E- Global Congress Hosted online from Plano, Texas, USA. Date: 20th January, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc 78 | P a g e ZULFIYAXONIM- IQTIDORLI O'ZBEK SHOIRASI U. D. Xolboyeva Toshkent tibbiyot akademiyasi Tibbiy biologiya fakulteti talabasi Askarova Nargiza Abdivalievna Ilmiy raxbar: Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Annotatsiya Ushbu maqola sharq ayollariga xos tengsiz nazokatu latofatni, aql-zakovatni o‘zida mujassam etgan Zulfiya Isroilova haqidadir. Zulfiya she’riyatining nufuzi — bizning dabdabali murakkab davrimizning haqqoniy ifodasi, o‘ziga xosligi, zamondoshlarimizning qalbi va harakatlarining yorqin tasviridadir. Tayanch so`zlar: Shoira, iqtidor, ijod, vatanparvar, mexnatsevar, fidoiylik, sadoqat Zulfiya Isroilova - taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi. Zulfiyaxonimni nomini barchamiz doimo lutf va ehtirom bilan tilga olamiz. O‘z ijodida toza muhabbatni, vafo va sadoqatni, tinchlik va ozodlikni tarannum etgan shoiraning har bir she’ri teran fikrlar, yorqin hissiyotlaru hayotiy mushohadalar bilan mukammallik kasb etganini ko‘rishimiz mumkin. Oʻzbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 martda Toshkentning Oʻqchi mahallasida degrez oilasida tugʻilgan. Zulfiyaxonim yoshligidan ilmga chanqoq, she'riyatga oshno edi. Xotin-qizlar bilim yurtida oʻqib yurgan vaqtlaridayoq (1931–1934) adabiy toʻgaraklarga qatnashib, sheʼrlar mashq qiladi. Zulfiyaning ijodiy kamolotida oʻzbek va rus klassiklari, xalq ogʻzaki ijodiyoti va jahon adabiyoti anʼanalarining roli beqiyos boʻldi. Shoira “Temiroy” (1934), “Sheʼrlar” (1939), “Qizlar qoʻshigʻi” (1939) kabi poetik asarlarini ona Vatan va uning dala, choʻllarida mehnat qilayotgan paxtakorlar, traktorchi qizlarning qaynoq hayotlariga bagʻishlaydi. Ayni chogʻda, mazkur toʻplamlardagi sheʼrlari shoiraning mahorat sirlarini egallayotgan davrini xarakterlovchi asarlar sifatida ham muhim edi. Zulfiyaning “Mening Vatanim”, “Qoʻlimda qurolu ustimda shinel”, “Bizni kut” kabi umidbaxsh sheʼrlari urush davri oʻzbek sheʼriyatining jangovor ruhini ifodalovchi asarlar qatoridan oʻrin olgan. Vataniga, ona yeriga bo‘lgan muhabbati E- Global Congress Hosted online from Plano, Texas, USA. Date: 20th January, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc 79 | P a g e - vatanparvarlikning oliy tuyg‘usi bo‘lib, harbiy janglarning saodatli yakuniga ishonch bilan birlashadi - bu shunchaki, Zulfiyaning shoirona qalbiga xos o‘ylargina emas, balki o‘zbek xalqining tabiatiga xos milliy fe’l-atvor qirralari bo‘lib, shoiraning she’rlarida yorqin ifodalanadi. Vataniga, ona yeriga bo‘lgan muhabbati – vatanparvarlikning oliy tuyg‘usi bo‘lib, harbiy janglarning saodatli yakuniga ishonch bilan birlashadi – bu shunchaki, Zulfiyaning shoirona qalbiga xos o‘ylargina emas, balki o‘zbek xalqining tabiatiga xos milliy fe’l-atvor qirralari bo‘lib, shoiraning she’rlarida yorqin ifodalanadi. Shoira Vatanidan tashqaridagi baxtni tan olmaydi, xatto u yer yaxshiroq bo‘lsa ham: “Axir, baxt ona diyoridagina tirikdir”. Zulfiya uzoq o‘tmishda ayol o‘rni uy-ro‘zg‘or yumushlari doirasida bo‘lganligini, uyda ham bek, ham hukmdor bo‘lgan eriga itoatli cho‘ri bo‘lib, bosh egishi lozim bo‘lganligini yashirmaydi. Zulfiya she’riyati tabiatga hamda uning ajralmas qismi va yuqori cho‘qqisi bo‘lmish odamzotga nisbatan hayajonli sevgi bilan burkangan. Uning she’rlarida tabiat och ranglarda, yorqin bo‘yoq va timsollarda gavdalanadi. Zulfiyaning olijanoblik, jasorat, haqqoniy xalq g‘ururi, tabiat va insonga nisbatan samimiy tuyg‘ular va hurmat, boy ranglar va kutilmagan yangi timsollar bilan bajarilgan lirikasi, kitobxon qalbini larzaga keltiradi, insoniyatning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. Zulfiyaning oʻn beshga yaqin majmualari rus tilida chop etilgan. Uning asarlari ingliz, nemis, hind, bolgar, xitoy, koreys, arab, fors, tojik, arman, qirgʻiz, tatar, turkman, boshqird, ozarbayjon va boshqa tillarga tarjima qilingan. Shoira N. Nekrasov, M. Lermontov, Vera Inber, Lesya Ukrainka, Edi Ognetsvet, Marvarid Dilboziy, Amrita Pritam asarlarini oʻzbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan. Zulfiyaxonim «Oʻylar», «Shalola» kabi sheʼriy toʻplamlari uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan. Hindiston mavzuidagi sheʼrlari uchun Javoharlaʼl Neru nomidagi xalqaro mukofotga, tinchlik va