E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th November 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 15 | P a g e GLOBALLASHUV DAVRIDA KIBERMAKONNING YOSHLAR TALIMIDA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUAMMOLARI Shermanov Isobek Chilmamatovich O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti shermanov1983@mail.ru Annotatsiya Ushbu maqolada zamonaviy dunyoda inson va jamiyat hayotiga yangidan yangi atributlarning kirib kelayotganligi bilan birga kibermakon diapazonida inson ongi va ijtimoiy hayotiga psixologik ta’sir etish omillari doirasi falsafiy tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: kibermakon, ijtimoiy-psixologik muammolar, ma’naviy kristallar, atribut, virtual haqiqat, shaxs psixikas, nevrologik o‘zgarishlar, kiber ta’sir. Zamonaviy dunyoda inson va jamiyat hayotiga yangidan yangi atributlar kirib kelmoqda. Ular bir tomondan shu davr taraqqiyotiga asos sifatida ko‘rilayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ularning ta’sirida yеmirilib borayotgan milliy ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish, bu “ma’naviy kristallarga” kelajak avlod genofondi sifatida qarash zaruratini tug‘dirmoqda. Chunki, dunyodagi zo‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilib, bo‘ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi.1 Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, bugungi globallashib borayotgan kibermakonda − zamondan ortga qolishga hech birimizning haqqimiz bo‘lmaganidek, insoniyligimiz timsoli, o‘zligimiz ko‘zgusi bo‘lgan milliy ma’naviy qadriyatlarimizdan judo bo‘lishga ham ma’naviy haqqimiz yo‘q. Aslida kibermakon chegaraviy birligida yuzaga kelgan deformatsiyalashuv jarayoni, uning ikki atributini oshishiga olib keladi. Bularning birinchisi, unga kuch beruvchi subyektiv (inson) ta’siri bo‘lsa, ikkinchisi, subyektga, ya’ni shaxsga yo‘naltirilgan psixologik hujum bo‘lib, shu orqali 1 Каримов И.А. Юксак маънавият − енгилмас куч. −Т.: Маънавият, 2008. −Б. 8. https://eglobalcongress.com/index.php/egc mailto:shermanov1983@mail.ru E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th November 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 16 | P a g e kibermakondan “megamakon” sari yo‘naltiriladi. Yoki professor Jon Suler* aytganidek, odamlar elektron pochta, veb-sahifa yoki onlayn hamkorlar bilan foydali muloqat olib borayotgan bir zamonda, kimlardir haqiqatdan ham o'zlarining onglari boshqalarning ongiga bog'langan, hatto aralashib ketayotganini ham his qilishmaydi”.2 Shu o‘rinda keltirib o‘tish kerakki, bu fenomenga baho berganda, unga ikki tomonlama qarash, masalaga obyektiv yondashuvni anglatadi. Ya’ni kibermakon mavjudligi axborot texnologiyalari infratuzilmasi bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, uning psixologik qurolida: telekommunikatsiya tarmoqlari, kompyuter tizimlari, xususan "virtual olam" yaratuvchisi “internet” bilan bog'liq jarayon tushuniladi. Bu atributlarning har biri kibermakon fazosining ajralmas qismi hisoblanib, ta’sir doirasiga ko‘ra turli shakllarda kechadi. Shu sababli ham kibermakon psixologiyasini tadqiq etganda pozitiv va negativ qismlarga ajratish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Kibermakon diapazonida inson ongi va ijtimoiy hayotiga psixologik ta’sir etish omillari doirasida “ikki tomonlama yondashuv”ni ilgari surayotgan tadqiqotlar ichida Xorvatiyalik Maja Živko*ning konsepsiyasi alohida ahamiyat kasb etadi. Olim kibermakonning psixologik aspektlarini ijobiy va salbiy tomonlarini asoslashga urinib, ularni quyidagi tartibda klassifikatsiyalashtiradi. Kiberpsixologiya aspektlarining ijobiy tomonlari: Kibermakon psixologiyasining qay darajada ta’sirchanligi, avvalo axborot texnologiyalari rivojiga borib taqalishini hamda zamonaviy jamiyatda inson omili “kompyuter xizmatiga” bog‘liq bo‘lib qolayotganligini isbotlashga harakat qilgan italiyalik olim Riva Giuseppe*, kiber ta’sir psixologiyasining ijtimoiy-kognitiv asoslarini shunday izohlaydi: birinchidan, kibermakonda insonning subyektivligi shundaki, u virtual suhbat, shaxsiyatni aniqlash va undagi psixo-ijtimoiy ildizni topishda kompyuter vositachiligidagi aloqani o'rnatadi. Bu unga subyekt psixologiyasini boshqarishda qo‘l keladi; ikkinchidan, texnologik muhitda o'zaro aloqada bo'lgan shaxslar uchun kiberpsixologiya − jamoaviy madaniyatni belgilovchi omil bo‘lib, ommaviy * Rider universiteti (Rider University) psixologiya professori (AQSh). 