E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th September 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 62 | P a g e TALABALARDA VATANPARVARLIKNI RIVOJLANTIRISHDA ILG’OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH ASOSLARI Madaliev Rahmiddin Ismoilovich Harbiy ta’lim fakulteti o‘qituvchisi Farg’ona davlat universiteti Annotatsiya. Hozirgi kunda pedagogik muhitda “artpedagogika” tushunchasidan yetarlicha foydalanilmayapti, pedagogik bilimlarning ushbu rivojlanayotgan sohasiga oid individual g‘oyalar ta’lim muassasalari faoliyatida tobora ommalashib bormoqda. Ushbu maqolada artpedagogika fanini o’qitish tizimiga kiritish, o’quv rejasini ishlab chiqish xamda artpedagogika faning ijobiy ta’sir tamoyillari va shartlari sanab o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Artpedagogika, artpedagogik vosita, san’at, ta’lim, loyixa, modul, me’zon, pedagogic texnologiya, ko‘rsatkich. Kirish Mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish, har tomonlama raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, talabalarda yuksak vatanparvarlik fazilatlarini rivojlantirish me’zon va ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish, talabalarda artpedagogika vositasida vatanparvarlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘quv materiallarini tizimlashtirishning didaktik parametrlarini aniqlashtirish muhim vazifa sifatida belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida “oliy ta’limda ma’naviy-axloqiy mazmunni kuchaytirish, yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yot g‘oya va mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada rivojlantirish” masalasi muhim vazifa etib belgilandi. Bu esa, talabalarda vatanparvarlikni artpedagogika vositasida rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtirish, mazkur jarayonni amalga oshirish mazmuni, bosqichlari, modeli, texnologiyasi va metodik shart-sharoitlarini takomillashtirishni taqozo etadi. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th September 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 63 | P a g e Zamonaviy ta'lim paradigmasida ta'limning barcha bosqichlarida o'quv jarayoniga badiiy pedagogikani joriy etish uchun muhim shart-sharoitlar mavjud. Hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan ta'lim kontseptsiyasi insonparvarlik, inson huquqi va erkinliklarining ustuvorligi hamda uning erkin rivojlanishi, har bir shaxsning o'zini o'zi anglashi uchun shart- sharoitlarni yaratish, uning qobiliyatlari erkin rivojlanishiga asoslanadi. Shu munosabat bilan ta'lim tashkilotlari hududiy sharoitlarni va ta'lim tashkilotining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o'quv jarayonini o'z modeliga muvofiq loyihalash hamda qurish imkoniyatiga ega. Bu omillar ta’lim tizimini yangi pedagogik texnologiyalarni ilmiy jihatdan rivojlantirishning turli variantlarini ishlab chiqish yo‘nalishida modernizatsiya qilish uchun o‘ziga xos shart-sharoit yaratadi. Pedagogika, psixologiya va san'at kabi sohalarning integratsiyasi ta'limdagi zamonaviy tendentsiyalarning eng kuchli harakatlantiruvchisi bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, ushbu tarkibdagi san'at alohida ro’l o'ynashi kerak. Bu fikrni ko'plab mahalliy, xorijiy olimlar va pedagoglar, nazariyotchilar va amaliyotchilarning bayonotlari hamda nazariyalari tasdiqlaydi. Fan va amaliyotning fanlararo sohalari bo'lgan art-terapiya va artpedagogika, ta'lim va ijtimoiy muassasalar faoliyatiga, muhim hissa qo'shmoqda. Shuni ta'kidlash kerakki, artpedagogik faoliyatning ma'nosi, asosan, badiiy madaniyat asoslarini va badiiy faoliyatning turlari bo'yicha amaliy ko'nikmalarni shakllantirishdan, shaxsning o'zini o'zi anglashi, uning ijtimoiy moslashuvi vositalaridan iborat. Shubhasiz, zamonaviy pedagogikaning dolzarb vazifasi barqaror, samarali va ko'p funksiyali pedagogik texnologiyalarni modellashtirish hamda ularni ta'limning barcha bosqichlarida muvaffaqiyatli amalga oshirishdir. Zamonaviy ta'lim tizimi oldida turgan vazifa va muammolar yangi, ijodiy, ilmiy asoslangan yechimlarni