doʻstlikni tarannum etuvchi asarlari hamda taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatidagi faol ishtiroki uchun esa xalqaro «Nilufar» mukofotiga sazovor boʻlgan. Zulfiyaning olijanoblik, jasorat, haqqoniy xalq g‘ururi, tabiat va insonga nisbatan samimiy tuyg‘ular va hurmat, boy ranglar va kutilmagan yangi timsollar bilan bajarilgan lirikasi, kitobxon qalbini larzaga keltiradi, insoniyatning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. “Baxtim shulki, o‘zbekning Zulfiyasiman” degan edi xalqimizning atoqli shoirasi Zulfiyaxonim. Baxtiyor o‘zbek ayolining yorqin timsoli bo‘lgan ushbu shoira nomini barchamiz doimo lutf va ehtirom E- Global Congress Hosted online from Plano, Texas, USA. Date: 20th January, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc 80 | P a g e bilan tilga olamiz. O‘z ijodida toza muhabbatni, vafo va sadoqatni, tinchlik va ozodlikni tarannum etgan shoiraning har bir she’ri teran fikrlar, yorqin hissiyotlaru hayotiy mushohadalar bilan mukammallik kasb etganini ko‘rishimiz mumkin. Ona Vatanim So‘zlarning gavhari senga munosib, O‘tmishim eslayman seni aytiboq. Ajdodlar eli bo'ldi bu makon, Osmonda nur sochgan, ona Vatanim. Osmoning tinch, beg'ubor o'lka, Jannatning havosi yelib keladi. Bag‘ringda yashaymiz, tinch - totuv hamon, Onadek mehribon, Ona Vatanim. Madhiyangda yangrar husn jamoling, Gerbingda humo qush, tinchlik misoli. Osmonda bayrog‘ing hilpirar mag'rur, Yagona, muqaddas ona Vatanim. Mustaqillik yillarida ibratli hayot kechirgan, keng ijtimoiy faoliyat olib borgan shoira Zulfiya betakror isteʼdodi, Vatanga muhabbati, olijanob insoniy fazilatlari, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirishdagi xizmatlari uchun yuksak hurmat va eʼzozga sazovor boʻldi. Oʻzbekiston hukumati atoqli shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi katta xizmatlarini eʼtiborga olib 1999 yili Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etdi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Zulfiyaxonim o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos o‘ringa ega shoira bo‘lishi bilan birga inson sifatida ham shu xalqning barcha olijanob xislatlariga ega ayol bo‘lgan. Bugun shu maqolani yozish va Zulfiyaxonimni ijodiga chuqurroq nazar solish orqali yana bir karra amin bo`ldimki, o`zbek adabiyoti XX asrda har qancha ziddiyatli, mashaqqatli va murakkab yo`lni bosib o`tgan bo`lmasin, unda bir qator tom ma`nodagi ijodkorlar etishib chiqgan va ularni ichidagi porloq yuzluzlardan biri bu Zulfiyaxonim bo’lgan. E- Global Congress Hosted online from Plano, Texas, USA. Date: 20th January, 2023 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc 81 | P a g e ADABIYOTLAR 1.Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti 2016) 2. Bekmirov, T. (2022). Ёшларни ватанпарварлик руҳида тарбиялашнинг ижтимоий-психологик хусусиятлари (Doctoral dissertation, Yangi O ‘zbekiston taraqqiyotida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning dolzarb masalalari Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari). 3.EMERGENCY PSYCHOLOGICAL ASSISTANCE IN EXTREME SITUATIONS. AN Abdivalievna, IN Nuriddinovna - Spectrum Journal of Innovation, Reforms and …, 2022. 4. Psychological Characteristics of Children with Attention Deficiency and Hyperactivity and their Readiness for School Training* AN Abdivalievna - European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 2022. 5. Abdivalievna, A. N. (2022). Age Features of Aggressive Behavior. Eurasian Medical Research Periodical, 15, 16-20. 6. Askarova Nargiza Abdivalievna, PSYCHOCORRECTION OF BEHAVIORAL AND EMOTIONAL FIELDS IN CHILDREN WITH ATTENTION DEFICIT AND HYPERACTIVE , British Journal of Global Ecology and Sustainable Development: Vol. 10 (2022) 7. PSYCHOLOGICAL FEATURES OF ACHIEVING PROFESSIONALISM IN THE WORK OF DOCTORS AN Abdivalievna - British Journal of Global Ecology and Sustainable …, 2022 8. PSYCHOCORRECTION OF BEHAVIORAL AND EMOTIONAL FIELDS IN CHILDREN WITH ATTENTION DEFICIT AND HYPERACTIVE AN Abdivalievna - British Journal of Global Ecology and Sustainable …, 2022. 9. PSYCHOLOGICAL HEALTH OF CHILDREN AS A FACTOR OF SUCCESSFUL EDUCATION Ж Дилдора British Journal of Global Ecology and Sustainable Development, 148-151. 10. Ziyodullaevna, J. D. (2022). Psychological Characteristics Of The Development Of Generosity In Children. Eurasian Scientific Herald, 8, 225-228.