E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th July 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 13 | P a g e MEHNAT SAMARADORLIGINING IQTISODIYOT RIVOJIGA TA’SIRI Anvarova L. Sh. tayanch doktorant Qarshi davlat universiteti Annotatsiya Maqolada mehnat samaradorligini iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlovchi asosiy omillardan biri sifatida talqin qilinadi. Mehnat samaradorligi jamiyatning iqtisodiy yuksalishini ta’minlashga qodir muhim manbadir. Chunki aynan uning vositasida ishchi kuchi miqdori va sifatini ijtimoiy manfaatlar sari yo‘naltirish, tabiiy resurslarning oqilona sarflanishini ta’minlash, moliyaviy kapitalni maqsadga muvofiq ishlatish, innovatsion texnologiyalarni ommalashtirish mumkin bo‘ladi. Калит сўзлар: меҳнат самарадорлиги, ishchi kuchi miqdori, tabiiy resurslar, moliyaviy kapital, innovatsion texnologiyalar. ВОЗМОЖНОСТИ ЭФФЕКТИВНОСТИ ТРУДА В ОПТИМИЗАЦИИ ЭКОНОМИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ. Аннотация. В статье автор трактует эффективность труда как один из основных факторов, обеспечивающих экономическое развитие. Производительность труда является важным источником, способным обеспечить экономический рост общества. Потому что можно будет направить количество и качество рабочей силы на социальные блага, обеспечить рациональное использование природных ресурсов, использовать финансовый капитал в соответствии с назначением, популяризировать инновационные технологии. Ключевые слова: производительность труда, численность рабочей силы, природные ресурсы, финансовый капитал, инновационные технологии. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th July 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 14 | P a g e OPPORTUNITIES OF LABOR EFFICIENCY IN OPTIMIZING ECONOMIC DEVELOPMENT. Annotation In the article, the author interprets labor efficiency as one of the main factors ensuring economic development. Labor efficiency is an important source capable of ensuring the economic growth of society. Because it will be possible to direct the quantity and quality of the labor force towards social benefits, to ensure the rational use of natural resources, to use the financial capital in accordance with the purpose, and to popularize innovative technologies. Keywords: labor efficiency, amount of labor force, natural resources, financial capital, innovative technologies. Introduction Iqtisodiy taraqqiyot mamlakat iqtisodiyotining mahsuldorligi va samaradorligining oshishi, barqarorligi va raqobatbardoshligining mustahkamlanishi, jamiyat ehtiyojlariga mutanosibligining yuksalishi jarayonidir. U mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish darajasi o‘sishi, investitsiyalar va infratuzilma ravnaqi, ishsizlikning kamayishi yoxud maqbul tus olishi, pirovardida esa aholi turmush darajasining yaxshilanishi bilan tavsiflanadi. Iqtisodiy taraqqiyotga eltuvchi omillar talaygina. Ular orasida ayrimlari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Masalan, iqtisodiyot rivoji ko‘p jihatdan mavjud ishchi kuchining miqdori va sifatiga borib taqaladi. Aksar publitsistik manbalarda ishchi kuchi deganda iqtisodiyot sohalarida mashg‘ul bo‘lgan yoki jalb etilishi mumkin bo‘lgan 16-60 yoshdagi kishilar nazarda tutiladi. Iqtisod ilmi nuqtai nazaridan esa “ishchi kuchi” deganda inson emas, uning mehnat qobiliyatlari yig‘indisi nazarda tutiladi. “Ishchi kuchi, insonning mehnat qobiliyati - bu uning ehtiyojlari, jismo-niy, intellektual va tashkilotchilik qobiliyatlari, moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish jarayonida qo‘llaniladigan ko‘nikma va tajribalari yig‘indisidir”1. Uning sifati mehnat qobiliyatiga ega kishilarning bilim darajasi va malakasi bilan belgilanadi. Mamlakatda bunday 1 Қаранг: Какушкина М. А. О трактовке экономической категории “рабочая сила”.