E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th July 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 6 | P a g e ISH BERUVCHI UCHUN MAJBURIY BO’LGAN XODIMNING TASHABBUSI BILAN VAQTINCHA BOSHQA ISHGA O’TKAZISH Rustamova Shaxzoda Samarqand Davlat Universiteti Yuridik Fakulteti 3 -Bosqich Talabasi REJA: 1. Mehnat shartnomasini o’zgartirish asoslari 2. Mehnat shartlari tushunchasi 3. Ish beruvchi uchun majburiy bo’lgan xodimning tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga o’tkazish. 4. Xodimning tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. T.:Adolat 2023.MK 133-150 moddalari 2. Mualliflar jamoasi. Mehnat huquqi. Darslik. –T. TDYU nashriyoti, 2018. – 505 bet. 3. Gasanov M., Sokolov Y. O’zbekistonning mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlari savollar va javoblar. – T. Iqtisodiyot va huquq dunyosi, 1999. – 528 b. 4. Y.Sokolov, J.Rahmobekov Mehnat va huquq Toshkent. 2018. 394-bet https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th July 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 7 | P a g e Mehnat shartnomasini o’zgartish asoslari Mehnat Kodeksining 133-moddasida o’z aksini topgan hisoblanadi.Ya’ni: mehnat shartlarining o‘zgarishi; xodimning boshqa ishga o‘tkazilishi; ish beruvchining boshqa joyga ko‘chish munosabati bilan joyning o‘zgarishi; xodimning boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborilishi; mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ish joyining o‘zgarishi. MK 134-moddasida esa Mehnat shartlari tushunchasi haqida so’z boradi. Mehnat shartlari deganda ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq xodimning mehnat faoliyati amalga oshiriladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish omillarining majmui tushuniladi. Mehnat shartnomasini o’zgartirish asoslari quyidagilardan iborat: https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th July 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 8 | P a g e Ijtimoiy omillar jumlasiga mehnatga haq to‘lash miqdori, ish vaqtining, ta’tilning davomiyligi va boshqa shartlar kiradi. Ishlab chiqarish omillari jumlasiga texnika, sanitariya, gigiyenaga oid, ishlab chiqarish-maishiy va boshqa shartlar kiradi. Ish beruvchi uchun majburiy bo’lgan xodimning tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga o’tkazish ushbu norma haqida Mehnat kodeksining 142-moddasida alohida to’xtalib o’tiladi. qaysi tibbiy xulosaga muvofiq xodim sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra vaqtincha yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarini istisno etadigan ishga o‘tkazishga muhtoj bo‘lsa, o‘sha tibbiy xulosaning mavjudligi; https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th July 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 9 | P a g e Buning uchun xodimda tibbiy xulosa mavjud bo’lishligi katta ahamiyat kasb etadi.Uning ya’ni xodimning sog’ligi inobatga olinadi.Vaqtincha yoki noqulay ishlab chiaqarish omillarini inkor etadigan ishga o’tkazishga bo’lgan moyilligi yuqori bo’lishligi muhim. Ushbu normaning ahamiyatli joyi shundaki, mehnat shartnomasi tuzilgan xodim ayollarning homilador bo’lishligi. ikki yoshga to‘lmagan bolasini parvarishlayotgan ota-onaning biri (vasiy) tomonidan avvalgi ishini bajarish mumkin emasligi; Xodimning vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosi ish beruvchi tomonidan quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra qanoatlantirilishi lozim: qaysi tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayol vaqtincha yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’sirini istisno etadigan ishga o‘tkazishga muhtoj bo‘lsa, o‘sha tibbiy xulosaning mavjudligi; https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th July 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 10 | P a g e Xodim farzandi 2 yoshga to’lmagan bolasini parvarishlayotgan bo’lgan bo’lishligi, farzandning o’z ota-onasidan biri yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxs vasiy tomonidan avvalgi ishini bajara olmasligi. Ushbu iltimos uzrli sabablar tufayli