E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th October 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 16 | P a g e ANTROPOTSENTRIK PARADIGMA VA FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR Saydullayeva Surayyo Serajiddinovna Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Navoiy davlat pedagogika instituti email: s.serajiddinovna@gmail.com Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslikning eng tez rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan birini tafsiflashga bag‘ishlangan bo‘lib, chunki unda til xodisasini o‘rganishning asosiy omillaridan biri inson omili bosh mezondir. Mazkur maqolada Antropotsentrizmning bosh bug‘ini-bu yangi ilmiy tadqiqot ob’ektini ifodalovchi lingvistik shaxs ekanligini yana bir bor ta’kidlanadi va misollar orqali isbot etiladi. Tayanch so‘zlar: antropotsentrizm, frazeologik birlik, aksiologik, lingvistika, lingvomadaniyat Dunyodagi aksariyat tushunchalarga xos bo‘lgan o‘zgaruvchanlik xususiyati tilga xam aloqadorligini inkor etib bo‘lmaydi. Inson yashashda davom etar ekan, til xam rivojlanib boraveradi. Bugungi kunda tilni mohiyat nuqtai nazaridan o‘rganish, tilga kommunikativ, lingvokognitiv yondashish yetakchi o‘ringa chiqmoqda. Shaxs faoliyati va uning fazilatlarini antropotsentrik tadqiq etish aynan til madaniyatini, xususan til ma’naviyatini ifoda etishga xizmat qilmoqda. Bugungi kunda bir biriga qardosh bo‘lgan va qardosh bo‘lmagan tillarga qiziqish, o‘zga xalqlar madaniyati, urf-odati va an’analarining tilga ta’sirini o‘rganish, frazeologik birliklarning kognitiv va lingvokulturologik xususiyatlarini aniqlash kabi yo‘nalishlarda izlanishlar davom etmoqda. Frazeologik birliklarni lingvopsixologik, kognitiv-semantik va lingvomadaniy jihatdan tadqiq etish muhimdir. Zero, frazeologik birliklar xalqning psixologik, kognitiv-semantik va lingvomadaniy jihatlarni namoyon etgan ko‘p qirrali va ko‘p qatlamli mental tuzilmadir. Leksika narsa-hodisa, fakt, voqea, jarayonlar nomini ifoda etsa, frazeologik birliklar shaxsning his-xayajon, tuyg‘u,psixik holati, fazilatlarini ifoda etadi. Shu ma’noda frazeologik birliklar shaxsning u yoki bu psixik https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th October 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 17 | P a g e holati, his-xayajoni, ichki kechinmalari, voqea-hodisalarga munosabatini obrazli, emotsional-ekspressiv ifodalash zaruriyati asosida shakllangan til hodisasidir. Uzoq muddatli taraqqiyot mahsuli hisoblangan frazeologizmlar jamiyat tajribasini aks ettirib, uni bir avloddan ikkinchisiga yetkazadi, shu boisdan ular nafaqat kommunikatsiya vositasi sifatida, balki turli-tuman ijtimoiy jihatdan ahamiyatli ma’lumotlar manbai sifatida ham muhim o‘rin tutadi. Shu jihatdan olganda, tilning milliy madaniy semantikasi – bu tarixiy rivojlanish natijasi bo‘lib, u madaniy o‘tmishni ham o‘z ichiga oladiki, xalq tarixi qanchalik boy bo‘lsa, uning tiliga hos birliklar shunchalik yorqin va mazmunan ko‘p qirrali bo‘laveradi. Turli tillar frazeologiyasini qiyosiy jihatdan o‘rganish esa har ikkala tilning ham tuzilishini chuqur anglab yetish, bu til sohiblari bo‘lgan insonlarning fe’li, madaniyati, adabiyoti, tarixi, urf- odatlari to‘g‘risidagi bilimlarning boyitilishiga xizmat qiladi. Frazeologik birliklar mohiyatida ijtimoiy yoki sub’ektiv tarzda anglatuvchi,inson xayotining muhim moddiy, aqliy, ruxiy tomonini aks ettiruvchi, tarixiy ildizlariga ega bo‘lgan xalqning hayotiy tajribasini aks ettiradigan mazmun turadi. Shu bois, mashxur olima Teliya bu haqda shunday degan edi:« Tilning frazeologik qatlami bu- milliy o‘zlikni aks ettiruvchi oynadir » [1,9]. Frazeologik birliklar u yoki bu jamiyatning xayot tarzi, geografik joylashuvi i tarixi urf-odatlarini yaqqol namoyon etadi [2, 80]. Frazeologizmlar obrazliligi, emotsional-ekspressiv xususiyatga ega til birligidir. Frazeologizmlar xalqning ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy, turmush tarzi hamda o‘ziga xosligini yorqin ifoda etadi. . «Tilning frazeologik fondi xalqning madaniyati va mentaliteti haqidagi eng qimmatli manbadir, unda xalqning afsonalari, urf-odatlari, marosimlari, bayramlari, odob-axloqi va hokazolar mujassamlashgan», - deb yozadi V.A.Maslova [3] . Frazeologik birlik qisqacha FB tarzida beriladi. Frazeologizmlar shakllanishi va qo‘llanishi mexanizmlarini tadqiq etish til vakillarining verbal fikrlash xususiyatlarini aniqlaydi, chunki, aynan frazeologizmlarda insonning narsa-xodisalarni