// Социально- экономичес-кие явления и процессы, 2009, №4.- 61-с. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th July 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 15 | P a g e kishilar qancha ko‘p bo‘lsa, iqtisodiyotni yuksaltirish va raqobatbardoshligini ta’minlash imkoniyatlari shuncha katta bo‘ladi. Iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlovchi yana bir omil – mavjud tabiiy resurslar hajmidir. “Ma’lumki, tabiiy resurslar deganda tirik va notirik tabiatga oid bo‘lgan va insonning moddiy hamda madaniy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlatiladigan obyektlar, tabiiy muhit elementlari nazarda tutiladi. Bu resurslarning ayrimlari (masalan, minerallar, yer resurslari) tiklanmas, boshqalari (o‘simliklar va hayvonot olami bilan bog‘liq resurslar) tiklanuvchan hisoblanadi. Tabiiy resurslarning yana bir turi (ekin maydonlari, o‘rmonlar, suv resurslari) to‘liq tiklanmaydigan (ya’ni iste’mol maromidan sustroq tiklanadigan) obyektlar turkumiga kiritiladi”2. Mamlakatning tabiiy resurslari uning iqtisodiy rivojla- nishida asosiy rol o‘ynaydi, chunki ular sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining real imkoniyatlarini belgilab beradi. Masalan, neft, gaz, ko‘mir, metallar, yog‘och va suv resurslari kabi tabiiy resurslarning mavjudligi ularni qazib olish, qayta ishlash va eksport qilishni osonlashtiradi. Qulay iqlim sharoiti, unumdor tuproq qishloq xo‘jaligi rivojiga, go‘zal tabiat manzaralari esa turizm industriyasi ravnaqiga xizmat qiladi. Biroq, tabiiy resurslarning shunchaki mavjudligi har doim ham iqtisodiy rivojlanishni kafolatlayvermaydi. Buning uchun ularni samarali boshqarish va oqilona sarflash zarur. Tabiiy resurslardan nooqilona foydalanish yoki ularni yetarli darajada diversifikatsiya qilmaslik iqtisodiyotning bir yoki bir nechta resurslarga qaram bo‘lib qolishiga olib kelishi mumkin. Iqtisodiy ravnaq moliyaviy kapitalni taqozo etadi. Moliyaviy kapital jamiyatda faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniyalar, banklar va investorlarning daromad olish uchun iqtisodiyotga sarmoya sifatida kiritishi mumkin bo‘lgan mablag‘lari miqdoridan tarkib topadi. Odatda u turli investitsiyalar, aksiyalar, obligatsiyalar, depozitlar va boshqa moliyaviy vositalarda o‘z ifodasini topadi. Moliyaviy kapitalning mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga ta’siri nihoyatda sezilarli. Dastlab, u kompaniya va tadbirkorlarga biznesning o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur resurslarni qo‘lga kiritish imkonini beradi. Bundan tashqari, moliyaviy kapital iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qiladigan innovatsion loyihalarni moliyalashtirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, mavjud infratuzilmani takomillashtirish, turli iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishda qo‘l keladi. 2 Омонов Б. Экологик глобаллашув ва унинг Ўзбекистондаги экологик муҳитга таъсири.- Т.: Ворис-нашри- ёт,2021.- Б.21. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th July 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 16 | P a g e Nihoyat, iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlovchi yana bir omil innovatsion texnologiyalardir. Innovatsion texnologiyalar – iqtisodiyot tarmoqlaridagi ish uslubini o‘zgartiradigan va ishlab chiqarish samaradorligini oshiradigan, biznes imkoniyatlarini kengaytiradigan va jamiyat a’zolari turmushi darajasini yuksaltiradigan yangi yoki takomillashtirilgan usullar, jarayonlar yoki mahsulotlardir. Ular tabiiy