2 Suler. J. The Psychology of Cyberspace Relationships. 2008. http://www.enotalone.com * Zagreb universiteti gumanitar va ijtimoiy fanlar fakulteti axborot fanlari bo'limi ilmiy xodimi (Xorvatiya). * Riva Giuseppe − Catholic University of the Sacred Heart (Muqaddas yurak katolik universiteti) professori. Italiya. https://eglobalcongress.com/index.php/egc https://scholar.google.com/citations?view_op=view_org&hl=en&org=16641350845070651328 E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th November 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 17 | P a g e axborot vositalaridan vositachilik tajribasining muqobil manbalari sifatida ommalashtirishda foydalanadi; uchinchidan, kibermakonning asosiy xususiyati o'zaro ta'sir bo'lib, bunda psixologik jarayonlarni anglash muhimdir; to‘rtinchidan, olamni boshqarishda kiber kontekstning roli qay darajada ekanligini bilish va o'zaro ta'sir o'rtasidagi bog'liqlik topishda, kompyuter texnologiyalari − kommunikativ o'zaro ta'sir paradigmalari sifatida maydonga chiqib3, suhbat modellaridan foydalanishga alohida inson (jamiyat) psixologiyasini shakllantirmoqda. Olim ilgari surgan nazariyaning mohiyatida − hissiyotlarni qo'zg'atish qobiliyatini ko'rsatish; o'ziga xos hissiy reaksiyalarni qo'zg'atish uchun interaktiv media tarkibini qanday boshqarish kerakligi; inson psixologiyasini o‘zgarishida virtual haqiqat (VR)ning o‘rni; kompyuterda yaratilgan dunyoda shaxs psixikasi va undagi nevrologik o‘zgarishlar; VR- dan ta'sirchan vosita sifatida foydalanishning oqibatiga alohida urg‘u berilganligi yotadi. Shuningdek, olim kiberpsixologiya ta’sir doirasini “virtual aloqaga” kirishgan insonlarda kechadigan his-tuyg'ular o'rtasidagi munosabatlarni ham tahlil qiladi. Kiberpsixologiyaning murakkablik jihati shundaki, kibermakon diapazonida harakat qiladigan har bir obyekt, “kiber ta’sir” chegarasida “ijtimoiy mutatsiya”ga uchraydi. Shu sababli, kiberpsixologiya tadqiqotlari xulosalarida, uning negativ tomonlarini ochishga ko‘proq e’tibor berilgan. Ammo, bu uning negativ tomonlari ko‘p degan xulosani bermaydi. Chunki, har ikki holatda ham “kiberpsixologiya” murakkab soha bo‘lib qolaveradi. Bunga asosiy sabab, kibermakon “aura”si keng qamrovli qobiqqa o‘ralganligi, jamiyatning barcha qatlamlariga kiberpsixologik ta’sir etishi imkoniyati ko‘pligida tushuniladi. Shuningdek, kiberpsixologiya sohasining ijtimoiy aspektlari ham borki, bular inson psixologiyasiga bog‘liqlilik jihatidan keng qamrovga ega. Ya’ni bu yo‘nalish, ijtimoiy hayot “subyektlari”ga ta’sir etish borasida oddiylikdan umumiylikka, undan xususiylikka o‘tish tendensiyasiga qat’iy amal qiladi. Bu borada ilmiy-amaliy izlanishlar olib borgan Chia-chen Yang, Christina 3 Riva G., Galimberti C. The psychology of cyberspace: A socio-cognitive framework to computer- mediated communication//New ideas in psychology. Т.15. −№ 2. 1997. −P.141-158. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th November 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 18 | P a g e Smith, Thomas Pham va Jati Ariati kabi olimlarning ilmiy tadqiqot xulosalari alohida o‘rin tutadi: − ijtimoiy muloqot paytida telefonidan doimiy ravishda foydalanadigan kollej talabalarida ko'proq depressiv alomatlar uchraydi; − depressiv simptomlar ostida yotgan mexanizmlar yetarlicha o'rganilmagan bo'lsa-da, depressiya bo'yicha tadqiqotlardan umumiy xulosa shuki, stress o'smirlik depressiyasida alohida o‘rin tutadi; − shaxslararo stress o'smirlik depressiyasida muhim rol o'ynaydi. Ehtimol, bunday stress insonning tegishli bo'lish va qabul qilishning asosiy ehtiyojlarining puchga chiqishini keltirib chiqarishi ham mumkin; − shaxs, ayniqsa yoshlarni ijtimoiy aloqa kontekstlarda texnologiyalardan foydalanganda yetarli resurslarga ega emasligi, ko‘p hollarda ularni konsepsiyalashtirilgan raqamli stressga olib keladi; − o'zaro muloqot paytida telefondan foydalanganda kattalar ishqiy munosabatlarining idrok etilgan sifati buziladi. Xuddi shunday, o'smirlar va katta yoshlilar do'stlari bilan muloqot qilish paytida telefonda ko'proq vaqt o'tkazishlari sababli, do'stlik o'zaro munosabatlarining sifati pasayganligi aniqlandi; − telefon bilan bog‘langaningizda raqamli stressni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan talab yanada oshadi. Bunday stress ko'p vazifali odamni doimiy va tezkor javoblarga bo'lgan yuqori umidlar tuzog'iga tushib qolsa, yuzma-yuz muloqotga to'liq kirishishiga to'sqinlik qiladi hamda do'stlikdan qoniqish pasayadi4 deb, ijtimoiy hayotida o'smirlar o‘rtasida tobora keng tarqalib borayotgan kiber-ta’sirga moyillik alomatlarining kelib chiqish sabablari ustida ilmiy mulohaza yuritadilar. Ular, raqamli stress asoslariga tayangan holda, raqamli stressning uchta turiga: mavjudlik stressi, imkoniyatni yo'qotishdan qo'rquv va ijtimoiy-emotsional bog'liqlikdan ajralib qolishdan qurquvni topishga alohida urg‘u berishadi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib quyidagicha umumiy xulosaga kelish mumkin. Birinchidan, kiberpsixologiya auditoriyasida “internet” tarmog‘i, inson faoliyatining intellektual mahsuli sifatida paydo bo‘lib, shaxs 4 Yang.C., Smith.C., Pham.T., AriatiJ. (2023). Digital social multitasking (DSMT), digital stress, and socioemotional wellbeing among adolescents//Cyberpsychology: Journal of Psychosocial Research on Cyberspace, 17 (1). Article 6. https://doi.org/10.5817/CP2023-1-6 https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th November 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 19 | P a g e psixologiyasini turli dominlardan boshqarish tizimiga aylanmoqda. Buni axborotlarni sotsializatsiyalash jarayonlarini analitik tahlil qilgan holda ko‘proq ko‘rish mumkin. Ikkinchidan, psixologik nuqtai nazardan axborot texnologiyalari rivojiga e’tibor berilsa, “axborot maydoni” − mafkuraviy poligon sifatida kengayib borayotganligini ko‘rsatadi. Bunga kiberpsixologik ta’sir vositalari (Facebook, Twitter, Instagram, Snapchat) yorqin misoldir. Uchinchidan, jamiyat taraqqiyotini kompyuterlashish tendensiyasi qanchalik oshib borsa, uning psixologik ta’siri ham shunchalik rivojlanib boraveradi. Buning oqibati barchamizga ma’lum: iqtisodiy qaramlik, intellektual salohiyatsizlik, ma’naviy marginallashuvga olib keladi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 1. Каримов И.А. Юксак маънавият − енгилмас куч. −Т.: Маънавият, 2008. −Б. 8. 2. Rider universiteti (Rider University) psixologiya professori (AQSh). 3. Suler. J. The Psychology of Cyberspace Relationships. 2008. http://www.enotalone.com 4. Zagreb universiteti gumanitar va ijtimoiy fanlar fakulteti axborot fanlari bo'limi ilmiy xodimi (Xorvatiya). 5. Riva Giuseppe − Catholic University of the Sacred Heart (Muqaddas yurak katolik universiteti) professori. Italiya. 6. Riva G., Galimberti C. The psychology of cyberspace: A socio-cognitive framework to computer-mediated communication//New ideas in psychology. Т.15. −№ 2. 1997. −P.141-158. 7. Yang.C., Smith.C., Pham.T., AriatiJ. (2023). Digital social multitasking (DSMT), digital stress, and socioemotional wellbeing among adolescents//Cyberpsychology: Journal of Psychosocial Research on Cyberspace, 17 (1). Article 6. https://doi.org/10.5817/CP2023-1-6 8. Chilmamatovich, Shermanov Isobek. "FIN TA’LIM TIZIMINING OʻZBEK TA’LIM TIZIMIGA ISLOH QILINISHI SABABLARI." Ustozlar uchun 57.4 (2024): 39-42. 