anglash va insonning emotsional his-xayajon manzarasini ifoda etadi. Shu bois, frazeologizmlar nutq jarayonida tayyor xolda qo‘llaniladigan, semantik jihatidan so‘zga muqobil,struktura va ma’no jihatidan birikma va gapga teng, https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th October 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 18 | P a g e komponentlaridan birining yoki umumiy birikmaning ko‘chma ma’nosi asosiga qurilgan turg‘un birikmalardir. Frazeologik birliklar turg‘un so‘z birikmalariga qarab belgilanadi, bu ta’rif shuni tasdiqlaydiki, iboralarning eng asosiy o‘ziga xosligi-bu ularning barqarorligi(turg‘unligi)dir. Har bir til o‘z iboralariga ega bo‘lib, xususan ingliz va o‘zbek tillari ham bundan mustasno emas. Shuningdek, iboralar qaysi so‘z turkumiga mansubligi bilan qo‘yidagidagicha tavsiflanadi.Shuningdek, iboralar qaysi so‘z turkumiga mansubligiga qarab quyidagicha tavsiflanadi: Masalan, o‘zbek tilida 1)otli iboralar: tirraqi buzoq; 2)fe’lli iboralar: changaliga tushmoq, terisini shilmoq ; 3) sifatli iboralar: chumoliday mehnatkash, tulkidek ayyor, 4) ravishli iboralar:pashshaday qirilmoq, echkiday bolalamoq kabilar misol bo‘ladi. Ingliz tilida iboralar quyidagicha tavsiflanadi: 1) otli iboralar (substantial phraseological units) an old bird – tajribali odam, a pretty heel of fish – yoqimsiz vaziyat; 2. fe’lli iboralar (verbal phraseological units): to take eggs for money-aldanib qolmoq, to take the bull by the horns – xo‘kizni shoxidan tutmoq ya’ni darrov ishga kirishmoq; 3) sifatli iboralar (adjectival phraseological units): cool as cucumber – sovuqqon, as sly as fox – tulkidek ayyor; 4) ravishli iboralar (adverbial phraseological unit): at a snail’s gallop– imillamoq, follow like sheep– ko‘r- ko‘rona ergashmoq; 5) xis- xayajonli iboralar (interjectional phraseological units): poor dog!-voy bechora!. Ikkala tildagi iboralarni tahlil qilish jarayoni shuni ko‘rsatadiki, har ikki tilda iboralar ichida fe’l iboralar salmoqli o‘rinni egallaydi. Tilning frazeologik qatlamida yuzaga kelgan frazeologik birliklar obrazlilikni, ekspressivlik va emotsionallikni yuzaga keltiruvchi muhim vositalar bo‘lib, ular xar bir tilning ifodaviy ta’sirchanligini oshirishga xizmat kiladi. Shuning uchun FBlar stilistik jihatdan ham muhim o‘rin tutadi. FBlar ixcham, ma’no jihatidan salmoqdor va ta’sirchan birliklar sifatida davr ruhiga mos keladi. Bu esa, o‘z navbatida, frazeologiyaga doir tadqiqotlarning hozirgi vaqtda dolzarb va muhimligini yana bir karra isbotlaydi. Jamiyatdagi munosabatlarni, hodisa va holatlarni soddaroq, oydinroq va obrazliroq ifodalash maqsadida frazeologik birliklardan tabiatdagi o‘z xususiyatlari bilan shunga mos keladigan turli vositalar, jumladan, hayvonlar obrazidan ustalik bilan foydalanilgan. FBlarni o‘rganish, shuningdek, ularning inson hayotida qanday o‘rin tutishini aniqlashga imkon bergan. Shu ma’noda, mashhur tilshunos Ferdinand de https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th October 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 19 | P a g e Sossyurning “Butun til mexanizmi faqat o‘xshashliklar va tafovutlar atrofida aylanadi”,-degan fikri g‘oyat o‘rinlidir [4, 695 s]. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, dunyo tilshunosligida antropotsentrik frazeologik birliklarning aksiologik talqini axborot texnologiyalarining hali shakllanib ulgurmagan yoshlar ongiga ta’siri doirasining kengayishi, jamiyatning globallashuvi va turli lisoniy madaniyatlarning integratsiyasi, dunyodagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning beqarorligi, diniy ekstremizm va terrorizm tahdidlari, dunyo hamjamiyati a’zolarining kundalik hayotida axloqsizlikning kuchayib borishi munosabati bilan dolzarb ahamiyat kasb etmoqda, vaholanki, antropotsentrik paremiyalarda asrlar davomida xalqlarning lisoniy ongida shakllanib kelgan ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy-madaniy qadriyatlar tizimi o‘z aksini topadi, ular shaxsning jamiyatdagi xatti-harakatlari, kommunikativ faoliyatida namoyon bo‘ladigan o‘zini o‘zi boshqarishning moslashuvchan mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Телия В. Метафора в языке и тексте: Наука, 198 . ‒ 9 с. 2.Тер-Минасова, 2000: 80 3. Маслова В.А. Лингвокультурология. 2-е издание. – М.: Academia, 2004. – 204 с. 4. Фердинанд де Соссюр. Курс общей лингвистики // Фердинанд де Соссюр Труды по языкознанию. - М.: Прогресс, 1977. – С. 157. https://eglobalcongress.com/index.php/egc