E- Global Congress Hosted online from Plano, Texas, USA. Date: 20th January, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc 73 | P a g e ZULFIYAXONIM HAYOTI VA IJODIGA BIR NAZAR Shavkatova Ismigul Sharif qizi Toshkent tibbiyot akademiyasi Xalq tabobati fakulteti talabasi Askarova Nargiza Abdivalievna Ilmiy raxbar: Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Annotatsiya: Ushbu maqolada O`zbek xalqining atoqli va ardoqli vakili, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi Zulfiya Isroilova haqidadir. Zulfiyaxonimning mehnatsevarligi, doimo olg`a intilishi, sevgi bobida sadoqatli yor ekanligi, badiiy ijod borasida tinimsiz izlanuvchanligi hamda hayot qiyinchiliklarida esankiramasligi har qanday ayol qalbida havas uyg`otади. Tayanch so`zlar: Shoira, iqtidor, ijod, vatanparvar, mexnatsevar, fidoiylik, sadoqat. Zulfiya Isroilova – taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi. Yorqin rassom, oddiy inson qalbini o‘tkir his qilgan – mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol. Zulfiya she’riyatining nufuzi – bizning dabdabali murakkab davrimizning haqqoniy ifodasi, o‘ziga xosligi, zamondoshlarimizning qalbi va harakatlarining yorqin tasviridadir. O’zbek xalqining atoqli va ardoqli vakili, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi Zulfiya Isroilova xalqaro “Nilufar”, Javoharlal Neru nomidagi hamda Davlat mukofatlari sohibasidir. Zulfiyaxonim Isroilova 1915-yili Toshkent shahrining qadimiy Degrez mahallasida tavallud topgan. Avval boshlang’ich maktabda, so’ng xotin – qizlar bilim yurtida tahsil olgan. 1935- 1938-yillarda O’zekiston fanlar akademiyasining til va adabiyot instituti aspiranturasida o’qigan. Shundan keyin turli nashriyotlarda ishlagan. 1935-yildan 1980-yilgacha, qariyib o’ttiz tilga yaqin respublikamizda keng tarqalgan “Saodat” nomli xotin – qizlar jurnalida bosh muharrir bo’lgan. Zulfiyaxonim Isroilova Hamid Olimjon bilan turmush qurgan. Biroq ular orzularga to’la hayot kechirayotgan pallada 1944-yili mashina halokati tufayli turmush o’rtog’idan ayrildi. Shoira esa 1996-yilda 81-yoshida vafot etadi. Shoira badiiy ijodga juda erta kirishdi. O’n yetti yoshida “Hayot varaqalari” deb atalmish dastlabki she’riy E- Global Congress Hosted online from Plano, Texas, USA. Date: 20th January, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc 74 | P a g e kitobini chop ettirdi. Uzoq ijodiy umri davomida o’ttizga yaqin she’riy to’plamlar, o’ndan ortiq dostonlar yaratdi. Shoira hammani o’ylatadigan, barcha kishilarga Jaxldor bo’lgan holatlarni she’rga soladi. Shuning uchun ham yozganlari ko’pchilikka manzur bo’ladi. Zulfiyaning ulkan iste’dodi faqat yurtimizdagina emas balki dunyo miqyosida ham e’tirof etilgan. U – xalqaro “Nilufar” mukofoti egasi. Zulfiya – atoqli shoira, yirik davlat arbobi, jamoat ishlarida faol, el nazaridagi inson. Lekin u birinchi navbatda ayol, ayol bolganda ham ozbek ayoli edi. U ayol sifatida muayyan burchga ega edi. Hamid Olimjondan erta ayrilgan farzandlarini ostirib, odam qilib etishtirmogi kerak edi. Bu esa – eh-he – dunyodagi eng qiyin, eng mashaqqatli ishlardan biri. Qizigi shuki, siz farzandlaringizni moddiy nematlarga komib yuborishingiz mumkin. Ular yaxshi kiyinishi, eb-ichishi, shuhratingiz shulasida gerdayib yurishlari mumkin. Lekin bularning hech qaysisi farzandning qobil bolib chiqmogi uchun etarli bolmasligi mumkin. Nima uchundir u narkoman, bezori, buzuq, ojar, ogri bolib chiqishi hech gap emas. Zulfiya opa 29 yoshida beva qolgan edi – 29 yashar ayolga atalgan bu dunyoning jami huzur-halovatidan, lazzatidan kechdi, qalbining butun qorini farzandlariga bagishladi. Buning oqibatida qizi Hulkar olima boldi, nafaqaga chiqqaniga qadar dorilfununda dars berdi, Oybek domlaga munosib kelin boldi. Ogli Omon esa Ozbekistonda xizmat korsatgan huquqshunos. Eng qizigi shuki, men Hulkarni ham, Omonbekni ham qirq besh yildan beri bilaman, lekin hali ularning biron marta kalondimoglik qilganini, burni kotarilganini, boshqalarni