9. Chilmamatovich, Shermanov Isobek. "HISTORY AND METHODOLOGY OF BIOGEN TECHNOLOGIES (ONTOLOGICAL- EPISTEMOLOGICAL ANALYSIS)." (2023). https://eglobalcongress.com/index.php/egc https://uz.eyewated.com/facebook-talimi-facebook-qanday-ishlaydi/ https://uz.eyewated.com/twitter-nima-va-u-qanday-ishlaydi/ https://uz.eyewated.com/instagram-nima-degani/ https://uz.eyewated.com/snapchat-nima-mashhur-ephemeral-appga-kirish/ https://scholar.google.com/citations?view_op=view_org&hl=en&org=16641350845070651328 https://doi.org/10.5817/CP2023-1-6 E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th November 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 20 | P a g e 10. Shermanov, Isobek. "BIOETIKA: FAN-TEXNOLOGIYA VA ISHLAB CHIQARISH JARAYONIDAGI AHAMIYATI (ijtimoiy-falsafiy tahlil)." Farg'ona davlat universiteti 1 (2023): 194-194. 11. Chilmamatovich, Shermanov Isobek. "Main tasks in the material and spiritual transformation of biotechnological processes." Asian Journal Of Multidimensional Research 12.7 (2023): 24-30. 12. Шерманов, Исобек. "Ижтимоий тараққиётда биотехнологик жараёнларни шакллантириш: муаммо ва таклифлар." Общество и инновации 3.6 (2022): 64-69. 13. Chilmamatovich, Shermanov Isobek. "БИОТЕХНОЛОГИК ЖАРАЁНЛАР ТАРАҚҚИЁТИДА МОДДИЙ ВА МАЪНАВИЙ ИШЛАБ ЧИҚАРИШ УЙҒУНЛИГИ МАСАЛАЛАРИ." PHILOSOPHY AND LIFE INTERNATIONAL JOURNAL SI-1 (2022). 14. Шерманов, И. "МИЛЛИЙ ИЖТИМОИЙ ИШЛАБ ЧИҚАРИШ ВА УНИНГ МУСТАҚИЛ ИЖТИМОИЙ ТАРАҚҚИЁТДА ТУТГАН ЎРНИ ВА АҲАМИЯТИ." ВЕСТНИК КАРАКАЛПАКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО УНИВЕРСИТЕТА ИМЕНИ БЕРДАХА 35.2 (2017): 103-104. 15. Шерманов, Исобек Чилмаматович. "СОЦИАЛЬНОЕ РАЗВИТИЕ: ОСНОВЫ МАТЕРИАЛЬНОГО И ДУХОВНОГО СООТНОШЕНИЯ." Актуальные научные исследования в современном мире 3-7 (2017): 142-146. 16. Shermanov, Isobek Chilmamatovich. "DIALECTIC AND SINERGETIC PECULIARITIES OF MATERIAL PRODUCTION PROCESS." Theoretical & Applied Science 2 (2017): 81-86. 17. Шерманов, И. Ч. "ИЖТИМОИЙ ТАРАҚҚИЁТДА МАЪНАВИЙ ИШЛАБ ЧИҚАРИШНИНГ ФАЛСАФИЙ МЕТОДОЛОГИК АҲАМИЯТИ." ILMIY XABARNOMA: 44. 18. Негматова, Шахзода, and Хасан Орипов. "Проблемы формирования интернет-грамотности среди молодежи." Наука и образование сегодня 5 (6) (2016): 37-39. 19. Negmatova, Shakhzoda Shukhratovna, and Nodirjon Ergashevich Togaev. "Diversity in social development." Школа Науки 5 (2019): 43-45. https://eglobalcongress.com/index.php/egc E- Global Congress Hosted online from Dubai, U. A. E., E - Conference. Date: 29th November 2024 Website: https://eglobalcongress.com/index.php/egc ISSN (E): 2836-3612 21 | P a g e 20. Негматова, Шахзода, and Хасан Вахобович Орипов. "Влияние глобальных кризисов на духовность человека." Достижения науки и образования 10 (32) (2018): 33-35. 21. Negmatova, Shahzoda. "Competition between political parties in Uzbekistan." European Journal of Humanities and Social Sciences 1 (2016): 25-27. 22. Negmatova, Shahzoda Shuxratovna. "Legal processes of ensure of socio-economic competition." The Fourth International Congress on Social Sciences and Humanities. 2015. 23. Shukhratovna, Negmatova Shakhzoda, and Oripov Khasan Abdivakhobovich. "The influence of intellectual competition to social development in the 21st century." European science 7 (49) (2019): 44-47. 24. Shukhratovna, Negmatova Shakhzoda. "A Paradigm of Synergetics and Nonlinear Thinking." (2023). 25. Shukhratovna, Negmatova Shakhzoda. "Modern Scientific Thinking: Innovative And Euristic Aspects." The American Journal of Social Science and Education Innovations 3.10 (2021): 13-17. 26. Negmatova, Sh Sh. "THE CONCEPT OF COMPETITION IN THE SCIENTIFIC COMMUNITY." Актуальные направления фундаментальных и прикладных исследований. 2016. 27. Negmatova, Shahzoda Shuxratovna. "MORAL NORMS OF THE ECONOMIC COMPETITIVE." Teoretičeskaâ i prikladnaâ nauka 7.27 (2015): 44-47. https://eglobalcongress.com/index.php/egc