talab qiladi. Ularni kompleks tarzda hal etish, ilmiy-uslubiy bazani va ma'lum bir kompetensiyaga ega mutaxassislarni shakllantirish zarurligini tushunish juda muhimdir. Artpedagogika ta'limning zamonaviy gumanistik paradigmasi sharoitida turli muammolarni hal qilishga qodir. Xalqaro, madaniyatlararo aloqalarni, hamkorlikni va global ko'p qutbli hamjamiyatdagi o'z o'rni hamda rolini tushunishni rivojlantirishga qodir bo'lgan samarali, universal vosita sifatida harakat qilishi mumkin. Bunda https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th September 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 64 | P a g e artpedagogikaning ko‘p funksiyali imkoniyatlarini ta’limning zamonaviy paradigmasi kontekstida ko‘rib chiqish; art-terapiyaning turlari bilan integratsiyalashgan holda artpedagogika yordamida shaxsning ijodiy salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishda innovatsion yondashuvlardan foydalanish; poliartistik ta’lim muhitida shaxsning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish jarayoniga badiiy pedagogikaning ta’siri natijalarini tahlil qilish kabilar muhim ahamiyatga ega. Adabiyotlar taxlili va metadologiyasi O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Mustaqillikning mustahkam zamini nima o‘zi? Avvalo, vatanparvarlik, bilim, ma’naviyat. Jamiyatimizda ana shunday vatanparvarlik ruhini, shukronalik ruhini kuchaytirishimiz kerak”. Mazkur fikirlar pedagogika sohasi vakillari zimmasiga vatanparvarlik fenomeni bilan bog‘liq yuksak vazifalarni amalga oshirishni taqazo etadi. Jumladan, talaba-yoshlarimizning kundalik hayoti, yurish-turishi, ta’lim-tarbiyasi va umuman hayotining oliy maqsadini to‘g‘ri belgilash ko‘nikmalarini rivojlantirishni talab etadi. “Ma’naviyat” asosiy tushunchalar lug‘atida “Vatanparvarlik” – vatanning ozodligi va obodligi, uning sarhadlari daxilsizligi, mustaqilligining himoyasi yo‘lida fidoiylik ko‘rsatib yashash, ona xalqining or-nomusi, shon-sharafi, baxtu saodati uchun kuch-g‘ayrati, bilim va tajribasi, butun hayotini baxsh etishdek dunyodagi eng muqaddas va oliyjanob faoliyatni anglatadigan tushuncha” deb ta’riflangan. Vatanparvarlik jasorati haqida fikr yuritganda, o‘z aql-idroki bilan jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan Muso al-Xorazmiy, Ahmad al- Farg‘oniy, Abu Nasr al-Forobiy, Abu Mansur as-Samarqandiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abul Fazl an-Nasafiy, Mahmud az-Zamaxshariy, Abdul Qohir Jurjoniy, Faxriddin ar-Roziy, Murzo Ulug‘bek singari o‘nlab qomusiy mutafakkirlarni yodga olishimiz zarur. A.Ibrohimov, X.Sultonov, N.Jo‘rayevlarning fikriga ko‘ra: Vatan hissi – bu uning egasi bo‘lmish xalqni sevmoq, hurmat qilmoq, qadriga etmoq va e’tirof etmoq demakdir. Vatan bu xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi demakdir. Bu uning madaniyati, ma’naviyati, ma’rifati, tili, dini fe’l-atvori, ota-bobolaridan qolmish oltin merosi, tomirlarida gupirib turgan, ajdoddan avlodga o‘tib kelayotgan pokiza qoni, tarixidagi muhim bosqichlar, buyuk https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th September 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 65 | P a g e davlat qurish maqsadida olib borayotgan kurashidir. Hozirgi o‘zbek vatanparvarligi xalqimiz taraqqiyotini olg‘a siljitgan ota-bobolarimiz yaratuvchanlik ishining bevosita davomidir. Biz o‘z vatanimizni sevamiz, u biz uchun bamisoli nafas olayotganimiz musaffo havo kabidir. Havosiz hayot yo‘qdir. Vatanga muhabbat, vatanparvarlikning asl ko‘rinishidir. Vatanga munosib farzand bo‘lish, qadirdon tuproq bilan chambarchas bog‘liq ekanligimizni teran idrok etish, unga chin farzandlarcha munosabatda bo‘lish, undan bir hissa narsa olinsa, yuz hissa qilib qaytarish Vatanni anglash va ardoqlashning bir ko‘rinishidir. U.Mahkamov “Axloq-odob saboqlari” kitobida vatan tushunchasini quyidagicha ifodalaydi: “Vatan - har bir kishida o‘z uyiga, tug‘ilib o‘sgan yurtiga, eng yaqin kishilari ota-ona, aka-uka, opa-singillariga bo‘lgan munosabatida aks etadi. Ona-Vatan shunday tushunchaki, u kishi qalbida hech