mensimay qoyganini korgan emasman. Binobarin, Zulfiya opa ozining onalik burchini ham juda orinlatib ado etdi – jamiyat uchun yaxshi fazilatlarga ega bo`lgan ikki ajoyib insonni tarbiyalab etkazib berdi. Zulfiya ozbek sheriyatida oziga xos bir maktab yaratgan edi. Uning shogirdlari kop edi. Bulardan ayrimlari – Oydinxon, Qutlibeka va boshqalar bugun Zulfiya opaning chirogini sondirmaslikka harakat qilib, samarali ijod etmoqda. Shoira shogirdlari bilan birga gozal bir sheriyat chamani yaratib ketdi. Xosh, bugun bu boston qay ahvolda? Uning holidan ogoh bolib, parvarishiga qarab turgan shershunoslar, sherparastlar bormi yo u etim qoldimi? Albatta, bugungi sheriyatimiz etim qoldi desak notogri bolardi, sheriyat bostoni qarovsiz yotipti, oz holiga tashlab qoyilgan, desak ham haqiqatdan uzoq bolardi. Zulfiyani shoir qilgan oz dardli qismati va bu dardli qismat haqidagi samimiy va ehtirosli nidosi. Uluglardan biri aytgan ekan: «Shoirni iztirob yaratadi va bu iztirob sheriyat uchun quvonch boladi». Bu sozlar bus-butun shoira Zulfiyaga E- Global Congress Hosted online from Plano, Texas, USA. Date: 20th January, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc 75 | P a g e taalluqlidir. Shoirani dunyoga keltirgan ulug iztirob oz aksiyati bolgan ulug baxtni ham yaratdi. Bu ulug baxt tola tokis xalq va sheriyatnikidir. Sheriyat olamiga har bir ijodkor oz qoshigi bilan kirib keladi. Zulfiya sheriyatga Vafo qoshigi bilan kirdi. Va bu qo`shiq ayol sadoqatining yuksak tarannumiga aylandi Zulfiya she’riyati ana shunday pokiza buloqlardan suv ichgan ijoddir. Ayni shu sababdan uning tinchlik haqidagi, inson ruhiya-tini g’ajib tashlay oladigan hijron to’g’risidagi, tabiatning ajib bir holati borasidagi she’rlari hech kimni befarq qoldirmaydi. Shu bois shoiraning barcha ayollarga, barcha onaiarga, barcha ma’shuqalarga xos, tushunarli, anglanarli bo’lgan she’riyati aslo eskirmaydi. Uning asarlarida halol inson tuyg’ularining porloq yulduzi charaqlab turadi. Xalq orasida “Oydinda”, “Sensiz”, “Yurak”, “Falak”, “Bahor keldi seni soʻroqlab”, “Oʻgʻirlamang qalamim bir kun”, “Boʻm-boʻsh qolibdi bir varaq qogʻoz” kabi sheʼrlari, “Oʻgʻlim, sira boʻlmaydi urush”, “Mushoira” kabi sheʼrlari mashhur. “Uni Farhod der edilar”, “Quyoshli qalam”, “Xotiram siniqlari” kabi lirik va liro-epik dostonlar muallifi. 1935 yilda shoir Hamid Olimjon bilan turmush qurgan va uning bevaqt vofotidan soʻng koʻplab mahzun sheʼrlar yaratgan. Pushkin, Lermontov, Nekrasov, L. Ukrainka, V. Inber va boshqa koʻplab shoirlarning asarlaridan namunalarni oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Zulfiya she’riyati tabiatga hamda uning ajralmas qismi va yuqori cho‘qqisi bo‘lmish odamzotga nisbatan hayajonli sevgi bilan burkangan. Uning she’rlarida tabiat och ranglarda, yorqin bo‘yoq va timsollarda gavdalanadi. Zulfiyaning olijanoblik, jasorat, haqqoniy xalq g‘ururi, tabiat va insonga nisbatan samimiy tuyg‘ular va hurmat, boy ranglar va kutilmagan yangi timsollar bilan bajarilgan lirikasi, kitobxon qalbini larzaga keltiradi, insoniyatning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. Iqtidorli shoira va yozuvchi, inson qalb tug‘yonlarini o‘tkir bilimdoni bo‘lib, turli janrlarda asarlar yaratgan: dostonlar, balladalar, elegiyalar, nasriy she’rlar, hikoyalar, ocherklar, publististik maqolalar va gazeta xabarlari. Uning ko‘p she’rlari SSSR xalqlari tinchligi va do‘stligi sari kurashga bag‘ishlangan edi. Urush yillari u vatanparvarlik she’rlarini yozgan. U tomonidan, shuningdek, o‘zbek bastakorlarining operalariga librettolar ham yozilgan, masalan, “Zaynab va Omon” operasiga libretto. Shu bilan birga, turmush o‘rtog‘i Hamid Olimjon qalamiga mansub “Semurg‘” dostoni mavzusi asosida, ertak-sahna asarini yaratgan. Shoira adabiy-ijtimoiy faoliyati uchun koʻpgina davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.Zulfiyaxonim hayoti davomida yozgan sheʼrlar va dostonlari quyidagilardir: E- Global Congress Hosted online from Plano, Texas, USA. Date: 20th January, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc 76 | P a g e 1932-yil. «Hayot varaqalari» nomli birinchi she'rlar to'plami chop etiladi. 