resurslardan samaraliroq foydalanish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va bozorga yangi mahsulot va xizmatlarni chiqarish vaqtini qisqartirish imkonini beradi. Qolaversa, innovatsion texnologiyalar ilmiy tadqiqot va ta’lim rivojiga ham xizmat qiladi, bu esa mamlakat texnik va ishlab chiqarish salohiyatini yuksaltirish uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy taraqqiyot omillarini yuksaltirish, ulardan oqilona foydalanishga bo‘lgan intilish yaqqol ko‘zga tashlanadi. Jumladan, bu yurtlarda ishchi kuchi miqdori va sifati mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va jahon iqtisodiyotidagi o‘rnini mustahkamlovchi asosiy omillardan biri sifatida baholanmoqda. Shu boisdan iqtisodiyotning turli sektorlarida mashg‘ul bo‘lgan kadrlarning ma’lumoti, kasbiy mahorati va malakasini oshirish masalalariga e’tibor ortib bormoqda. Bu maqsadda barcha rivojlangan mamlakatlarda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv kurslari tashkil qilish amaliyoti keng ildiz otmoqda. Keyingi yillarda ishsizlik muammosini tizimli ravishda hal qilish choralari ham intensivlashdi. E’tiborli jihati shundaki, taraqqiy topgan yurtlarda ishchi kuchi miqdorini ko‘paytirish, sifatini oshirish tadbirlari davlat tomonidan qat’iy muvofiqlashtirilmoqda. Ayrim G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida hatto ishchi kuchi miqdori va sifati o‘zgarishining istiqbollariga doir ilmiy bashoratlar ham tayyorlanmoqda. Masalan, Angliyada bu vazifalar bilan Uorvik Universiteti Bandlikni tadqiq etish instituti (Institute for Employment Research at Warwick University), Germaniyada - Mehnat Federal instituti huzuridagi Bandlik va kasblarni tadqiq etish instituti (Institute for Employment and Occupational Research at the Federal Institute of Labour) shug‘ullanmoqda3. Yevropa mamlakatlarida tabiiy resurslardan foydalanishni optimallashtirish masalalari ham strategik ahamiyat kasb qilmoqda. Xususan, neft, gaz va ko‘mirdan ekologik talablarga amal qilgan holda foydalanish, suv, shamol va 3 Қаранг: Вишневская Н.Т., Зудина А.А. Профессиональная структура рабочей силы в странах Европы: о чем свидетельствуют прогнозы?// Вестник международных организаций: образование, наука, новая экономика, 2017, №4.- 112-с. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th July 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 17 | P a g e quyosh energiyasini qo‘llash imkoniyatlarini kengaytarish odat tusiga kirmoqda. Yer resurslarini kamroq tasarruf etib, ko‘proq don, sabzavot, meva, sut va go‘sht kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishga intilish avj olmoqda. Hatto iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishda tabiiy resurslardan yanada samaraliroq foydalanish maqsadida Yevropaning manzarali landshaftlari, tog‘lar, ko‘llar, plyajlar kabi tabiiy resurslar turizmni rivojlantirish omiliga aylantirilmoqda. Iqtisodiy taraqqiyotning yana bir omili - moliyaviy kapital Yevropa mamlakatlarida iqtisodiy faoliyatning turli turlarini mablag‘ bilan ta’minlash, iqtisodiy faollikni kuchaytirish manbaiga aylantirilgan. G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida moliyaviy kapital kompaniyalar va jismoniy shaxslarni qarz mablag‘lari bilan ta’minlash, yangi texnologiyalarga sarmoya kiritish uchun sarflanmoqda. U kichik va o‘rta korxonalarni rivojlantirish, iste’mol kreditlari berish, ijtimoiy dastur va loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda ham muhim o‘rin tutmoqda. Umuman olganda, Yevropa mamlakatlarida moliyaviy kapital iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, iqtisodiyot subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, aholi turmush