qachon o‘zgarmaydi. Vatanga muhabbat tuyg‘usi ona suti bilan qonga kiradi. Bu aziz tuyg‘uni ona allasi parvarish etadi, voyaga yetkazadi”. Rim voizi va faylasufi Sitsetonning: “Bizga ota-onalar, bolalar, yaqin xesh- aqrabolar qimmatlidir, lekin muhabbat bobidagi barcha tasavvurlarimiz birgina “Vatan” degan so‘zda mujassamlashgan. Vatanga nafi tekkudek bo‘lsa, qaysi vijdonli odam uning uchun jon bermoqqa ikkilanar ekan?”, nemis faylasufi G.Gegelning: “Ma’rifatli xalqlarning haqiqiy jasorati Vatan yo‘lida qurbon bo‘lishga hozir ekanliklarida aks etadi”, fransuz shoiri J.Delilning: “Eng maqbul fazilat – Vatanga va odamzodga ko‘rsatilgan xizmatdir”, ingliz shoiri J.Bayronning: “Kimki o‘z yurtini sevmasa, u hech narsani seva olmaydi”, rus munaqqidi V.Belinskiyning: “Kimki o‘z Vataniga daxldor bo‘lmasa, u insoniyatga ham daxldor emas”, fors shoiri M.Salmon Sovajiyning: “Vatan nafi yo‘q yashalgan har kun, inson hayotini qilur bemazmun” degan fikrlari haqiqatdan ham teran ma’noga ega. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining ikkinchi bobida “oliy ta’limda ma’naviy- axloqiy mazmunni kuchaytirish, yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yot g‘oya va mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada rivojlantirish” masalasi muhim vazifalardan biri sifatida belgilab berildi. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th September 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 66 | P a g e Har sohada yurtimiz erishayotgan muvaffaqiyatlaridan quvonish, taqdiri uchun qayg‘urish, millati bilan g‘ururlanish, ona tuprog‘i, qadimiy va navquron obidalari, ilm-fan, madaniyat va san’at, sportdagi yutuqlarini, moddiy va ma’naviy boyliklarini va o‘lmas qadiryatlarini ko‘z qorachig‘idek asrash va kelgusi avlodga avaylab yetkazish – bularning barchasi vatanparvarlikdir. Talaba-yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish farzandlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash muhim, kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb ahamiyatga ega vazifalardan biri sifatida tahlil etildi. Muxokama natijalari Bugun oliy ta’lim muassasalarida talaba-yoshlarda o‘z millatiga sodiqlik, o‘z taqdiri uchun qayg‘urish va daxldorlik hissini singdirishga, qalblarida yot g‘oya va salbiy qarashlarning ta’siriga nisbatan mafkuraviy immunitetni san’at va ta’lim-tarbiya uyg‘unligi asosida rivojlantirishga doir chora- tadbirlar yetarli darajada tizimli tashkil etilmagan va tashkil etilgan bu boradagi tadbirlarning samaradorligini monitoringi yetarlicha olib borilmagan. Vatanparvarlikka yo‘naltirilgan ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy tadbirlarning ma’lum bir mexanizmi yo‘lga qo‘yilmaganligi ham ko‘zga tashlandi. Shu bilan birga, milliy qadriyatlar, xalqlarning madaniyati va o‘zligiga bo‘lgan tahdidlar, yot g‘oyalarni singdirishga bo‘layotgan urinishlar kuchayib borayotgan globallashuv jarayonlari jadal rivojlanayotgan sharoitda yoshlar eng zaif qatlamga aylanib qolmasligini ta’minlash pedagoglar oldiga keng miqyosdagi tizimli-tarbiyaviy-profilaktik vazifalarni qo‘ymoqda. Talabalarda vatanparvarlikni artpedagogika vositasida rivojlantirishning ta’limiy-tarbiyaviy jarayonini yagona tizimga solish maqsadida, tadqiqot jarayonida biz tomonimizdan quydagi andoza ishlab chiqildi . Adabiyotlar tahlili, tadqiqotchi olimlar tomonidan ilgari surilgan qarashlar asosida “talabalarda vatanparvarlikni rivojlantirish” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: “Talabalarda vatanparvarlikni rivojlantirish uzluksiz ma’naviy tarbiya fazilatlari negizida kognitiv- motivatsion, faoliyatli, refleksiv-baholovchi, ma’naviy-ma’rifiy, emotsional-qadriyatyi komponentlar orqali talabalarda vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga doir https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th September 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 67 | P a g e bilim, ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirishga qaratilgan maqsadli jarayondir”. Muammo yuzasidan zamonaviy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, asosiy