1939-yil. «Qizlar qo'shig'i» she'riy kitobi chiqadi. 1943-yil. «Hulkar» kitobi, «Uni Farhod der edilar» poemasi nashr etildi. 1944-yil. «Hijron kunlarida» kitobi chiqadi. 1944-yil. Hamid Olimjon vafotiga atab «Kechir, qoldim g'aflatda», «Yulduz», «Ne balolarga etding mubtalo», «Sen qaydasan, yuragim», «Ko'rganmiding ko'zlarimda yosh», «Bahor keldi seni so'roqlab» she'rlarini yozadi. 1958-yil. «Yuragimga yaqin kishilar» kitobi chiqadi. «Mushoira» she'ri, «Zaynab va Omon» operasi librettosi yozildi. 1965-yil. O'zbekiston xalq shoiri unvoni beriladi. «Kuylarim sizga» she'rlar to'plami, «O'ylar» adabiy maqolalari kitobi chop etiladi.1967-yil. Neru xalqaro mukofoti laureati bo'ldi. «Quyoshli qalam» poemasini yozdi. 1970-yil. Nilufar nomli xalqaro mukofot laureati bo'ldi. 1972-yil. «Visol» she'rlar to'plami nashr etildi.1974-yil. 2 jildlik «Asarlar» to'plami chiqdi. 1975-yil. «Yillar, yillar» she'rlar kitobi chop etildi. 1976-yil. «Kamalak» she'rlar kitobi uchun Davlat mukofoti berildi. «Shalola» she'rlar kitobi chiqdi. 1984-yil. Mehnat Qahramoni unvoni berildi. Respublika Davlat mukofoti laureati bo'ldi, Hamid Olimjonning «Semurg'» dostoni asosida pyesa-ertak yozdi. Sirasini aytganda, Zulfiya Isroilova davr nafasini his qila olgan, o‘tkir nigohli publitsist va talabchan muharrir bo‘lgan. Yosh adabiyotshunos va tadqiqotchi- jurnalistlarning bu borada ham samarali izlanishlar olib borishlariga umid bog‘laymiz. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, bugungi kunlarida Zulfiyaxonimning hayoti va ijodi barcha xotin-qizlar uchun ibrat. Negaki, uning hayotidagi mehnatsevarligi, doimo olg’a intilishi, sevgi bobida sadoqatli yor ekanligi, badiiy ijod borasida tinimsiz izlanuvchanligi hamda hayot qiyinchiliklarida esankiramasligi, erishilgan yutuqlar oldida o’zini yo’qotmasligi har qanday qiz yoki ayol qalbida havas uyg’otadi. ADABIYOTLAR 1. Axmedova, M. E., Melibayeva, R. N., Bekmirov, T. R., & Nurmatov, A. N. (2022). KASBIY PEDAGOGIKA DARSLIK. 2. Bekmirov, T. (2022). Ёшларни ватанпарварлик руҳида тарбиялашнинг ижтимоий-психологик хусусиятлари (Doctoral dissertation, Yangi O ‘zbekiston taraqqiyotida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida E- Global Congress Hosted online from Plano, Texas, USA. Date: 20th January, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc 77 | P a g e tarbiyalashning dolzarb masalalari Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari). 3. Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti 2016) 4. Psychological Characteristics of Children with Attention Deficiency and Hyperactivity and their Readiness for School Training* AN Abdivalievna - European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 2022. 5. Abdivalievna, A. N. (2022). Age Features of Aggressive Behavior. Eurasian Medical Research Periodical, 15, 16-20. 6. Askarova Nargiza Abdivalievna, PSYCHOCORRECTION OF BEHAVIORAL AND EMOTIONAL FIELDS IN CHILDREN WITH ATTENTION DEFICIT AND HYPERACTIVE , British Journal of Global Ecology and Sustainable Development: Vol. 10 (2022) 7. PSYCHOLOGICAL FEATURES OF ACHIEVING PROFESSIONALISM IN THE WORK OF DOCTORS AN Abdivalievna - British Journal of Global Ecology and Sustainable …, 2022 8. PSYCHOCORRECTION OF BEHAVIORAL AND EMOTIONAL FIELDS IN CHILDREN WITH ATTENTION DEFICIT AND HYPERACTIVE AN Abdivalievna - British Journal of Global Ecology and Sustainable …, 2022. 9. PSYCHOLOGICAL HEALTH OF CHILDREN AS A FACTOR OF SUCCESSFUL EDUCATION Ж Дилдора British Journal of Global Ecology and Sustainable Development, 148-151. 10. Ziyodullaevna, J. D. (2022). Psychological Characteristics Of The Development Of Generosity In Children. Eurasian Scientific Herald, 8, 225- 228. 11. EMERGENCY PSYCHOLOGICAL ASSISTANCE IN EXTREME SITUATIONS. AN Abdivalievna, IN Nuriddinovna - Spectrum Journal of Innovation, Reforms and …, 2022.