E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th November 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 5 | P a g e YURTIMIZDA KULOLCHILIK SAN’ATINING RIVOJLANISHI VA ISHLASH TEXNOLOGIYASI Hamraliyev Rahmatillo Baxtiyor oʻgʻli QDPI, Muhandislik grafikasi va dizayn nazaryasi mutaxassislik magistranti Qosimova Nilufar Muratjon qizi QDPI, TSMG kafedrasi dotsenti Annatatsiya: O‘zbekiston kulolchilik san’atining eng boy merosini saqlab qolgan maskan hisoblanadi. Mustaqillik qo‘lga kiritilishi bilan noan’anaviy kulolchilik san’at vakillarida mahalliy madaniyatning tarixiy qatlamlariga qiziqishlari kuzatildi. Yurtimizda qadimiy va boy tarixga ega kulolchilik san’ati rivojlana bordi. Kalit so’zlar: “Soat”, Simpozium, kompozitsion, Kulol, “Shamchiroq”. 1990 yillarda O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotining o‘z holiga kelishi natijasida, an’anaviy qadriyatlarga diqqat etibor qaratildi. Chet ellar bilan aloqalar kengaytirildi. Respublikada bir qator xalqaro muassasalar ochildi va ular xalq san’atiga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirdilar. Chunonchi, 1995 yilda bo‘lib o‘tgan (BMTning 50 yilligi munosabati bilan) 1-respublika yarmarkasida O‘zbekistonda mavjud kulolchilik markazlarining vakillari ustalari maxsus tayyorlangan “Usta guvohnomasi” sertifikatiga sazovor bo‘ldilar. Bular o‘z maktab an’analarini qadrlab va rivojlantirib kelayotgan ustalar R.Zuxurov (Denov), M.Turopov (G‘urumsaroy), I.Komilov (Rishton), Alisher va Abdulla Narzullaevlar (G‘ijduvon), Namoz va No‘mon Obkaqulovlar (Urgut), R.Matjonov (Xorazm), A.Raximov (Toshkent). 1997 yilda mamlakatimiz birinchi Prezidenti Farmoniga binoan O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi tashkil etildi va bir qator yеtakchi kulollar – Akbar Raximov (Toshkent), Sharofiddin Yusupov (Rishton), Xudoyberdi Xaqberdiev va Sharif Azimov (Samarqand) – Akademiyaning xaqiqiy a’zosi bo‘lib saylangani O‘zbekiston kulolchiligi an’analarining yuksak mavqei va https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th November 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 6 | P a g e darajasidan dalolat berdi, shuningdek, bu amaliy bezak san’at turining an’analarini rivojlantirishga samarali turtki bo‘ldi. O‘zbekiston kulolchilik san’atining eng boy merosini saqlab qolgan maskan hisoblanadi. Mustaqillik qo‘lga kiritilishi bilan noan’anaviy kulolchilik san’at vakillarida mahalliy madaniyatning tarixiy qatlamlariga qiziqishlari kuzatildi. To‘g‘ri, bu jarayonga rassom kulollar tomonidan 1970-1980 yillarda tamal toshi qo‘yilgan bo‘lib, Markaziy Osiyo xalqlari boy badiiy madaniyatining avvallari ma’lum sahifalarni ochib beruvchi qadimshunoslik va tarixiy fan yutuqlari evaziga erishilgan edi.1 1990 yillarda hamma sohada – iqtisodiy, siyosiy va madaniy yo‘nalishlarda xallqaro arenaga bevosita chiqish imkoniyatlari keng ochildi. Ayniqsa, oxirgi jabha, o‘ta boy madaniy va badiiy merosga ega bo‘lgan, XX-asr rassomlari va ustalari ijodlari bilan samarali xazinaga ega davlatimiz uchun alohida muhim ahamiyat kasb etadi. 