kelib chiqqan va bunday ish ish beruvchida mavjud bo‘lgan boshqa hollarda. Xodimning tashabbusiga ko‘ra vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish uchun uzrli sabablar ro‘yxati, shuningdek bunday o‘tkazish chog‘ida mehnatga haq to‘lash tartibi jamoa shartnomasida belgilanishi mumkin, agar bunday shartnoma tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi. BUYRUQ Buyruq qabul qilingan sana Buyruq raqami-son Buyruq tuzilgan joy Xodimning tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish toʻgʻrisida https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th July 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 11 | P a g e Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 142-moddasiga asosan, buyuraman: 1. Xodim ishlab turgan tashkilotning nomi va uni (tashkilotni) tashkiliy huquqiy shakli Xodim ishlayotgan boʻlim (tarkibiy tuzulma)ning nomi boʻlimi Oʻz tashabbusi bilan boshqa ishga oʻtayotgan xodimning lavozimi Oʻz tashabbusi bilan boshqa ishga oʻtayotgan xodimning F.I.O.ning Xodimning oʻz tashabbusi bilan boshqa ishga oʻtishining sababi tufayli Boshqa ishga oʻtayotgan xodimning ish boshlash sanasidan Boshqa ishga oʻtayotgan xodim ishlaydigan yangi boʻlim (tarkibiy tuzulma)ning nomidagi Boshqa ishga oʻtayotgan xodimning yangi lavozimi nomi lavozimiga oʻtkazilsin. 2. Xodim vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilgan davrda unga bajarayotgan ishiga qarab, lekin avvalgi oʻrtacha ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi toʻlansin. Asos: Buyruq qabul qilinishiga asos boʻlgan hujjatlar Buyruqni imzolaydigan shaxsning lavozimi Buyruqni imzolaydigan shaxsning F.I.O. Muhim Ma’lumot: Xodimning tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq Amaldagi Mehnat qonunchiligiga muvofiq ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolinishi munosabati bilan xodimni uning roziligisiz vaqtincha boshqa ishga oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi. Bunday holda xodim sogʻligʻiga toʻgʻri kelmaydigan boshqa ishga oʻtkazilishi mumkin emas. Doimiy boshqa ishga oʻtkazish ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Boshqa doimiy ishga oʻtkazish haqida buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga kiritilgan oʻzgarishlar asos boʻladi. Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida xodimning tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq namunasi tayorlangan boʻlib, namunada mazkur sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi, buyruqni asoslovchi normalar bayon etilgan. Buyruq soʻrovnomalarni toʻldirish orqali osonlik bilan shakllantiriladi Mehnat shartlaridagi o‘zgarishlar haqida xodim kamida 2 oy oldin yozma ravishda ogohlantirilishi va tilxat olinishi shart. Mazkur muddat xodimning roziligi bilan qisqartirilishi mumkin. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th July 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 12 | P a g e Mehnat shartnomasida shartlashib olinmagan ish joyini o‘zgartirishni xodim bilan kelishish talab qilinmaydi. Boshqa ishga o‘tkazish 1. mehnat shartnomasida belgilab qo‘yilgan ishni davom ettirishning imkoni bo‘lmagan hollarda xodimga boshqa mutaxassislik, malaka, lavozimga oid ishni topshirishga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi; 2. xodimning boshqa ishga o‘tkazish haqidagi iltimosi (bunday ish korxonada mavjud bo‘lsa); 3. vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish uchun uzrli sabablar ro‘yxati jamoa shartnomasida, jamoa shartnomasi bo‘lmasa ish beruvchi tomonidan xodimlarning vakillik organi bilan kelishib belgilanadi; 4. ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolinishi munosabati bilan xodimni uning roziligisiz vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish mumkin. Bunday holda xodim sog‘lig‘iga to‘g‘ri kelmaydigan ishga o‘tkazilishi mumkin emas. Mehnat shartlarini o‘zgartirish, shuningdek ish joyini o‘zgartirish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. https://eglobalcongress.com/index.php/egc https://yurxizmat.uz/uz/document/147 https://lex.uz/docs/142859#143674