darajasini oshirish va barqaror rivojlanishni ta’minlashga yo‘naltirilmoqda. Innovatsion texnologiyalarga keladigan bo‘lsak, bu boradagi Yevropa tajribasi ayniqsa diqqatga sazovor. Yevropa Ittifoqida innovatsion loyihalar va tadqiqotlarni tizimli moliyalashtirish maqsadida “Gorizont- 2020” dasturi ishlab chiqilgan. Dastur asosida qit’a mamlakatlarida bunday texnologiyalarni yaratish borasida davlat va xususiy kompaniyalar, universitetlar, ilmiy-tadqiqot markazlari va startaplar o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Sun’iy intellekt, biotexnologiya, kiber-xavfsizlik, blok-cheyn va shu kabi sohalarga ajratiladigan mablag‘lar miqdori yil sayin oshmoqda. Bundan tashqari, Yevropada startaplar va innovatsion inkubatorlar sohasi faol rivojlanmoqda, bu esa yangi g‘oyalar va loyihalarning paydo bo‘lishiga yordam bermoqda. Shu tufayli Yevropa inno-vatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda jahonda yetakchi bo‘lib qolmoqda va turli mamlakatlardan kelgan investorlar va mutaxassislar e’tiborini tortmoqda4. O‘zbekistonda ham iqtisodiy taraqqiyot omillarini yuksaltirishga jiddiy e’tibor berilmoqda. Jumladan, mamlakatdagi ishchi kuchi sifatini, ya’ni bilimi, malakasi, 4 Кирабаев Нур С., Воробьёв А.Е., Каукенова А.С. Анализ новой рамочной программы Европейского Союза по научно-технологическому и инновационному развитию “Горизонт-2020”.// Вестник Российского универ-ситета Дружбы Народов. Серия: Инженерные исследования, 2012, №4.- 10-14-с. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th July 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 18 | P a g e mahorati va tajribasini oshirish, uning raqobatbardoshligini ta’minlash uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish chora-tadbirlari ishlab chiqilib, barcha viloyatlardagi shahar va tumanlar bo‘ylab amalga oshirilmoqda. Ta’lim tizimi turli bosqichlarida olib borilayotgan tub islohotlarning maqsadlaridan biri ham aynan ana shu zaruriyat bilan bog‘liq5. Shuningdek, yangi ish o‘rinlari yaratish, ishsizlikni kamaytirish borasidagi choralar ham mamlakat ishchi kuchi sifatini yaxshilash, undan oqilona foydalanish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Keyingi yillarda mamalakatda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni iqtisodiy yuksalishning qudratli omiliga aylantirish ham davlat diqqat markazida turgan vazifalardan biriga aylantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlashning hamda davlat budjeti daromadlarini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Qarori qabul qilinishi shundan dalolat beradi. Qarorda hozirgi vaqtda mamlakatda mineral xom ashyo resurslaridan foydalanishga investitsiyalarni jalb etish hamda tabiiy qazilma boyliklardan oqilona va samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilayotgani, ushbu yo‘nalishda bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingani, shuningdek, kelgusida ushbu yondashuvni saqlab qolish uchun yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan haqiqatda qazib olingan foydali qazilmalar hajmining marksheyderlik xulosasiga muvofiqligi yuzasidan monitoring o‘tkazib borish zarurligi ta’kidlanadi6. Mutaxassislar keyingi yillarda O‘zbekistonda moliyaviy kapital tom ma’noda iqtisodiy taraqqiyot manbaiga aylanganini qayd qilmoqdalar. Ularning fikriga ko‘ra, avval “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi", so‘ngra “2022-2026- yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” asosida olib borilgan islohotlar sharofati bilan mamlakat moliyaviy muhiti tubdan o‘zgardi. Xususan, bank sektori modernizatsiya va liberalizatsiya jarayonlarini boshidan kechirdi, kapital bozori keskin rivojlandi, moliyaviy texnologiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi jarayonlari intensivlashdi, davlat byudjeti daromadlari 5 Қаранг: Абулқосимов Ҳ.