o‘lchov mezonlari shaxsni rivojlantirishning ko‘proq yuqori darajasining egallaganligini aks ettiradi. Tadqiqotda quyidagi to‘rt o‘lchov mezoni aniqlashtirildi: 1) motivatsion-qadriyatli; 2) bilishga doir; 3) jarayonli- faoliyatga doir; 4) refleksiv-baholovchi. Aniqlashtirilgan mezonlar asosida talabalarda vatanparvarlikni artpedagogika vositasida rivojlantirish darajasining ko‘rsatkichlari belgilab olindi (jadvalga qarang). Talabalarda vatanparvarlikni rivojlanganlik darajasini baholashning mezon va ko‘rsatkichlari Mezonlari Ko‘rsatkichlari Motivatsion- qadriyatli - qadriyatli munosabat, qadriyatli yo‘nalganlik, ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat motivlarining mavjudligi; - yot g‘oyalar ta’siridan himoyalanish va buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi murosasizlikning shakllanganligi. Bilishga doir - vatanparvarlikni rivojlantirishga oid tushunchalarning (vatan tuyg‘usi, vatan sog‘inchi, vatan qayg‘usi, vatan ravnaqi, vatan madhi) shakllanganligi; - talabalarda mafkuraviy immunitetning shakllanganligi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga oid bilimlarning tarkib topganligi. Jarayonli- faoliyatga doir - maqsad qo‘yish, harakatlarni rejalashtirish, o‘zaro konstruktiv munosabatlarning me’yorlari va usullarini o‘zlashtirganlik; - o‘z xatti-harakatlarida ona-vatanining ravnaqi, millatining or- nomusi, shon-sharafi, baxtu kamoli yo‘lida bor imkoniyati, kuch g‘ayrati, bilim va malakasi, umrini fido etishdek eng muqaddas va olijanob fazilatlarning shakllanganligi. Refleksiv- baholovchi - o‘zi va boshqalarni qadriyat sifatida anglash; - harakatlar motivlarini tushunish ham o‘zi va boshqalarning faoliyatiga adekvat baho berish; - mavjud ma’lumotlardan kelib chiqqan holda, xatti-harakatlar oqibatlarini oldindan ko‘ra olish qobiliyati. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th September 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 68 | P a g e Tadqiqotda talabalarda vatanparvarlikni artpedagogika vositasida rivojlanganligini baholashda darajali yondashuvdan foydalanildi. Mazkur yondashuv har bir mezon bo‘yicha bir darajadan boshqasiga o‘tishda o‘rganilayotgan jarayon dinamikasini tahlil qilish imkonini beradi. Talabalarda vatanparvarlikni artpedagogika vositasida rivojlantirishning quyidagi darajalari aniqlandi: reproduktiv (past), produktiv (o‘rta), ijodiy (yuqori). Mazkur darajalar talabalarda vatanparvarlikni rivojlantirishga tayyorligining namoyon bo‘lish darajasini tavsiflashga xizmat qiladi. Talabalarda vatanparvarlikni rivojlantirish darajasini tashxis etish metodikasi asoslovchi bosqichda sinovdan o‘tkazildi va rivojlanganlik darajasini aniqlashga imkon beruvchi ta’limiy jihatlaridan tajriba-sinov jarayonida foydalanildi. Xulosa Talabalarda vatanparvarlikni rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida quyidagi xulosalarga kelindi: 1. Globallashuv va axborotlashuv asri talabalarga keng imkoniyatlar yaratishi bilan birga, ularning vatanparvarlik tarbiyasi, ma’naviy-axloqiy, jismoniy va intellektual rivojiga salbiy ta’sir etuvchi xatarlarni ham yuzaga keltirmoqda. Bu esa, talabalarda vatanparvarlikni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalarini takomillashtirishga katta e’tibor qaratishni taqozo etmoqda. 2. Tadqiqot doirasida talabalarda vatanparvarlikni rivojlantirishning kognitiv-motivatsion, faoliyatli, refleksiv-baholovchi, ma’naviy-ma’rifiy, emotsional-qadriyatli komponentlardan iborat tuzilmasi aniqlashtirildi. Mazkur tuzilma talabalarda vatanparvarlikka oid me’yoriy-huquqiy kontseptini, qadriyatli yo‘nalganlik, ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat motivlarini tarkib toptirish hamda yot g‘oyalar ta’siridan himoyalanish va buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi murosasizlikning shakllanishini kafolatlaydi. 3. Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan “Talabalarda vatanparvarlikni rivojlantirishning pedagogik modeli” yaxlit tavsifga ega bo‘lib, uning bloklari o‘zaro aloqadorlikda pedagogika yo‘nalishi talabalarida vatanparvarlikni rivojlantirishda yuqori natijaga erishishni ta’minlaydi. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th September 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 69 | P a g e 4. Muammo yuzasidan zamonaviy adabiyotlar tahlili asosida talabalarda vatanparvarlikni rivojlanganlik darajasini baholashning motivatsion-qadriyatli, bilishga doir, jarayonli-faoliyatga doir va refleksiv- baholovchi mezonlari belgilab olindi. 5. Talabalarda vatanparvarlikni rivojlantirishning lokal-modulli texnologiyasi o‘zida quyidagi algoritmlar ketma-ketligini aks ettirdi: analitik va tashkiliy-tayyorlov – talabalarda vatanparvarlikni rivojlantirishga oid ma’lumotlarni to‘plash, tahlil etish, umumlashtirish va texnologiyani amalga oshirish bosqichlarini aniqlashtirish, pedagogik jarayon shakl, metod va vositalarini tanlash, professor-o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish; faoliyatga doir va monitoring – artpedagogika vositasida talabalarda vatanparvarlikni rivojlantirish texnologiyasini bosqichma- bosqich amalga oshirish, jarayon dinamikasini baholash, zaruriyat yuzaga kelganda pedagogik jarayonga tuzatishlar kiritish; natijaviy va baholovchi – natijalarni baholash va ta’limiy-tarbiyaviy ishlarning istiqboldagi vazifalarini aniqlashtirish. 6. Tajriba-sinov ishlari natijalari talabalarida vatanparvarlikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan auditoriya va auditoriyadan tashqari ishlar samarali ekanligini ko‘rsatdi. Bu esa talabalarda vatanparvarlikni artpedagogika vositasida rivojlantirishning pedagogik modeli va texnologiyasini amaliyotga tizimli joriy etish maqsadga muvofiqligi haqidagi xulosaga kelindi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF- 5847-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023 y., 06/23/107/0441-son. 2. Sabirov Z. “O‘quvchilarni harbiy vatanparvarlik tarbiyasida badiy adabiyot va musiqa sa’atining muhim omillari” mavzusidagi Xalqaro konferensiyadagi maqolasi 1-son 257-258 b. 3. Madaliyev R.I. Talaba-yoshlarning harbiy vatanparvarlik tarbiyasida artpedagogik vositalarining ahamiyati // FarDU Ilmiy xabarlari. Farg‘ona, 2023. – 1-son. – B.51-54. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th September 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 70 | P a g e 4. Madaliyev Rahmiddin Ismoilovich “Factors and prospects for the elopementent of student youth-military patriotic education by means of artpedagogy (trhough theater training)” // EPRA International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR)-Peer Reviewed Journal Volume:10 Issue:2 February 2024 Journal DOI:10.36713/epra2013.404-406 b. 5. Madaliyev Rahmiddin Ismoilovich “Effectiveness of means of artpedagogy in the military-patriotic education of students -youth”. In Volume 10 ,Issue 01, of JournalNX-A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal, January 2024 Published by Novateur Publication, M.S.India.12-16 b. 6. Madaliyev Rahmiddin Ismoilovich “Artpedagogika vositasida (Teatr san’ati orqali) talaba yoshlarni – harbiy vatanparvarlik tarbiyasini rivojlantirish omillari va istiqbollari.” // FarDU ilmiy xabarlari 2024 y.№3 son 372-375 b. 7. Madaliyev R.I. Talabalarda vatanparvarlikni artepedagogik vositasida rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari // FarDU ilmiy xabarlari 2024 y.№4 son 296-300 b. 8. Madaliyev Rahmiddin Ismoilovich “ Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi asoslari. // O’quv qo’llanma. O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.Toshkent 2024 y. 9. Madaliyev R.I. Talabalarda harbiy vatanparvarlikni artepedagogik vositasida rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari // FarDU Respublika ilmiy amaliy anjumani 20-may, 2023-yil 136-136-b. 10. Madaliyev Rahmiddin Ismoilovich “Talaba-yoshlarning harbiy vatanparvarlik tarbiyasida artpedagogik vositasida rivojlantirish texnologiyasi ” mavzusidagi maqola. “Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston milliy universiteti” jurnali 1/8/1, 2023y. 137-139-b. https://eglobalcongress.com/index.php/egc