E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th May 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 7 | P a g e FUQAROLARNING HUQUQ VA BURCHLARI Abrurahmonova Nodira Xusnuddinova Ilmiy rahbar Safaraliyeva Shahrizoda Toshkent tibbiyot akademiyasi sog’liqni saqlash menejmenti fakulteti 2-bosqich talabasi Anotatsiya: Ushbu maqolada fuqarolar huquqlarini konstitutsion himoya qilinishini va shuningdek ularning hukumat oldidagi burchlari to’g’risida atroflicha fikr yuritiladi. Kalit so'zlar: konstitutsiya, huquq, qonun, erkinlik Fuqarolarning huquq va burchlari — fuqarolarning Konstitutsiya va qonun hujjatlarida oʻz ifodasini topgan asosiy huquq va burchlari. Ular davlat organlari tomonidan muhofaza etiladi va bajarilishi nazorat qilinadi. Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 2-boʻlimida fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari quyidagicha turkumlanadi: 1) Shaxsiy huquq va erkinliklar; 2) Siyosiy huquqlar (qarang siyosiy huquq va erkinliklar); 3)iqtisodiy-ijtimoiyhuquqlar (qarang Iqtisodiyhuquqvaerkinliklar). Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning quyidagi burchlari koʻrsatilgan: fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, shaʼni va qadrqimmatini hurmat qilishga; Oʻzbekiston xalqining tarixiy, maʼnaviy va madaniy merosini avaylab asrashga; atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga; qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yigʻimlarni toʻlashga majburdirlar. Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilish — Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni oʻtashga majburdirlar Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari - insonga bekamu koʻst yashash imkoniyatini beruvchi va iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy sohalarda oʻz imkoniyat va talablarining amalga oshirilishini taʼminlovchi huquqiy maqom. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th May 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 8 | P a g e Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosidir. OʻzR Konstitutsiyasida qayd etilgan huquq va erkinliklar: qonunlarning mazmuni va qoʻllanilishiga hamda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hokimiyat faoliyatiga bevosita taʼsir koʻrsatadi; Oʻzbekistonning har bir fuqarosiga, uning jinsi, irqi, millati, tili, diniy eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, maslagi, shaxsiy va ijtimoiy ahvolidan qatʼi nazar, inson huquqlari va erkinliklari buzilmasligini, sud yoʻli bilan himoya qilinishini ka- folatlaydi. Konstitutsiya barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga asoslangan holda, oʻzgalarning huquqlariga hurmat bilan qarash tamoyillarini, oʻzgalarning qonuniy manfaatlarini, huquq va erkinliklarini buzish hisobiga oʻz huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarishga yoʻl qoʻyilmaslikka, ijtimoiy adolat va hamjihatlikni taʼminlashga qaratilgan. OʻzRda I. va f. h. va e. amalga oshirilishiga davlat kafolat beradi. Oʻz navbatida respublika hududida yashovchi shaxslar Konsti-tutsiyada taʼkidlangan huquq va erkinliklarga, xalqaro huquq meʼyorlariga rioya etishi zarur. Umum eʼtirof qilgan mazkur xalqaro meʼyoriy manbalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari umumjahon deklaratsi-yasi, Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya va OʻzR qoʻshilgan yana bir qator xalqaro hujjatlardir. Fuqarolik va siyosiy huquqlar – bu shaxsning huquq va erkinliklarini hukumatlar, ijtimoiy tashkilotlar va xususiy shaxslar tomonidan buzilishidan himoya qilaligan, jamiyat va davlatning fuqarolik va siyosiy hayotida kamsitish va repressiyalarsiz ishtirok etish imkoniyatini ta’minlaydigan huquqlar sinfidir. Fuqarolik huquqlari shaxslarning jismoniy va aqliy yaxlitligini, hayoti va xavfsizligini ta’minlashni o‘z ichiga oladi hamda ularga irqi, dini, millati va boshqa shaxsiy xususiyatlaridan qat’i nazar, teng ijtimoiy imkoniyatlarni va qonun tomonidan baravar himoya qilishni ta’minlaydi. Ba’zi fuqarolik huquqlariga yashash, shaxsiy daxlsizlik huquqlari, so‘z, harakatlanish, vijdon, shaxsiy hayot erkinligi va boshqalar kiradi. Siyosiy huquqlar shaxslarning davlat va jamiyat hayotida erkin ishtirok etishiga imkon beradi. Bunga ovoz berish va davlat lavozimlarini egallash kiradi. Siyosiy huquqlarga ovoz berish huquqi, davlat lavozimlariga nomzod bo‘lish huquqi, yig‘ilishlar, namoyishlar o‘tkazish huquqi, uyushmalar tuzish huquqi va boshqalar kiradi. Fuqarolik huquqlari inson huquqlari sifatida universal bo‘lsa-da, siyosiy huquqlar ko‘pincha fuqarolar (faqatgina ma’lum bir davlat fuqarolari uchungina) bilan https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th May 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 9 | P a g e cheklanadi. Fuqarolik va siyosiy huquqlar turli xalqaro va mintaqaviy shartnomalar, davlatlarning milliy konstitutsiyalari bilan himoya qilinadi. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt ushbu huquqlarni xalqaro darajada himoya qilishni ta’minlaydigan eng keng qamrovli shartnoma hisoblanadi. Inson huquqlarining muhim turlaridan biri - ikkinchi avlod inson huquqlariga doir ijtimoiy-iktisodiy va madaniy huquqlar. Ularni amalga oshirish kafolatlari to'liq davlatga bog'liqdir. Ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar insonning yashash sharoitlarini, o'z qobiliyatlaridan foydalanishini, insonning avtonomligi va jamiyatdagi iqtisodiy aloqalarini, shuningdek uning ijtimoiy himoyalanganligini belgilaydi. Madaniy huquqlar insonning konstitutsiya yoki qonun bilan kafolatlangan va insonning madaniy hamda ilmiy sohada o'zini namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratadigan inson huquqlari va erkinliklarining maxsus majmuidir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida quyidagi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar kafolatlangan: Foydalanadigan adabiyotlar ro’yxati. 1. Taxirovna, Y. Z. (2023). ИССЛЕДОВАНИЕ СТРУКТУР И ФИЗИЧЕСКИХ СВОЙСТВ ВЕЩЕСТВ МЕТОДАМИ МОЛЕКУЛЯРНОЙ АКУСТИКИ. IJODKOR O'QITUVCHI, 3(26), 177-180. 2. Taxirovna, Y. Z. (2023). NOAN’ANAVIY VA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANIB ELEKTR TA’MINOTIDAGI ISHONCHLILIKNI OSHIRISH. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(16), 89-92. 3. Taxirovna, Y. Z. (2023). FIZIKANI O ‘QITISHDA PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALARDANFOYDALANISH USULLARI. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(22), 103-107. 4. Takhirovna, Y. Z. (2024). EFFECT OF ELECTRIC CURRENT ON THE HUMAN BODY. Science and innovation, 3(A2), 183-186. 5. TAXIROVNA, Y. Z. (2024). Namlik va uning turlari. Science Promotion, 5(1), 374-377. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th May 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 10 | P a g e 6. Азларова, А. (2020). РАҚАМЛИ ТРАНСФОРМАЦИЯ ШАРОИТИДА БАНКЛАРГА РАҚОБАТБАРДОШ МУТАХАССИС КАДРЛАР ТАЙЁРЛАШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ. Архив научных исследований. 7. Платонова, Ю. Ю., & Жерлицина, А. И. (2022). Современное состояние дистанционного банковского обслуживания в России. Экономика и бизнес: теория и практика, (7), 176-179. 8. Sabirovna, G. G. (2022). Advantages And Disadvantages of Financial Globalization. Res Militaris, 12(4), 2159-2163. 9. Gulyamova, A., & Gulyamova, G. (2023). Use Of Innovative Services In The Development Of Retail Trade Banking System [Использование Инновационных Услуг В Развитии Розничной Торговли Банковской Системы]. Paradigms of management, economics and law, 58-67. 10. Ибодуллаев, Ш., & Бакоева, Г. (2021). Актуальные вопросы развития банковской системы Республики Узбекистан. Общество и инновации, 2(2/S), 179-186. 11. Ибодуллаев, Ш., & Бакоева, Г. (2021). Current issues of the banking system development of the republic of Uzbekistan. Общество и инновации, 2(2/S), 179-186. 12. Bakoeva, G. M., & Ibodullaev, S. T. (2021). FOREIGN TRADE ACTIVITIES OF UZBEKISTAN: PROBLEMS AND OPPORTUNITIES FOR DEVELOPMENT. International journal of trends in marketing management, 9(1). 13. Bakoeva, G. M. (2023, August). PECULIARITIES OF THE CURRENT SITUATION OF THE BANKING IPO MARKET. In International Scientific and Current Research Conferences (pp. 78-81). 14. Salokhiddinovna, D. G. (2021). Practical technological system for use of mariamontessori technique in development of fine motor skills of children in organization of preschool education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(6), 698-706. 15. Atikah, C., & Biru, L. T. (2024). STEAM-based Learning to Enhance Early Childhood Creativity. International Journal of STEM Education for Sustainability, 4(1), 164-175. 16. Gafurova Salokhiddinovna, D. (2023). ADVANTAGES OF USING STEAM TECHNOLOGY IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATION. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th May 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 11 | P a g e 17. Salokhiddinovna, G. D. (2023). Use of Steam Technology in Forming Creative Skills of Preschool Children. American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769), 1(9), 209-212. https://eglobalcongress.com/index.php/egc