П., Ашурова М.Х. Ишчи кучи сифати ва рақобатбардошлигини ошириш йўллари.// Иқтисод ва молия, 2014, №9.- 18-27-с. 6 Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг Қарори. “Табиий ресурслардан оқилона ва самарали фойдаланишни таъминлашнинг ҳамда давлат бюджети даромадларини оширишнинг қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида”. // lex.uz/uz/docs/3901273. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th July 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 19 | P a g e manbalari ko‘paydi,xorijiy investitsiyalar hajmi kengaydi. Mintaqaviy moliya markazlarini rivojlantirishga qaratilgan say-harakatlar bozor moliyaviy infratuzilmasini ancha takomillashtirdi. O‘zbekiston moliyaviy muhitidagi ijobiy o‘zgarishlar jahon investorlarining mamlakatga e’tiborini kuchaytirmoqda, bu esa moliyaviy kapitalni yuksaltirishning yana bir vositasiga aylanmoqda7. Respublikada iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishga qodir bo‘lgan innovatsion texnologiyalarni yaratish va o‘zlashtirishga alohida e’tibor berilmoqda. Xususan, “mamlakatimizda faol innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mahalliy ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy qilish maqsadida mamlakatda innovatsion tadbirkorlikning rivojlanish darajasini oshirishni qo‘llab-quvvatlaydigan “Yashnobod” innovatsion texnoparki, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Ilg‘or texnologiyalar markazi, shuningdek, vazirliklar va oliy ta’lim muassasalari qoshida boshqa shu kabi tashkilotlar tashkil etildi”8. Shunday qilib, bugungi kunda iqtisodiyotchi olimlar iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashning asosiy omillarini ishchi kuchi miqdori va sifatini oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, moliyaviy kapital bozorini rivojlantirish va innovatsion texnologiyalarni iqtisodiyotga tatbiq etish bilan bog‘lamoqdalar. Xalqaro ekspertlar ham mamlakatlar iqtisodiy yuksalishi imkoniyatlarini baholashda aynan ana shu omillarga tayanmoqdalar. Aynan shu boisdan xorijda ham, O‘zbekistonda ham mazkur omillarni yuksaltirish va mustahkamlashga e’tibor oshmoqda. Ko‘plab davlatlar ushbu vazifalarni bajarishni o‘z iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylantirmoqda. Biroq masalaning muhim tomonlaridan biri shundaki, mehnat samarasi iqtisodiy taraqqiyotning mazkur omillarini optimallashtiruvchi muhim manba vazifasini o‘tashga qodir. FOYDALANILGAN ADABIYORLAR 1. Какушкина М. А. О трактовке экономической категории “рабочая сила”.// Социально-экономичес-кие явления и процессы, 2009, №4 7 Қаранг: Гуломова М. Финансовая среда Узбекистана: преодоление разрыва с международными стандарта-ми.// Компетентность, 2024, №1.- 36-41-с. 8 Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг Қарори. “Инновацион фаолиятни янада қўл- лаб-қувватлаш чора-тадбирлари тўғрисида”.// lex.uz/docs/3903197. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th July 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 20 | P a g e 2. Вишневская Н.Т., Зудина А.А. Профессиональная структура рабочей силы в странах Европы: о чем свидетельствуют прогнозы?// Вестник международных организаций: образование, наука, новая экономика, 2017, №4. 3. Гуломова М. Финансовая среда Узбекистана: преодоление разрыва с международными стандарта-ми.// Компетентность, 2024, №1. 4. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг Қарори. “Инновацион фаолиятни янада қўл-лаб-қувватлаш чора-тадбирлари тўғрисида”.// lex.uz/docs/3903197. https://eglobalcongress.com/index.php/egc