E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th May 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 16 | P a g e BARQAROR IQTISODIY TARAQQIYOTNI TA’MINLASHDA MOLIYA VA SUG’URTA BOZORINI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR Azimova Munisabonu Akmalovna Farg‘ona politexnika instituti 1 kurs 89-23 guruh talabasi A. S. Xojayev Ilmiy rahbar: i.f.d. (DSc), Dotsent, Farg‘ona politexnika instituti Annotasiya: Ushbu tezisda barqaror iqtisodiyotni ta’minlashda moliya va sug’urta bozorlarini rivojlantirishning o’rni, o‘ziga xos xususiyatlari, yuzaga keladigan muammolar tadqiq qilinib, ularni ularning hal qilish bo‘yicha yechimlari bayon qilingan. Kalit so’zlar: barqaror iqtisodiy o’sish,moliya, sug’urta, barqaror rivojlanish, sug’urta bozorlari. Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilgan islohotlarning asosi va tub maqsadi – mamlakatda yalpi ichki mahsulotni yanada koʻpaytirish, aholi ehtiyojlarini toʻliq qondirish, xalqimiz va milliy bozorlarimizni sifatli, arzon, raqobatbardosh mahsulotlar bilan taʼminlash, korxonalar faoliyatini takomillashtirish orqali ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish, aholini zarur ish joylari bilan taʼminlash, ularni har tomonlama ijtimoiy muhofaza qilish hamda daromadlarini koʻpaytirish orqali iqtisodiy taraqqiyotga erishishdan iborat sanaladi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF- 60-son Farmoni bilan qabul qilingan “2022 – 2026 yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning 27-maqsadi: Iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni ko‘paytirish maqsadida, kelgusi 5 yilda fond bozori aylanmasini 200 million AQSH dollaridan 7 milliard AQSH dollariga yetkazishda mamlakatimizda kapital harakatini bosqichma-bosqich erkinlashtirish hamda yirik korxonalarni va ulardagi ulushlarni (aksiyalarni), shu jumladan fond birjasi orqali xususiylashtirish”1 kabi belgilangan ustuvor 1Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Toshkent sh., 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son. https://lex.uz/docs/5841063#undefined https://eglobalcongress.com/index.php/egc https://lex.uz/docs/5841063#undefined E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th May 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 17 | P a g e vazifalari oshiriladigan iqtisodiy islohotlarning asosiy mazmunini belgilab beradi. Mamlakatimizda fuqarolarning turmush darajasini o’stirish, sifatli ta'lim tizimini ta'minlash, iqtisodiy innovatsiyalarni qo'llash, moliya sohasida rivojlanish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy o’sish ma’lum vaqt davomida ishlab chiqarish darajasining jadallashuvi sanaladi. Ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning hajmi odatdagidan o’sishidir. Barqaror iqtisodiy taraqqiyotни таъминлаш uchun moliya sohasining ham rivojlanishi zarur бўлади. Bu yangi investitsiyalar, soliq va moliya tizimining tarkibiga aloqador hamda xorijiy moliyalashtirish bilan ishlash, eksportning o'sishi va pul mablag'larining kirib kelishiga imkon berish mumkin. Texnologiyalar va innovatsiyalar orqali sug'urta bozori yangilanadi va rivojlanadi. Mijozlarga sifatli xizmatlarni taklif etish, xavfsizlikni ta'minlash va sug'urta tizimining boshqarishini osonlashtirish muhimdir. Sug'urta bozori rivojlanishi esa biznes va jamoatchilikning xavfsizlik va istiqbolini ta'minlashga yordam beradi. Moliya va sug'urta bozorlarini rivojlantirish uchun: - Soliq tizimini takomillashtirish; - Bank xizmatlarini raqamlashtirishga erishish; - Sug'urta xizmatlarida raqobatbardoshlikni oshirishna erishish; - Sug'urta tashkilotlari orqali xorijiy investorlarni jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratish; - Axborot texnologiyalari yordamida sug'urta jarayonlarini avtomatlashtirish. Yuqoridagi amalga oshiriladigan tadbirlar moliya va sug'urta bozorlarini yanada rivojlanishi uchun muhumdir. Bu sohalarni rivojlantirishda investitsiyalar, texnologiyalar va iqtisodiy va huquqiy bilimlar ham muhim ahamiyatga ega. Moliya va sug'urta sohasidagi muammolar o'zaro bog'liqli bo'lishi mumkin. Bu pulning qadrsizlanish darajasining oshib ketishi, moliya tizimining buzilishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Bu sohalarda huquqiy sinovlar va tartibotlar, belgilangan qonunlarning qo'llanilmasi, tadbirkorlarga qaratilayotgan e’tiborning pastligi, qog’ozbozlklarning ko’pligi bilan bog'liq muammolar mavjud bo'lishi mumkin. Mazkur muammolarni yechish uchun bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilishi kerak. Bu esa monetar va moliyaviy siyosatni koordinatsiyalash, valyuta operatsiyalarini tartibga solish va adolatsizliklariga qarshi kurash, investitsiyalar va innovatsiyalar kengayishini ta'minlashda imkoniyatlarni https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th May 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 18 | P a g e yaratish zarur bo‘ladi. Yangi tadbirkorlarga imkoniyatlar yaratish, soliqlarni stavkalarini optimallashtirish, bozor talablari asosida kreditlarning foizini tashkillash va qog’ozbozlikni yo’qotish orqali fuqorolarni yanada ishlab chiqarga yoki biznesga ishtiyoqini oshirish mumkin. Bu esa kelgusida yanada barqaror iqtisodiyotni ta’minlashga erishishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. cyberleninka.ru 2. e-itt.uz 3. A.V.Vaxabov, S.A.Tashmatov, N.X.Xaydarov. Moliyaviy savodxonlik asoslari: o'quv qo'llanma/-Toshkent 2013. https://eglobalcongress.com/index.php/egc