E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th May 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 39 | P a g e DIAFRAGMANING QIZILO’NGACH TIRQISHI CHURRASINI ANIQLASHDA NUR TASHXISLASH USULI Turabidinov Sh. A. Rahmonova G. E. Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, O’zbekiston Annotatsiya: Ushbu maqolada diafragmaning qizilo’ngach tirqishi churrasini aniqlashda nur tashxislash usuli yoritib berilgan. Kalit so’zlar: Diafragmaning qizilo’ngach tirqishi churrasi, bariiy kontrast bo’tqasi. Dolzarbligi: Diafragmaning qizilo’ngach tirqishi churralari oxirgi yillarda ovqat hazm qilish kasalliklari ichida keng tarqalmoqda. Odatda kasallik ko'krak qafasi rentgenogrammasi yoki ushbu kasallikka bog’liq bo’lmagan kasallik belgilarini tekshirish uchun o'tkaziladigan tekshiruvlar jarayonida aniqlanadi.Ilmiy tadqiqotlarga ko’ra Yevropa va Amerika aholisi orasida ushbu kasallik uchrash foizi 30-40% ni tashkil qilip, ularning 25% tibbiy-dori darmonga, 15% xirurgik muolajaga muhtoj(B.R Batirbayevich, D.V.Moisevich 2020 Krasnodar. Diafragmaning qizilo’ngach tirqishi churralarini endovideoxirurgik davolash.) Ayollarda erkaklarga nisbatan kasallikka chalinish ehtimoli yuqoriroq va insonning yoshi ulg’aygan sari ayniqsa 50 yoshlar atrofida uchrash kasallikka yo’liqish miqdori ortmoqda va hozirda 55-60% ni tashkil etadi(A.P.Peralta, et.al 2023) . Bunga yosh ulg’aygan sari mazkur sohadagi bog’lamlar involyutsiyasi asosiy sabablardan biri deb qaraladi.Hozirdagi bazi bir kasalliklar: surunkali astma bilan chalingan bemorlar soni oshishi, doimiy meterorizm, qabziyat, qizilo’ngach harakat faoliyati kuchayishi (gipermotor diskineziyasi), qorin sohasiga doimiy tushuvchi kuchli bosimda ishlash, semizlik, biriktiruvchi to’qimani tizimli kasalliklari, nofaol yashash sharoitlari sabab bo’lmoqda.Asosan bemorda ko’krak sohasida og’riq va uning ovqatdan keyin kuchayishi,ko’ngil aynishi, ozib ketish, disfagiya, dispepsiya belgilari uchraydi. Ko’p hollarda simptomlarsiz kechadi va og’ir holatga o’tmaguncha bemor ushbu kasallik bilan shikoyat qilmaydi.Gastroezofagial reflyuks kasalligi oshqozon-ichak traktining https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th May 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 40 | P a g e eng keng tarqalgan patologiyalaridan biridir.Bemorlarning 80-90% dan ko'prog'ida ushbu belgi pastki qizilo'ngach sfinkterining etishmovchiligiga olib keladigan diafragmaning qizilo’ngach tirqishi churralari sabab yuzaga keladi. Shu sababli, mutaxassislar diafragmaning qizilo’ngach churrasi turlarini va gastroezofagial reflyuks kasalligini batafsil tashxis qo'yish orqali jarrohlik yo'li bilan davolash samaradorligini oshirish mumkinligiga tobora ko'proq qiziqishmoqda.Ammo uni erta,aniq va to’g’ri tashxislash haligacha butunlay o’z yechimini topgani yo’q. Ushbu holat shu yo'nalishdagi ishlarni davom ettirishni talab qiladi.