1991-2001 yillar mobaynida O‘zbekistonda Amaliy san’atning noan’anaviy kulolchiligi bo‘yicha turli mavzularni (“Orol fojeasi”, “O‘zbekiston – Amir temur vatani”, “Buyuk ipak yo‘li - XX-asr: Yangi falsafa” va xokozolar) qamrab bir necha xalqaro simpoziumlar o‘tkazildi. Ushbu simpoziumlarda (1990-1992-1995-1996) dunyoning turli xil mamlakatlaridan еtuk ustalar kulolchilik san’atining eng go‘zal namunalarini yaratishga masharraf bo‘ldilar. Ushbu xalqaro simpoziumlardan biri 1996 yil 1 maydan 17 maygacha Toshkentda noan’anaviy kulolchilik san’ati bo‘yicha “Buyuk ipak yo‘li - XX-asr: Yangi falsafa” mavzusida o‘tkazildi. XX-asrda Buyuk ipak yo‘li xalqlarning birdamligini o‘zaro anglashlarini, o‘zaro bog‘liqligini ifoda etuvchi ramzga, majozga aylandi, butunlay o‘zgarayotgan dunyoning yangi sharoitda madaniy an’analar va ijodiy g‘oyalarning bir-biriga singib borishining ellarning erkin aralashuvi ruxining namoyon etadi. Simpozium ishtirokchilari umumiy mavzu doirasida ijodda o‘z-o‘zini ifoda qilish erkinligini nomoyish etadilar. Bu esa ular asarlaridagi kompozitsion va texnologik еchimlarning rango-rangligini belgilash bilan birga, ayni paytda ustalarning nafaqat ijodiy individualligini, balki ularning qaysi mantaqadan yoki mamlakatdan kelganligini ham ko‘rsatib berdi. Simpoziumning shiori uning asosiy ma’nosini anglatib, induvidial aniq еchimlarning yaxlit ekspozitsiyali majmuaga birlashtirish uchun imkoniyat 1 Abdullayev N. San’at tarixi “O’qituvchi” 1986 https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th November 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 7 | P a g e yaratib berdi. Moxiyatan, Buyuk ipak yo‘lining yangi falsafasi mavzuiga bag‘ishlangan yakuniy ko‘rgazmada G‘arbu Sharq zamonaviy madaniyatlarining samarali uchrashuvi ko‘rindi. Bu ajoyib yaqinlashuv zamonaviy dunyo kulolligi ko‘zgusida qiziqarli mazmun va hayotiylik kasb etdi. Simpoziumda Sharq misolida Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston kulollari, G‘arbdan esa Latviya, Shveysariya va Fransiya kulollari asarlari taqdim etildi. Anjuman davomida o‘zbekistonlik kulollar H.Mirzaev “Soat”, N.Qo‘zieva “Buxorolik qizlar”, “Shamchiroq”, S.Smolyakov “Zamin xotirasi”, X.Xudoyberdiev “Saraton”, B.Gulov “Chanqovuz” asarlarini yaratdilar. Toshkentlik kulol N.Qo‘zievaning asarlari mo‘jazgina ishlangan. Ular ajoyib kichik muhitga xos xislatga ega bo‘lib, shinam va yorqindir, go‘yo lirik kuylar yo‘g‘irilgandek tuyuladi. “Buxorolik qizlar” asarining nafis ishlangan bosh qismi, o‘ziga xos shaklidagi “Shamchiroq” shular jumlasidandir. Yoqilgan shamchiroqning yonayotgan nurlari uncha katta bo‘lmagan teshiklar orasidan taralib turadi. Bu ishning shakl-shamoyili sharq munajjimining bosh kiyimini, yoritib turgan devorlari esa tungi yulduzli osmonni eslatadi. Shuni ta’kidlash joizki, N.Qo‘zievaning oxirgi yillarda yaratgan ijodiy namunalari (“Avtoportret” (2000), “Erkak va ayol”, “Belgilar sehri” (2001)) mavzu qamrovining kengligi, shakl- shamoyillaridagi shartlilik, umumiylik xususiyatlari ustun turishi, rangning mustaqil holdagi ahamiyati, shu bilan birga ijodkor tanlagan leytmotiv turli talqinda davom etadi. S.Smolyakovning “Zamin xotirasi” deb nomlangan ko‘lamli-fazoviy kompozitsiyasi chor tarafdan tomosha qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, asardagi ritm muttasil rivojlanib boradi. Doira markazidan tarqalayotgan qismlarda qum yotqazilgan bo‘lib, unda insonning qo‘l-oyoqlari izlari aks etib, soat miliga teskari yo‘naltirilgan. Bu esa еrning aylanishi holatini eslatadi. Toshkentlik boshqa bir kulol H.Mirzaevning “Soat” deb nomlangan ishi majozga ega vaqtning tutqich bermas qadami ulkan qumsoat tarzida ramziy ifodalangan. Ko‘zga ko‘rinmas bo‘shliqni esa shamotning ko‘ndalang o‘rnatilgan qismi mujassam etgan. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th November 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 8 | P a g e Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Abdullayev N. San’at tarixi “O’qituvchi” 1986 2. О.Усманов. Камолиддин Бехзод ва унинг наққошлик мактаби. Т. 1977 й. 3. Qosimova, N. (2022). IN FINE ARTS AND DRAWING LESSONS" USING CASE STAGE EDUCATIONAL TECHNOLOGY. Scienceweb academic papers collection. 4. Muhammedovich, S. U. B. (2023). Problems of Teaching Drawing at School. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 4(1), 35-39. 5. Nilufarkhan, K. (2024). Preserving the Cultural Heritage of Uzbekistan: Unveiling Ancient Wonders at the Louvre Museum. HOLDERS OF REASON, 2(1), 469-473. 6. Nilufarkhan, K. (2024). Exploring the Significance of Fine Art Works in Local History Museums: A Study in Our Country. HOLDERS OF REASON, 2(1), 464-468. 7. Muratjonovna, K. N. (2023). CONTENTS OF FINE ART METHODOLOGY AND METHODS OF ITS TEACHING. Science Promotion, 4(1), 43-47. 8. Imomali o'gli, X. I. (2023). Talim sifatini takomillashtirish. Science Promotion, 3(3), 32-37. 9. Qosimova, N. (2022). 5 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALARNI RASM CHIZISHGA O’RGATISH METODIKASI. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 1(19), 14-17. 10. Rahimberdiyev, A., & Qosimova, N. (2023). KANDAKOR USTA, YORQINJON AXMADALIEVNING “IQTIDOR MARKAZI” DAGI FAOLIYATI. Development of pedagogical technologies in modern sciences, 2(2), 36-41. 11. Nilufarkhan, Q., & Dildorakhan, A. (2022, May). THEORETICAL FOUNDATIONS OF THE HISTORY OF APPLIED ARTS OF UZBEKISTAN. In E Conference Zone (pp. 12-13). 12. Kasimova, N. M. K. (2022). Representatives of the Kokan School of Coppersmithing, Glorifying the National Craft. RegiINTERNATIONAL JOURNAL ON ECONOMICS, FINANCE AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT, 4(11), 86-90. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th November 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 9 | P a g e 13. Qosimova, N. (2022). GOALS AND OBJECTIVES OF CREATIVE THINKING IN THE COURSE OF THE LESSON. International Journal of Early Childhood Special Education. 14. Qosimova, N. (2022). Metals and their Alloys Application in Applied Art. International Journal of Formal Education. 15. Solijon o’g’li, Q. B. (2022). CARPENTRY SCHOOLS-APPLIED ART FOUNDATION OF DEVELOPMENT. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(11), 945-949. 16. Qosimov, B. (2022). CARPENTRY SCHOOLS-APPLIED ART FOUNDATION OF DEVELOPMENT. GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. 17. Nilufar, K. (2022). IN FINE ARTS AND DRAWING LESSONS" USING CASE STAGE EDUCATIONAL TECHNOLOGY. Open Access Repository, 9(11), 88-92. 18. Qosimova, N. (2022). IN FINE ARTS AND DRAWING LESSONS" USING CASE STAGE EDUCATIONAL TECHNOLOGY. Scienceweb academic papers collection. https://eglobalcongress.com/index.php/egc