot, san’at, ilm-fan, madaniyat va ta’lim sohalaridagi muvaffaqiyatga erishgan, yoshi 14 dan 22 yoshgacha bo‘lgan qizlarga har yili 8- mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni taqdim etiladi. Bugungi kunga kelib, Zulfiya mukofoti laureatlari 98 kishini tashkil qiladi. Zulfiyaning butun she’riy ijodi — O‘zbekiston diyorining ilhom madhiyasi, inson mehnati madhiyasi, sevgi va yerdagi adolat uchun madhiyasidir. Zulfiyaning qoyilmaqom ijod mehnatiga ko‘p yillar bo‘ldi, respublika hayoti va uning xalqi taqdirida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, lekin “sevgining alangali kuchi bugun ham o‘quvchining qalbini isitadi, yuragini va ongini hayajonlantiradi”. Zulfiya Osiyo va Afrika yozuvchilarining Tokioda boʻlib oʻtgan bir anjumanida soʻzga chiqib “Adabiyot – hayot demakdir”, deya lutf qilgan edi. Darhaqiqat, shoira oʻzi aytganidek, bir umr ana shu hayot ichida yashadi, “Sheʼr tinglab, sheʼr tizib – sheʼrlarda qoldi…” Shoira sheʼrlarining deyarli barchasida hayotning jonli tasviri gavdalanadi. Chinakam sheʼriy asar katta hayotiy muammolar va insoniy dardlar asosida tugʻiladi. Yuqorida toʻxtalganimiz “Hijron kunlarida” turkumidagi barcha sheʼrlarga hayotda sodir boʻlgan mudhish voqea – umr yoʻldoshi Hamid Olimjonning kutilmaganda avtohalokatga uchrab halok boʻlishi voqeasi asos boʻlgan. Ana shu voqea shoira sheʼrlaridagi mazmun-mohiyatni, ohang va obrazlar talqinini oʻzgartirib yubordi: Baxtiyor sevgini kuylardi sozim, Oʻlim xanjariga tegdi-yu sindi. Hijron faryodiday sovuq ovozim, Nahot lirikaning yolqini tindi? E- Global Congress Hosted online from Plano, Texas, USA. Date: 20th January, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc 71 | P a g e Shoiraning iqror boʻlishicha, uning koʻpgina sheʼrlari turli holatlarda – majlislarda, yoʻlda, safarga ketish chogʻlarida tugʻilgan. Chunki sheʼriy syujetni yuzaga keltiruvchi ijodiy kayfiyat ijodkorda turli sabablar bilan sodir boʻladi. Shoiraning aytishicha, baʼzi sheʼrlari majlis zallarida dunyoga kelgan. Osmoni moviy rang va shamoli guvullab turuvchi aprel tabiati, hali barg yozmagan daraxtlarning pushti va oppoq libosi shoiraning koʻziga chiroyli koʻrinib ketadi, salqin va toza shabada bahri dilini ochib yuborganini sezib qoladi, ish oson koʻchadi: syujet yaratuvchi yengil ruhiy kayfiyatni qoʻldan boy bermaslik uchun oʻz oldida qogʻoz yoʻqligidan birovning qoʻlyozmasini oladi-da, sheʼrni yozib tugatadi. Uning yonida oʻtirgan bir kishi: “Buni hozir yozdingizmi?” – deb taajjublanadi. Shoira unga “ha!” deb javob qaytaradi va shoʻxligi tutib: “Buyuring, yana nima yozib beray?” deb hazil-mutoyiba qiladi. “Bu gapdan keyin, – deb hikoya qiladi shoira, – yonimda oʻtirgan kishi menga juda ham sipolik bilan zimdan bir qarab qoʻydi-da, oʻzidan maslahat soʻraganimga astoydil ishonib, boyagidek sipolik bilan: “Vafodorlik haqida… yozing boʻlmasa!” – dedi. Goʻyo oʻz maslahatini, bu mavzuning men uchun gʻoyat ahamiyatli ekanini qattiq taʼkidlamoqchi boʻlganday, yana menga zimdan qarab qoʻydi. Qulogʻimning tagiga tarsaki tushganday boʻlib ketdi. Haligina esib turgan koʻklam shabadasi ham… gullab turgan shaftolining pushti libosi ham birpasda yoʻqolib, shoxi singan, kuz shamolida diydirab turgan, yosh, yalangʻoch chinor nima uchundir koʻz oʻngimda paydo boʻldi. Hamid Olimjon halok boʻlgan yili derazamiz ostida xuddi ana shunday bir chinor bor edi”. Koʻrinib turibdiki, nogahoniy bir kayfiyat, shoiraning qalb torini chertib yuborgan kishining gapiga javoban sheʼr tugʻilmoqda. Oʻtmish, xotira, shoxi singan chinor (bu – shoiraning majoziy timsoli boʻlib, singan shox Hamid Olimjonning vafotiga dardli bir ishoradir bular hayotiy materiallardir. Hamid Olimjon siymosi tasvirlangan baʼzi sheʼrlarning syujeti ana shu materiallar asosida yuzaga kelgan. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Zulfiyaxonim haqida qancha gapirilsa ham kam. Zulfiyaxonim yaratgan ijodiy merosi, u boshidan kechirgan hayoti haqiqiy sadoqat timsolidir. Zulfiyaxonimning she`riyatidagi she`rlari hech qachon eskirmaydi. Asrlar o`tib yana qaytadan o`qilsa ham undagi muhabbat, dard va boshqa hislarini tez anglab olish mumkin. E- Global Congress Hosted online from Plano, Texas, USA. Date: 20th January, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc 72 | P a g e ADABIYOTLAR 1.Boboev.T. Adabiyotshunoslik asoslari. T. «O’zbekiston», 2002. 2. Zulfiya. Asarlar. 2 tomlik. Toshkent, Adabiyot va sanat nashriyoti, 1994. 3. Bekmirov, T., Axmedova, M., Melibayeva, R., Askarova, N., & Nurmatov, A. (2022). Kasbiy pedagogika. 4. Psychological Characteristics of Children with Attention Deficiency and Hyperactivity and their Readiness for School Training* AN Abdivalievna - European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 2022. 5. Abdivalievna, A. N. (2022). Age Features of Aggressive Behavior. Eurasian Medical Research Periodical, 15, 16-20. 6.Askarova Nargiza Abdivalievna, PSYCHOCORRECTION OF BEHAVIORAL AND EMOTIONAL FIELDS IN CHILDREN WITH ATTENTION DEFICIT AND HYPERACTIVE , British Journal of Global Ecology and Sustainable Development: Vol. 10 (2022) 7. PSYCHOLOGICAL FEATURES OF ACHIEVING PROFESSIONALISM IN THE WORK OF DOCTORS AN Abdivalievna - British Journal of Global Ecology and Sustainable …, 2022 8. PSYCHOCORRECTION OF BEHAVIORAL AND EMOTIONAL FIELDS IN CHILDREN WITH ATTENTION DEFICIT AND HYPERACTIVE AN Abdivalievna - British Journal of Global Ecology and Sustainable …, 2022. 9. PSYCHOLOGICAL HEALTH OF CHILDREN AS A FACTOR OF SUCCESSFUL EDUCATION Ж Дилдора British Journal of Global Ecology and Sustainable Development, 148-151. 10. Ziyodullaevna, J. D. (2022). Psychological Characteristics Of The Development Of Generosity In Children. Eurasian Scientific Herald, 8, 225-228.