(A.O.Nykonenko, Yevhen Haidarzhi,T.V.Letkeman. April 2022 Zaporozhye Medical Journal 24(2):168-175) Shu toifadagi bemorlarda ko’pincha eroziya, qon ketish, oshqozon strikturasi va qizilo’ngach yarasi, qizilo’ngachning qisqarishi, Barret qizilo’ngachi, qizilo’ngach saratoni kabi o’gir asoratlar paydo bo’lishi ehtimoli ortip bormoqda.Diafragmaning qizilo’ngach tirqishi churralarini to’rt turi mavjud bo’lip: sirpanuvchi(aksial)( I tur) kasallikning 85-95% foizini tashkil qiladi, paraezofagial 5% (II tur) , kombinatliyalangan (III tur), I va II turlarning qo’shilip kelishi va qo’shni azolarni ham ko’ks oralig’iga chiqishi kuzatiladi(IV tur) .(Filipe Huerta Duenas. International Surgey Journal 10(7):1268-1271 Iyul 2023). Maqsad Diafragmaning qizilo’ngach churrasini aniqlashda ananaviy va bariy botqasi orqali nuri tashxisi imkoniyatlarini takomillashtirish. Material va uslublar: 2020-2024 yillar ichida TTA shifoxonoasida tekshirtirish va davolanish uchun kelgan 48 ta diafraganing qizilo’ngach churrasiga tahmin qilingan kasallarni nur tashxisi orqali tekshiruv olib borildi. Bu tadqiqot uchun olingn bemorlarning yoshi 32-68 (o’rtacha 50) tashkil qilib, bemorlarning 32 tasi ayol (66.6% ) 16 tasi (33,3%) erkaklardan iborat. Avvalo ko’krak qafasi va ko’ks oralig’ini rentgenografiya orqali tekshirildi. Keyin bemorni gorizantal holda bariiyli kontrast botqasi yordamida bemorni bel, qorin va vertikal holda tekshirildi. Izlanishdan olingan natijalar va ularning taxlili: Bemorlarning 32 tasida (66,7%) Trandelenburg usuli orqali tekshirilganda diafragmaning qizilo’ngach churrasining sirpanuvchi turi aniqlandi. Qolgan 16 bemorda (33.2%) kasalda https://eglobalcongress.com/index.php/egc https://www.researchgate.net/journal/Zaporozhye-Medical-Journal-2310-1210?_tp=eyJjb250ZXh0Ijp7ImZpcnN0UGFnZSI6InB1YmxpY2F0aW9uIiwicGFnZSI6InB1YmxpY2F0aW9uIiwicHJldmlvdXNQYWdlIjoiX2RpcmVjdCJ9fQ E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th May 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 41 | P a g e fiksatsiyalangan turi aniqlandi. Churralarning o’rtacha hajmi 4,4±0,25x5,6±1,7. Sirpanuvchi churra turi bilan kasallangan 15(46.8%) churra o’lchami 2,9±0,8x2,8±0,7, shuningdek 12 ta (37.5%) bemorda churra hajmi 3.1±0.5x4.3±0.7, qolgan 5 (15.6%) bemorda 4.2±0.8x5±1.2 o’lchamlarini tashkil qiladi. Fiksatsiyalangan bemorlarning 7 tasida gastroezofagial reflyuks belgisi aniqlandi. Bemorlarning 16(33.3%) tasida duodeno-gastral diskeneziya aniqlandi, 3 bemorda yo’gon ichak divertikuli aniqlandi. Xulosa: Olingan natijalardan shunday xulosaga kelish mumkinki: -Rentgenologik tekshiruvning ananaviy va bariy kontrasti orqali tekshiruvi samarali va arzonroq usul ekanligi tasdiqlandi. -Bu usul shuningdek nafaqat churra haqida tahminlarni tasdiqlaydi, shuningdek yondosh kasalliklarni ham aniqlashga yordam beradi. -Ushbu yo’l orqali bemorga tezkor yakuniy tashxis qoyilip erta davolash samaradorligi ortdi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Perrone G. et al. Complicated diaphragmatic hernia in emergency surgery: systematic review of the literature //World Journal of Surgery. – 2020. – Т. 44. – С. 4012-4031. 2. Pawluszewicz P. et al. Hiatal hernia–epidemiology, pathogenesis, diagnostic //Post N Med. – 2018. – Т. 31. – №. 5. – С. 274-278. 3. Sovpel I. et al. MODERN ASPECTS OF DIAGNOSIS AND SURGICAL TREATMENT OF HIATAL HERNIAS: LITERATURE REVIEW //Archiv EuroMedica. – 2022. – Т. 12. – №. 1. – С. 55-60. https://eglobalcongress.com/index.php/egc